Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Ushbu maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutadi
Download 301.5 Kb.
|
Barno diplom ishi lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning amaliy ahamiyati.
- Ishning hajmi va strukturasi.
- ZINELBULOQ TALK MAGNEZITLI MINERAL XOMASHYOSINI BOYITIB MAGNIY OKSIDI OLISH BO‘YICHA OLINGAN ADABIYOTLAR VA PATENTLAR TAHLILI
Ushbu maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutadi:
o‘qish davrida olingan bilimlar va tajribalarga tayangan holda bitiruv malakaviy ish mavzusini dolzarbligini ko‘rsatib o‘tish, maqsad va vazifalarni belgilab olish; magniy oksid olish to‘g‘risida jahon va O‘zbekiston adabiyotlari bilan tanishish; magniy oksidning kimyoviy, fizik-kimyoviy tarkibini aniqlash va tahlil qilish; talk-magnezit asosida magniy oksid olishning laboratoriya qurilmalarini yig‘ish, unda magniy oksid olish ilmiy asoslash; olingan mahsulotning fizik - mexanik xususiyatlarini o‘rganish; olingan mahsulotning laboratoriya texnologik reglamentini tayyorlash. Ishning amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishimning amaliy ahamiyati sifatida quyidagilarga to‘xtalmoqchiman. -Talk-magnezit minerali asosida magniy oksidi olishning labaratoriya tajriba reglamenti ishlab chiqildi. Zinelbuloq talkomagnezit mineral xomashyosidan magniy oksid ishlab chiqarishning ilmiy asoslari yaratildi va dastlabki sanoat miqyosidagi sinovlar boshlandi. Bu o‘z navbatida har tomonlama qulay va arzon dastlabki xom ashyolardan foydalanib, bugungi kunda taqchil va tannarxi qimmat bo‘lmagan ishlab chiqarishning ilmiy asoslari yaratilishiga olib keldi. Ishning hajmi va strukturasi. Bitiruv malakaviy ishning mazmuni _ betdan iborat bo`lib, adabiyotlar sharhi, tajriba va xulosa qismlaridan ibrat. Bitiruv malakaviy ishda _ rasm va _ jadvaldan foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda _ adabiyotdan foydalaniladi. ZINELBULOQ TALK MAGNEZITLI MINERAL XOMASHYOSINI BOYITIB MAGNIY OKSIDI OLISH BO‘YICHA OLINGAN ADABIYOTLAR VA PATENTLAR TAHLILI Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, yoshlarga zamonaviy bilimlarni berish orqali ularning intelektual salohiyatini oshirish, xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda jahon bozori raqobati keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. SHu maqsadda, respublikamizda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fan va ta’lim sohalarini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, il- miy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksprimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish belgilangan. So‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda ilm-fanning ro‘lini kuchaytirish, ilmiy- tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish, ilg‘or ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda tashkil etilgan ilmiy maktablar faoliyatini kengaytirish hamda tegishli hududiy va tarmoq muammolarini hal qilishda ularning imkoniyatlaridan foydalanish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish va xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Albatta, yurtimizda ilm-fan ahliga bo‘lgan e’tibor, oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan farmon va qarorlarning qabul qilinishi yurtimizda ilm-fan nufuzini yanada oshirish, yuqori malakali, intelektual salohiyatga ega kadrlar tayyorlashni mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb qilish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda [3] Download 301.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling