O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Mualliflar 1-BOB. BIZNES MOLIYASIGA KIRISH


Download 0.77 Mb.
bet2/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Mualliflar

1-BOB. BIZNES MOLIYASIGA KIRISH
Ushbu bobda biz quyidagi masalalarni ko„rib chiqamiz:
  • biznes moliyasining roli;


  • biznes moliyasi va risk;


  • biznes moliyasi va buxgalteriya hisobining bog‘liqligi;


  • mas'uliyati cheklangan kompaniyalar biznesni yuritish shakli sifatida;


  • korporativ boshqaruv va direktorlarning roli;


  • kompaniyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish;


  • hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (derivativlar).




    1. Biznes moliyasining roli

Kompaniyalarni investitsion tashkilotlar yoki vositachilar sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu shuni anglatadiki, ularning roli oddiy fuqarolar va boshqa investorlarning resurslarini jalb etish va investitsiya qilishdan iborat. Odatda, resurslar biznes egalari (aksiyadorlar)dan va kreditorlarning uzoq muddatli qarzlaridan, shuningdek, uncha katta bo‘lmagan qismi banklar va boshqa moliyaviy institutlar tomonidan beriladigan qisqa muddatli qarzlar ko‘rinishida (masalan, overdraft shaklida) yoki tijorat krediti ko‘rinishida kelib tushadi.


Qoidaga ko‘ra, kompaniyalar yer, bino, asbob-uskuna va tovar zaxiralari kabi. real aktivlar (real assets)ga mablag‘ yo‘naltiradilar. Ammo, boshqa kompaniyalarga qarz berish va ularning aksiyalarini sotib olish kabi moliyaviy aktivlar (financial assets)ga ham investitsiya yo‘naltirishlari mumkin. Ishga investitsiyalarni boshqaradigan, ya‘ni, yetkazib berish bilan ushbu biznes shug‘ullanadigan tovar va xizmatlarni tashkil etish va sotishni ta‘minlash uchun barcha zaruratlarni amalga oshiradigan maxsus odamlarni yollaydilar. Biznes faoliyatining xarajatlarini (ish haqi xarajatlari, xomashyo qiymati va shunga o‘xshash) qoplagandan so‘ng ortib qolgan qismi investorlarga yetkaziladi.
Jalb etiladigan moliyaviy investitsiyalarning turi va miqdori, shuningdek, investitsiyalarni tanlash to‘g‘risidagi qaror biznesda muhim ahamiyatga ega. Biznes moliyasi - bu nazariyada moliyaviy va investitsion qarorlarni qanday qabul qilish lozimligini, hamda ushbu jarayon amaliyotda qanday amalga oshirilishini o‘rganishdan iborat.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling