O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

zaxira talabnomalari
81
, foizda 
81
 
www.cbu.uz
  sayti ma’lumotlari. 
15 
15 
12 
10,5 
0
2
4
6
8
10
12
14
16
Talab qilib olinadigan
depozitlar
1 yilgacha muddatdagi
depozitlar
1 yildan 3 yilgacha
muddatdagi
depozitlar
3 yildan ortiq
muddatdagi
depozitlar


 
80 
5-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari 
depozitlarining muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan. 
2005-2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankininng 
tijorat banklarining so‘mdagi va xorijiy valyutalardagi majburiy zaxira 
stavkalari yuqori va barqaror darajada saqlanib qoldi. 
Respublika Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari 2007- 
yilning sentyabr oyida unifikatsiya qilindi va tijorat banklarining barcha 
depozitlari uchun yagona 15% qilib belgilandi. 2008-yil noyabrdan 
boshlab, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2,0 foizli 
punktga oshirildi. 
2001-2005-yillar mobaynida respublika Markaziy bankining tijorat 
banklarining so‘mdagi depozitlariga nisbatan belgilagan majburiy zaxira 
stavkalarining sezilarli darajada pasayib borishi kuzatildi. Bu esa, xorijiy 
valyutalarga nisbatan tranzaksion depozitlar shaklida yuzaga keladigan 
talab summasini sezilarli darajada oshishiga olib keldi va majburiy 
zaxira talabnomalarining tijorat banklarining depozit bazasiga nisbatan 
salbiy ta’siri saqlanib qoldi.
2009-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari depozitlarining muddatiga 
bog‘liq ravishda tabaqalashtirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad – tijorat 
banklarining 
uzoq 
muddatli 
resurs 
bazasini 
mustahkamlashga 
ko‘maklashish. 
Yevro muomalaga kiritilgunga qadar Yevropa Ittifoqiga (YeI) a’zo 
bo‘lgan mamlakatlarning ichida majburiy zaxira stavkasi nisbatan Italiya 
va Ispaniyada yuqori bo‘lib (20 foizgacha), inflyatsiya yillik darajasini 
ushbu ikkala mamlakatda YeIning boshqa mamlakatlariga nisbatan 
sezilarli darajada yuqori ekanligi bilan izohlanadi. O‘zbekistonda esa, 
2018-yilga qadar majburiy zaxira stavkalarining darajasini belgilashda 
inflyatsiya omilini hisobga olishga zaruriyat yo‘q edi. Chunki, bu davrda 
mamlakatimizda inflyatsiyaning mo‘tadil darajasini ta’minlashga 
muvaffaq bo‘lingan. Masalan, inflyatsiyaning yillik darajasi 2012-yilda 
7,0 foizni tashkil etdi. Holbuki, ushbu ko‘rsatkich 2001-yilda 26,6 foizni 


 
81 
tashkil etar edi
82
. Biroq, 2017-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda 
inflyatsiyaning yillik darajasi 14,4 foizni tashkil etdi.
2007-yilning 1-sentyabridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining xorijiy valyutadagi depozitlarga nisbatan o‘rnatgan 
majburiy zaxira stavkasini 5 foizli punktga keskin oshirilishi, 
birinchidan, tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan kuchli salbiy 
ta’sirni yuzaga keltiradi; ikkinchidan, tijorat banklarining xorijiy 
valyutalardagi muddatli va jamg‘arma depozitlariga foiz to‘lash 
imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Bu esa, aholi qo‘lidagi va 
korxonalar joriy hisob raqamlaridagi valyuta mablag‘larini banklarning 
muddatli depozit hisobraqamlariga jalb etish jarayoniga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida aholi va 
korxonalar joriy hisobraqamlaridagi valyuta mablag‘larini tijorat 
banklarining muddatli va jamg‘arma depozit hisob raqamlariga jalb etish 
va ularni iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga kredit sifatida 
yo‘naltirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan 
biri hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etish, o‘z navbatida, xorijiy 
valyutalarda banklarga jalb etilgan muddatli va jamg‘arma depozitlariga 
to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirish yo‘li bilan mazkur depozitlarning 
aholi va korxonalar uchun jozibadorligini oshirishni taqozo etadi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy bank 
xorijiy valyutalardagi depozitlarga nisbatan belgilangan majburiy zaxira 
stavkalarini minimal darajaga keltirishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki xorijiy valyutalardagi depozitlarga nisbatan belgilangan 
amaldagi zaxira stavkasini oshirish yo‘li bilan respublikamiz tijorat 
banklarining xorijiy valyutalardagi muddatli va jamg‘arma depozitlariga 
foiz to‘lash imkoniyatini keskin pasaytiradi.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining xorijiy valyutadagi 
depozitlariga nisbatan Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy 
zaxira stavkalarining sezilarli darajada (5-6 foizli punktdan 80 foizli 
punktgacha) oshirilishi, odatda, mamlakatga xorijiy valyutalar kirib 
kelishining kuchayishi oqibatida mamlakatning to‘lov balansida katta 
82
O‘zbekiston Markaziy bankining pul-kredit siyosati yakunlari bo‘yicha yillik hisobotlari ma’lumotlari.


 
82 
miqdorda ijobiy saldoning paydo bo‘lishi va xalqaro zaxiralar 
miqdorining keskin ko‘payishi natijasida amalga oshiriladi. 
Shunisi 
xarakterliki, 
ayrim 
MDH 
davlatlarida 
(Rossiya, 
Qozog‘iston) so‘nggi yillarda markaziy banklarning majburiy zaxira 
stavkalarini 
pasayib 
borishi 
kuzatilmoqda. 
Masalan, 
Rossiya 
Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining rubldagi 
depozit hisobraqamlarining qoldiqlariga nisbatan majburiy zaxira 
stavkasi 2011-yilning 1-aprelidan boshlab 4,0% qilib belgilandi. 
Holbuki, 2004-yilda majburiy zaxira stavkasi 7 foiz edi
83

Xalqaro bank amaliyotida majburiy zaxira stavkalarini belgilashda 
tranzaksion depozitlarning xorijiy valyutalarga bo‘lgan talabga va 
majburiy zaxira siyosatining tijorat banklarining depozit bazasiga ta’siri 
masalalari inobatga olinadi. Masalan, AQShda 2007-yilning 20- 
dekabridan boshlab tranzaksion depozitlar bo‘yicha tabaqalashgan 
majburiy zaxira stavkalari quyidagicha bo‘lishi belgilab qo‘yildi: 
– 0 AQSh dollaridan 9,3 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan 
tranzaksion depozitlarga nisbatan 0 %;
– 9,3 mln AQSh dollaridan ortiq va 43,9 mln AQSh dollarigacha 
bo‘lgan tranzaksion depozitlarga nisbatan 3 %;
– 43,9 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan tranzaksion depozitlarga 
nisbatan 10 %.
Ta’kidlash lozimki, AQShda 1990-yil 20-dekabrdan buyon 
muddatli depozitlar va xorijiy valyutadagi depozitlar majburiy zaxira 
talabnomalaridan to‘liq ozod qilingan
84
.
AQSh misolida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, nisbatan 
katta miqdordagi tranzaksion depozitlarga nisbatan yuqori zaxira 
stavkalari belgilangan. Chunki ular xorijiy valyutalarga bo‘lgan talabga 
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklarining muddatli depozitlari esa 
majburiy zaxira talabnomalaridan ozod qilingan. Buning boisi shundaki, 
muddatli depozitlar tijorat banklarining asosiy resurs manbai hisoblanadi 
va ularga nisbatan yuqori zaxira stavkalarining qo‘llanilishi tijorat 
83
Материалы Бюллетеня бакновской статистики Центрального банка Российской Федерации. 
84
http: // www.federalrezerve. gov/ monetarypolicy/ rezervereq. htm. 


 
83 
banklarining resurs bazasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga 
keltiradi.
Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Lyuksemburg, Shvetsiyada 
majburiy zaxira siyosatidan Markaziy bank pul-kredit siyosatining 
instrumenti sifatida foydalanilmasligining asosiy sababi, fikrimizcha, 
mazkur mamlakatlarda pul-kredit siyosatining ochiq bozor siyosati, 
qayta 
moliyalash 
siyosati, 
valyuta 
siyosati 
kabi 
an’anaviy 
instrumentlaridan foydalanish amaliyotining takomillashganligidir. Shu 
sababli, mazkur mamlakatlarda majburiy zaxira stavkalari orqali tijorat 
banklarining depozit bazasiga ta’sir qilish yo‘li bilan ularning kredit 
ekspansiyasini jilovlash zaruriyati mavjud emas.
Shunisi xarakterliki, majburiy zaxira stavkalarini depozitlarning 
summasi va muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirish zaxira 
talabnomalari miqdorini hisoblash va uning to‘g‘ri hisoblanayotganligi 
ustidan Markaziy bank nazoratini amalga oshirishni qiyinlashtiradi. 
Ammo qiyinchilikdan qochib, zaxira stavkalarini tabaqalashtirmaslik 
majburiy zaxira siyosatidan foydalanish amaliyotini takomillashtirish 
imkonini bermaydi. 
Odatda, tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi depozitlariga 
majburiy zaxira talabnomalarini joriy etish to‘lov balansining yirik 
miqdordagi profitsiti mavjud bo‘lgan sharoitda milliy valyutaning 
revalvatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshiriladi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida esa, 
revalvatsiya muammosi mavjud emas. 2005-yildan 2012-yilga qadar 
so‘m nominal almashuv kursining yetakchi xorijiy valyutalarga nisbatan 
pasayishi kuzatildi. 
Xulosa qilib aytganda: 
– Markaziy bankning majburiy zaxira talabnomasi tijorat 
banklarining kreditlash salohiyatiga bevosita va kuchli ta’sir ko‘rsatadi, 
shu sababli, bozor xarakteriga ega bo‘lgan monetar instrumentlardan 
(ochiq bozor siyosati, diskont siyosati, valyuta siyosati) foydalanish 
amaliyoti 
takomillashmagan 
mamlakatlarda 
majburiy 
zaxira 


 
84 
talabnomalari tijorat banklari kredit ekspansiyasini jilovlashning eng 
qulay vositasi hisoblanadi;
– qator rivojlangan davlatlarda Markaziy bankning majburiy zaxira 
talabnomalarining tijorat banklari resurs bazasiga nisbatan salbiy 
ta’sirini oldini olish maqsadida majburiy zaxira stavkalari depozitlarning 
summasi va muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan; 
– O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank majburiy zaxira 
stavkalarini 
depozitlarning 
muddatiga 
bog‘liq 
ravishda 
tabaqalashtirilganligi tijorat banklarining uzoq muddatli resurs 
bazasining barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling