O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti matmurodov f. M


Bojxona tarifining huquqiy asoslari


Download 392.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana08.05.2020
Hajmi392.64 Kb.
#104256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bojxona nazariyasi (1)


 
5.2 Bojxona tarifining huquqiy asoslari 
 
Ushbu qonun, boj tarifini shakllantirish va qo’llanish tartibini, 
shuningdek respublikaning bojxona chegarasidan olib o’tilayotgan 
tovarlardan boj undurish qoidalarini belgilaydi.  
Ushbu qonunning asosiy vazifalari respublikaning jahon 
iqtisodiyoti bilan samarali integrasiyalashuvi uchun shart-sharoit 
yaratish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.  
Ushbu qonun respublikaning bojxona hududiga amal qiladi. 
Boj tarifi – bojxona chegarasidan olib o’tiladigan, respublika 
tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi (bundan keyin 
matnda tovar nomenklaturasi deb yuritiladi) prinsiplari va qoidalariga 
muvofiq holda bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qo’llaniladigan 
boj stavkalarining to’plamidir. Tovar nomenklaturasi respublika 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.  
Boj – respublikaning bojxona chegarasidan tovarlar olib 
o’tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to’lov. 
Respublikada import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida 
(maxsus dempingga qarshi, kompensasiya) boj qo’llaniladi. 

 
61
Respublikada boj stavkalarining quyidagi turlari qo’llaniladi: 
-  boj undiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan 
foizlarda hisoblanadigan advalor stavkalari; 
-  boj undirilishidan tovarlar birligi uchun belgilangan 
miqdorda hisoblanadigan xos stavkalar; 
-  bojning advalar hamda xos turlarini o’z ichiga oladigan 
aralash stavkalar. 
Agar respublikaning xalqaro shartnomasi boj tarifi to’g’risida 
qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar 
belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. 
Import boji xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.  
Respublika savdo iqtisodiy aloqalarda eng ko’p qulaylik berish 
tartibini qo’llayotgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun 
undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki eng ko’p 
miqdori qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi. 
Savdo iqtisodiy aloqalarda eng ko’p qulaylik berish tartibi 
nazarda tutilmagan mamalakatda ishlab chiqarilgan yoki qaysi 
mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun 
undiriladigan import bojining stavkalari ikki barobar oshiriladi, ushbu 
qonunga muvofiq respublika tomonidan tarif preferensiyalari 
beriladigan hollar bundan mustasno. 
Import va eksport bojining stavkalari respublika Vazirlar 
Mahkamasi belgilaydigan tartibda joriy etiladi. 
Mavsumiy bojlar respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanib tovarlar olib kirish va olib chiqishni tartibga solish uchun 
qo’llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari 
qo’llanilmaydi. Mavsumiy bojlar ular belgilangan vaqtdan e`tiboran 
olti oydan ortiq amal qilishi mumkin emas. 

 
62
Maxsus bojlar basharti o’xshash yoki bevosita raqobat qiluvchi 
tovarlar bojxona hududiga respublikadagi tovar ishlab 
chiqaruvchilarga ziyon etkazishi mumkin bo’lgan miqdorda va 
shartlarda olib kirilayotgan bo’lsa, himoya chorasi sifatida, 
shuningdek boshqa davlatlar tomonidan qilinayotgan respublikaning 
huquqlarini cheklovchi va manfaatlarini kamsituvchi boshqa 
xarajatlarga javob chorasi sifatida qo’llaniladi. 
Dempingga qarshi bojlar quyidagi hollarda qo’llaniladi: 
-  tovarlar bojxona hududiga ularning olib chiqilgan davlatda 
ayni vaqtda amalda bo’lgan real qiymatidan past narxda 
olib kirilsa, agar bunday olib kirish respublikaning shunga 
o’xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga moddiy ziyon 
etkazsa yoki etkazish xavfini tug’dirsa yoxud respublikada 
xuddi shunday tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish 
yoki kengaytirishga to’sqinlik qilsa; 
-  tovarlar bojxona hududidan uning respublikada ayni vaqtda 
amalada bo’lgan real qiymatidan past narxda olib 
chiqilayotgan bo’lsa, agar bunday olib chiqish 
respublikaning shunga o’xshash tovarlarni ishlab 
chiqaruvchilariga moddiy ziyon etkazsa yoki etkazish xavfi 
bo’lsa yoxud respublikaning ishlab chiqaruvchilari 
o’rtasida normal raqobat o’rnatilishiga to’sqinlik qilsa. 
Kompensasiya bojlari quyidagi hollarda qo’llaniladi: 
-  Respublikaning bojxona hududiga ishlab chiqarish yoki olib 
chiqish paytida bevosita yoxud bilvosita subsidiyalardan 
foydalanilgan tovarlar olib kirilsa, agar bunday olib kirish 
respublikaning o’xshash tovarlar ishlab chiqaruvchilarga 
moddiy ziyon etkazsa yoki etkazish xavfi bo’lsa yoxud 

 
63
respublikada xuddi shunday tovarlar ishlab chiqarishni 
tashkil qilish yoki kengaytirishga to’sqinlik qilsa; 
-  bojxona hududidan ishlab chiqarish yoki olib chiqish paytida 
bevosita yoki bilvosita subsidiyalardan foydalanilgan 
tovarlar olib chiqilsa, agar bunday olib chiqish 
respublikaning manfaatlariga moddiy ziyon etkazsa yoki 
etkazish xavfi bo’lsa. 
 
5.3 Bojxona to’lovlarini kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash 
imkoniyatini berish tartibi va nazariy hisobi 
 
Iqtisodiy faoliyatda qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona 
qonunchiligini takomillashtira borib mazkur me`yoriy-huquqiy 
hujjatlar qabul qilingan. 
Bojxona to’lovlari to’lanishini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib 
to’lash to’g’risidagi qarorni tegishli hududiy bojxona organining 
boshlig’i qabul qiladi. Shundan so’ng ushbu bojxona organining 
bojxona to’lovlari bo’limi to’lovchi bilan birgalikda jadval tuzadi, 
unda bojxona to’lovlarini qisman to’lash muddatlari (davriy to’lovlar) 
va har bir so’ndirishda ularning miqdori belgilanadi. Bunda shuni 
nazarda tutish lozimki, muddat kechiktirilgani yoki bo’lib-bo’lib 
to’lanishiga imkon berilgani uchun Markaziy bank belgilagan takroriy 
moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida to’lov undiriladi.  
Biroq, agar kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash respublika 
hukumatining qarori bilan taqdim etilsa, foizlar undirilmaydi.  
Bojxona amaliyotida bojxona to’lovlarini to’lashni 
ta`minlashning usullari. 
Bojxona kodeksining tegishli moddasiga 
ko’ra, bojxona to’lovlarini to’lash tovarlar va transport vositalarini 
garovra qo’yish, uchinchi shaxsning, aniqrog’I - bank yoki 

 
64
respubpikada bank operasiyalarini o’tkazish huquqiga ega bo’lgan 
boshqa moliya-kredit muassasasining kafolati yoxud agar tovarlar 
erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan 
bo’lsa, to’lanishi kerak bo’lgan bojxona to’lovlari summalarini 
bojxona organining depozit hisob varag’iga o’tkazish yo’li bilan 
ta`minlanishi mumkin
.  
Bojxona organi boshqa qaror qabul qilmasa, garovga qo’yilgan 
tovarlar va transport vositalari garov qo’yuvchining
 
egaligida qoladi.  
Garov rasmiylashtirilishi tartibi.  
Tovarlar va transport vositalarini gapovga qo’yib, to’lovni 
kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilganida garov 
qo’yuvchi bilan bojxona organi o’rtasida ikki nusxada garov 
shartnomasi tuziladi, notarial tasdiqlanishi va amaldagi qonunchilikda 
belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Uning bir nusxasi 
bojxona organida saqlanadi, boshqasi garov qo’yuvchida qoladi. 
Garov shartnomasini bojxona organi nomidan bojxona 
organining boshlig’i yoki uning o’rnini bosadigan shaxs, shuningdek 
to’lovlar bo’limi boshlig’i (maxsus jurnalda belgi qo’ygan holda), 
garov qo’yuvchi nomidan bunga vakolat berilgan shaxs imzolaydi. 
Bunda hujjatda garovga qo’yilgan tovar yoki transport vositasining 
qoldiq (buxgalteriya hisobida aks ettirilgan) qiymati ko’rsatiladi va 
bojxona to’lovlari bo’limining boshlig’i shartnomada ko’rsatilgan 
to’lovlar summasining to’g’riligini tasdiqlaydi. 
Biroq bojxona organining bojxona to’lovlari bo’limi dastlab 
quyidagi qarorlarni qabul qiladi. Birinchidan tovarlar yoki transport 
vositalari garovi bilan ta`minlangan bojxona to’lovlari to’lanishi 
kafolatining yetarliligi to’g’risida, ikkinchidan, garov buyumini 
saqlash joyi to’g’risida, shuningdek shartnomada nazar tutilgan, 

 
65
kechiktirilgan yoki bo’lib-bo’lib to’lanadigan to’lovlar summalarini 
to’lash muddati tugagach, uni sotish
 
imkoniyati to’g’risida.  
Bojxona rasmiylashtiruvi chog’ida
 
bojxona yuk deklarasiyasiga 
garovga to’lovlarni kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash imkonining 
berilishi to’g’risida tegishli yozuv va ularning tugash sanasi qayd 
etiladi. Bojxona to’lovlari va ularga doir foizlar belgilangan muddatda 
to’langanidan keyin garov qo’yuvchi bojxona organing ruxsati bilan 
garov buyumini qaytarib oladi. 
Garovga qo’yiladigan buyumlar. 
Respublikasi bojxona organlarining garovdan foydalanishi 
to’g’risida nizomga muvofiq bojxona to’lovlari to’lanishini ta`minlash 
uchun tovarlar, shu jumladan valyuta, valyuta boyliklari, qimmatli 
qag’ozlar, shuningdek avtotransport vositalari garov buyumi bo’la 
oladi. 
Majburiyat bajarilishini ta`minlash usuli sifatida garovning 
samaradorligi nafaqat garov qo’yuvchining moliyaviy holatiga, balki 
garovga beriladigan mol-mulkning sifatiga ham bog’liqdir, 
likvidliligi va uzoq muddat saqlanishi buni aniqlash mezonlari bo’lishi 
mumkin. Shu sababli quyidagilar garovga qabul qilinmaydi elektr, 
issiqlik energiyasi va znergiyaning boshqa turlari; umumiy 
foydalanishdagi korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlar, er 
uchastkalari; boshqa majburiyatni ta`minlash uchun allaqachon 
garovga qo’yilgan yoki uchinchi shaxslar foydasiga bundan avvalgi 
boshqa majburiyatlarga tortilgan mol-mulk; mulkiy huquqlar; 
respublikaga olib kirish yoki undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar 
na transport vositalari; tez buziladigan tovarlar; respublikadan 
tashqarida bo’lgan mol-mulk; qayerda joylashganligi va undan 
foydalanish ustidan doimiy nazoratni muayyan bojxona organi 
ta`minlay olmaydigan buyumlar; erkin sotilishi qonun bilan 

 
66
taqiqlangan mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilari. Shaxsiy 
tusdagi talablar, ularning garovi qonun bilan taqiqlangan boshqa 
talablar, shuningdek garov qo’yuvchi barcha mulkdorlarning 
roziligisiz boshqa shaxslarga bera olmaydigan (xususan, umumiy 
egalikda bo’lgan) mol-mulk va hokazolar garov buyumi bo’la 
olmaydi. 
Shu tariqa, bojxona to’lovlarining to’lanishini ta`minlaydigan 
garov buyumi bo’lib erkin (bozor) narxi to’lanishi kerak bo’lgan 
summalar - bojxona boji, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, 
undirilishi bojxona organlari zimmasiga yuklangan boshqa soliqlar; 
bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig’imlari; saqlash uchun 
bojxona yig’imlarining eng
 
yuqori summalari: ko’rsatilgan 
summalardan respublika Markaziy banki belgilaydigan takroriy 
moliyalash stavkasi bo’yicha hisoblab chiqariladigan foizlar; garov 
buyumini tutib turish bo’yicha ehtimoliy chiqimlarni va bojxona 
organlari oldidagi majburiyatlar bajarilmagan taqdirda davlat mulkiga 
aylantirish xarajatlarini ko’plashga hamda sotish munosabati bilan 
tovarlar va transport vositalari qiymatining 15 foizidan ham bo’lmagan 
tovarlar va transport vositalari xizmat qilishi mumkin. 
Bank kafolati bulganda bojxona to’lovlarini kechiktirish va 
bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish tartibi va shartlari. 
Kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati bank 
operasiyalarini o’tkazishga respublika Markaziy bankining 
lisenziyasini olgan vakolatli bankning kafolati mavjud bo’lganida 
beriladi. Bojxona to’lovlarining to’lanishini ta`minlaydigan bank 
kafolati bojxona organiga to’lovining bojxona to’lovlari to’lanishi 
uchun mas’ul shaxs (deklarant yoki tovarlarni olib o’tuvchi shaxs) 
tomonidan bojxona deklarasiyasi topshirilishiga qadar yoki u bilan bir 
vaqtda unga to’lovlarni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash 

 
67
imkoniyatini berish to’g’risidagi yozma arizasi bilan birga taqdim 
etiladi. Agar bojxona to’lovlari summasining miqdori hamda 
kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati taqdim etilgani 
uchun foizlar kafolatda ko’rsatilgan summadan oshib ketsa, u qabul 
qilinmaydi. 
Shuni e`tiborda tutish lozimki, qonunga ko’ra to’lovchi 
belgilangan muddatlarda berilgan kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib 
to’lash imkoniyati uchun tegishli bojxona to’lovlari va foizlarni 
to’lamagan taqdirda boqimandaning butun summasi, shuningdek 
to’lovni kechiktirganlik uchun penyani bojxona organi kafildan 
undiradi. 
Tegishli summalar bojxona organining depozitiga kiritilganda 
to’lovni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyagini berish 
shartlari. 
Bojxona to’lovlari va ularga doir foizlar hisob-kitobiga 
asoslanib pul summasini kirim qiladi. Bunda mablag’lar bojxona 
organining depozitiga bojxona yuk deklarasiyasi qabul qilinishiga 
qadar kiritilishi kerak. 
Agar ularni uchinchi shaxs kiritsa, kechiktirish yoki bo’lib-
bo’lib to’lash imkoniyati faqat quyidagilar mavjud bo’lganida berilishi 
mumkin; tegishli summalarni kiritayotgan shaxsning ularni to’lash 
uchun mas’ul shaxs uchun bojxona to’lovlari va foizlar to’lanishini 
ta`minlash imkoniyati to’g’risidagi yozma arizasini tegishli bojxona 
to’lovlari va foizlar o’z muddatida to’lanmagan taqdirda u kiritgan 
summalarni davlat byudjetiga bojxona to’lovlari sifatida o’tkazishga 
uning roziligi. Bojxona organining depozitiga bojxona to’lovlari 
to’lanishini ta`minlash sifatida kirim qilingan pul mablag’lari, barcha 
tegishli bojxona to’lovlari va foizlar to’langanidan keyingina, 
to’lovchiga qaytariladi.  

 
68
Bojxona to’lovlarini kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash uchun 
bojxona organiga qanday hujjatlarni taqdim etish zarur. 
To’lovlarni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
olish uchun bojxona to’lovlarining to’lovchisi faoliyat hududida 
bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan hududiy
 
bojxona 
organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur: 
-  xo’jalik yurituvchi sub`ektning blankida belgilangan tartibda 
rasmiylashgirilgan, muhr, rahbar va bosh buxgalterning 
imzolari bilan tasdiqlangan, byudjet bilan hisob-kitobning 
yakuniy sanasi ko’rsatilgan, kafolat xati ko’rinishidagi 
ariza; 
-  bojxona to’lovlari to’lanishi ta`minlanganligini (tovar yoki 
transport vositasi garovga berilishi, bank kafolati yoki 
to’lashning uchinchi shaxs tomonidan ta`minlanishi) 
tasdiqlaydigan hujjat; 
-  xizmat  ko’rsatuvchi  bankning  mazkur  xo’jalik  yurituvchi 
sub`ektning talab qilib olingungacha depozit hisob-
varag’ida mablag’lar yo’qligi to’g’risida (xo’jalik yurituvchi 
sub`ektning hisob-kitob raqami mavjudligida), muhr va 
bank boshqaruvchisi yoki uning o’rnini bosadigan 
shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan ma`lumotnomasi; 
-  kontraktning va to’lanadigan bojxona to’lovlari summasi 
hisob-kitobining nusxalari. 
Eksport mahsuloti ishlab chiqarish uchun moddiy-texnik 
resurslar importini amalga oshiradigan ishlab chiqaruvchi korxonalar 
QQS to’lashni kechiktirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun 
qo’shimcha ravishda bojxona organiga rahbar va bosh buxgalter 
imzolari bilan (tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) mahsulot eksport 
to’g’risida yozma majburiyat taqdim etib, unda eksport mahsuloti 

 
69
ishlab chiqarishning va eksportni amalda amalga oshirishning uzil-
kesil muddatini ko’rsatadilar. 
Bojxona to’lovlarini to’lashni kechiktirish va bo’lib-bo’lib 
to’lash muddati. 
To’lovlarni to’lashni kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash 
muddati, to’lov miqdoridan qat’i nazar, ikki oydan oshishi mumkin 
emas, bundan eksport mahslotlari mustasno, ularga QQS to’lashni 
kechiktirish imkoniyati BYuD qabul qilingan kundan boshlab 90 
kunga berilishi mumkin. Moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar 
sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, fermer 
xo’jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan 
dehqon xo’jaliklariga o’z ehtiyojlari uchun import qilinadigan 
uskunalar, xom ashyo va moddiy resurslarga bojxona to’lovlarini 
to’lashga doir (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlar bundan 
mustasno) foiz undirmasdan 90 kun muddat bilan to’lash 
qechiktirilishi mumkin. 
Bojxona to’lovlarini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash 
imkoniyati berilgani uchun foizlar hisobi. 
To’lovlarni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati 
berilgani uchun foizlarni hisoblash milliy valyuta -so’mda amalga 
oshiriladi. 
To’lovlarni kechiktirish quyidagi formula bo’yicha hisoblab 
chiqariladi: 
100
365
12




=
Т
о
бф
С
О
С
К
 
bu erda K
бф
 - kechiktirish imkoniyati berilgani uchun foizlar; 
Ñ - to’lanishi bo’yicha kechiktirish imkoniyati berilgan bojxona 
to’lovlarining umumiy summasi; O
o
 - kechiktirish imkoniyati 
berilgan kunlarning haqiqiy soni; Ñ
Ò
- bojxona deklarasiyasi qabul 
qilingan kunda respublika Markaziy banki belgilagan takroriy 

 
70
moliyalash stavkasi (MB takroriy moliyalash stavklsining 50 foizi); 365 
– taqvimiy yildagi kunlar soni.   
Bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilganida uning uchun foizlar 
quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqariladi: 
100
365
12




=
Т
Р
П
бф
С
О
С
Б
 
bu erda Á
áô
 - bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilgani uchun 
foizlar; Ñ
ð
 - to’lanishi bo’yicha bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati 
berilgan bojxona to’lovlarining umumiy summasi; O
ð
- bo’lib-bo’lib 
to’lash imkoniyati berilgan kunlarning haqiqiy soni. 
Bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilgan bojxona to’lovlari 
qisman to’langanda (tuzilgan jadvalga muvofiq], ularning bojxona 
yuk deklarasiyasiga ko’ra hisoblab chiqarilgan umumiy summasi 
so’ndirilgan qarz summasiga kamaytiriladi, 
 
5.4 Bojxona imtiyozlari va preferensiyalari 
 
Tovarlarga nisbatan tarif imtiyozlari va preferensiyalar boj tarifi 
to’g’risidagi qonun bilan belgilanadi va ular individual xususiyatga 
ega bo’lishi mumkin emas, ushbu qonunning ma`lum moddalarida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tarif imtiyozlari respublika 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi. 
Respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo iqtsodiy 
munosabatlarni amalga oshirishda: 
Respublika bilan birga erkin savdo zonasi yoki bojxona ittifoqini 
tashkil qilgan yoxud shunday zona yoki ittifoq tuzish maqsadini 
ko’zlovchi bitimni imzolagan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga 
Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan Respublika 
milliy preferensiyasi tizimidan foydalanuvchi rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan boj to’lashdan 

 
71
ozod qilish, boj stavkalarini kamaytirish yoki preferensial tartibda 
tovar olib kirishga (olib chiqishga) tarif kvotalari belgilash kabi 
preferensiyalar yo’l qo’yiladi. 
Tarif imtiyozlari berish. 
Respublikaning tashqi savdo siyosatining uning bojxona hududi 
doirasida amalga oshiriladi. 
Respublika bojxona kodeksida belgilangan tegishli bojxona 
rejimlari doirasida bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan yoki 
undan vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga
Respublikaning xalqaro shartnomalarga muvofiq chet elda 
investisiya sohasidagi hamkorlik ob`ektlarini qurish uchun butlovchi 
buyumlar tarkibida olib chiqiladigan tovarlarga; 
Respublikaning bojxona hududidan davlat ehtiyojlari uchun 
eksportga ajratilgan hajmlarda olib chiqiladigan tovarlarga; 
Respublikaning bojxona hududiga chet el investisiyalari 
ishtirokidagi korxonalarning chet el korxonalarning nizom fondlariga 
ulush sifatida olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek qonun 
hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi bitimlarda 
nazarda tutilgan hollarda shundan korxonalar olib chiqib ketadigan 
o’zlari ishlab chiqargan tovarlarni ayrim turlariga nisbatan ilgari 
to’langan bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida 
hollarda bojdan ozod qilish kabi tarif imtiyozlari berilishiga yo’l 
qo’yiladi. 
Boj undirishdan quyidagilar ozod qilinadi: 
-  xalqaro yo’nalishda yuklar, bagaj va yo’lovchilar tashiydigan 
transport vositalari, shuningdek ularni yo’lda, oraliq to’lash 
joylarida bir maromda ishlashi uchun zarur bo’lgan yoki 
uning transport vositalarida yuz bergan, avariyalarga 
(nosozliklarga) baro’am berish uchun chet ellarda sotib 

 
72
olingan moddiy texnika ta`minota buyumlari va asbob 
anjomlari, yoqilg’i, oziq – ovqat mahsulotlari va boshqa 
mol – mulk; 
-  qonun hujjatlariga muvofiq respublikaning valyutasi chet el 
valyutasi (nulizmatika uchun ishlatiladigan valyuta bundan 
mustasno) shuningdek qimmatli qog’ozlar; 
-  dengizda ov bilan band bo’lgan respublika kemalarini hamda 
respublikaning yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
ijaraga olingan kemalarni ta`minlash maqsadida bojxona 
hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy texnika 
ta`minoti va anjomlar, yonilg’i, oziq – ovqat va mol – 
mulk, shuningdek ularni respublikaning bojxona hududiga 
olib kiriladigan ov mahsulotlari; 
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat mulkiga 
aylantirilishi lozim bo’lgan tovarlar: 
-  chet davlatlar vakillarining respublika qonun hujjatlari yoki 
xalqaro shartnomalarga muvofiq boj to’lanmasdan bularni 
olib kirish huquqiga ega bo’lgan jismoniy shaxslarning 
rasmiy yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanishga 
mo’ljallab bojxona hududiga olib kiriladigan yoki bu 
hududdan olib chiqiladigan buyumlar; 
-  insonparvarlik yordami sifatida davlatlar, hukumatlar, 
xalqaro tashkilotlar tomonidan beg’araz yordam tariqasida 
yoki xayriya maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam 
ko’rsatish tarzida avariyalar va halokatlar, tabiiy 
ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 
respublikaning bojxona hududiga olib kiriladigan va 
undan undan olib chiqiladigan tovarlar; 

 
73
-  bepul o’quv davolash va maktabgacha tarbiya bolalar 
muassasalari uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmalari; 
-  uchinchi davlatlar uchun mo’ljallangan va bojxona nazorati 
ostida respublikaning bojxona hududidan tranzit tartibida 
olib o’tiladigan tovarlar; 
-  bojxona qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslar 
tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan va 
ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyatini olib borish 
uchun mo’ljallangan tovarlar; 
-  kichik va o’rta biznes korxonalari o’zlari tashkil etayotgan 
ishlab chiqarishlari uchun texnologiya uskunalarini import 
qilganda. 
Download 392.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling