Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 462.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.12.2017
Hajmi462.01 Kb.
#22257
1   2   3   4   5   6

6.

 

Odob -insonga husn (8 soat) 

“Odob  -  insonga  husn”  boʻlimiga  kiritilgan  asarlar  fahm-farosat,  hayo  va  odob, 

qanoat  kabilar  insonning  ma'naviy-axloqiy  qiyofasini  belgilovchi  asosiy  omiliar 

ekani yuzasidan ilk tushunchatar berishga moʻljallangan. 



12 

 

oʻquvchilaming sinfda va mustaqil oʻqishlari iozim boʻlgan asarlar: 

I.  Odob  va  odob.  2.  Odob.  3.  Kapalak.  4.  Maslahat.  5.  Ochkoʻz  sichqon.  6.  Dil 

soʻzlari. 7.Chiroyli salom. 



7.

 

Mehnatning tagi — rohat (10 soat) 

“Mehnatning  tagi-rohat”  boʻlimida  mehnat  tufayli  inson  baxtga  erishishi,  ona 

yerning insonlar mehnati tufayli boylik manbaiga aylanishi haqidagi tushunchalar 

tarkib toptiriladi. 



Oʻquvchilammg sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar 

I. Aqlli bogʻbon. 2. Soqi bilan onasi. 3. Yer nima der? 4. Tugma. 5. Maqtanchoq 

gʻoz. 6. Hakka va uning bolalari. 7. Ona yer. 8. Yurak. 

Oʻqish koʻnikmasi: 

oʻquv  yilining  ikkinchi  yarmidan  ongli,  toʻgʻri  va  boʻgʻinlab  sidirgʻa  oʻqishga 

oʻrgatish; sodda soʻzlami boʻgʻinlab tekis oʻqish; gaplami ohangiga, toʻxtamlariga, 

tinish belgilariga rioya qilib, qiroat bilan oʻqish. 

 Buning uchun tayyorgarlik ishlari oʻtkaziladi. 

Tayyorgarlik ishlarining vazifalari: 

1.

 

Oʻquvchilarning  asarda  aks  ettirilgan  voqea-hodisalar  haqidagi 



tasavvurlarini  boyitish,  matnni  ongli  idroʻ  qilishga  ta’sir  etadigan  yangi 

ma’lumotlar  berish,  badiiy  asarda  tasvirlangan  voqea-hodisalarni  oʻquvchilar  oʻz 

hayotlarida  kuzatganlari  bilan  bogʻlay  olishlariga  sharoit  yaratish.  Buning  uchun 

qoʻllanmaning metodik maslahatlar qismidan foydalanish yaxshi samara beradi. 

2.

 

Yozuvchining  hayoti  bilan  elementlar  tarzida  tanishtirish,  yozuvchiga, 



uning hayotiga, ijodiy qiziqish uygʻotish. 

3.

 



Oʻquvchilarni asarni emotsional idroʻ etishga tayyorlash. 

4.

 



Asar mazmunini tushunishga murakkablik qiladigan soʻzlarning lugʻaviy 

ma’nolarini tushuntirishdan iborat. 

 Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil boʻlib, oʻqituvchi asar mazmuni 

va  shakliga  qarab  ish  turini  tanlaydi.  Tayyorgarlik  davri  uchun  2-5  daqiqa 

ajratiladi. 


13 

 

Ekskursiya.  Bu  ish  turidan  tabiat  tasviriga  bagʻishlangan  yoʻi  ishlab 

chiqarish,  qurilish,  shahar,  qishloq  hayotiga  doir  mavzular  oʻrganilganda 

foydalanish  mumkin.  Chunonchi,  “Ulkan  hovuz”,  “Bahor”,  “Navroʻz  bayrami”, 

“Kompyuter”, “Qish”, Amir Temur, Alisher Navoiyga bagʻishlangan materiallarni 

oʻrganishdan  oldin  ekskursiya  qilish  maqsadga  muvofiq.  Ekskursiya  uchun  reja 

beriladi va matn oʻrganilishidan kamida bir hafta oldin oʻquvchilarga e’lon qilinadi 

Film namoyish qilish. Ba’zi matnlarni oʻrganishdan oldin oʻquv materialiga 

doir  film  namoyish  qilinsa,  oʻquvchilarning  asarni  idroʻ  qilishlari  faollashadi. 

Hozir oʻquv filmlari yetarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish mumkin. 

Oʻqituvchi  hikoyasi.  Asar  muallifi  haqida  ma’lumot  berishda  u  eng 

samarali metod hisoblanadi. Biror shoirnin she’rini ifodali  oʻqish, hikoya, ertakni 

ta’sirli  bayon  etishda  uning  bolalar  uchun  yozgan  asarlari  namoyish  etilib,  ular 

haqida  qisqacha  ma’lumot  berilsa,  oʻquvchilarning  asarni  oʻqishga  qiziqishlari 

ortadi.  Tayyorgarlik  davridan  soʻng  1-bosqich  amalga  oshiriladi.  Bu  bosqichning 

asosiy  vazifasi  matnni  yaxlit  idroʻ  etish  jarayonida  asarning  aniq  mazmuni  bilan, 

uning syujet chizigʻi bilan tanishtirish, asarning emotsional ta’sirini aniqlashdir. 

      Matn  ifodali  oʻqib  beriladi.  Oʻqituvchi  oʻquvchilarga  umumiy 

taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. 

Hikoyaning qaysi oʻrni sizga yoqdi? 

Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi? 

Siz asar qahramoni oʻrnida boʻlishni istarmidingiz? 

Hikoya  oʻqilganda  siz  qaysi  oʻrinda  juda  xursand  boʻldingiz?  kabi  savollar 

beriladi. 

Oʻquvchilarning  borliq,  tabiat  va  jamiyat  haqidagi  tasavvurlari,  bilimlarini 

ma’lum bir tizimga solish va boyitish, dunyoqarashini shakllantirish kabi vazifalar 

bajariladi. 

Boʻgʻin  tuzilishi  murakkab  boʻlmagan  soʻzlarni  boʻgʻinlab  toʻgʻri  oʻqish. 

Bolalar  hayoti  bilan  bogʻliq  bir  boʻgʻinli,  ikki  boʻgʻinli  soʻzlarni  bir  tekis 

oʻqishlariga  erishish.  Buning  uchun  oʻqituvchi  oʻqiladigan  asar  matnini  oʻrganish 

jarayonida  oʻqilishi  qiyin  oʻrinlarni  belgilashi  va  oʻqishni  differensial  usulda 



14 

 

tashkil  etishi,  ya’ni  oʻqilishi  qiyinroq  oʻrinlarni  yaxshiroq  oʻqiydigan 



oʻquvchilarga,  oson  oʻqiladigan  oʻrinlarni  oʻqish  malakasi  boʻsh  oʻquvchilarga 

oʻqitishni moʻljallashi lozim. 

     Boʻgʻin  tuzilishi  murakkab  soʻzlarni  kartonga  solib  yoʻi  xattaxtaga 

boʻgʻinlarga  boʻlib  yozish,  joʻr  oʻqitish  usulidan  foydalanish,  soʻz  ma’nosini 

izohlash yoʻli bilan toʻgʻri oʻqishni amalga oshirish kerak.(8.8.) 

      1-sinfda  oʻqishning  ovoz  chiqarib,  ba’zan  shivirlab  oʻqish  turidan 

foydalanish  ta’lab  etiladi.  Chunki  oʻqituvchi  oʻquvchilarning  toʻgʻri  oʻqishini 

hisobga olish va toʻgʻirlash imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. 

     Xulosa  qilib  aytganda,  1-sinf  oʻqish  darslarining  asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

1.

 

Toʻgʻri,  tez,  ongli  va  ifodali  oʻqishga  oʻrganish.  Oʻqish  malakalarini 



takomillashtirish. 

2.

 



Oʻqish  darslarida  oʻquvchilarni  axloqiy  tarbiyalash  va  bilimni 

rivojlantirish  vazifalarini  aniq  belgilash,  dunyoqarashni  shakllantirish.  Shuning 

bilan birga ekologik, estetik, mehnat, iqtisodiy va huquqiy tarbiya berish. 

3.

 



Oʻquvchilarda ijodiy tasavvur, nutq va tafakkurni oʻstirish. 

4.

 



Qadim  –  qadimdan  ardoqlanib  kelingan  kitobga  mehr  –  muhabbatni 

tarbiyalash, uni e’zozlashga oʻrgatish. 

5.

 

Oʻquvchilarni  mustaqil  fikrlashga,  fikrlarini  erkin  bayon  etishga 



oʻrgatish. 

Koʻrinadiki,  1-sinf  oʻqish  darslari  oʻziga  xos  xususiyatlari  bilan  boshqa 

sinflardagi  oʻqish  darslaridan  hamda  boshqa  predmet  darslaridan  maqsadi, 

vazifalari bilan ajralib turar ekan.  

 

1.2.  1-sinf  oʻqish  darslarining  maqsad-vazifalari  va  “Oʻqish  kitobi” 

darsligining mundarijasi  

 

Boshlangʻich  sinflardagi  ona  tili  ta’limi  bolalarning  tafakkur  qilish 

faoliyatlarini  kengaytirish,    erkin  fikrlay  olish,  oʻzgalar  fikrini  anglash,  oʻz 


15 

 

fikrlarini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan 



erkin  muloqotda  boʻla  olish  koʻnikma  va  malakalarini  rivojlantirishga  xizmat 

qiladi.  Bu  oʻrinda  ona  tili  ta’limiga  oʻquv  fani  emas,  balki,  butun  ta’lim  tizimini 

uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi.  

Ona  tili  ta’limi  standarti  koʻrsatkichlari  bolani  fikrlay  olish,  ifodalangan 

fikrni  anglash  va  oʻz  fikrini  savodli,  mantiqiy  izchillikda    bayon  eta  olishga 

oʻrgatish nuqtai nazaridan belgilanadi. 

Boshlangʻich  ta’lim  bosqichida  oʻquvchilarning  ona  tili  ta’limi    boʻyicha 

tayyorgarlik  darajasiga  qoʻyiladigan    talablar  quyidagi  uch  parametrli  standart 

mezon  orqali  aks  ettiriladi:  oʻqish  texnikasi,  oʻzgalar  fikrini  va  matn  mazmunini 

anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. 

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon boʻlib, ona tili 

ta’limining  maqsadi  shu  parametrda  mujassamlashadi  va  oʻquvchi  tomonidan 

yaratilgan  matnda  aks  etadi.  Bu  parametr  boʻyicha  ta’lim  sifatining  natijasini 

baholashda oʻqituvchi tomonidan quyidagi koʻnikmalarning darajasi aniqlanadi: 

-     fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; 

-     mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq va h.k.); 

-     tavsifning mavzuga muvofiq va  mukammal boʻlishi; 

-     tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalana bilishi; 

-     imloviy (yozma) savodxon boʻlishi. 

1-sinf oʻqish darslari  atrof-muhit, insoniy munosabatlar, Vatanning oʻtmishi 

va hozirgi kundagi hayoti, unda insonlarning oʻrni haqidagi oʻquvchilar bilimlarni 

kengaytiradi,  dunyoqarashlarining  shakllanishiga,  ma’naviy-axloqiy  tarbiyasiga 

katta  ta’sir  koʻrsatadi.  Natijada  oʻquvchilarda  ijobiy  –  axloqiy  sifatlar  shakllana 

boshlaydi, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik hislari rivojlanadi. 

1-sinf oʻqish darslari 1-sinf ”Oʻqish kitobi” darsligi asosida tashkil qilinadi.  

Darslikning  sakkizinchi  nashri  mualliflari  T.Gʻafforova  va  X.Gʻulomovalar 

boʻlib,  u  2012  yilda  Toshkentda  ”Sharq”  nashriyot  –matbaa  aksiyadorlik 

kompaniyasi bosh tahririyatida chop  qilingan.   



16 

 

1- sinf “Oʻqish kitobi” dagi materiallar tevarak-atrofdagi hayot, kishilarning 



oʻzaro  munosabatlari  respublikamiz  kishilari  ma’naviy  qiyofalari,  ularning  ona-

Vatan  hamda  borliq  haqidagi  tushuncha-tasavvurlarini  kengaytirish  orqali 

bolalarning  bilim  va  koʻnikmalarini  har  tomonlama  taraqqiy  ettirish,  saviyalarini 

kengaytirishni koʻzda tutadi. Shuning uchun ham darslikdagi materiallar mazmuni 

bolalarga gʻoyaviy, siyosiy, axloqiy va estetik tarbiya berish; toʻgʻri, tez, ongli va 

ifodali  oʻqish  malakalarini  oshirishni  koʻzda  tutadi.  Darslikda  berilgan  mavzular 

ma’lum bir mavzu doirasida birlashtirilgan.  

    1-sinf  ”Oʻqish  kitobi”  kitobi  darsligi  oʻz  ishiga  7  boʻlimni  oladi.  Bular: 

”Oʻzbekiston – mening Vatanim”, ”Biz – buyuklar avlodi”, ”Koʻklam – yashardi 

olam”,  ”Ilm  –  aql  chirogʻi”,  ”Xalq  oʻgiti  –  baxt  kaliti”,  ”Odob  –  insonga  husn”, 

”Mehnatning tagi rohat”.  Shuning bilan birga kitobda mustaqil oʻqish uchun ham 

materiallar berilgan. Darslikning har bir boʻlimi ma’lum maqsad asosida tuzilgan.       



Birinchi  boʻlim  ”Oʻzbekiston  –  mening  vatanim”  de  nomlangan  boʻlib,  u   

oʻquvchilarni  vatan  tushunchasi  bilan  tanishtirib,  uning  qiyosi  yoʻqligiga 

ishontiradi,  uni  asrab-avaylashga,  u  bilan  faxrlanishga  oʻrgatadi.  Shuningdek, 

vatanning  oʻtmishi  va  hozirgi  kuni  haqidagi  materiallar  ham  oʻquvchilarda 

vatanparvarlik, vatanga muhabbat hislarini rivojlanishiga ta’sir koʻrsatadi. 

Ikkinchi boʻlim esa ”Biz – buyuklar  avlodi” deb nomlangan. Bu boʻlimda 

oʻquvchilar  oʻzbek  xalqining  buyuk  xalq  ekanligini,  uning  donishmand 

farzandlarini butun dunyo bilishini  oʻrganib, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik 

sifatlari  tarbiyalanadi.  Bu  boʻlimda  ular  millatimiz  faxri  boʻlgan  Amir  Temur, 

Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Bobur kabi allomalar haqidagi 

ma’lumotlar bilan tanishadilar. Ularning hayoti haqidagi rivoyatlarni oʻrganadilar. 



Uchinchi  boʻlimda  oʻquvchilar  bahor  fasli,  unda  oʻtadigan  bayramlar, 

bahorda bajariladigan ishlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishadilar va bu boʻlim 

”Koʻklam – yashardi olam”  deb atalgan. 

Toʻrtinchi  boʻlim  ”Ilm  –  aql  chirogʻi”  deb  nomlangan  bol`ib,  u    ilmga, 

oʻqishga, kitobga mehrni tarbiyalash maqsadini koʻzlaydi. 



17 

 

Oʻquvchilar  bu  boʻlimni  oʻrganish  orqali  ilmning  inson  hayotidagi 



ahamiyatini  bilib  oladilar.  Bilimli  boʻlish  uchun  koʻproq  oʻqish,  oʻrganish 

lozimligini anglaydilar. 



Beshinchi  boʻlim  “Xalq  oʻgiti  –  baxt  kaliti”  deb  nomlanib,  xalq  ogzaki 

ijodini  oʻrganishga  bagʻishlangan,  bunda  1-sinf  oʻquvchilarining  yoshi, 

oʻzlashtirish  xususiyatlariga  mos  materiallar  tanlangan.  Asosiy  maqsad 

oʻquvchilarda  umuminsoniy  sifatlarni,  milliy  qadriyatlarni  tarbiyalashga 

qaratilgan. 

Oltinchi boʻlim- “Odob – insonga husn”. Bu boʻlimda insonning eng goʻzal 

fazilatlaridan  biri  –  odoblilik  haqida  gap  boradi.  Bu  boʻlimni  oʻrganish  orqali 

oʻquvchilar kundalik hayotidagi insoniy munosabatlarni, undagi axloq normalarini, 

umuminsoniy sifatlarni bilib, oʻzlashtirib oladilar. 



Yettinchi  boʻlim  esa    ”Mehnatning  tagi  –  rohat”  deb  ataladi.  Bunda 

oʻquvchilar  mehnat  insonga  baxt  keltirishini,  insonlar  hayotida  baxtli  yashash 

uchun biror kasbni egallashlari zarurligi haqidagi mavzularni  oʻrganadilar. Ularda 

mehnatga hurmat, mehnatsevarlik, kasb egallashga qiziqish hislari tarbiyalanadi. 

Har bir boʻlim soʻngida mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar, turli 

boshqotirma  va  rebuslar  berilganki,  bular  oʻquvchilarda  erkin  fikrlashni,  izlanish 

qobiliyatini  rivojlantirish  bilan  birga,  ularda  oʻqish  motivlarini  rivojlanishiga 

xizmat qiladi. 

Oʻqituvchi  badiiy  matn  ustida  ishlaganda  mavjud  savol  va  topshiriqlardan 

foydalanadi. U matnni avval ifodali qilib oʻqib beradi. Keyin matn mazmuni ustida 

suhbat uyushtiradi. Bunda oʻqituvchi savollar va tasviriy vositalardan foydalanadi. 

Oʻquvchilarning  oʻzlariga  ovoz  chiqarmay  oʻqish,  mazmunini  tushunish 

topshiriladi. Keyin navbatma – navbat oʻqitiladi. Lugʻat ustida ishlab, yangi soʻzlar 

ma’nosi  tushuntiriladi,  oʻquvchilarning  lugʻat  boyligini  oshirishga  e’tibor 

qaratiladi. Oxirida savol – javob, test, boshqotirma, rebus yechib oʻquvchilar bilimi 

umumlashtiriladi, reytingi e’lon qilinadi. 



18 

 

Har  bir  mavzu  oxirida  topishmoq,  maqol,  hikmatli  soʻzlar,  tez  aytishlar 



berilgan.  Bundan  oʻqituvchi  har  bir  darsning  mazmuniga  qarab  foydalanishi 

mumkin. 


Har  bir  boʻlim  tugashi  bilan  takrorlash  –  umumlashtirish  darslari  oʻtiladi. 

Shunga  erishish  lozimki,  bu  darslar  oʻquvchilar  uchun  bayram  shaklida,  qiziqarli 

boʻlsin. Chunki bu darsda oʻquvchilarning boʻlimni oʻrganish davomida egallagan 

bilimlari  umumlashtiriladi  va  sinaladi.  Shuning  uchun  ham  bu  darslar  ertak  dars, 

sahna darsi va boshqa shu kabi qiziqarli noan’anaviy dars tarzida  oʻtilishi lozim. 

Bunday  darslarni  tashkil  etish  uchun  darslikda  turli  boshqotirma,  rebus  va  testlar 

berilgan. Oʻqituvchi darsga ijodiy yondashib uni yanada boyitishi mumkin. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

19 

 

II bob 



1-sinf oʻqish darslarini  pedagogik texnologiyalar asosida 

loyihalashtirish va ularni tashkil qilish  yoʻllari 

 

2.1. 1-sinf oʻqish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash 

 “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”  da  ta’lim  berishning  ilgʻor  pedagogik 

texnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualarni yaratish va oʻquv-tarbiya 

jarayonini  didaktik  jihatdan  ta’minlash  umumiy  oʻrta  ta’limning  asosiy 

vazifalaridan  biri  sifatida  koʻrsatilgan.  Shu  oʻrinda  pedagogik  texnologiya  oʻzi 

nima?  degan  savol  tugʻilishi  tabiiy.  Hozirgi  kunda  pedagogik  texnologiyaning 

ta’riflari juda koʻp.   

Pedagogik  texnologiyaning  YUNESKO  tashkiloti  ma’qullagan  ta’rifi 

quyidagicha:  “Pedagogik  texnologiya  bu,  ta’lim  shakllarini  optimallashtirish 

maqsadida  texnik  vositalar,  inson  salohiyati  hamda  ularning  oʻzaro  ta’sirini 

inobatga  olib,  oʻqitish  va  bilim  oʻzlashtirishning  barcha  jarayonlarini  aniqlash, 

yaratish va qoʻllashning tizimli metodidir”. 

Darhaqiqat,  ilgʻor  pedagogik  texnologiyalar  ta’lim  jarayoni  unumdorligini 

oshiradi, oʻquvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, oʻquvchilarda 

bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam oʻzlashtirish, ulardan 

amaliyotda erkin foydalanish koʻnikma va malakalarini shakllantiradi. 

Pedagogik  texnologiyaga  asoslangan  ta’lim  jarayonida  oʻqituvchi  faoliyati 

va  oʻquvchi  faoliyati  doirasi  aniq  belgilanadi,  ta’limni  tashkil  etishning  aniq 

texnologiyasi koʻrsatiladi.

6

 



Pedagogik texnologiyaning muhim xususiyatlari, belgilari quyidagilar: 

-

 



ta’lim  jarayonini  oldindan  loyihalash  va  sinfda  oʻquvchilar  bilan  qayta 

ishlab chiqish; 

                                                 

6

  Sattarova  M.,  Sharipova  R.  Mukammallik  yo`lida//  Boshlang`ich    ta’lim,  2008,  3-son, 



14-15-betlar.  

 


20 

 

-



 

tizimli 


yondashuv 

asosida 


oʻquvchining 

oʻquv-biluv 

faoliyatini 

tasvirlaydigan ta’lim jarayoni loyihasini tuzish; 

-

 

ta’lim  maqsadi  real,  aniq  diagnostik  boʻlishi  va  oʻquvchining  bilim 



oʻzlashtirish sifatini obyektiv baholash; 

-

 



ta’lim  jarayonining  tuzilishi  va  mazmuni  yaxlitligi,  oʻzaro  bogʻliq  va 

oʻzaro ta’sirda boʻlishi; 

-

 

ta’lim shakllarini optimallashtirish, qulaylashtirish; 



-

 

ta’lim  jarayonida  texnik  vositalar  va  inson  salohiyatining  oʻzaro  ta’sirini 



hisobga olish; 

-

 



ta’lim  maqsadlarini  koʻzlangan  etalon  asosida  oʻquvchilarning 

kuzatiladigan, oʻlchanadigan harakatlari shaklida juda oydinlashtirish

-

 

oʻquvchining faolligiga tayanib oʻqitish; 



-

 

bilim  oʻzlashtirish  jarayonida  yoʻl  qoʻyilgan  xatolarni  aniqlab,  tuzatib 



borish; 

-

 



shakllantiruvchi va jamlovchi baholar; 

-

 



belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish; 

-

 



ta’limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolatlanganligi

-

 



ta’lim samaradorligining yuqoriligi. 

Aniqroq qilib aytganda, pedagogik texnologiya deganda, ta’lim funksiyasini 

amalga  oshirishdagi  mahorat  va  san’at  tushunilib  u  juda  qulay  usullar  asosida 

oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga asoslanadi. 

Shuning  uchun  ham  ta’lim  ishiga  texnalogik  yondashish  hozirgi  kundagi 

muhim vazifadir.  

Ta’lim ishiga texnologik yondashuv: 

-

 



oʻqish-oʻqitish  jarayonini  oʻzaro  bogʻliq  etaplar,  fazalar,  amallarga 

ajratish, boʻlishni; 

-

 

ta’limdan  moʻljallangan  natijaga  erishish  uchun  bajariladigan 



harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; 

-

 



loyihalashtirilgan  ishlar,  amallarning  barchasini  birdek  bajarishni 

nazarda tutadi. 



21 

 

Pedagogik  texnologiyada  ta’lim  jarayonining  maqsadini  belgilash  muhim 



boʻlib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. 

Shuning  uchun  ham  oʻqituvchilar  maqsadni  aniq  belgilashga  e’tibor 

qaratishlari  zarur.  Har  bir  oʻqituvchi  avvalo  oʻzi  oʻqitadigan  oʻquv  predmeti 

maqsadini va har bir oʻtadigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak. 

Belgilangan  maqsad  asosida  oʻtkaziladigan  didaktik  jarayonning  aniq 

loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi. 

Didaktik jarayon uchta bir-biri bilan bogʻliq komponentlardan iborat. Bular: 

1)

 



motivlar. 

2)

 



oʻquvchining oʻquv-bilish jarayoni. 

3)

 



boshqarish. 

Didaktik jarayonning samarali oʻtishida motivlar muhim oʻrin tutadi. Chunki 

qiziqib,  aniq  maqsad  asosida  egallangan  bilimlargina  samarali  boʻladi.  Ayniqsa, 

boshlangʻich  sinfda  motivlarning  oʻrni  beqiyosdir.  Chunki  maktabgacha  yoshda 

faqat  oʻyin  faoliyati  bilan  shugʻullangan  bolaning  1-sinfdan  aqliy  faoliyat  bilan 

shugʻullanishi  biroz  qiyin  kechadi.  Shuning  uchun  ham  boshlangʻich  sinf  

oʻqituvchisi  didaktik  oʻyinlar  vositasida  bolalarning  oʻqish  motivini  oʻstirishga 

e’tibor  qaratishi  lozim.  Bu  bolalarning  aqliy  faoliyatga  tezroq  kirishishlari  va 

adaptatsiya hosil qilishlariga ham koʻmak beradi.  

 Birinchi sinfda dars jarayonida motivlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga 

ega.  Oʻqituvchi  oʻquvchilarning  oʻquv-biluv  faoliyatlarini  tashkil  etishda  ham 

motivlarga  koʻproq  e’tibor  berishi  oʻquvchilarning  bilim  egallash  jarayonining 

samaradorligini ta’minlaydi.   

Ta'limda  faqat  qiziqishga  tayanib  qolish  ham  motiva  tsiyaning  asosli 

samarasi  boʻla  olmaydi.  Bunda  eng  muhim  samarali  usul  motivatsion  — 

muammoli  vaziyatlarni  qoʻyish  yoʻi  oʻrganilayotgan  predmetning  ijtimoiy 

mohiyatini aks ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning qoʻyilishidir. 

Masalan,  yangi  dars  boshlanishida  yoʻi  oʻtgan  darsni  soʻrash  va 

mustahkamlash  paytida  didaktik  oʻyinlardan  foydalanib,  oʻquvchilarning  darsga 

qiziqishlari  oshiriladi.  Motiv  hosil  boʻlgach,  dars  davomida  oʻquvchilarning 



22 

 

qiziqishlari saqlanib turgan holda oʻrganilayotgan mavzuning ijtimoiy ahamiyatiga 



e'tibor  qaratiladi.  Birinchi  sinfda  dars  jarayonida  motivlarni  rivojlantirish  muhim 

ahamiyatga  ega.  Oʻqituvchi  oʻquvchilarning  oʻquv-bilish  faoliyatlarini  tashkil 

etishda  ham  motivlarga  koʻproq  e'tibor  berishi  oʻquvchilarnung  bilim  egal  lash 

jarayonining samaradorligini ta'minlaydi. 

Oʻqituvchi  dars  loyihasini  tayyorlar  ekan, maqsadni  oydinlashtirishi  va  shu 

maqsad  asosida  oʻquvchilarning  oʻquv-bilish  faoliyatlarini  shunday  tashkil  etishi 

lozimki,  belgilangan  maqsad  toʻliq  amalga  oshsin.  Ta'lim  jarayonini  boshqarish 

oʻqituvchidan  katta  mahorat  talab  etadi.  U  dars  ishlanmasida  boshqaruv  yollarini 

belgilab  oladi.  Oʻz  faoliyati  va  oʻquvchilar  faoliyatini  tashkil  etish  yoʻllarini, 

oʻquvchilar  bilimini  nazorat  etish  yoʻllarini  aniq  ishlab  chiqadi.  Ta'lim  natijasini 

tekshirib,  maqsadni  nechogʻli  amalga  oshganini  aniqlaydi  va  keyingi  loyihani 

tuzishda  korrektirovkalar  kirgizib  yoʻl  qoʻyilgan  xato-  kamchiliklarni  bartaraf 

etadi. 

1-sinf  oʻqish  darslarining  tuzilishi  ta'lim-tarbiyaviy  maqsadi,  dars  tipi  va 



oʻrganiladigan  materiallarning  xususiyati  ga  koʻra  turli  xildir.  Shuningdek,  dars 

qurilishida  ham  qat'iy  andoza  boʻlmaydi,  chunki  yagona  andoza  birinchidan,  ijod 

korlikka  yoʻl  bermaydi,  ikkinchidan,  oʻquvchilarning  imkoniyatlarini  cheklab 

qoʻyadi.  Shuning  uchun  ham  biz  oʻqish  darsining  taxminiy  loyihasini 

diqqatingizga havola etamiz: 

1. Darsning maqsadi: 

a)

 

ta'limiy; 



b)

 

tarbiyaviy; 



c)

 

rivojlantiruvchi. 



Maqsadni oydinlashtirish: 

Ta'limiy maqsad: 

a)

 

oʻquvchilarning toʻgʻri va ravon oʻqish malakal shakllantirish; 



b)

 

matn mazmuniga koʻra, oʻquvchilarning xususiya mos tabiat, jamiyat 



va inson tafakkuri haqidagi bilimlarni hosil qilish; 

23 

 

Tarbiyaviy maqsad: 



a)

 

oʻquvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish; 



b)

 

matn  mazmuniga  koʻra  aqliy,  ma'naviy-axloqiy,  etuk,  jismoniy, 



mehnat, ekologik, iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish. 

Rivojlantiruvchi maqsad: 

a)

 

oʻquvchilarning oʻqish malakalarini rivojlantirish; 



b)

 

tez, ravon, toʻgʻri va ifodali oʻqishga oʻrgatish; 



d)  dunyoqarashlarini,  xulq-odob,  insoniy  munosabatla  aqliy,    jismoniy  va 

boshqa sifatlarini rivojlantirish. 

Darsni tashkil etish, metod va vositalari: 


Download 462.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling