O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
-chizma. Xo'jalik sub'ektlarida pul mablag’larining kirimlari va
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
pul oqimlari torisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik
1-chizma. Xo'jalik sub'ektlarida pul mablag’larining kirimlari va
chqimlarini faoliyat turlari bo'yicha tasnifi Bilvosita usulning afzalligi asosiy faoliyatning sof pul oqimi bilan sof foydaning o'zaro farqini (muvofiqlashganini) ko'rsatib berishi bilan tavsiflanadi. Ya'ni, sof foydani asosiy faoliyatning sof pul oqimlariga aylantirish asosida o'rganadi. Asosiy faoliyat Moliyaviy faoliyat Investitsion faoliyat Asosiy faoliyat Асосий фаолият Investitsion faoliyat Инвестиция фаолияти Moliyaviy faoliyat Молиявий фаолият Pul маблағлари Kirim Kirim Sarf Sarf 23 Maz ur usulda buxgalteriya balansi, moliyaviy nati alar to'g’risidagi hisobot, pul oqimlari to'g’risidagi hisobot o'zaro bog’lanadi va muvofiqlashadi. Bu erda markaziy jihat hisob tizimidagi hisobga olish usuli asosida aniqlangan sof foydani kassa usuli asosida ham qayta hisoblashdir. Aynan mana shu holat sof foydani qanchalik asosiy faoliyatdagi pul mablag’lari hara ati bilan bog’liqligini aniqlab beradi. Albatta, aytib o'tilgan ikki usulning qaysi biri muhimligi xo'jalik sub'ekti rahbarlari tomonidan o'rganiladi va bu borada tegishli qaror qabul qilinadi. Shuningdek, auditorlar ham mazkur masalada zarur bo'lgan maslahatlarni berishlari mumkin. Ta'kidlash kerakki, pul oqimlari to'grisidagi hisobotni audit qilish ham hisob tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, u samarali boshqaruvning ajralmas qismidir. Bu jarayonda quyidagi tartiblar mavjudligi muhim umumiy uslubiy jihatlar hisoblanadi. 1. Puxta o'ylanagan va detallashtirilgan audit rejasini tuzish. 2. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobotni turli ihatlarda (son, sifat va qiymatda) o'rganish mumkinligini aniqlash. 3. Nazoratning tashkil etilganligini aniqlash – umumiy tizimli rejaning, nizom, yo'riqnomalarning bor yo'qligi, vakolat berish masalalari - ularning mavjudligi, rioya etilish samaradorligi va boshqalar (muammolarning umumiy tanlovi, muammoli masalalarni hal qilish dasturining strategiyasi va taktikasini muhokama qilish). 4. Burchlarni taqsimlanganligini bilish - ayrim xodimlar, ularning guruhlari manfaatlari bir biriga o'xshamasligiga asoslangan (bir shaxsning o'zi operatsiyani boshidan oxirigacha nazorat qilganda, yo'l qo'yib bo'lmaydigan vaziyatlar yo'qmi, chunki turli vazifalar - rahbarlik, ijro etish tovarlarni hisobga olish va saqlash vazifalari taqsimlangan bo'lishi kerak). 5. Kadrlarni nazorat qilish masalasi - xodimlarni boshqarish, jumladan kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va almashtirishga doir talablarni aniqlash vakolatlarni taqsimlash, xodimlarning malakasi tajribasi va boshqa zarur fazilatlariga qarab xizmat sohasida ish berish. 24 6. Pul mablag’laridan foydalanish huquqini aniqlash - ma'muriyatni tekshirilayotgan moliyaviy aktivlardan foydalanishini cheklash (bevosta va bilvosita, hujjatlar orqali) qaqiqiyligini tekshirish, javobgarlik masalalari. 7. Arifmetik va hisob nazoratini ta'minlash - barcha xo'jalik muomalalari o'ziga mos hisob tadbirlaridan o'tgan, ular qonuniy, haqiqatda bo'lib o'tgan, hujjatlarda va hisob registrlarida to'la va aniq aks ettirilgan bo'lishini o'rganish. 8. Xulosalar tayyorlash yoki maslahatlar ishlab chiqish. Audit vositasida pul mablag’larini o'rganish bu boradagi o'plab ishlarni ko'rib chiqishni ta'minlaydi. Kamchiliklar bartaraf etiladi, foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solinadi, yangi ijodiy yondashuvlar joriy etiladi va shu kabilar. Xo'jalik yurituv hi sub'e tlarda faoliyatdagi pul mablag’lari hisobi, hisoboti hamda auditining nazariy hamda uslubiy asoslarini O'zbekist on Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ma'ruzalari, iqtisodchi olimlarning bu boradagi ilmiy asarlari, dissertatsiyalari, maqolalari, tezislari kabilar tashkil etadi. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi to'g’risida»gi qonuni, «Auditorlik faoliyati to'g’risida»gi qonuni (yangi tahriri), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori (keyingi o'zgarishlar bilan birga) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g’risida»gi Nizom, O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari», O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari», O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i: «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha qoidalarni tasdiqlash to'g’risida», O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005 yil 6 maydagi 45-sonli buyrug’i: «O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha qoidalarni tasdiqlash to'g’risida»gi buyrug’ining 7-ilovasiga o'zgartirish va 25 qo'shimchalar kiritish to'g’risida, tegishli vazirlik va idoralarning rasmiy ko'rsatmalari bu boradagi me'yoriy-uslubiy asoslar bo'lib hisoblanadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling