O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet3/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Ahamiyatli amaliy fan
Biznes moliyasi - nisbatan yosh fan. 1960-yillarga qadar u asosan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha hisobotlarni, shuningdek, mumkin qadar ushbu qarorlarning qanday qabul qilinganligi bo‘yicha tushuntirishlarni o‘z ichiga olgan. So‘nggi vaqtlarda biznes moliyasining nazariyasi paydo bo‘ldi va sinovdan o‘tdi. Hozirgi kunda mazkur fan hayotning sinovlariga bardosh berayotgan jiddiy nazariy asosga ega. Boshqacha aytganda, biznes moliyasidagi faktik natijalarni tushuntirib va oldindan aytib berishga intilayotgan umumqabul qilingan nazariyalar, umuman, o‘z maqsadlariga erishadilar1.
Biznes moliyasi ko‘p fanlarga tayanadi. Moliyaviy va investitsion qarorlarni qabul qilish iqtisodiyotning, buxgalteriya hisobining, huquqning, miqdoriy usullar va axloqiy fanlarning ba‘zi jihatlari bilan chambarchas bog‘liq. Biznes moliyasi boshqa fanlardan qo‘llanilishi mumkin deb hisoblaganlarini olishiga qaramasdan, o‘z predmetiga ega. Biznes yuritish uchun biznes moliyasi hayotiy muhim hisoblanadi.
Moliyalashtirish va investitsiyalash to‘g‘risidagi qarorlar biznesning tub mohiyatini ifoda qiladi va uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Bu quyidagilar bilan bog‘liq:
  • bunday qarorlar ko‘pincha miqdori ushbu biznes uchun juda muhim bo‘lgan summadagi pul mablag‘laridan foydalanishni nazarda tutadi;


  • monand qarorni qabul qilgandan so‘ng, uni osonlikcha o‘zgartirib bo‘lmaydi, shuning uchun ham odatda, biznes uzoq muddatli istiqbolda muayyan moliyalashtirish usuliga yoki investitsiyalar turiga bog‘liq bo‘ladi.


Biznes moliyasining hozirgi amaliyoti ma‘lum (ko‘p) darajada ratsional (aql-idrokka asoslangan) nazariyaga tayansada, biznes moliyasi


1Эдди Маклейни. Теория бизнеса. Седьмое издание. Инфра-M., Москва, 2008., 18-стр.
ahamiyatli amaliy fan ekanligini, qarorlarni real, amaliy qabul qilish bilan bog‘liqligin tushunishimiz lozim.



    1. Download 0.77 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling