O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti «kasb ta’limi» kafedrasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana26.11.2020
Hajmi0.74 Mb.
#152351
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
biznes huzhzhatlarini yuritish


Xulosa 

 

O’zbek  hujjatchiligini  shakllantirish  va  takomillashtirishdagi  eng  muxim    va 



dolzarb  masalalardan biri  hujjatlarning tili  va uslubi masalasidir. 

Hujjat tayyorlash va va rasmiylashtirishda eng avvalo o’zbek tilining barcha 

asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish lozim. 

Har  bir  raxbar,  boshqaruv  korxonalarining  xodimlari,  umuman  faoliyati 

munshiylik  bilan  bog’lik  har  bir  kishi  o’zbek  tilining  imlosini  va  uslubiy 

qoidalarni  egallagan  bo’lishi  kerak.  Hisob-kitoblarga  qaraganda  boshqaruv 

soxasidagi  xodimlar  o’z  ish  vaqtlarining  80  %  qismini  hujjatlashtirish  ishiga 


48 

 

sarflar ekanlar. Ish  yuritish o’zbek tilida olib borilar ekan, agar  mazkur  xodimlar 



o’zbek  tili  qonuniyatlaridan  yaxshi  xabardor  bo’lmasalar,  ular  ish  vaqtlarining 

xammasini  -  100%  ni  bu  ishga  sarflaganlarida  xam  ijobiy  natijaga  erishishlari 

qiyin.  shu    sababli  ish  yuritish  xodimlari  o’z  oldilariga  ana  shu  nday  maqsad  va 

vazifalarni belgilab olishlari lozim. 

Maqsad  va  vazifalar  belgilab  olingach,  raxbar  ijroning  borishini  nazorat 

qilish  qanday  amalga  oshirilishi  masalasini  xal  qilishi  lozim.  Bunda  maqsadga 

erishish  uchun zarur bo’lgan tadbirlar emas, balki aynan  maqsadning o’zi  va  uni 

amalga oshirish nazorat qilinishini esda tutish lozim. 

Topshiriqlarning bajarilishini  va  vaqtdan  foydalanishni  nazorat qilish  yaxshi 

samara  beradi.  Rejalarning  bajarilishini  nazorat  qilish  raxbarga  o’z  ishini  taxlil 

qilish  va  uni  takomillashtirish  yo’llarini  aniqlash  uchun  zarur  axborot  olish 

imkonini beradi. 



Savollar 

1. Mutaxassislarni ishga qabul qilishda qanday hujjatlar talab qilinadi? 

  2. Biznes hujjatlarini yuritish xodimlari mehnati qanday tashkil etiladi? 

3.Biznes  hujjatlarini        yuritish        xodimlari        mehnatini        ilmiy        tashkil    

etishda nimalarga e’tibor berish lozim? 

  4 Biznes hujjatlarini yuritish xodimlari mehnati qanday xususiyatlarga ega? 

 

5.  Boshqaruv  qarorlari  biznes  hujjatlarini  yuritish  xodimlari  uchun  qanday 



axamiyatga ega? 

 

6. Mukofotlar qanday xodimlarga beriladi? 



 

 

Bu mavzuda “aqliy xujum” usulidan foydalanilib dars o’tiladi. buyrug’i bilan 



tasdiqlanadi.  Jadval  yordamida  korxonada  hujjatlar  aylanishi,  boshlang’ich  hujjat 

o’tishi lozim bo’lgan bo’linmalar va boshqaruvchilarning aniq soni, hujjatning har 

bir  bo’linmada  bo’lishining  eng  kam  muddati  o’rnatiladi.  Hujjatlar  aylanishi 

jadvali  korxonaning  har  bir  bo’linmasi  va  xamma  bajaruvchilari  tomonidan 

hujjatlarni  tuzish,  tekshirish  va  ishlash  bo’yicha  ishlar  narxi  yoki  ro’yxati  sifatida 

rasmiylashtirilishi  mumkin.  Bu  narx  yoki  ro’yxatda  hujjatni  tuzish,  tekshirish  va 

ishlashning xamma ijrochilarining o’zaro aloqasi va bu ishlarni bajarish muddatlari 

ko’rsatiladi.  Hujjatlar aylanishi jadvalining ko’chirmasi shu  jadvalda ko’rsatilgan 

ijrochilarning  har  biriga  beriladi.  Bu  ko’chirmada  tegishli  ijrochi  faoliyatiga 

taaluqli  bo’lgan  hujjatlar,  ularni  taqdim  etish  muddatlari  va  qaysi  bo’linmalarga 

ushbu hujjat berilishi kerakligi ko’rsatiladi. 

Hujjatlar  aylanishi  jadvalini  ta’minlash,  hujjatlarni  o’z  vaqtida  va  sifatli 

tuzish, ularni buxgalteriya va hisobotda qayd qilish uchun o’z vaqtida toshirish va 


49 

 

hujjatlardagi ma’lumotlarning haqikatta to’g’ri kelishiga shu  hujjatlarni tuzgan va 



unga imzo chekkan shaxslar javobgar bo’lib hisoblanadi. Korxona bosh buxgalteri 

ijrochilar tomonidan  hujjatlar aylanishi jadvalining  bajarilishi  ustidan  nazorat olib 

boradi.  Korxona  bosh  buxgalterining  operatsiyalarni  rasmiylashtirish  tartibi  va 

tegishli  hujjatlarni  va  ma’lumotlarni  buxgalteriyaga  yoki  hisoblash  markazlariga 

taqdim  etish  tartibi  bo’yicha  qo’yadigan  talablari  ushbu  korxonaning  xamma 

bo’linmalari uchun albatta bajarilishi zarur talablar bo’lib hisoblanadi. 

Shu  nday  qilib,  xo’jalik  operatsiyalarini  o’zida  aks  ettirgan  hujjatlarning 

rasmiylashtirishdan  arxivga  kelib  tushishiga  qadar  bosib    o’tishi  zarur  bo’lgan 

bosqichlar yig’indisiga hujjatlarning aylanishi deb ataladi. 

7-mavzu. Hujjatlarni sistemaga keltirish va saqlash 

 

Rsja 

1. Hujjatlarni tartibga solish va uning usullari. 

2.Hujjatlarni  saqlash,  ularni  tashkilotlardan  olish  va  berish 

qoidalari. 

3.Hujjatlarni arxivga topshirish va ularni yo’q qilish qoidalari. 

 

 

Tayanch  iboralar:  Tartibga    solish,      nomenklatura,      maxsus    faoliyat,  



rasmiylashtirish,  statistika  hisobi,  planlashtirish,  moddiy  texnika,  ta’minot,  ijro 

qilish,  kirim  korrespodentsiyasi,  ish  yurituvchi,  bo’lim  raxbari,  devonxona 

xodimi. muallif, hisobot, tashkilot, tartibga solish, qoida, korxona 

 

1.  Hujjatlarni tartibga solish va uning usullari 

 

Hujjatlarni tartibga solish deganda ularni nomenklaturasiga asosan guruxlash 



tushuniladi.  Tartibga  solish  markazlashtirilgan  ravishda  amalga  oshirilishi  lozim. 

Hujjatlarni markazlashtirilmagan tarzda tartibga solish faqatgina korxona xududiy 

birlashmagan  bo’lsa  yoki  korxona  maxsus  faoliyatga  ega  bo’lgandagina  ruxsat 

etiladi. 

Tarkibiy bo’linmalar hujjatlarni o’z mutaxassisligiga qarab tartibga soladilar. 

shu  ni  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  hujjatlarni  tartibga  solish  va  ularni  saqlash 

ijrochilarga tavsiya etilmaydi. 

Hujjatlarga 

bulmagan 

qog’ozlarni, 

qoralama 

nusxalar, 

variantlar, 

ko’paytirilgan  nusxalar  va  ko’paytirilishi  kerak  bo’lgan  hujjatlar  deloga 

solinmaydi  va  saqlanmaydi.  To’liq  to’ldirilmagan  va  xato  bilan  tuldirilgan 

hujjatlarni to’g’rilash va oxiriga yetkazish uchun ijrochilarga qaytarib beriladi. 

Hujjatlarni  tartibga  solishda  saqlash  mudatlarini  hisobga  olish  maqsadga 


50 

 

muvofiqdir.  Bir  yig’majildning  ichida  saqlanish  muddati  bir  xil  bo’lgan  hujjatlar 



bo’lishi  kerak.  Doimiy  yoki  vaqtinchalik  saqlashga  oid  hujjatlarni  bir  registrda 

yoki bir yig’ma jildda guruxlash istisno xollardagina  mumkin. Masalan, agar ular 

bir  masalani  yechish  bilan  bog’lik  bo’lsa,  biroq  ish  yuritish  yo’lining  oxirida 

bunday hujjatlar nomentklaturasiga asosan (2 turga) ikki yigmajildga ajratiladi. 

Papkaning qalinligi 20-25 mm.dan, varaqlar soni 200-250 betdan oshmasligi 

kerak.  Agar  ma’lumotlar  ko’payib  ketsa,  ular  aloxida-aloxida  ish  qog’ozlarga 

ajratib  1  bob,  2  bob  deb  yozib  quyiladi.  Hujjatlarni  tartibga  solish  juda  katta 

extiyotkorlikni  talab  qiladi.  Ya’ni  ilova  yoki  bir  turdagi  hujjatlarning  nusxalari 

kabi  ikkinchi  darajali  materiallarni  tikib  quymaslik  kerak.  Hujjatlarni  shu  nday 

tikib  quyish  kerakki,  uning  ustxat(rezolyutsiya)ni  o’qish  mumkin  bo’lishi  kerak. 

Agar tikiladigan  hujjatlarning  chap  tomoni  ya’ni  tikib  quyiladigan  joyi kichik 

bo’lsa o’nga qo’shimcha qog’oz yopishtiriladi. 

Yig’majildning  ichida  hujjatlar  xronologiq  tartibda,  kelib  tushish  muddati 

(sanasi)  tartibida,  mazmun  jixatdan  qetma-qet  tartibda  yoki  tizimli  ravishda 

(masalan:  korxonaning  moliyaviy  faoliyati  hisobotiga  tushuntirish  xati,  korxona 

balansi,  ilova)  joylashtiriladi.  SHikoyat,  arz  bilan  bog’lik  bo’lgan  hujjatlarni 

tartibga  solishda  kerakli  shikoyatni  uning  muallif  familiyasiga  qarab  tezda  topish 

uchun  alfavit  tartibida  joylashtirish  lozim.  Hujjatlarni  nomlashda  metall  tutqichli 

yoki  bog’ichli  yigmajildlardan  qo’llaniladi.  Ayniqsa,  xozirda  registrlardan  keng 

qo’llanilmoqda. Chunki ular amaliy jixatdan yig’majildlarga qaraganda juda qulay. 

Ochilgan  yig’majildga  quyidagi  ma’lumotlar  ko’rsatilgan  muqova  asosida 

rasmiylashtiriladi: 

___________________________________________________________

(korxonaning nomi) 



___________________________________________________________

___(tarkibiy bo’linmaning nomi) 

№____________________________________________ 

(bob, qism) 

  

 



nomenklatura indeksi) 

____________________________________________(sarlavxasi) 

varaq_________________________________________________________ 

saqlansin 

(sana) 

Farmoyishli  hujjatlar  (buyruqlar,  farmoyishlar  va  x.q.)  turlarga  va 



51 

 

xronologiyasiga (alovalari bilan birga) ko’ra ish qog’ozlarda tartibga solinadi. 



Rayosat  hujjatlarini  ikkita  yig’majildga  guruxlash  lozim:  Birinchisiga  - 

rayosat  organlarining  bayonnomalari  va  qarorlari;  ikkinchisiga-majlislarga  oid 

hujjatlar  (kun  tartibi,  ma’ruzalar,  ma’lumotnomalar,  xulosalar,  qarorlar  loyihalari 

va boshqa hujjatlar). 

Bayonnomalar  xronologiq  va  tartib  raqami  bo’yicha  joylashtiriladi.  Bitta 

yig’majildga  guruxlangan,  majlislarga  oid  hujjatlar,  bayonnomalar  tartib 

raqamlariga qarab tizimlanadi. Tashabbusli hujjatlar birinchi bo’lib tikib quyiladi. 

Yuqori  organlar  topshiriqlarining  yig’majildi  tashkilotlarning  faoliyat 

yo’nalishlariga qarab  guruxlanadi. Hujjatlar, yig’majild ichida xronologiq tartibda 

joylashtiriladi. 

Shaxsiy  tarkibga  oid  buyruqlar,  asosiy  faoliyatga  oid  buyruqlardan  aloxida 

guruxlanadi. 

Rejalar, hisobotlar, smetalar ularning loyihalaridan aloxida guruxlanadi. 

             shaxsiy yig’majilddagi 

hujjatlar  quyidagi 

tartibda 

joylashtiriladi: 

1.   shaxsiy ish qog’oziga qarashli hujjatlarni ichki ro’yxati; 

2.  Ishga qabul qilish haqida ariza (yo’llanma yoki tavsiyanoma); 

3.  Anketa; 

4.  Kadrlarni hisobga olish varaqasi; 

5.  Tarjimai xol; 

6.  Ma’lumoti haqida hujjat; 

7.  Tayinlash,  kuchirish,  ishdan  bo’shaganligi  haqida  buyruqdan 

ko’chirma; 

8.  Kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqaga qushimcha; 

9.  Rag’batlantirishni        hisobga       olish       bo’yicha       shaxsiy 

yig’majildiga qushimcha; 

10.  Ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlar. 

Turar  joydan  ma’lumotnomasi  va  boshqa  ikkinchi  darajali  hujjatlar  shaxsiy 

ish  qog’ozlardan  aloxida  guruxlanadi.  Ishchilarning  shaxsiy  hisoblari  bir  yil 

davomida  aloxida  yig’majildga  guruxlanadi  va  familiyalar  alfavit  tartibida 

joylashtiriladi. 

Fuqarolarning  ishni  yaxshilashi  to’g’risidagi  takliflari  va  arizalari  ularning 

shaxsiy  arizalaridan  aloxida  tartibda  solinadi.  Bu  to’g’ridagi  hujjatlar  xronologiq 

yoki  alfavit  tartibida  joylashtiriladi.  Har  bir  ariza  yoki  shikoyatlar  va  ko’rib 

chiqish  lozim  bo’lgan  hujjatlar  aloxida  guruxni  tashkil  etadi.  Agar  arizalar  yoki 

shikoyatlar  qayta  kelib  tushsa  yoki  qushimcha  hujjatlar  taqdim  etilsa,  ular  shu  

gurux  hujjatlariga qo’shib quyiladi. 

YOzishmani  qalendar  yili  davomida  guruxlash  lozimdir  va  yozishmalar 



52 

 

xronologiq  ketma-ketlikda  tizimlanadi:  so’rovdan  so’ng  javob  qo’yiladi.  Aniq 



masala  bo’yicha  yozishma  yangilanganda  hujjatlar  joriy  yil  yigmajildlariga  tikib 

quyiladi.  



2.  Hujjatlarni  saqlash,  ularni  tashkilotlardan  olish  va 

berish qoidalari 

 

Ijro etilgan hujjatlar ma’lum bir tizimda saqlanadi. Hujjatlar yigmajildi (delo) 



ni guruxlarga ajratishning eng keng tarqalgan belgilari quyidagilar hisoblanadi: 

-  nominal  belgi  -  bunda  hujjatlar  vazifasiga  yoki  nomiga  ko’ra  (hisobotlar, 

majlis bayonlari, dalolatnomalar, buyruqlar va xoqazo) birlashtiradi; 

• - mualliflik belgisi - hujjatlar mualliflar (majlis va kengash majlis bayonlari, 

fan-texnika qo’mitasining qarori va xoqazo) bo’yicha birlashtiriladi; 

- Xronologik  belgi  -  bunda  hujjatlar  qalendar  davrlari  bo’yicha  guruxlanadi 

(oylar bo’yicha hisobotlar); 

- korrespondentsiya  belgisi  -  bunda  hujjatlar  kelish  manbalari  (vazirliklar, 

prezident apparati va xoqazo bilan yozishmalar) ga ko’ra birlashtiriladi; 

- geografik  belgi  -  bunda  hujjatlar  bir  shahar  yoki  tumanda  bo’lgan 

tashkilotlar bo’yicha guruxlapadi. 

Yuqorida bayon etilgan  guruxlash belgilari bir birigi  muvofiq bo’lishi,  ya’ni 

bir xil hujjatlar xronologiq belgiga, boshqalari esa nominal belgiga ko’ra hujjatlar 

yigmajildlarida  joylashtirilishi  kerak.  Bundan  tashqari,  har  bir  bo’linmada 

devonxonaga  topshirmasdan  doimiy  saqlashni  talab  qiladigan  hujjatlar  uchun 

yigmajildlar  ajratish  kerak.Xodimning  shaxsiy  yig’majildida  to’planadigan 

hujjatlar quyidagilar: 

  yig’majilddagi hujjatlarning ichki ro’yxati; 

  mehnat shartnomasi; 

  kadrlar 

hisobini 

yuritish 

bo’yicha 

shaxsiy 


varaqa(so’rovnoma); 

  rahbariyatning 

boshqa 

lavozimga 



o’tkazish, 

Yuqori 


lavozimga 

ko’tarish, 

rezervga 

kiritish 

to’g’risidagi 

taqdimnomalari; 

  attestatsiya varaqalari; 

  tarjimai hol; 

  ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarning nusxalari;  

  tavsifnomalari yoki tavsiya xatlari; 

  faxriy  unvonlar,  ilmiy  darajalar  berish,  davlat  mukofotlari 

bilan 


taqdirlash 

to’g’risidagi 

hujjatlardan 

ko’chirmalar(nusxalar); 



53 

 

  taqdirlash varaqalarining nusxalari; 



  fotosuratlar; 

  tibbiy tekshiruvlarning natijalari; 

  T-2 shakldagi kartochkalar; 

  Xodimga tegishli bo’yruqlarning nusxalari. 

Xozirgi  davrda  hujjatlarni  saqlash  ikki  turga  bulinadi:.     

.Gorizontal; 

                                                                                                           

2.Vertikal. 

 

Gorizontal  usulda  hujjatlar  ustma-ust  quyilib  saqlanadi.  Vertikal  usulda  esa 



yigmajildlarni  kitoblarga  o’xshab  javonlarga  taxlab  saqlanadi.  Yig’majildlarning 

muqovasida  ularni  tez  va  oson  topish  uchun  raqam  va  indekslar  quyib  chiqiladi. 

Ba’zan, muqovalarda, chapki past burchaqdan boshlab o’ng Yuqori burchakkacha 

diagonaliga  signal  chiziqchasi  o’tqaziladi.  Ko’pincha  bu  chiziqchaga  raqam  va 

indekslar  quyiladi.  Agar  shkafdan  birorta  ish  qog’ozi  olinsa,  chiziqcha  bo’lib,  bir 

qatorda  turgan  ish  qog’ozlarning  buzilganligi  ko’rinib  qoladi.  Yig’majildning 

ichidan  biror  bir  hujjatning  olinishi  ta’qiqlanadi.  Ammo  ba’zi  istisno  xollarda 

raxbarning  yozma  yoki  og’zaki  ruxsati  bilan  hujjatlar  olinishi  mumkin.  Bu  xollar 

belgilangan shaklda vaqtinchalik qo’llanishi uchun hujjatni berish to’g’risida (akt) 

dalolatnoma tuziladi. Bu tuzilgan dalolatnoma hujjatni qo’llanishi uchun olgan va 

qo’llanishi  uchun  bergan  korxonalarning  gerbli  muxrlari  bosilgan  bo’lishi  shart. 

Bu  dalolatnoma  hujjat  chiqarilgan  yerga  quyiladi  va  hujjat  qaytarilgo’nga  qadar 

usha  yerda  saqlanadi.  Dalolatnoma  hujjat  qaytishi  bilan  yo’q  qilinadi.  Xo’jatlar 

faqat xuquqli kishilargagina beriladi va muddati tugagan kuni bo’linmalardan olib 

chiqib qetish faqat raxbar xodimning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi. 

 

Hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beriladigan 



DALOLATNOMA 

Sana  ___  

Hujjatni          topshirgan            korxonaning          nomi            va     

manzili_______________ 

Nima maqsadda berilgan ______________________________________ 

Asos______________________________________________________________

__ 


54 

 

Qaytarish 



muddati_________________________________________________________ 

Quyidagi 

hujjatlr 

berilgan________________________________________ 

 



Hujjat 



sarlavxasi 

yil 


Varaqlar 

soni 


Eslatma 

 

 



 

 

 



Vaqtinchalik        qo’llash       uchun       jami      ____________________ 

 ______________________  berilmoqda 

(son va qavs ichida so’z bilan) 

Topshirildi ____________  (lavozimi, imzo) 

Qabul qildi_______________________(lavozimi, imzo) 

3.  Hujjatlarni  arxivga  topshirish  va  ularni  yo’q 

qilish qoidalari 

 

Kalendar yilining tugashi bilan, lekin kelgusi yilning birinchi apreligacha ish 



yuritishning  joriy  davrdagi  delolari  korxona  devonxona  ga  topshiriladi.  Agar 

devonxonada  saqlash  muddati  davomida  tashkilot  yoki  uning  tarkibiy  yangi  va 

eski nomi hujjatlarga yozib quyiladi. 

 

Har  yili  hujjatlarni  ekspertizadan  utkazish  uchun  korxona  raxbariyati 



tomonidan  ekspert  komissiyasi  tuziladi.  Bunday  nazoratda  hujjatlarning  amaliy 

jixatdan  butligi  o’rganiladi.  Bu  ekspert  komissiyasiga  korxona  tarkibiy 

bo’linmasidan  malakali  ishchilar  tanlab  olinadi  va  ularning  soni  uchtadan  qam 

bo’lmasligi  kerak.  Komissiyaning  raisi  qilib  korxona  raxbariyatidan  bir  kishi 

tayinlanadi. Hujjatlarni nazorat qilishda biron-bir qiyinchilik tug’ilsa mutaxassislar 

va  maslaxatchilar  jalb  qilinadi.  Eqspert  komissiyasi  qarori  korxona  raxbariyati 

tomonidan tasdiklanadi. 

Yo’q qilishga ajratilgan hujjatlarga dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnomaga 

ekspert komissiya a’zolari imzo chekib, korxona raxbariyati uni tasdiqlaydi. Yo’q 

qilinishi  lozim  bo’lgan  hujjatlar  ularga  taalluqli  bo’lgan  nazorat-hisobot 

kartochkalari  bilan  birga  joylagan  xolda  ikkinchi  darajali  xom-ashyo  tayyorlash 

idoralariga  yoki  qogozni  qayta  ishlash  tashkilotlariga  topshiriladi.  Topshirish, 

yig’majildlarning  soni  va  qabul  qilingan  makulatura  og’irligi  ko’rsatilgan  qabul 

qilish-topshirish  yuk xati orqali rasmiylashtiriladi. 



55 

 

Hujjatlarni tartibga solish va ularni saqlash xuquqiy va amaliy jixatdan katta 



maxorat talab qiladi. shu ning uchun har bir hujjatni saqlashda, tartibga solishda, 

ularni  tuldirishda  va  umuman  hujjat  bilan  ishlaganda  ma’lum  bir  ma’naviy 

yetuqlikka erishgan bo’lishi  kerak. 

Xozirgi O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgandan so’ngi  davrlarda  asosiy 

muammolardan  biri bu   ayrim   qorxona  muassasalarda  xali  xam  hujjatlarning rus 

tilida  tuldirilayotganidir,  vaxolangki  o’zbek  tilini  davlat  tili  deb  e’lon  qilinganiga 

xam  bu   yil    15        yil tuldi. Demak  hujjatlar  namunada  kursatilgani       :kabi o’z 

tilimizda to’ldirish va rasmiylashtirilishi lozim. 



Xulosa 

 

Hujjatlarni  tartibga  solishda  saqlash  mudatlarini  hisobga  olish  maksadga 



muvofiqdir.  Bir  yig’majildning  ichida saqlanish  muddati bir  xil bo’lgan  hujjatlar 

bo’lishi  kerak.  Doimiy  yoki  vaqtinchalik  saqlashga  oid  hujjatlarni  bir  registrda 

yoki bir yig’ma jildda guruxlash istisno xollardagina mumkin. Masalan, agar ular 

bir  masalani  yechish  bilan  bog’lik  bo’lsa,  biroq  ish  yuritish  yo’lining  oxirida 

bunday hujjatlar nomenklaturasiga asosan (2 turga) ikki yig’majildga ajratiladi. 

Papkaning qalinligi 20-25 mm.dan, varaqlar soni 200-250 betdan oshmasligi 

kerak.  Agar  ma’lumotlar  ko’payib  ketsa,  ular  aloxida-aloxida  ish  qogozlarga 

ajratib  1  bob,  2  bob  deb  yozib  quyiladi.  Hujjatlarni  tartibga  solish  juda  katta 

extiyotkorlikni  talab  qiladi.  YA’ni  ilova  yoki  bir  turdagi  hujjatlarning  nusxalari 

kabi  ikkinchi  darajali  materiallarni  tikib  quymaslik  kerak.  Hujjatlarni  shu  nday 

tikib  quyish  kerakki,  uning  ustxat(rezolyutsiya)ni  o’qish  mumkin  bo’lishi  kerak. 

Agar  tikiladigan  hujjatlarning  chap  tomoni  ya’ni  tikib  quyiladigan  joyi  kichik 

bo’lsa o’nga qushimcha qogoz yopishtiriladi. 

Yig’majildning  ichida  hujjatlar  xronologik  tartibda,  kelib  tushish  muddati 

(sanasi)  tartibida,  mazmun  jixatdan  ketma-ket  tartibda  yoki  tizimli  ravishda 

(masalan:  korxonaning  moliyaviy  faoliyati  hisobotiga  tushuntirish  xati,  korxona 

balansi,  ilova)  joylashtiriladi.  SHikoyat,  arz  bilan  bog’lik  bo’lgan  hujjatlarni 

tartibga solishda kerakli shikoyatni  uning  muallif  familiyasiga qarab tezda topish 

uchun  alfavit  tartibida  joylashtirish  lozim.  Hujjatlarni  nomlashda  metall  tutqichli 

yoki  bogichli  yig’majildlardan  qo’llaniladi.  Ayniqsa,  xozirda  registrlardan  keng 

qo’llanilmoqda.  Chunki  ular  amaliy  jixatdan  yig’majildlarga  qaraganda  juda 

qulay. 


 

Savollar 

1.   Nima sababdan hujjatlar tartibga solinadi? 

2.   Yigmajildga qanday hujjatlar kiritiladi? 


56 

 

3.   Rayosat hujjatlar qanday hujjatlar va ularga misol keltiring. 



4.  shaxsiy yig’majildga hujjatlar qanday tartibda joylashtiriladi? 

5.   Ijro etilgan hujjatlar qanday saqlanadi? 

6.  Hujjatlar qachon yo’q qilinadi? 

8 -mavzu. Hujjatlarni ro’yxatga quyish va bajarilishini nazorat qilish 

Reja 

1. Hujjatlarni ro’yxatga quyishni tashkil etilishi. 

2.Hujjatlar ijrosini nazorat qilish.  

3.Hujjatlarni qayd qilishning jurnal shakli. 

Tayanch  iboralari:  Ro’yxatga  olish,  qantselariya,  nazorat  qilish,  hujjatlar 

ijrosi,  nazorat,  kartoteka,  kalendar  shkala,  hujjatlar  aylanishi,  qul  mehnati,  kirim 

qorrespondentsiyasi, chikim hujjat. 

1. Hujjatlarni ro’yxatga quyishni tashkil etilishi 

 

Hujjatlarni ro’yxatga  quyishning asosiy  maksadi  ish  yuritishni to’g’ri  yo’lga 



qo’yish va o’z vaqtida foydalanish uchun qiynalmasdan topishdir. 

Mana  shu    ro’yxatga  olingai  hujjatlar  tartib  bilan  alfavit  harflari  asosida 

belgilab  qo’yiladi  va  ular  istalgan  vaqtda  olinib  kerakli  masalalarni  xal  qilishda 

qul keladi 

Uning asosiy vazifalaridan biri fuqarolar tomonidan qabul qilingan hujjatlarni 

ya’ni  aytish  mumkinki,  biror  bir  maksad  va  vazifa  bilan  hujjat  topshirmoqchi 

bo’lgan  shaxsning  hujjatlarini  ularni  ro’yxatga  olish  joyida  ya’ni  usha  Yuqorida 

aytilgan  munshiyxona  (kantselyariya)  bo’limida  fuqarolar  tomonidan  topshirilgan 

asosiy  dalil  sifatida  asrab  turish  va  zarur  vaqtda  ya’ni  biror  bir  sabab  bilan  ish 

yuritilganda  ro’yxatga  quyilgan  hujjatlardan  ma’lum  ma’noda  to’g’ri  xolatda 

foydalanishdan iboratdir. 

Ularning asosiy qoidalari esa xali ro’yxatga olinmagan hujjatlarni to’g’ri yoki 

xatoligini  tekshirib,  hujjat  egalariga  to’g’ri  yo’l-yuriqlar  ya’ni  maslaxatlar 

berishdan  va  mana  shu    ro’yxatga  olingan  hujjatlarni  o’nga  biriktirilgan  shaxs 

tomonidan doim nazorat qilishni yo’lga quyishdan iborat. 

YAna  bir  asosiy  vazifasi  belgilangan  vaqtdan  utganda  ularni  arxivlarga 

topshirish va arxivdagi hujjatlarni doim nazoratda bo’lishini ta’minlashdan iborat. 

Biznes hujjatlarini yuritish xolatini yaxshilash uchun biznes hujjatlarini yuritish 

bo’linmalarini  (umumiy  bo’limlar,  devonxonalar,  kotiblar  va  xokazo)  tashkil 

qilishni  yaxshilash,  lavozimlarning  aniq  nomenklaturasini,  turli  kategoriyadagi 



57 

 

korxona va muassasa uchun lavozimlar soni normativlarini ishlab chiqish lozim. 



Biznes  hujjatlarini  yuritish  soxasida  mehnat  unumdorligini  oshirish  hujjat 

tuzish va ishlash, shu ningdeq, axborot olish jarayonlarini mexanizatsiyalash yo’li 

bilan  amalga  oshirilmogi  kerak.  Hujjat  ustida  ishlashning  ko’pgina  jarayonlari 

uchun texnika vositalari mavjud. 

Respublikamizda keyingi  paytlarda kompyuterlar bilan  ishlash  yaxshi  yo’lga 

quyilmoqdi va shu  bilan birga internet orqali Chet el tajribalaridan foydalanilgan 

xolda  axborotlarni  uzatish,  xatlarni  junatish,  fikr  almashinish  xattoki 

shartnomalartuzish ishlari xam amalga oshirilmoqda. 

Shu  sababli korxonalarning har bir bo’limlarida kompyuterlarga extiyoj ortib 

bormoqda.  Ilgari  kerakli  hujjatlarni  turli  xil  kataloglardan  qidirib  topib,  shaxs 

egalariga  topshirguncha  ancha  vaqt  sarflanardi.  Xozir  esa  hujjatlar,  ish  qogozlari, 

shartnomalar  va  boshqa  xil  hujjatlar  kompyuterga  yuklanib  arxivning  qaysi 

qatorida  qaysi  hujjat  saqlanishini  osonlik  bilan  topish  mumkin.  Bu  esa  o’z 

navbatida vaqtni va qogozni tejashga olib kelmoqda. 

Hujjatlar  olingan  yoki  tuzilgan  paytdan  boshlab,  ularning  ijrosi  yoki 

jo’natilishi  yoki  ishga  tikib  qo’yilishiga  olib  borilgan  faoliyat  tashkilotning  hujjat 

bilan ish yuritish davrini tashkil qiladi. 

Tashkilotga  kirib  kelgan,  shu    jumladan,  hisoblash  texnikalari  vositasida 

tayyorlangan  hujjatlarga  birlamchi  ishlov  beriladi,  ya’ni  dastlabki  qo’zdan 

kechirilishi  ro’yxatga  olinishi  raxbarnipg  tanishib  chikishi  va  bajaruvchilarga 

yuborilishi shu lar jumlasidandir. 

Qabul  qilingan  hujjatga  ro’yxatga  olish  shtampi  bosiladi.  "SHaxsan"  belgisi 

bilan  jo’natilgan  hujjatlar  ochilmasdan  mo’ljallangan  shaxsga  yoki  jamoa 

tashkilotlarita topshiriladi. 

Hujjatlarni dastlabki ko’zdan qechirishdan maksad ularni raxbarlar tomonidan 

tanishib  chiqishlari  zarurligini  aniqlash,  tarkibiy  bo’linmalar  va  mas’ul 

bajaruvchilarni  belgilashdir.  Dastlabki  ko’zdan  qechirish  orqali  tashkilot 

lavozimlari  o’rtasida  vazifalar  taksimoti  asosida  hujjatni  bo’linmalar  bo’yicha 

taksimlanadi. 

Mansabdor  shaxslar  yoki  bo’limlar  nomiga  jo’natilgan  hujjatlargacha 

dastlabki ko’zdan kechirmasdan egalariga beriladi. 

Fuqarolarning  takliflari,  arizalari  va  shikoyatlari,  fuqarolar  xoxishiga  qarab 

bo’limlarga bo’lishi mumkin. 

Davlat  organlari  va  yukori  tashkilotlardan  kelgan  va  korxona  faoliyatiga 

bog’lik  masalalarga  tegishli,  hujjatlar  albatta  raxbarga  ko’rib  chiqish  uchun 

taqdim etiladi. 

Qolgan  barcha  hujjatlar,  ko’zdan  kechirilgandan  keyin,  bajaruvchilarga 

taqdim  qilinadi.  Olingan  hujjatni  o’sha  kuni  yoki  hujjat  ish  vaqtidan  tashkari 



58 

 

paytda olingan bo’lsa, birinchi ish kunida ishlab chiqilib bajaruvchilarga beriladi. 



Hujjat  bir  necha  tarkibiy  bo’linmaga  jo’natilgan  bo’lsa,  bo’linmalar  uni 

navbat  bilan  ko’rib  chiqadilar  yoki  nusxalari  tarqatilib  bir  paytda  beriladi.  

Hujjatning  asl    nusxasi,  raxbarning  munosabat    belgisida    familiyasi      birinchi   

o’rinda  ko’rsatilgan   xodimga beriladi. 

Hujjatlarning  tashkilot  ichidagi  harakati  tarkibiy  bo’linmalar  inspektorlari 

(kotiblar)  tomonidan  yoki  hujjat  ta’minoti  xizmatining  mas’ul  xodimlari 

tomonidan yuritiladi. hujjatlar ro’yxatga olingani haqidagi belgi bilan topshiriladi. 

Tashkiliy  hujjatlar  sonini  hisobga  olish,  tashkilotning  barcha  tadbirlari 

qatorida, hujjatlar yuritilishini, takomilashtirish uchun olib boriladi. 

Tashkilotdagi  hujjatlar  to’lik  yoki  terma  (tarkibiy  bo’linmalar  yoki  guruxlar 

bo’yicha)  hisobga  olinadi.  Fuqarolar  tomonidan  qilingan  takliflar,  arizalar  va 

shikoyatlar  aloxida  hisobga  olinadi.  Hujjatlar  miqdorini  hisoblashda  har  bir 

nusxasi,  shu    jumladan  ko’paytirilgan  va  kompyuterda  terilgan  hujjatlar  hisobga 

olinadi. Hujjatlar hisobi aloxida daftarga kiritiladi. 

Hisobi  yuritilishi,  bajarilishi  va  turli  maksadlarda  ma’lumot  olish  uchun 

foydalanishi  (farmoyish  tusidagi  rejalashtirish,  hisobot,  statistiq,  moliyaviy  va 

xokazo) lozim. 

Ko’zda  tutilgan  va  tashkilotning  ichki  extiyojlari  uchun  tuzilgan,  shu 

ningdeq,  boshqa  tashkilotlarga  yuboriladigan  va  Yuqori  turuvchi  organlardan, 

quyi  korxonalardan,  boshqa  tashkilotlardan  va  aloxida  shaxslardan  olinadigan 

barcha hujjatlar ro’yxatdan o’tqaziladi. 

Tashkilotda hujjat bir marotaba: kirib kelgan hujjatlar - qabul qilingan kunda, 

tuzilgan  hujjatlar  imzo qo’yilgan  yoki tasdiqlangan kunda ro’yxatdan o’tqaziladi. 

Ro’yxatdan  o’tqazilgan  hujjatlarni  bir  bo’linmadan  boshqa  bo’linmaga 

o’tqazilishida takroran ro’yxatdan o’tkazilmaydi. 

Hujjatlar  nomlari  va  mazmuni  bo’yicha  guruxlarga  bo’linib  ro’yxatdan 

o’tqaziladi.  Masalan,  tashkiliy  raxbarning  asosiy  faoliyat  bo’yicha  buyruqlari, 

xodimlar  bo’yicha  buyruqlari,  hisobotlar,  quyi  tashkilotlar  xay’atining  qarorlari, 

moliya-xo’jalik  faoliyati  bo’yicha  taftish  dalolatnomalari.        hisobotlar,      quyi   

tashkilotlarning   ishlab   chiqarish 

rejalari,  moddiy-texnika  ta’minogi  bo’yicha  ro’yxatga  olinadi.  Ro’yxatga 

olish tartib raqamlari har bir gurux bo’yicha aloxida yuritiladi. 

Qabul  qilib  olingan  va  tuzilayotgan  hujjatlar  ularni  tuzish  va  bajarish 

joylarida 

ro’yxatdan 

o’tqaziladi. 

Masalan, 

rejalashtirish 

bo’limida 

rejalashtirishga taalluqli hujjatlar, xay’at qarorlari -kotibiyatda va xoqazo. 



Hujjatlarni  ro’yxatga  olishda  kartochkalar  yuritiladi.  (Kartochkalar  nusxasi 

81-83 ilovalarda qo’rsatilgan). 

Hujjatlarni  ro’yxatga  olinishini  avtomatlashtirilishiga  o’tishi  uchun  imkon 


59 

 

yaratish maksadida, ro’yxatga olish kartochkasida majburiy yozilishi shart bo’lgan 



rekvizitlar belgilab quyilganiga quyidagilar kiradi: muallif (muxbir) hujjat turining 

nomi,  hujjat  sanasi,  hujjat  indeksi,  sarlavxa  yoki  qisqacha  mazmuni,  munosabat 

belgisi,  bajarilish  muddati,  bajarilganligi  to’grisida  qisqacha  yozuv,  haqiqatda 

bajarilganligi haqidagi javob hujjatining indeksi, ish sanasi). 

Fuqarolarning  taklif,  ariza  va  shikoyatlari  belgilangan  shakldagi  ro’yxatga 

olish nazorat kartochkalarda ro’yxatga olinadi. 

Hujjatlarni  ro’yxatga  olish  nusxa  olish,  ko’paytirish  apparatlari  va  hisoblash 

texnikalari, kompyuter yordamida amalga oshirilishi mumkin. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling