Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi:
Yurtimiz salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, so‘nggi yillarda ishga tushirilgan yangi zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasining rivoji, tizimli ravishda amalga oshirilayotgan isloxotlar va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlarning cheksizligidan dalolat beradi. Bugungi kunda maxalliy xom ashyo hisoblangan Zaynalbuloq togʻ-kon talkomagnezitidan foydalanib, ishlab chiqarishning barcha sohalari uchun zarur boʻlgan magniy oksidi ishlab chiqarish va buning natijasida chetga chiqayotgan valyutalarni tejash, yangi ish oʻrinlarini ajratishimiz mumkin. SHu boisdan mening bitiruv malakaviy ishim juda dolzarb bo‘lgan, o‘z yechimini kutib turgan, katta iqtisodiy va ijtimoiy samara beradigan innovatsion ish ekanligiga shubha yo‘q.
Bitiruv malakaviy ishning «Kirish» qismida va ilova qilingan materiallarning tarkibi va bajarilish sifati: Bitiruv malakaviy ishning «Kirish» qismida mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar va patentlarning tahlili keltirilgan. Tanlangam mavzuga oid maqsad va vazifalar keng yoritilgan.
Malakaviy ishda ilmiy manbalar: Bitiruv malakaviy ishda 50ga yaqin ilmiy manbalar, shuningdek ilmiy maqolalar va patentlardan foydalanilgan. Internet manbalari keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-uslubiy va texnik iqtisodiy jihatdan asoslanganligi: Bitiruv malakaviy ish hajmi sahifadan iborat. Tushuntirish qismi: sahifani tashkil etadi. Ishda texnologik sxemadan tashqari 12 ta jadvall, 5-rasm va 1 ta grafik mavjud.
Fan-texnika innovatsiya yutuqlari natijalaridan foydalanilganligi: G’oyibova Barno bitiruv-malakaviy ishda ilmiy manbalardan o‘rinli foydalanilgan asosan ilmiy-nazariy, texnik va texnologik adabiyotlar tadqiqot ishining asosini tashkil etgan. Ishda keyingi davrdagi ilmiy tadqiqot ishlarida internet ma’lumotlaridan unumli foydalanilgan.
Bitiruv-malakaviy ish ravon ilmiy uslubda yozilgan bo‘lib, unda uslubiy, imloviy xatolar deyarli uchramaydi. Mavzuda yoritilishicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot mahalliy xom ashyolardan olinib tashish va elektr energiyaga yaqinligi mahsulotni iqtisodiy jihatdan arzonroq bo‘lishiga olib keladi.
Bitiruv malakaviy ishning ijobiy tomonlari va berilgan tavsiyalarni ishlab chiqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari:
Bitiruv malakaviy ishning ijobiy tomonlari sifatida tajriba tadqiqotlarning o’ta sifatli va ishonarli qilinganligini olish mumkun. Ijobiy tomonlaridan yana bittasi, mahalliy xom ashyo hisoblanmish Zaynalbuloq koni talkomagnezit mineralidan foydalinib magniy oksidi olishning laboratoriya reglamenti yaratildi.
Berilgan tavsiyalarni ishlab chiqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari mavjud. Bitiruv malakaviy ishda talkomagnezit minerali asosida magniy oksid olishning laborotoriya tajriba reglamenti yaratilgan bo’lib, ushbu reglamentni ishlab chiqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Bitiruv malakaviy ishidagi kamchiliklar: Talaba bitiruv malkaviy ishida ayrim orfografik va imloviy kamchiliklar mavjud, ushbu kamchiliklar bajarilgan ishni hajmiga va uni sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
G’oyibova Barno Farhod qizi bitiruv malakaviy ishi hajmi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati jixatidan, bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablarga javob beradi va u muvaffaqiyatli himoya qilinishi mumkin.
Taqrizchi Jabbiyev R. M
«XORAZM ANTIKOR INVEST»
bosh texnologi
2022 yil «_____» ______________
№
|
Baholanadigan bo‘limlar
|
Eng yuqori ko‘rsatkich ball hisobida
|
1
|
BMI ning «Kirish» qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarning yoritilishi
|
10
|
2
|
Ishning asosiy (tushuntirish) qismining Nizom talablariga mos xolda bajarilishi
|
35
|
3
|
«Xulosa» qismida ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarning mavjudligi
|
10
|
4
|
Ishni bajarishda mavzuga oid manbalarning tahlili. Chet el adabiyotlaridan va internet materiallaridan foydalanish
|
10
|
5
|
Ishdagi ilovalarning mavzu mazmuniga mosligi
|
10
|
6
|
Ishni bajarishda grammatika qoidalariga amal qilinganligi
|
5
|
7
|
Himoyaga ish mazmunini bayon qila bilganligi. Savollarga berilgan javoblar darajasi
|
10
|
8
|
BMI mavzusi bo‘yicha ilmiy-nazariy seminarlar va konferenstiyalarda ma’ruza (axborot) bilan ishtiroki, maqola (tezis) nashr qilinganligi
|
10
|
Urganch Davlat Universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Kimyoviy texnologiyalar (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi g’oyibova Barno Farhod qizining « Zinelbuloq talk-magnezitli, mineral xomashyosini boyitib magniy oksid olishning laboratoriya reglamentini yaratish » mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga DAK ning «____» iyun 2019 yildagi majlisida himoya qilinadi.
Davlat attestattsiya komissiyasi bitiruv malakaviy ishga quyidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |