O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti
(3-ilova) Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar
Download 5.13 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (5-ilova) Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar.
- O’quv mashg‘ulotining maqsadi
- Pedagogik vazifalar O‘quv faoliyati natijalari
- O‘qitish usullari Axborotli ma’ruza, “Aqliy hujum” va “Venn” diagrammasi O‘qitish vositalari
- Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi Monitoring va baholash Og‘zaki nazorat, savol-javob
- Tinglovchi faoliyatining mazmuni I-bosqich. Mavzuga kirish. (10 minut)
- II-bosqich. Asosiy qism 2.1. Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi (1-ilova) Tinglaydilar va rejani yozib oladilar
- III-bosqich. Yakuniy qism (15 minut)
- (6- ilova)
- (2-ilova) 1. Qalqonsimon bez garmonlari va reproduktiv sistema.
- Qalqonsimon bez gormonlari
- Qalqonsimon bez garmonlari deyarli barcha a’zolar faoliyatida ishtirok etadi
- 2. Qalqonsimon bez kasalliklari va ularning oldini olish.
- Bazedov kasalligi
(3-ilova) Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar. Ichki muhit, siydik kislota, kreotinin, ayiruv organlari, ekskrеtor organ, karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va engil uchuvchi gazlar, nеfron, osmatik bosim, Shumlyanskiy Baumen kapsulasi, filtratsiya, rеabеorbtsiya, eniurеz, epidеrmis, oʻrta derma va gepoderma, tеri kasalliklari, epidеrmofitiya, chiniqtirish. 105 (4-ilova) Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 1. Ayiruv organlarining ichki muhit organizm faoliyatidagi ahamiyati va xususiyatlari. 2. Ayiruv organlariga nimalar kiradi? 3. Buyrakning tuzilishi va funksional ahamiyati. 4. Dastlabki siydik hosil bo‘lish jarayonini tushuntiring. 5. Eniurez kasalligini kelib chiqish sabablarini tushuntiring. 6. Tеrining organizm faoliyatidagi ahamiyati. 7. Tеrining tuzilishi. 8. Bolalarda uchraydigan tеri kasalliklari. 9. Quyosh nurida chiniqtirish ta’sirida terida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi? 10. Suv orqali chiniqtirishning qanday mahalliy muolajalari mavjud? (5-ilova) Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 1. Klemesheva L.S. “Vozrastnaya fiziologiya i gigiena”. Ucheb. posobie. Toshkent. “O‘qituvchi”, 1991 g. 2. Klemesheva L.S., Ergashev M.S. “Yoshga oid fiziologiya”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. “O‘qituvchi”, 1991 y. 3. Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 4. Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. Darslik. Toshkent, “YAngi asr avlodi”. 2009 y. 5. Sodiqov Q.S. “O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi” Toshkent. “O‘qituvchi” 1992 y. 6. Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi” M. Prosveshenie 1990 g. 7. Aminov B., Tilovov T. “Odam va uning salomatligi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1995 y. 8. Antropova M.V. “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”. M.Meditsina. 2002 y. 9. Internet sayti: www.ziyo.net.uz 10. Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru 106 1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi O’quv soati: 2 soat Talabalar soni: 26 ta O’quv mashg‘ulot shakli Axborotli, vizual ma’ruza Ma’ruza rejasi 1. Qalqonsimon bez garmonlari va reproduktiv sistema. 2. Qalqonsimon bez kasalliklari va ularning oldini olish. O’quv mashg‘ulotining maqsadi: Qalqonsimon bez garmonlari va reproduktiv sistema haqida ma’lumot berish. Qalqonsimon bez kasalliklarining organizmga ta’sirini yoritish. Ularning oldini olish choralarini ko’rsatib berish. Pedagogik vazifalar O‘quv faoliyati natijalari Interfaol metodlarni qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil etish; Qalqonsimon bez garmonlari va reproduktiv sistema haqida ma’lumot beradi; Qalqonsimon bez kasalliklarini kelib chiqish sabablarini tushuntiradi; Qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish choralarini o‘rgatish. Qalqonsimon bez garmonlari va reproduktiv sistema haqidagi ma’lumotga ega bo’ladi; Qalqonsimon bez kasalliklarini kelib chiqish sabablari haqida bilib oladi; Qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish haqida bilib oladi; O‘qitish usullari Axborotli ma’ruza, “Aqliy hujum” va “Venn” diagrammasi O‘qitish vositalari Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska O‘qitish shakllari Jamoada ishlash O‘qitish shart-sharoiti Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi Monitoring va baholash Og‘zaki nazorat, savol-javob 1.2. Gormonal sistemasining xususiyatlari mavzusining texnologik xaritasi Ish bosqichlari O’qituvchi faoliyatining mazmuni Tinglovchi faoliyatining mazmuni I-bosqich. Mavzuga kirish. (10 minut) 1.1. Talabalarni mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutiladigan natijalar bilan tanishtiradi Tinglaydilar II-bosqich. Asosiy qism 2.1. Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi (1-ilova) Tinglaydilar va rejani yozib oladilar 10 – MAVZU: GORMONAL SISTEMASINING XUSUSIYATLARI 107 (55 minut) 2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi (4-ilova) 2.2. Talabalarni faollashtirish maqsadida “Aqliy hujum” metodidan foydalanadi. so’ngra, mavzu rejalari mazmun-mohiyatini tartib bilan, xususan, qalqonsimon bez tuzulishini rasm orqali batavsil ochib beradi (2-ilova) 2.6. Guruhdagi talabalar bilimini sinash va mustahkamlash Endemik bo’qoq va Bazedov kasalligini Venn diagrammasi asosida yoritib berishlarini so’raydi(3-ilova) Tayanch tushunchalarni yozib oladilar Savolga javob beradilar Tinglaydilar va tushunib oladilar Asosiy ma’lumotlarni konspekt daftarlariga yozib oladilar Topshiriqni bajaradilar III-bosqich. Yakuniy qism (15 minut) 3.1. O’tilgan mavzu bo’yicha guruhdagi talabalar bilimini sinash va mustahkamlash maqsadida nazorat savollarini beradi (5- ilova) 3.2. Uy vazifasi sifatida amaliy mashg’ulot mavzusi va topshiriqlarni beradi. 3.3 Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtiradi (6- ilova) Savollarga javob beradilar Uyga berilgan topshiriqni va adabiyotlar ro’yxatini yozib oladilar (1-ilova) REJA: 1. Qalqonsimon bez garmonlari va reproduktiv sistema. 2. Qalqonsimon bez kasalliklari va ularning oldini olish. (2-ilova) 1. Qalqonsimon bez garmonlari va reproduktiv sistema. Organizm faoliyati asosan nerv sistemasi orqali boshqarilib qolmasdan, bundan tashqari gumoral yo‘l bilan ham boshqarilishi qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan. Organizm hayot faoliyatida hosil bo‘lgan kimyoviy moddalar qon tomirlariga va hujayra suyuqligiga tushadi. Hujayra suyuqligiga tushgan ximiyaviy moddalar organlar faoliyatiga ta’sir etib, ularni o‘zaro munosabatlarini ta’minlaydi. Odam va hayvon organizmi ko‘p sondagi turli xil organlardan tashkil topgan bo‘lib, ammo bu organlar xayron qolarli darajada, bir-biri bilan kelishilgan holda ishlaydi. Ana shunday organizm qismlarining ajoyib munosabatda bo‘lib ishlashi natijasida organizm bir butun bo‘lib tashqi muhitning o‘zgaruvchan yashash sharoitiga moslashadi. Organizm funksiyalarining doimiy kelishilgan holda ishlashini ta’minlovchi murakkab boshqarish sistemasi, uning ichki hayoti va tashqi muhitdagi xulq-atvoriga bog‘liqdir. Evolyusiya jarayonida, shunday o‘ziga xos organlar sistemasi hosil bo‘ldiki, bu sistema murakkab kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, xatto, hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir. Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yo‘llari bo‘lmaydi, shuning uchun, ular endokrin bezlar deb ham ataladi. Bu so‘z grekcha endo-ichki va krino-ajratish, chiqarish so‘zlaridan olingan. Galen (1543) –qalqonsimon bez anatomiyasini o‘rgandi. Wharton (1656) - bezga “qalqonsimon” deb nom berdi. King (1836) – Endokrin organlar faoliyatida bezning 108 rolini o‘rgandi. Baumann (1896) – qalqonsimon bez faoliyatida yod almashinuvini aytib o‘tdi. O. V. Nikolaev (1951) –subtotal strumektomiya operatsiyasini ixtiro qildi. S.A.Masumov – O‘zbekistonda endemik o‘choqlarni aniqladi va bo‘qoq profilaktikasini taklif qildi. M.S. Astrov, R.Islambekov, YO. X. Turakulov Respublikamizda bo‘qoqni o‘rganishda katta xissa qo‘shishdi. Mamlakatimizda bugungi kunda 15 dan ziyod endemik o‘choq bo‘lib, aholining qariyb 10-20% da qalqonsimon bezning kattalashuvi kuzatiladi. Bu birinchi galda, atrof muhit va suv havzalaridagi ichimlik va ozuqa moddalarda yod moddasining tanqisligi oqibatida kelib chiqishi isbotlab berilgan. Qalqonsimon bez. Bu bez boʻyinnnig oldingi qismida joylashgan boʻlib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlardan yopib turadi. 3 boʻlakdan: ikkita yon va bitta oʻrta boʻlakdan iborat. Ona qornida embrion rivojlanishining 12 xaftasidayoq qalqonsimon bez oʻz faoliyatini aktivlashtiradi. Bola tugʻilganida bez vazni 1 gr, 1 yoshda 2 gr, 2 yoshda 6 gr, 5-10 yoshda 10 gr, balogʻat yoshida bez tez kattalashadi va erkaklarda 25 gr, ayollarda 30-35 gr gacha boʻladi. Qalqonsimon bezdan tiroksin gormoni ishlab chiqariladi. Tiroksinning tarkibida 65 % dan koʻproq yod moddasi bor. Katta odam tanasida 25 mg yod boʻladi, shundan 15 mg qalqonsimon bezda saqlanadi. Shuningdek yod insonning boshka a’zolarida, konda xam yodit formasida aylanib yuradi va /SBI xolida/ oksil bilan kushilgan buladi. Inson organizmiga neorganik yod ovkat orkali kiradi. Uning 2/3 qismi buyrak orqali chiqib ketadi, qolgan qismi qon bilan qalqon beziga boradi. Qalqonsimon bezdan yana triyodtironin, kaltsitonin gormonlari ham ishlab chiqariladi. Bu gormonlar moddalar almashinuviga ta’sir qiladi, organizmdagi oksidlanish jarayonini kuchaytirib energiya almashinuviga ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez gormonlari oqsil orqali jigar bilan aloqador bo‘lib, chekka to‘kimalarni yod bilan ta’minlaydi. Qalqonsimon bez quyidagi fiziologik fktiv garmonlarni ishlab chiqaradi: Triyodtironin (T 3 ); Tetrayodtironin (T 4 ) yoki tiroksin. Qalqonsimon bez tireoid gormonlari vazifasi. - homilaning bosh miyasi rivojlanishi va bolaning keyingi hayotida intellektni rivojlanishida asosiy ahamiyatga ega; - normal energetik almashinuvni taminlaydi; - oqsil sintezini stimullaydi; - qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi; - immun sistemaga tasir qiladi; - adaptatsion reaksiyalar kompleksini taminlaydi; - o‘sish jarayonlari va suyak skeleti etilishi jarayonlarini nazorat qiladi; - reproduktiv sog‘liq sifatini aniqlaydi. 1- qalqonsimon bez; 2- ayrisimon bez 109 Yodsiz tireoid gormoni sintez boʻlmaydi va qalqonsimon bez qonda yodni soʻrib oladi. Qalqonsimon bezda yana bir gormon, paratgarmon antagonisti boʻlgan kalsitonin ishlab chiqarib, u qondagi kalsiy miqdorini kamaytiradi. Qalqonsimon bez gormoni amalda organizmdagi hamma jarayonlarda qatnashadi. U jismoniy, ruhiy va jinsiy rivojlanishni belgilaydi, toʻqimalar oʻsishini takomillashishini suyaklanishni ragʻbatlantiradi. Tireoid gormonining barcha xususiyatlari ichida uning toʻqimalarda oksidlanishni, issiqlik ajratishni koʻpaytirishni, oqsil, yogʻ, uglevod parchalanishini kuchaytirishni ragʻbatlanti-ruvchi ta’sirini koʻrsatib oʻtish kerak. Qalqonsimon bez garmonlari deyarli barcha a’zolar faoliyatida ishtirok etadi: Qalqonsimon bez oldi bezi. Bu bez ikki juft boʻlib qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Har birining vazni taxminan 0,1 g. Ularning ajratgan gormoni paratgormonlar deyiladi. Paratgormonlarning asosiy xususiyati qon zardobida moddasini ma'lum miqdorda saqlashdir. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv – muskul sistemasining qoʻzlauvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qoʻllari qaltiraydi. Gormon juda kamaysa suyaklar yumshab, moʻrtlashib tez sinuvchi boʻlib qoladi. Qalqon oldi bezlarining funktsiyasi ortib, paratgormon koʻp ishlab chiqilsa nerv-muskul sistemasining qoʻzgaluvchanligi pasayib, tana muskullari boʻshashib qoladi, tez charchaydi, umumiy xolsizlanadi. Ayrisimon bez – (timus) bu bez toʻsh suyagining orqa qismida joylashagn. Uning vazni yangi tugʻilgan bolada 12 g boʻlib, to balogʻatga etish davrigacha 14-15 Yoshgacha kattalashib 30-40 g gacha etadi. Soʻngra bezning hajmi asta sekin kichiklashib yogʻʻ moddasiga aylanadi. 25 Yoshda bezning ogʻirligi 25 g gchach kamayadi. 60 Yoshda 15 Ovqat hazm qilish sistemasi faoliyati Teri va soch shakllanishi Yurak qon‐tomir sistemasi faoliyati Suyak, mushak‐bo’g’in sistemasi faoliyati Reproduktiv funksiya Asab sistemasi faoliyati va ruhiyat 110 g, 70 Yoshda 6 g boʻladi. Ayrisimon bez timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalarning oʻsishiga ijobiy ta’sir etadi va jinsiy bezlar funktsiyasini susaytirib bolada baldogʻatga etishni susaytiradi. Ekspremental tekshirishlar natijasida bu bez organizmning immunitet xususiyatiga ta’sir etishi aniqlangan. Qizil ilikdan hosil boʻladigan limfotsitlar ayrisimon bezdan oʻtgandan keyingina himoya qilish qobiliyatiga ega boʻlar ekan. Ayrisimon bez gormoni timozin faqat limfotsitlarni aktivlashtirmasdan, balki organizmda uglevod va kaltsiy almashinuvida, nervdan muskullarga ta’sir oʻtishini nazorat qilishda ham ishtirok etadi. Timus bezi olib tashlanganda mineral tuzlar almashinuvi buziladi. Muskullar boʻshashib kuchsizlanadi. Buyrak usti bezlari. Bir juft boʻlib, ikkita buyraklarning ustida joylashgan. Bezning vazni yangi tugʻilgan bolalarda 7-8 g. 1-2 Yoshda 5 g, 3-5 Yoshda 5,5 g, 8-10 Yoshda 7 g, 11-15 Yoshda 8,5 g, kattalarda 14-15 g keladi. Bez poʻstloq va magʻiz qismdan iborat. Bezning magʻiz qismi bola 2 yoshga toʻlguncha rivojlanib boradi. 1- buyrak usti bezi; 2- buyrak Buyrak usti bezining poʻstloq qavatida uch guruh kortikosteroit gormonlar ishlab chiqariladi: Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi glyukogokortikoid gormonlar, mineral tuzlar almashinuvini boshqaruvchi mineralokortikoidlar, erkak va ayol jinsiy gormonlarining bir turi androgenlar va estrogenlar ishlab chiqariladi. Buyrak usti bezining po‘stloq qismidan 3 ta asosiy gormon ishlab chiqaradi. Mineralokortikoid garmoni - mineral tuzlarni almashinuvini boshqaradi. Glyukokortikoid garmoni - oqsil va uglerod almashinuvini boshqaradi. Bunda qonda-qand, jigarda-glikogen ajralishi ko‘payadi. Androgen va ekstrogen garmonlari erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini tartibga solib turadi. Mag‘iz qavatning muhim gormonlari noradrenalin va adrenalin bo‘lib, bular bir xil garmon bo‘lganligi uchun katexalamin garmoni deb ham yuritiladi. Adrenalin gormoni yurak qisqarishini, qon aylanishini tezlashtiradi, teri, ichki aʻzolar, muskullarni taʻminlovchi qon tomirlarni toraytiradi, muskullar charchashini kamaytiradi, nafas olishni kuchaytiradi, bronxlarni kengaytiradi, jigarda glikogen parchalanishini jadallashtiradi, ichak harakatlarini sekinlashtiradi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi va hokazo. 2. Qalqonsimon bez kasalliklari va ularning oldini olish. Turli xil gormonlarning bir meʻyorda hosil bo‘lishi izdan chiqadigan hollar bo‘ladi, yaʻni bir xil gormonlar kam ishlanib chiqishi hisobiga boshqa gormonlar ko‘p ishlanib chiqadi. Bolalar bunday kasallikka duchor bo‘lganda, o‘sish va jinsiy rivojlanish jarayonlariga keskin taʻsir ko‘rsatishi mumkin. Kasallik moddalar almashinuvining izdan chiqishiga ham olib keladi, bola semirib ketadi (yog‘ bosadi). Kasallik manzarasi gormonlar biosintezi qay darajada buzilganiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, qiz bola organizmida buyrak usti bezlari po‘stlog‘i gormonla-rining biologik sintezi o‘zgarishi oqibatida erkak jinsiy gormonlari andro-genlar ko‘p ishlab chiqarilganda (ular bir oz miqdorda sog‘lom ayol organizmida ham hosil bo‘ladi), unda 111 erkaklarga xos baʻzi alomatlar paydo bo‘ladi (ovozi do‘rillaydi, soqol-mo‘ylovi o‘sadi, erkaklarda ko‘riladigan ikkilamchi jinsiy belgilar ham paydo bo‘lishi mumkin). Bu kasallik Adrenogenital sindrom deb ataladi. O‘g‘il bolalarda qonga androgenlar ortiqcha tushganda ular tez o‘sadi va balog‘atga erta etadi. Biroq, 11-12 yoshga borib, bolalar o‘smay qo‘yadi va oqibat natijada pakana bo‘lib qolishi mumkin. Baʻzan, buyrak usti bezlarn po‘stlog‘ida gormonlar hosil bo‘lishi buzilganda turg‘un gipertoniya paydo bo‘ladi, tuzlar keskin yo‘qotiladi. Androgenlar koʻp ishlab chiqilsa yosh bolada balogʻatga etish belgilari paydo boʻladi. Ba'zan yoshi keksaygan ayollarda androgenlar koʻp ishlab chiqarilsa, ularning iyagida soqol oʻsadi, ovoz erkaklarnikiga oʻxshab qoladi. Buyrak usti bezining magʻiz gormonlari ishlab noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar qon aylanishini, muskullar qisqarishini tezlashtradi, nafas olishni kuchaytiradi, bronxlarni kengaytiradi, jigarda glikogen parchalarini jadallashtiradi, meʻda va ichaklar qisqarishi sekinlashadi, Koʻz qorachigʻi kengayadi. Emotsional holatda (qoʻrqqanda, hayajonlanganda) adrenalin koʻp ishlab chiqiladi, natijada yurak urishi tezlashib, qon bosimi ortadi. Buyrak usti bezi magʻiz moddasi funksiyasi ortishi bilan kechuvchi kasalliklar Bu kasalliklar ichida eng katta ahamiyatga ega boʻlgani mana shu toʻqimadan hosil boʻlgan yaxshi sifatli oʻsma-feoxromositoma yoki uning yomon sifatli xilifeoxromob- lastomadir. Feoxromositomaning oʻsishi katta miqdorda katexolaminlar paydo boʻlishi va ularni vaqti-vaqti bilan qonga tushish bilan birgalikda ketadi. Kasallik xuruj, kriz koʻrinishida kechib arterial bosimning ortiq darajada -(200 mm simob ustinidan ortiq) keskin koʻtarilishi bilan xarakterlanadi. Qalqonsimon bezda yod etishmasligi yoki me’yordan ortiq bo’lishi bilan bog’liq quyidagi kasalliklar kelib chiqadi: Gipotireoz va gipertireoz; Endemik bo’qoq; Miksedema; Kretinizm; Bazedov kasalligi. Endemik buqoq kasalligi qalqonsimon bezning progressiv holda kattalashib ketishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning paydo bo‘lishida suv va tuproqda yod miqdorning qanday ekani ma’lum ahamiyatga ega. Dengiz bo‘yida endemik buqoq kasalligi kam uchraydi, chunki dengiz suvidagi yod bug‘lanadi, sungra tuproq va suv xavzalariga kaytib tushadi. Balandliklar, tog‘ joylarda tuproqda ham xavoda yod mikdori kam bo‘ladi. Demak, kassalik xavoda, oziq-ovqat maxsulotlarida, suvda, to‘proqda yod moddasi etishmasligi sabab uchraydi. Endemik buqoq qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. qadimgi Xitoy, Xindiston, Gretsiyada olimlar buqoq kassaligi bilan shug‘unlanishgan. Bukrot, Galen, Sels, kabi olimlar o‘z asarlarida kasalligini qayd o‘tishgan. Sharqning buyuk allomasi Abu Ali Ibn Sino ham o‘z asarlarida buqoq kassaligini aniklash va unga davo qilish hakida yozgan. Ba’zan boʻqoq endemik boʻlmagan nohiyalar aholisida ham kuzatilishi mumkin va bu vaqtda u sporadik boʻqogʻi deb ataladi. 112 Bu kasalliklar, yod tankis kasalligi bo‘lib, yod tankisligi natijasida rivojlanadi. Yod hayotiy muxim mikroelement bo‘lib, uning asosiy massasi qalqonsimon bezda va qonda konsentratsiyalanadi. Qondagi yod turli organ va to‘qimalarga o‘tib qisman lipidlarda depolanadi, so‘ngra buyraklardan chiqib ketadi. Odam organizmiga yod kam miqdorda tushadi (15 – 20mg) va unga extiyoj (100 – 150 mg) va unga extiyoj 100 – 150 mkg kuniga tashkil etadi. Yodning asosiy vazifasi – qalqonsimon bez gormonlari xosil bo‘lishida qatnashish, yani u tireoid gormonlarni almashtirib bo‘lmas komponenti hisoblanadi (tiroksin va triyodotironin). Yod moddasi etishmasligi oqibatida endemik buqoq kasalligi kelib chiqadi. Belgilari boʻyinning oldingi qismida shish (buqoq) paydo boʻlib, uning kattaligi yongʻoqdan to katta choynakgacha boʻlishi mumkin. Bez koʻproq gormon ishlab chiqarsa Bazedov kasalligi kelib chiqadi. 1840 yilda vrach Bazedov bu kasallikni ta'riflagan va uning nomi bilan yoki «diffuz» toksik buqoq deb ataladi. Bunda yurak tomir sistemasining faoliyatida oʻzgarish roʻy beradi. Yurak urishi tezlashadi. Puls minutda 180-200 marta uradi. Moddalar almashinuvi ancha kuchayadi, bemor oza boshlaydi, jaxldor, yigʻloq boʻlib qoladi, koʻzlari chaqchayadi. Bazedov kasalligi yoki bazedov boʻqogʻi turli etioligiyali boʻqoqlar ichida eng katta ahamiyatga egadir. U koʻpincha ayollarda oʻtkir yoki surunkali ruhiy asab shikastlanishlaridan soʻng rivojlanib, faollashadi. Bu holat qalqonsimon bezda koʻpayib gormon ishlanishiga va uni qonga chiqarilishiga olib keladi. Bemorlarda xarakterli uchlik (uchta belgi) — boʻqoq, koʻzning chaqchayib qolishi (ekzoftalm) va taxikardiya paydo boʻladi. Boʻqoq odatda diffuz, ba'zan tugunli boʻladi. Bazedov kasalligi gipertireoz yoki hatto tireotoksikoz bilan birgalikda kechadi. Bemorlar ozib ketadilar. Ular osonlikcha qoʻzgʻaluvchan, bezovta boʻlib qoladilar, kayfiyati tez oʻzgaruvchanligi, tez charchashlik, qoʻl panjalarining titroqligi, reflekslarining kuchayishi xarakterli boʻladi. Asab sistemasi va mushaklar faoliyatining buzilishi ularda ATF yetishmasligi, mushaklarda glikogen 113 zaxirasining kamayishi va moddalar almashinuvining boshqa buzilishlari bilan bogʻliqdir Taxikardiya simpatik-adrenal sistema bilan bogʻliq. Bemorlarda nafas tiqilishi, sistolik arterial bosim ortishi, poliuriya (siydikni koʻp ajralishi) kuzatiladi. Koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlarning koʻpchiligi tireotoksikoz vaqtida moddalar almashinuvining oʻzgarishi, oksidlanish jarayonining kuchayishi, asosiy modda almashinuvi va haroratning ortishi bilan bogʻliq boʻlib, u oranizmni gipoksiyasiga boʻlgan sezgirligini keskin orttiradi. Glikogen, oqsil va yogʻlar parchalanishi kuchaya-di, giperglikemiya paydo boʻladi. Suv almashinuvi buzilishi natijasida yurak mushaklarida vakuol distrofiyasi rivojlanadi, yurak hajm jihatidan kattalashadi, jigarning serozli shishi va uning oqibatida sklerozi kuzatiladi. Tashqi muxitda yod etishmasligi natijasida, kalqonsimon bez organizmni yodli gormonlar bilan etarli miqdorda ta’minlay olmaydi. Yod etishmaslik xolatlarda, katta yosh bemorlarda gipotireoz (ko‘pincha subklinik) paydo bo‘ladi va ko‘pkina a’zo va to‘kimalarda buzilishlar ro‘y beradi. Qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi moddalar almashinuvi jarayonining susayishiga, o’sayotgan organizm o’sishining sekinlashishiga va psixikasining o’zgarishiga olib keladi. Natijada, miksidema−kritinizm kasalligi vujudga keladi. Bu xolatda (yod defitsit hollarda) homiladorlik davrida buqoq, mulsuyuklik (mnogovodie), plansentani rivojlanmasligi va boshqa asoratlar kuzatiladi. Ona ornidagi homilada moddalar almashinuvning turlicha o‘zgarishlar bilan tutiladi. Bu gipoteriozning kretinizm deb ataluvichi eng og‘ir turidir. Bunday bolalarda miksedematoz, neyrospastik kaltafaximlik, va ko‘pincha kar-sokovlik, nutqning buzulishi, ko’z g’ilayligi qayd qilinadi. Kaltsitonin gormoni kaltsiy almashinuviga kuchli ta’sir qiladi. Agar bez yosh bolalarda oʻz vazifasini kuchsizlantirib qoʻysa gipotireoz hodisasi yuzaga kelib, natijada kretinizm kasalligi kelib chiqadi. Boʻy oʻsmaydi, jinsiy, aqliy, jismoniy qobiliyatlar rivojlanmaydi. Kretinizmga uchragan 18 yashar qiz Katta yoshlarda bez fazifasining kuchsizlanishi miksedema kasalligiga olib keladi. Bunda asosiy almashinuv 30-40 % kamayib, tanada toʻqimalarda suyuqlik koʻpayadi va shu hisobda ogʻirlik ortadi, semiz koʻrinadi, jinsiy a’zolar funksiyalarini buzulishi, yurak urish sekin, qon aylanish sekin, holsizlik, tana harorati past boʻladi. Aqliy faoliyatning pasayishi kuzatiladi, ruhiyatda tormozlanish holati ro’y beradi. 114 Koʻpincha asab toʻqimasida, jumladan bosh miyada distrofik oʻzgarishlar (tireotoksik ensefalit) kuzatiladi. Bu kasallik bilan og’rigan be’morlarda badan shishadi, teri quriydi. Download 5.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling