O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana13.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1770152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
pul oqimlari torisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik

vazifalari 
Jahon global moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan olingan tajribalar, tabora 
rivojlanayotgan innavatsion yangliklarga asoslangan iqtisodiy munosabatlar 
hamda ularning tendentsiyasi shu holatni yana bir bor tasdiqladiki har qanday 
xo' ali sub'e tida pul mablag’laridan samarali foydalanish faoliyatda bar aror 
rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omillaridan biri ekan. Chunki, sub'ektlar 
faoliyatining uzluksiz davom etishini ta'minlash uchun zarur ishlab chiqarish 
zaxiralari va zamonaviy mehnat vositalari sotib olish, mehnatga haq to'lash, 
soliqlarni hamda davlat byudjetidan tashqari fondlar uchun to'lovlarni o'z 
vaqtida amalga oshirish, innavatsion yangiliklarni yaratishga va joriy qilishga 
sarflar, texnologiyalar sotib olish uchun, moliya bozorida faol ishtirok etish va 
shu kabi zarur ehtiyojlarga doimo etarli pul mablaglari talab qilinadi. Sub'ektlar 
ixtiyoridagi pul mablaglarini yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarga sarflashda 
iqtisodiy ihatdan manfaatli va te amli bo'lgan hamda mablag’lardan maqbul 
foydalanish imkonini berish mumkin bo'lgan yo'nalishlarni birinchi navbatda 
hisobga oladilar. Bundan tashqari pul mablaglarini xo'jalikka jalb qilishda ham 
eng kam vaqt talab qiladigan kirimlarni, doimo takror sodir bo'ladigan 
ishonchli tushumlar turini hamda hajmini oshirib borishlahri kerak. Demak, pul 
mablag’lari ilmiy asosda boshqarilishi kerak bo'lgan eng muhqim ob'ektlardan 
biri hisoblanadi. Bunda, boshqaruvchilar uchun pul mablaglari to'qrisidagi 
ma'lumotlar o'ta zarur bo'ladi. Mazkur vazifa hisob tizimi vositasida 
shakllantiriladi va tizimlashtiriladi. Bu esa xo'jalikdagi pul mablaglarini 
boshqarish hisob tizimi vositasida amalga oshirilishi zaruratini keltirib 
chiqaradi. Demak, hisob tizimi bu borada muhim dastak hisoblanadi. 



Ta'kidlash kerakki, iqtisodiyot rivojlanishining barcha davrlarida 
xo'jaliklarning pul mablaglari alohida ahamiyatga ega bo'lgan va ularni isobga 
olish tartibi o'sha davrdagi itisodiyotning rivojlanishi talablaridan kelib 
hiqqan. Chun i, har qanday bosqi hda I’qtisodiyotning rivo lanishi u yo i bu 
modeliga amal qilgan va uning ajralmas qismi sifatida esa buxgalteriya hisobi 
ishtirok etgan.
Bozor munosabatlarining turini ko'payishi, doirasini kengayishi, 
huqurlashishi, mura ablashuvi va boshqa shu abilar pul mablag’lar hamda 
ularning 
hisobini 
uslubiy 
asoslari, 
ularning 
harakatini 
ifodalovchi 
ko'rsatkichlarning sifat jihatidan o'zgarishini talab qilmokda. Shuning uchun 
ham pul mablag’lari va ularning hisobini tartibga soluv hi me'yoriy hu atlarni 
davr talablari asosida ko'rib chikishni talab qildi. Shu asosda Respublikamizda 
pul mablag’lari va ularning hisobini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar oxirgi 
yillarda davr talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqildi.
Ayniqsa so'nggi yillar ichida respublikamiz xo'jalik sub'ektlarida 
buxgalteriya hisobini yuritish uslubiyatida, uning tashkil qilinishida qator 
o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobotini tuzish 
uslubiyatida va hisobot shakllarida ham bir qancha o'zgarishlar yuz berdi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga, iqtisodiy-moliyaviy holatiga, pul 
mablag’lari hara atiga e'tibor kuchaytirildi. 
So'nggi yillarda sub'ektlarda pul mablaglari harakatini maqbul ravishda 
tashkil etish va yuritish qat'iy talab etilmoqda. Bu esa, boshqaruv 
samaradoligiga to'g’ridan-to'g’ri i obiy ta'sir etmoqda. Chun i, pul mablag’ari - 
erkin iqtisodiyotda muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. Pul mablag’lari ishlab 
chiqarishning takrorlanishiga xizmat qiladi, iqtisodiy o'sishga ko'maklashadi, 
pul sha lidagi mablag’lar bozor orqali resursga aylanadi, resurslar ishtiro ida 
tovarlar yaratiladi, tovarlar sotilib yana pul olinadi.


10 
Demak, pul hamma tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi 
maxsus tovardir.
4
Shu bilan birga pul umumko'pchilik tomonidan tan olingan 
va davlat tomonidan qonuniylashtirilgan bo'lishi kerak. 
Pul mablag’lari esa assadagi naqd pul va talab qilib olinadigan 
depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi 
mablag’laridan iborat bo'ladi. 
Pul ekvivalentlari - ma'lum pul mablag’iga tez va oson almashtiriladigan 
hamda qiymatidagi o'zgarishlar tufayli biroz xatari bo'lgan qisqa muddatli, 
yuqori likvidli investitsiyalardir (moliyaviy qo'yilmalar). 
Pul oqimlari - pul mablaglari hamda ular ekvivalentlarining oqimi 
(tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
5
Pul oqimlari to'g’risidagi hisobot - hisobot davrida pul mablag’i oqimlarini 
batafsil o'rsatuv hi o'rsat i hlar yig’indisidir. 
Innavatsion munosabatlarga asoslangan davrda xo'jalik sub'ektlarida pul 
mablag’larini uzatish, ro'yxatga olish, to'g’ri va o'z vaqtida hisob-kitob qilish, 
ular bo'yi ha hisobotlar tayyorlashning o'zi etarli emas. To'g’ri bu arayon va 
tartib zarur. Faqat uni hisob-kitob maqsadi uchungina amalga oshirish kutilgan 
nati alarni bermaydi. Bizning qarashimiz bo'yi ha pul mablag’lariga tegishli 
har bir ma'lumot va axborot ularni samarali boshqarishga qaratilgan bo'lishi 
kerak. Yani, kerakli joyga, etarli miqdorda, o'z vaqtida hamda foydali tarzda 
sarflanishini hamda o'simi bilan uzluksiz qaytishini ta'minlash kerak. 
Korxonalarda pul mablag’lari oqimini boshqarish arayonlari bo'yicha 
quyidagi fikrimizni aytib o'tamiz. Pul oqimini boshqarish o'z ichiga pul 
mablag’lari muomalasining hisob-kitob vaqtini, pul oqimining tahlilini, pul 
mablag’larini bashorat qilishni, pul mablag’larini maqbul dara asini aniqlashni, 
pul mablag’lari byud etini tuzish va boshqalarni qamrab olishi era . Pul 
oqimini boshqarish korxonani moliyaviy menejeri faoliyatining eng muhim 
yo'nalishlaridan biridir.
4
T.Jorayev “Iqtisodiyot nazaryasi, Toshkent “Fan va texnalogiyalar” nashiryoti 2003yil 
32 bet 
5
Amaldagi BHMS


11 
Pul mablag’laridan samarali foydalanishni tash il qilish o'p ihatdan 
korxonalarda pul mablaglari harakatini maqbul boshqarishni tashkil qilish va 
ular ustidan nazoratni yaxshilashga bog’liq. Pul mablag’lari nazoratini tashkil 
etishning asosiy elementlaridan biri bo'lib esa korxonalarning hisob-kitob 
schyoti hisoblanadi.
Pul oqimlarini boshqarish yuzasidan vujudga keladigan yana boshqa 
muammolarni hal qilish maksadida aksariyat rivojlangan davlatlarda 1990 
yillargacha "Firmaning moliyaviy holatiga o'zgarishlar haqidagi hisobot" shakli 
amal qilib keldi. 
Ushbu hisobot shakli xam firmaning pul mablag’larini harakatini etarli 
darajada ifodalab bera olmadi. Natijada, 1987 yilning noyabrida "Buxgalteriya 
standartlari bo'yi ha engash" (HASV) yuqorida ta' idlangan «Firmaning 
moliyaviy holatidagi o'zgarishlar haqidagi hisobot» sha lini yangi hisobot 
sha liga, ya'ni «Pul mablag’larinig hara ati to'grisidagi hisobot»ga 
almashtirish xaqidagi qaror qilindi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng barcha sohalar singari 
buxgalteriya hisobini ham xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishga harakat 
kilib kelinmokda. Bugungi kunda BHMS va AMS milliy standarlari qabul 
kilindi. Ular xalqaro talablarga yaqinlashtirilganligi bilan ham afzal jihatlarga 
ega. 
Shu bilan birga milliy buxgalteriya hisobida bir qator yangi moliyaviy 
hisobot shakllari amal qila boshladi. Bulardan biri O'zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining 1997 yil 15 yanvardagi №5-sonli buyrug’i bilan 
tasdiqlangan «Pul oqimlari to'g’risidagi hisobot» sha lidir. Ushbu hisobot 
korxonaning joriy, investitsion va moliyaviy faoliyati bo'yicha pul 
mablag’larining ma'lum hisobot davriga bo'lgan holatini, xamda ushbu davrda 
pul mablag’larining o'zgarishini tushuntirib beradi. Maz ur hisobot sha li 
Moliya vazirligining 2002 yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug’i bilan yangi 
tahrirda, bir qator o'zgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi va kuchga 
iritildi. Bugungi unda orxona pul mablag’lari oqimini boshqarishda "Pul 


12 
oqimlari to'g’risida"gi hisobot asosiy manba bo'lib hisoblanadi. Pul mablag’lari 
oqimini to'g’ri va oqilona boshqarish orxonani to'lov qobiliyatining 
yaxshilanishiga olib keladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy barqarorligi ko'p 
ihatdan ularning to'lov qobiliyatiga bog’liqdir. 
Ma'lumki, to'lov qobiliyatining mazmuni eng avvalo bo'sh pul 
mablag’larining mav udligi bilan tavsiflanadi. Chun i pul mablag’lari eng 
yuqori likvidlikka ega bo'lgan aktivlar hisoblanadi. Shuning uchun ham 
orxonalarda mav ud bulgan bo'sh pul mablag’laridan samarali foydalanish 
uchun ularni aylanmaga kiritish alohida ahamiyatga ega. Umuman, 
orxonalarning pul mablag’larining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
Korxonalarning bankdagi hisoblashish scheti va valyuta schetlarida 
saqlanayotgan pul mablag’lari mamla atimiz iqtisodiyotining poydevorini 
mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki ular banklarni aktiv operatsiyalarini 
jonlantirilishini ta'minlaydi, milliy va chet el valyutalarining ishlab chiqarish 
jarayonidagi aylanishini tezlashtiradi va u bunda birdaniga ikkita muhim 
vazifani bajaradi. Birinchidan, korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga jalb 
qilish yuli bilan pulning aylanishini va milliy valyuta hisobiga yaratilayotgan 
yalpi ichki mahsulotni o'sishini ta'minlaydi. Ikkinchidan esa, korxonaning 
hisoblashish va valyuta s hetlari pul mablag’larini ishlab hiqarish arayoniga 
jalb qilganligi uchun bank o'z mijozlariga ham ma'lum miqdorda hak to'laydi. 
Shunday kilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma'lum 
miqdorda daromad keltiradi. 
Pul to'lov vazifasini ham bajaradi. Bunda pul korxona mol 
yuboruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik sub'ektlariga 
va davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga bo'lgan qarz 
majburiyatlarini bajaradi. 
Pul mablag’larining saqlanishi va ularning to'g’ri foydalanish 
javobgarligi korxona rahbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank 


13 
muammolari qoidalariga rioya qilishi va ularni belgilangan qat'iy tartibda 
to'g’ri rasmiylashtirishlari zarur. Ishlab hiqarish arayoni uzlu siz bo'lganligi 
u hun orxona mablag’lari bir vaqtning o'zida aylanishning bar ha bosqi hida 
bo'lishi mum in, bunda pul mablag’lari orxona iqtisodiyotida alohida 
ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari 
ta'minot, ishlab chiqarish va sotish bosqichlarida pul mablaglari u yoki bu 
miqdorda sarflanadi. Shuning uchun ham korxonada doimo ma'lum miqdorda 
pul mablag’larini bo'lishi taqozo etiladi.
Pul mablag’larining orxona iqtisodiyotida tutgan o'rni uning asosiy 
vazifalarini bajarish uchun buxgalteriya hisobi boshqaruv apparatini tegishli 
ma'lumotlar to'plami bilan ta'minlanishi zarur. Buning uchun esa pul 
mablag’lari hisobining oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
• 
korxonaning pul mablag’larini samarali boshqarish uchun zarur 
ma'lumotlar bilan ta'minlash; 
• 
to'lov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me'yoriy 
hujjatlarda ko'rsatilgan tartiblarga rioya qilgan xolda o'z vaqtida amalga 
oshirish; 
• 
hisob registrlarida pul mablag’larini naqdligi va harakatlarini o'z vaqtida 
aks ettirish; 
• 
pul mablag’larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va 
limitlarga amal qilishini nazorat qilish; 
• 
pul mablag’larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda 
o'tkazishini ta'minlash va o'zaro hisob-kitoblar, muddati o'tgan debitorlik va 
kreditorlik karzlarini to'lanishini nazorat qilish; 
• 
kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshka schetlarda 
saqlanayotgan pul mablag’larining saqlanishining nazoratini ta'minlash; 
• 
pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va maqbullashtirish 
buyicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish. 
Ushbu masalalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning pul 
mablag’laridan samarali foydalanishni ta'minlov hi boshqaruv qarorlarini 


14 
qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Albatta, yuqoridagi vazifalarni bajarish 
u hun pul mablag’larining buxgalteriya hisobini to'g’ri tash il ilish zarur 
bo'ladi. Buning uchun esa korxonalarda mavjud mablag'arni turkumlash 
alohida ahamiyatga egadir. 
Korxona pul mablag’larining aysi maqsadlarga sarflanishi byicha 
guruhlash aloida ahamiyatga ega. Chun i pul mablag’larini qayqsi 
maqsadlarga 
qanday 
summalarda 
sarflash 
korxona 
iqtisodiyotining 
rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. 
Shuningde amaldagi moliyaviy hisobotda pul oqimlari to'g’risida 
maxsus hisobot shakli mavjud bo'lib unda pul oqimlari operatsion investitsiya 
va moliyaviy faoliyat buyi ha guruhlanishi ma buriy qilib qo’yilgan. Ushbu 
hisobot sha li orxonalarning pul mablag’larining qaysi maqsadlarga 
sarflanishi to'g’risida ma'lumot beradi. 
1-jadval 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling