Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Serpentenit konlari zahirasi haqida ma’lumotlar


Download 301.5 Kb.
bet11/12
Sana13.01.2023
Hajmi301.5 Kb.
#1090014
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Barno diplom ishi lotin

Serpentenit konlari zahirasi haqida ma’lumotlar



Konning nomi

Xomashyo nomi

Kon zaxirasi, mln. tonna

1.

Kutchi koni

Serpentenit

4,2

2.

Tangisoy koni

Serpentenit

1,12

3.

YAchminsoy koni

Talk

2,83

Breynerit

4,79

4.

Arvaten

Serpentenit

1363,7


Jami

1376,64

SHuningdek dengiz va ko‘llarning sho‘r suvlari magnezial mahsulotlarni olish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Tuzli ko‘llar dengiz, kontinental va aralash ko‘llar sinflariga bo‘linadi. Respublikamiz tuzli ko‘llari asosan kontinental tuzli ko‘llar sinfiga mansub. Tuzli tarkib bo‘yicha xloridli, culifatli hamda karbonatli ko‘llarga bo‘linadi. Qorqolpoqiston respublikasidagi Barsakelimes, Qaraumbet va Tuzquduq -xloridli ko‘llarga, Tumryuk ko‘li esa culifatli ko‘llarga mansub [35].
Respublikamizda magniyli mineral konlarining etarlicha bo‘lishiga qaramasdan magniyli birikmalar va magniyli o‘g‘itlar juda kam miqdorda ishlab chiqariladi. Magniyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish borasidagi tadqiqotlar asosan dolomit xomashyosi asosida olib borilgan. Dolomitni yirik konlari, respublikamizda Buxora, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona, Namangan, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan bo‘lib, zaxirasi– 72 mln. m3 ni tashkil qiladi [36; 335-339-b., 37; 33-37-b].
Talk, ko‘pincha, magniyga boy o‘ta asos jinslarning gidrotermal o‘zgarishidan yuzaga kelgan mahsulot holida topiladi. Bunday paytlarda u qonuniy ravishda, xromshpinelidlarning qoldiq donalari va qayta hosil bo‘lgan magniy karbonatlari (beriynerit,magnezit), baʼzan kaltsiy karbonatlari bilan bir assotsiyada bo‘ladi. Qayta yuzaga kelgan maxsulot sifatida gematit yoki magnetit, baʼzan appatit metakristallarining bo‘lishi ham juda xarakterlidir. Minerallarning paragenezisiga qaraganda talk tarkibida karbon kislotasi bo‘lgan gidrotermal eritma yordamida magniy silikatlari hisobiga quyidagi reaksiya sxemasi bo‘yicha paydo boʻladi:
4(Mg, Fe)2SiO3+H2O+CO2 → Mg3[Si4O10][OH]2 + 3MgCO3 + Fe2O3
olivin talk magnezit gematit
Gematitning ishtirok etishi reaksiyaning oksidlanuvchi muhitda o‘tishini ko‘rsatadi. Qaytaruvchi muhitda magnetit bilan breynerit yuzaga keladi va shu sharoitda hosil bo‘lgan talk tarkibida maʼlum miqdorda FeO bo‘ladi. Talk toshining o‘tgan asrning 20-yillaridayoq maʼlum bo‘lgan SHabrovskoe koni (Sverdlovskdan 25 km janubda) bunga misol bo‘ladi. Bu genezisi jixatidan ancha yosh granit intruzivlari bilan bog‘liq bo‘lgan SO2 ga boy gidrotermal eritmalarning serpentenitlarga taʼsir etishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladi.
Talkning konlari kontakt-metosamatik protseslar bilan ham bog‘liqdir. Ular gidrotermal stadiyada dalomitlar bilan intruziv jinslar kontaktida yuzaga keladi. SHunday paytlarda tozaligi va aʼlo sifati bilan ajralib turadigan talk linzasimon jinslar bo‘lib topiladi. U quyidagi sxema bo‘yicha yuzaga kelgan bo‘lsa kerak:
3SaM[SO3]2+4SiO2+H2O→Mg3[Si4O10] [OH]2+3SaSO2+3SO2
dalomit talk kalsit
Karbonat jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan yirik konlari Kanadaning Medok viloyatida bor. Talkning linzasimon uyumlari karbonatlar (kalsit va dolomit), tremolit ham boshqa minerallar aralashmasi bo‘lgan oppoq qordek, och kulrang va jigarrangroq varaq-varaq talkdan iborat. O‘zbekistonda Nurota, Zaynalbuloq Ziyovuddin, CHatqol Qurama tog‘larida talk namoyonlari, Sulton Uvaysda esa kichik koni mavjud. Magniy silikatlari asosida magniy oksid olish uchun potensial xom ashyo manbai bu Respublikamizda yagona bo‘lgan Zaynalbuloq konidir. Ushbu uchastka Qoraqalpoqiston Respublikasining Amudaryo tomonida Sulton Uvays tog‘-tizmasi hududida joylashgan bo‘lib, geologik geografik joylashishi uni qazib olish uchun juda ham qulaydir. Zaynalbuloq koni yaqinidan «Nukus Toʻrtkoʻl» avtomagestrali o‘tgan. 2001-yildan boshlab talk minerali koni yaqinidan o‘tadigan «Nukus-Sulton Uvays-Uchquduq» temir yo‘l magistrali faoliyat koʻrsatmoqda. Mazkur konga 1 km gacha yaqin joydan Amudaryo oqib o‘tadi. Zaynalbuloq konini ustki qatlami 0,5-1m atrofidagi qo‘ng‘ir temirtosh aralashgan sarg‘ish qumdan iborat bo‘lib, talk xom-ashyosi joylashgan qatlam qalinligi 3-5metr atrofida o‘zgaradi. Konning geologik jihatdan prognoz zahirasi 16-20 mln tonnadan ortiq va bu Qoraqalpoqiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatini va Respublikani ushbu sifatli talk xom ashyoga bo‘lgan talabini uzoq vaqt ta’minlashga etadi. SHuningdek talk zahirasi Respublikamizni sifatli talk xom-ashyosiga bo‘lgan talabini etkazib berishi mumkin. Zaynalbuloq koni oldin boshqa sanoat korxonalarida ishlatilmagan yangi hom-ashyo bazasi hisoblanadi [38].
Ixtiro noorganik kimyo sohasiga taalluqlidir va undan talk-magnezit rudalaridan magniy oksidi va talk-magnezit rudalaridan talk qoldiqlarini ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Magniy oksidini olish usuli xom ashyo tarkibidagi MgCO3 ni 750-900 ° S haroratda qovurish orqali dekarbonizatsiya qilishni o'z ichiga oladi. Olingan magniy oksidi bosim ostida karbonlash orqali suvda eruvchan magniy gidroksidga aylanadi. Probirkadan qizdirilganda magniy gidroksid-karbonat cho’ktiriladi, u ajratiladi va 900-1100°S haroratda kalsinlanadi va sof magniy oksidi olinadi. TA'SIR: ixtiro talk-magnezit rudalaridan sof magniy oksidi va talk-magnezit rudalaridan talkni boyitish chiqindilarini olish imkonini beradi.[39]


Ivan Mixaylovich Osadchenko






Download 301.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling