Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 462.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.12.2017
Hajmi462.01 Kb.
#22257
  1   2   3   4   5   6

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

 

PEDAGOGIKA   FAKULTETI 

“BOSHLANGʻICH TA’LIM NAZARIYASI VA METODIKASI”  

 KAFEDRASI 

 

405-BT va STI  guruhi talabasi    Amanboyeva  Mohira  Murat qizi 

5111700- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish  ta’lim yoʻnalishi  

boʻyicha 

 

bakalavr darajasini olish uchun 

 

 

 



 

 

 



 

 

Mavzu: “Boshlangʻich sinf  oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish 



metodikasi (1-sinf misolida)” 

 

Ilmiy rahbar: 

 

 

 

 

 

f.f.n. A.Atajonova 

 

 

 

 

 

 

Urganch- 2015-yil 

 

 



MUNDARIJA 

Kirish……………………………………………………………………. 3 

I bob 

1-sinf   “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturining mazmun -mundarijasi va  

1-sinf oʻquvchilari oʻzlashtirishi zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar 

1.1.1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi va undagi oʻquvchilar 

oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar……………… 7 

1.2.1-sinf  oʻqish  darslarining  maqsad-vazifalari  va  “Oʻqish  kitobi” 

darsligining mundarijasi………………………………………………………… 14  

II bob 

1-sinf oʻqish darslarini  pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirish va 

ularni tashkil qilish  yoʻllari. 

2.1. 


1-sinf 

oʻqish 


darslarini 

pedagogik 

texnologiyalar 

asosida 


loyihalash………………………………………………………………………. 19 

2.2. 1-sinf oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllari………… 26 

2.3.  Umumlashtiruvchi  darslar  va  ularni  ilgʻor  pedagogik  texnologiyalar 

asosida tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish……………………. 47 



Xulosa……………………………………………………………………. 61 

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….. 63 

                             

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kirish 

          Mavzuning  dolzarbligi  va  oʻrganilishi.  Mustaqil  Oʻzbekistonda  ma’naviy 

barkamol va sogʻlom avlodni voyaga yetkazish, ularning oʻz ijodiy va intellektual 

salohiyatini  roʻyobga  chiqarish  uchun  barcha  imkoniyatlat  mavjud.  Bu  borada 

yurtimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.  

Oʻzbekiston  Respublikasida  qabul  qilingan  “Ta’lim  toʻgʻrisida”gi  va 

“Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”da  belgilab  berilgan  vazifalar  asosida  ta’lim-

tarbiya ishlarida juda katta ishlar amalga oshirildi va oshrilmoqda. 

        “Ta’lim  toʻgʻrisida”gi  Qonun,  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  ta’lim 

sohasida olib boriladigan ishlarning  mazmuni  va  istiqbolini  belgilab  berdi.

1

  Bular 



asosida Davlat ta’lim standarti, dasturlar va darsliklarning yangi avlodlari yaratildi. 

Ta’limda  rivojlangan  davlatlar  tajribalaridan  foydalanilmoqda.  Yurtboshimiz 

ta’kidlaganlaridek,  tobora  kuchayib  borayotgan  raqobat  asrida  faqat  chuqur 

islohotlar  va  modernizatsiya  yoʻlidan  tinimsiz  va  qat’iyat    bilan  rivojlanib  borish 

natijasida oʻz oldimizga qoʻygan istiqbolli maqsadlarga – taraqqiy topgan, farovon 

yashayotgan  demoʻratik  davlatlar  qatoriga  kirish,  xalqimiz  uchun  munosib  hayot 

darajasini ta’minlashga erisha olamiz.

2

  



 

  Uzluksiz ta’limning asosiy boʻgʻinlaridan biri boshlangʻich ta’lim  “Ta’lim 

toʻgʻrisida”  gi  qonunni  hayotga  tadbiq  etishda  muhim  bosqich  hisoblanadi. 

Boshlangʻich  ta’limda  ona  tili  ta’lim  sohasi  bolalarning  tafakkur  qilish 

faoliyatlarini  kengaytirishi,  erkin  fikrlay  olish,    oʻzgalar  fikrini  anglash,  oʻz 

fiklarini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan 

erkin  muloqotda  boʻla  olish  koʻnikma  va  malakalarini  rivojlantirishga  xizmat 

qiladi.  Bu  oʻrinda  ona  tili  ta’limiga  oʻquv  fani  emas,  balki,  butun  ta’lim  tizimini 

                                                 

1

  O`zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to`g`risida”gi  Qonuni  //  Barkamol  avlod-  O`zbekiston 



taraqqiyotining poydevori.- Toshkent: “Sharq” nashriyot- matbaa konsernining Bosh tahririyati

1998;  O`zbekiston  Respublikasi  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”  //  Barkamol  avlod- 

O`zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.-  Toshkent:  “Sharq”    nashriyot-  matbaa  konsernining 

Bosh tahririyati, 1998. 

 

2

 



Karimov  I.A.  Mamlakatni  modernizatsiya  qilish  yo’lini  izchil  davom  ettirish  – 

taraqqiyotimizning muhim omilidir.- Toshkent, 2010.   4-bet. 

 


 

uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi.



3

 

Ona tili ta’limi boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish darslarini oʻz ichiga 



oladi.  Boshlangʻich  sinf  oʻqish  darslarida  oʻquvchilar  tabiat,  jamiyat,  unda 

yashovchi  kishilar  hayoti  haqida,  ularning  oʻtmishi,  hozirgi  yashash  hayoti 

hamda  mashhur  kishilar  toʻgʻrisida  bilib  oladilar.  Ularga  tabiat,  ob-havo, 

boyliklar,  hayvonot  dunyosi  va  boshqalar  haqida  bilimlar  beriladi.  Bilim  olish 

jarayonida  munosabat  uygʻotiladi.  Bilim  berish  bilan  oʻquvchi  shaxsi  ham 

tarbiyalanib  boriladi.  Sinfda  oʻqish  darslariga  ta'lim-tarbiya  vazifalari  kompleks 

ravishda  hal  qilinadi.  Shuningdek,  oʻquvchlarning  ijobiy  sifatlari  shakllanadi, 

ular  aqliy  va  estetik  jihatdan  kamol  topadilar.  Mustaqil  ravishda  bilim  olish 

asoslarini egallaydilar. 

        Har qanday jamiyatning kelajagi albatta yoshlar qoʻlida. Shunday ekan, yosh 

avlodga  boshlangʻich  sinflardnoq  toʻgʻri  ta’lim-tarbiya  berish  masalasi  hamisha 

dolzarb masala boʻlib qolaveradi.    

Bugungi  globallashuv  davrida  boshlangʻich  ta’limdagi  darslarni  zamon 

talabalaridan  kelib  chiqqan  holda  tashkil  etish,  ularni  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalar  asosida  loyihalashtirish  metodikaning  muhim  vazifalaridan 

sanaladi.  Bu  borada  ona  tili  oʻqitish  metodikasida  koʻplab  fikrlar  aytilgan, 

tadqiqotlar  olib  borilgan  va  borilmoqda.  Xususan,  darslik  va  metodik 

qoʻllanmalarda, shuningdek, oʻqituvchi metodik qoʻllanmalarida har bir sinf oʻqish 

darslarini  tashkil  qilish  yoʻllari  belgilangan.  Masalan,  1-sinflar  uchun  oʻqituvchi 

metodik qoʻllanmasi 2005-yilda, qayta ishlangan ikkinchi nashri 2011-yilda nashr 

qilingan.

4

     



Birinchi nashr haqida M.Xalilov, Z.Isaqov va F.Husainovalarning “1-sinfda 

oʻqish  darslari”  maqolasi  chop  qilinib,  unda  metodik  qoʻllanmaning  yutuq  va 

kamchiliklari tahlil qilib berilgan. 

5

 



                                                 

3

 Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o`quv dasturi.- Toshkent, 2010,



 

12-bet.


 

4

  G`affaorova  T.,  G`ulomova  X.o`qish  darslari.1-sinf  .O`qituvchilar  uchun  metodik  qo`llanma.-  Toshkent: 



“Tafakkur”, 2011. 

5

 Xalilov M.,.Isaqov Z., Husainova F. 1-sinfda o`qish darslari// Boshlang`ich ta’lim, 2005, 1-son, 



10-11-betlar.

 


 

          Jamiyat  taraqqiy  etgani  sari  ta’lim  oldidagi  vazifalar  ham  oʻzgarib 



boraveradi.  Shunday  ekan,  bugungi  kun  talabalaridan  kelib  chiqqan  holda  1-sinf 

oʻqish  darslarini  samarali  tashkil  qilish  dolzarb  masala  boʻlib  qolaveradi.  Shu 

nuqtai  nazardan  mazkur  bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi  dolzarbligi  bilan  ajralib 

turadi.  



Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, 

ularni pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash va tashkil qilish yoʻllari tadqiq 

qilishdir. 

Tadqiqot  obyekti  1-sinf  oʻʻqish  darslarini  loyihalash  va  samarali  tashkil 

qilish.  

         Tadqiqot predmeti: 1-sinfda oʻqish darslarini tashkil qilish yoʻllari. 

Tadqiqot vazifalari: 

          -  1-sinf  “Oʻqish  va  nutq  oʻstirish”  dasturi  mazmun-mohiyatini 

yoritish; 

-

 



1-sinf oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan 

dastur talablarini koʻrsatish; 

-

 

1-sinf “Oʻqish kitobi” darsligining mundarijasini oʻrganish; 



           -   1-sinf oʻqish darslarini  loyihalash va ularni tashkil qilish yoʻllarini 

belgilash; 

           -      1-sinf    oʻqish  darslarini    ilgʻor  pedagogik  texnologiyalar  asosida 

tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish omillarini tahlil qilish. 



   Tadqiqot  metodlari.  analiz  va  sintez,  taqqoslash  va  umumlashtirish, 

pedagogik kuzatish va mavzuga doir mavjud adabiyotlarni tahlil qilish.  

    Tadqiqotning  metodologik  asosi.  Oʻzbekiston  Respublikasida  qabul 

qilingan  “Ta’lim  toʻgʻrisida”gi  Qonun,  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”, 

“Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi”, “Boshlangʻich ta’lim DTS va oʻquv dasturi”, 

shuningdek,  ta’lim-tarbiya  sohasida  qabul  qilingan  qaror  va  farmonlar, 

I.A.Karimovning        asarlari  hamda  ta’lim-tarbiyaga  oid  fikrlari,  mavzuga  doir 

ilmiy-metodik adabiyotlar.  

    Tadqiqotning ilmiy yangiligi.  


 

-



 

1-sinf oʻqish darslarining oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib berildi;  

-

 

1-sinf oʻqish darslarini loyihalash yoʻllari  belgilandi; 



-

 

1-sinf  oʻqish  darslarini  samarali  tashkil  qilish  va  oʻtkazish  yoʻllari 



belgilandi;  

-

 



1-sinf    oʻqish  darslarini    ilgʻor  pedagogik  texnologiyalar  asosida 

tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish omillari koʻrsatildi.  



      Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. 

      1-sinf  oʻqish  darslarining  maqsad  va  vazifalari,  uni  tashkil  etish  va 

oʻqitish  texnologiyasi  oʻrganib  chiqildi.  1-sinf  oʻqish  darslarining  ishlanmalari 

ishlab  chiqildi.  Tadqiqot  natijalaridan  boshlangʻich  sinf  oʻqituvchilari,  va 

pedagogika  oliy  oʻquv  yurtlarining  boshlangʻich  ta’lim  yoʻnalishi  talabalari  

foydalanishi mumkin.   

      Tadqiqotning  tuzilishi:  Ish  kirish,  II  bob,  5  qism,    xulosa  va 

foydalanilgan  adabiyotlar  roʻyxatidan  iborat.  Uning    hajmi  65    sahifani  tashkil 

qiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

I bob 



1-sinf   “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturining mazmun -mundarijasi va 

1-sinf oʻquvchilari oʻzlashtirishi zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar 

 

1.1.1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi va undagi oʻquvchilar 

oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar 

          Boshlangʻich  sinflarda  oʻquvchining  kelajakdagi  taraqiyotini  belgilab 

beruvchi  ruhiy,  ta’limiy  asoslar  qoʻyiladi.  Bu  koʻp  jihatdan  1-sinf  oʻqish 

darslarining  maqsad-vazifalari  bilan  ham  bogʻliq  boʻladi.  Hozirda    ta’lim  va 

tarbiyaning  yangicha  mazmuni:  oʻquvchilarning  yanada  ongini  oshirish;  oʻquv-

tarbiya  jarayonini  yanada  takomillashtirish;  oʻqitish  metodlarini  hozirgi  kun 

talablari  darajasiga  koʻtarish;  bolalarning  bilim  qobiliyatlarini  yuqori  darajada 

rivojlantirish;    berilgan  bilim  va  koʻnikmalarning  ongli,  puxta  oʻzlashtirilishiga 

erishish; oʻquvchilarning mustaqil aqliy mehnat koʻnikmalarini oʻstira borish kabi 

vazifalarni  koʻzda  tutadi.  Boshlangʻich  sinf  oʻquvchilariga  ta’lim-tarbiya 

berishdagi  muhim  vazifalarning  asosiy  qismi  oʻqish  mashgʻulotlari  orqali  amalga 

oshiriladi.  Oʻqish  va  nutq  oʻstirish  darslari  jarayonida  DTS  belgilagan  mavzular 

asosida 

oʻquvchilarga 

muayyan 

bilim 


beriladi. 

Oʻqish 


koʻnikmalarini 

takomillashtira borish bilan bir qatorda oʻquvchilarni barkamol yetuk inson ruhida 

tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazda boʻladi. Boshlangʻich ta’limda oʻqish va 

nutq oʻstirish dasturining maqsad va vazifalariga koʻra oʻqish mashgʻulotlari orqali 

oʻquvchilar  toʻgʻri,  ongli,  ravon,  tez  va  ifodali  oʻqishga  oʻrgatiladi.  Bolalar  bu 

jarayonda  kitob  bilan  ishlash  koʻnikmasiga  ega  boʻla  boradilar  va  ularga  kitobga 

muhabbat tuygʻusi uygʻotiladi.  

Oʻquvchilar  ongida  tevarak-atrofdagi  narsa  va  hodisalar  haqidagi  tasavvur 

va  tushunchalarini  toʻgʻri  shakllantirish  uchun  ularning  yoshi  va  bilim  saviyasi 

hisobga olinishi talab etiladi. 

Oʻqish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Oʻqishni bilmagan odamning 

koʻzi  ojiz  kishidan  farqi  yoʻq.  Oʻqish  faoliyati  boshlangʻich  sinflarda  barcha 

fanlarda  amalga  oshiriladi,  lekin  oʻqishga  oʻrgatish  oʻqish  darslarining  asosiy 


 

vazifasidir.  Kichik  yoshdagi  oʻquvchini  oʻqishga  oʻrgatishda  ularning  umumiy 



rivojlanishini,  psixologiyasini  hisobga  olish  zarur.  Oʻquv  materialining  hajmini 

oshirib  yuborish,  tinmay  bir  maromdagi  oʻqishni  tashkil  etish  bolani  oʻqish 

mashgʻulotidan bezdiradi. 

Oʻquvchilarni  qiziqarli  topshiriqlar,  didaktik  oʻyinlar  asosida  oʻqitish 

oʻqishga  oʻyin  tusini  beradi.  Bola  oʻynab  charchamagandek,  oʻqib  charchaganini 

sezmaydi. 

1-sinfda  oʻqish  darslari  bir  qancha  vazifalarni  bajaradi.  Xususan,  u  bola 

oʻqish  texnikasini  egallashi  uchun,  avvalo,  uning  savodxonlik  darajasini  oshirish, 

ogʻzaki  va  yozma  nutqini  rivojlantirish,  toʻgʻri  talaffuz  etishni  oʻrgatish  lozim 

boʻladi. 

Dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali oʻqitilib, oʻquvchidagi koʻnikma, 

malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy koʻrsatkich – oʻqish tezligi, ravon oʻqiy olish, 

bir daqiqada nechta soʻz oʻqiy olishi belgilanadi. 

Bola  matn  mazmunini  toʻliq  uqib  olishi,  shuningdek,  oʻzgalar  nutqini 

eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi. 

Oʻquvchining  10  daqiqada    4-5  sahifali  matnni  oʻqib,  qayta  soʻzlab  bera  

olishi, oʻzgalar fikrini anglab, uni ogʻzaki bayon qila olish darajasi aniqlanadi. 

Mazkur  standart  mezonlarining  oʻzaro  uzviy  bogʻliqligi  (integratsiyasi), 

oʻqish,  ona  tili  ta’limida  belgilangan  vazifalarning  amalga  oshishida  asosiy  omil 

hisoblanadi. 

Boshlangʻich  ta’limda  adabiyot  ta’limi  tarkibidagi  oʻqish  mazmunining 

negizi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 

 

mavzu doirasi: Vatan, vatan oʻtmishi, hozirgi taraqqiyoti, kelajagi buyuk 



allomalar,  tarixiy  shaxslar,  xalq  qahramonlari,  tengdoshlari  hayoti,  ilm-  fan, 

ma’rifat, madaniyat, mavsumiy oʻzgarishlar;  

 

janriy  xususiyatlari:  hikoya,  ertak,  maqol,  topishmoq,  doston,  tez 



aytish, she’r, latifa, lof; 

 



kitob bilan ishlash; 

 



soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish; boʻgʻinlab oʻqishdan ongli, sidirgʻasiga    

 

     (tekis), tez, toʻgʻri, ravon va ifodali oʻqishga erishish; 



 

oʻzbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini oʻqish; 



 

yozuvchilarning  ismi-sharifi,  asarlarining  nomlari  haqida  toʻlaroq 



tushuncha  hosil qilish; 

 



badiiy asarlarni sharhli,  ifodali oʻqish; 

 



asar mazmuni va voqealari  oʻrtasidagi bogʻlanishni, qahramonlarning 

fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash; 

 

oʻqigan  asarlari  yuzasidan  oʻz  fikr-mulohazalarini  ogʻzaki  va  yozma 



tarzda izchil ifodalash

 



soʻz boyligini oshira borish va nutqida faol qoʻllash; 

 



oʻqigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish; 

 



badiiy asarlarni estetik tahlil qilish; 

 



oʻqigan asarlari yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish; 

 



nasriy  asar  mazmunini  toʻliq,  qisqartirib,  shaxsini  oʻzgartirib 

hikoyalash; 

 

badiiy asarlarni oʻzaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish. 



       1-sinf  oʻquvchining  DTS  boʻyicha  oʻzlashtirishi  zarur  boʻlgan  bilim, 

koʻnikma va malakalar quyidagilardan iborat boʻladi.  



Bilim: 

 



hikoya, she’r,  ertak, topishmoq, maqol,  tez aytish janrlari; 

 



badiiy asar mazmunini bilish; 

 



asardagi eng qiziqarli lavhalarni bilish 

      Koʻnikma: 

 



matndagi soʻzlarning ma’nolarini izohlay olish; 

 



matn  mazmunini  koʻrgazmalar  vositasida  toʻliq  qayta  hikoyalay 

bilish; 


 

tayyor reja asosida asarni  toʻliq qayta hikoyalay olish



 

asar qahramonlarining (salbiy va ijobiy) xatti-harakatlarini aniqlash va 



baholay olish.                                                                           

10 

 

   Malaka: 



 

soʻz tarkibida tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish; 



 

soʻzlarni boʻgʻinlab, soʻng sidirgʻa (tekis) oʻqish; 



 

hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, rivoyat, tez aytish janrlaridagi   



     asarlarni ifodali oʻqish; 

 



bir daqiqada 25-30 soʻzni oʻqish; 

 



oʻqigan asari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini  bildirish

 



oʻqilgan asar asosida rasm chizish; 

 



oʻquv yili yakunida 5 ta she’rni yoddan aytib berish. (10. 24.) 

Bu  bilim,  koʻnikma  va  malakalarni  egallash  koʻp  jihatdan  1-sinf  oʻqish 

darslarini  toʻgʻri  tashkil  qilishga  ham  bogʻliqdir.  Oʻquvchilar  oʻqish  darslarida 

oʻqilgan  asar mazmunini toʻgʻri idroʻ etishlari, bilimlarni mukammal egallashlari, 

hayot haqida ma’lum tasavvurga ega boʻlishlari zarur.  

1-sinf  oʻquv  dasturiga  koʻra  “Oʻqish  va  nutq  oʻstirish”  uchun  68  soat 

ajratilgan.  

Oʻqish mavzusi : 

1.

 

Oʻzbekiston — Vatanim manim ( 12 soat ) 



“Oʻzbekiston  -Vatanim  manim”  boʻlimida  bolalarga  barcha  quvonch- 

shodliklar  baxsh  etuvchi  ona  maskanimiz  -  Oʻzbekiston  ekani  haqida  dastlabki 

tushunchalar  beriladi.  Tanlangan  asarlar  oʻquvchilarda  ona  Vatan-oldidagi  burchi 

va mas’uliyatni anglashlarini ta’minlaydi, Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi. 

Oʻquvchilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: 

1.

 



Vatan  -  bu...  2.  Buyiiklar  vatani.  3.  Oʻzbekiston  askarlari.  4.  Ota  rozi  - 

Vatan rozi. 5. Suv - shifo. 6. Qish. 7. Oy allasi. 8. Charxpalak. 

2.

 

Biz — buyuklar avlodi ( 11 soat ) 



“Biz  —  buyuklar  avlodi”  boʻlimida  xalqimiz  orasidan  chiqqan  ulugʻ

 

allomalar hayotiga bagʻishlangan asarlar misolida milliy qadriyatlarimiz yuzasidan 



tushuncha bcriladi. Oʻquvchilar xotirasiz kelajakning boʻlmasligi haqida elementar 

tasavvurga ega boladilar. 



11 

 

Oʻquvchilaming sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: 



1.

 

Amir  Temur.  2.  Rivoyat.  3.Gʻazal  mulkining  sultoni.  4.Alisherning 



yoshligi.  5.Non  isi.  6.Abu  Ali  Ibn  Sino.  7.Kitobga  mehr.  8.Buyuk 

munajjim.9.UIugʻbek bobom. 10.Shoh va slioir. 11 .Ona sabogʻi. 

3.

 

Koʻklam -yashnaydi olam (9 soat) 



“Koʻklam  -  yashnaydi  olam”  boʻlimida  fasllar  kelinchagi,  yashash- 

yasharish  faslining  oʻziga  xos  xususiyatlari, inson  liayoti  va uning  tabiatga ta’siri 

haqida hikoya qilingan asarlar о`rin olgan. 

Oʻquvcliilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: 

l. Bailor. 2.Lola. З.Оnа allasi. 4.Mehribon oyijonim. 5.Bekinmachoq. 

6.Qushcha. 7. Quyoshdan erta turib. 8.Navroʻz bayrami. 9.Navroʻz. 

4.

 

Ilm - aql chirogʻi ( 9 soat) 



“Ilm  -  aql  chirogʻi”  boʻlimiga  kiritilgan  badiiy  asarlarni  oʻqish  bolalarga 

kitobning  inson hayotidagi  ahamiyati,  ilm  olish  aqliy  tafakkur,  ma’naviy  kamolot 

taraqqiyotiga ta’sir qilishi haqida tasavvur hosil qilishlariga yordam beradi. 

Oʻquvchilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: 

1.  Maktab  —  oftob  qoʻshigʻi.  2.  Kitobni  asrang.  3.Kitob  -  mening 

doʻstimsan. 

1.

 

Kompyuter. S.Yaxshi niyat. 6.Toshbaqa va quyon. 



2.

 

Xalq oʻgiti — baxt kaliti (9 soat) 



“Xalq  oʻgiti  -  baxt  kaliti”  boʻlimiga  bolalar  qalbiga  ona  allasi  bilan  kirib 

kelgan ogʻzaki ijod  namunalari  kiritilgan  boʻlib,  ezgulik, toʻgʻri  soʻzlik, sofdillik, 

nafosat, doʻstlik, oʻrtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi. 

Oʻquvchilaming sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: 

I. Sher va sichqon. 2. Maymun va duradgor. 3. Rostgoʻy bola. 4.Laylak kcldi 

- yoz boʻldi. 5.Latitalar. 



Download 462.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling