Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 462.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.12.2017
Hajmi462.01 Kb.
#22257
1   2   3   4   5   6

1.Motiv  hosil  qilish:  Buni  darsning  oʻtgan  darsni  mustahkamlash  qismida 

va  yangi  darsni  oʻtishga  tayyorgarlik  qismida  butun  dars  davomida  ham  amalga 

oshiriladi.  Motiv  hosil  qilishda  turli  didaktik  oʻyinlar,  topshiriqlar,  musobaqalar 

boshqa ish usullaridan foydalaniladi. 



2.Matnni oʻqishga tayyorgarlik: Yozuvchi haqida ma’lumot beriladi. Matn 

mazmuni  haqida  tushuntirilib  oʻquvch  larning  matnga  qiziqishlari  oshiriladi. 

Ba'zan matn mazmuni  haqida gap boshlab,  qolganini kitobdan oʻqib, oʻrganamiz 

deb,  oʻqituvchi  bolalarning  matnga  qiziqishini  oshiradi.  Tarbiyaviy  ta'sirini 

kuchaytiradi. 

3.Matnni  oʻqish  va  mazmunini  soʻzlash.  Bunda  oʻqituvchi    matnni  oʻzi 

oʻqib  beradi  va  mazmunini  tushuntiradi  yoʻi  ishni  tashkil  etishda  oʻquvchilar 

faoliyatidan ham foydalanishi  mumkin. 

4.Lugʻat  ustida  ishlash.  Notanish  soʻzlarga  izoh  berilib,  oʻquvchilarning 

soʻz boyliklari oshiriladi, dynyoqarashlarini rivojlanishiga ta'sir koʻrsatiladi. 



5.Oʻquvchilar matnni oʻqiydilar. Bunda ham motivni  rivojlantirish uchun 

oʻquvchilar guruhlashtirilishi mumkin.  2 ta, 3 ta 4 tadan oʻquvchilar guruhi matnni 

navbat bilan oʻqiydilar. Toʻgʻri, ravon va ifodali oʻqishga alohida diqqat qaratiladi. 

Shu talablarga rioya qilgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi. 



24 

 

6.Topshiriq  bilan  oʻqish.  Oʻqituvchi  oʻquvchilarning  oʻqish  malakalarini 

rivojlantirish,  oʻqiganini  tushunib  olishga  oʻrgatish  uchun  turli  mashq  usullaridan 

foydalanadi.  Matn  mantiqiy  qismlarga  boʻlinib,  har  bir  qismning  mazmunini 

soʻzlash topshirigʻi, qismlarga alohida sarlavha topish, reja tuzish kabi topshiriqlar 

berilishi mumkin. Bu oʻquvchilarning dunyo- qarashlarining rivojlanishi, mantiqiy 

fikrlashga oʻrganishiga yordam beradi. 

7.  Topshiriq  bilan  oʻqish.  Oʻqituvchi  `oquvchilarning  oʻqish  malakalarini 

rivojlantirish,  oʻqiganini  tushunib  olishga  oʻrgatish  uchun  turli  mashq  usullaridan 

foydalandi.  Matn  mantiqiy  qismlarga  boʻlinib,  har  bir  qismning  mazmunini 

soʻzlash  topshirigʻI,  qismlarga  alohida  sarlavha  toppish,  reja  tuzish  kabi 

topshiriqlar  berilishi  mukin.  Bu  oʻquvchilarning  dunyoqarashlarining  rivojlanishi, 

mantiqiy fikrlashga oʻrganishiga yordam beradi.  

8. Quvnoq daqiqa. 



9.  Matn  mazmuni  ustida  ishlash.  Oʻquvchilar  matn  mazmunini  soʻzlab 

berishlari yoʻi turli didaktik oʻyinlar vositasida mazmunni oʻzlashtirishi mumkin. 

      Masalan,  «Davom  ettir  oʻyini»:  Oʻqituvchi  matn  mazmunini  hikoya 

qilishni  boshlaydi,  bir  oʻquvchi  uni  davom  ettiradi,  boshqa  oʻquvchi  uning 

hikoyasini  davom  ettiradi.  Shu  taxlitda  barcha  oʻquvchilarni  matn  hikoyasiga 

qatnashtirish mumkin. 

      «Zanjir» oʻyini: matndagi bir necha soʻzlar vositasida bu oʻyinni oʻynash 

mumkin.  Oʻqituvchi  boshlab  bir  soʻz  aytadi,  soʻzning  tugagan  harfidan 

boshlanadigan  soʻzni  oʻquvchi  aytadi,  boshqa  oʻquvchi  yana  uning  tugagan 

harfidan  boshlanadigan  soʻzni  aytadi,  shu  taxlitda  hamma  oʻquvchilarni  oʻyinga 

qatnashtirish mumkin. 

«Tez  javob»:  O

f

qituvchi  yoʻi  boshlovchi  oʻquvchilar  qator  oralab  yurib, 



oʻquvchilardan  birini  turgʻizadi  va  biror  tur  nomini  aytadi.  Oʻquvchi  shu  turga 

kiruvchi  soʻz  topib  aytishi  lozim.  Javob  uchgacha  sanaguncha  aytilishi  kerak. 

Javob  berolmagan  oʻquvchi  oʻyindan  chiqadi.  Oʻyin  toʻi  bir  oʻquvchi  qolguncha 

davom  ettiriladi.  Bunday  oʻyin  davomida  oʻquvchilarda  hoziijavoblik,  mustaqil 



25 

 

fikrlash malakasi rivoj lanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga oʻrganadi, 



atrofdagi sodir boʻladigan voqea va hodisalarga qiziqishi ortadi. 

Bu  oʻyindan  dars  davomida  oʻtilgan  mavzuga  bogʻlab,  darsning 

mustahkamlash qismida yoʻi dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin. 

1-variant: Oʻqituvchi: «Hayvon».  

Oʻquvchi: «It»  

Oʻqituvchi: «Multfilm».  

Oʻquvchi: «Qirol sher». 

2-variant: 

Oʻqituvchi: «Oʻquv quroli».  

Oʻquvchi: «Daftar»  

Oʻqituvchi: «Qizlar ismi».  

Oʻquvchi: «Noila». 

3-variant: 

Oʻqituvchi: «Sinf jihozi». 

Oʻquvchi: «Xattaxta»  

Oʻqituvchi: «Ertaklar».  

Oʻquvchi: «Zumrad va Qimmat» 

Shu  kabi  oʻyinlardan  foydalanish  orqali  oʻqituvchi  oʻquvchilarning  oʻqish 

motivini  rivojlantiradi  va  ularning  dunyoqarashlarining  rivojlanishiga  ta'sir 

koʻrsatadi,  oʻquvchilarda  topqirlik,  chaqqonlik,  bilimdonlik  kabi  sifatlarni 

rivojlantiradi, xulqiga ta'sir koʻrsatadi. 

10.  Oʻquvchilar  hilimini  nazorat  qilish.  Nazoratni  yuqoridagi  didaktik 

oʻyinlar vositasida va testlardan foydalanib oʻtkazish mumkin. 

Agar  tekshirish  davomida  dars  maqsadiga  erishilgan  boʻlsa,  demak  dars 

texnologiyasi toʻgʻri ishlangan va uni takomil- lashtirish mumkin. Agar maqsadga 

erishilganlik  darajasi  past  boʻlsa,  demak  loyihani  korretirovka  (oʻzgartirishlar 

kiritish) qilish kerak. Oʻqituvchi qayerda xato qilganini bilib, xatolarini tuzatadi. 

Bu  dars  yangi  bilim  berish  darsining  loyihasi  boʻlib,  uni  boshqacha  tarzda 

ham tashkil qilish mumkin. 

Mustahkamlash-umumlashtirish  darslarining  maqsadi  esa  oʻquvchilarning 

boʻlim  yuzasidan  oʻrgangan  bilimlarini  mustahkamlash,  umumlashtirishga  xizmat 



26 

 

qiladi,  bundan  tashqari  oʻquvchilar  bilimini  nazorat  qilishga  ham  xizmat  qilishi 



mumkin. Shuning uchun ham bunday darslar loyihasini qiziqarli yoʻi noan'anaviy 

tarzda ishlashga e'tibor qaratilsa ancha samarali boʻladi.  

 

2.2. 1-sinf oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllari. 

 

      Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan inson qilib tarbiyalashda  1-sinf 



oʻqish  darslari  katta  ahamiyat  kasb  etadi.1-  sinf    oʻqish  darslari    boshlangʻich 

sinflardagi  boshqa  darslardan    oʻz  mohiyati,  maqsad  va  vazifalariga  koʻra 

farqlanadi.    1-sinf  oʻquvchisi  matnni  toʻgʻri,  tez,  tushunib  oʻqish,  mazmunini 

oʻzlashtirish  bilan  ilk  bor  oʻqish  darslarida  tanishadi.  1-sinf  oʻqish  darslari  orqali 

oʻquvchilarning Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari boʻyicha oʻzlashtirishlari 

koʻzda  tutilgan  oʻquv-biluv  koʻnikma-malakalari  hamda  bilimlarni  egallashlariga 

yoʻl ochiladi. 

1-sinf oʻqish darslari savod oʻrgatish davrida oʻquvchilarni boʻgʻin, soʻz va 

gaplar  bilan  tanishtirish  va  ularni  oʻqish,  rasmlar  asosida  hikoya  qilish  tarzida 

uyushtirilsa,  oʻqish  texnikasi  egallangandan  soʻng  oʻqish  muayyan  mavzular 

boʻyicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. 

Boshlangʻich  ta’lim  boʻyicha  DTS  va  «Ona  tili»  oʻquv  dasturida  oʻqish 

ta’limi  oldiga  qoʻyilgan  talablarni  amalga  oshirish  sinfda  oʻqishni  toʻgʻri  tashkil 

qilish,  oʻqitish  bosqichlari,  tamoyillari  va  metodlari,  birinchi  navbatda,  ilgʻor 

pedagogik texnologiyalardan oʻrinli foydalanishga koʻp jihatdan bogʻliqdir. 

Ma’lumki,  sinfda  oʻqish  asosida  badiiy  va  ilmiy-ommabop  matnlar  turadi. 

Oʻquvchilarni  matn  bilan  tanishtirish  oʻqishga  tayyorgarlik  bosqichidan 

boshlanadi.

7

  

Tayyorgarlik  bosqichi  yozuvchilar  haqida  ma’lumot  berish,  oʻquvchilarni 



asarda  tasvirlanadigan  voqea-hodisalarni  idroʻ  qilish,  asar  pafosini  his  etish, 

                                                 

7

 

 



Nazarova  H.,  Anorboyeva  A.    O`qish  darsi-  nafosat  olami  //  Boshlang`ich    ta’lim, 

2008, 11-son, 5-bet.  

 


27 

 

notanish va koʻp ma’noli soʻzlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash 



kabi  masalalarni  oʻz  ichiga  oladi.  Agar  asar  yil  fasllari  haqida  boʻlsa,  tabiat 

qoʻyniga  sayohat  uyushtirish  ham  sinfda  oʻqish  muvaffaqiyatini  ta’minlashga 

xizmat qiladi. 

Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida oʻrganiladigan asarlarning mavzu 

doirasi  ancha  keng  boʻlib,  ona  tabiat,  yil  fasllari,  xalq  ogʻzaki  ijodi,  mehnatga 

muhabbat,  asosiy  bayram  sanalari,  milliy  istiqlol  va  ma’naviyat  kabi  umumiy 

mavzular doirasida birlashtirilgan. 

Uzluksiz  ta’limning  boshqa  bosqichlaridan  farqli  oʻlaroq,  boshlangʻich 

sinflarning  oʻqish  darslarida  oʻquvchilarning  oʻqish  malakalarini  shakllantirish, 

asar  matni  ustida  ishlash  ta’limning  didaktik  maqsadi  hisoblanadi.  U  turli 

mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy - estetik tarbiya 

bilan chambarchas bogʻlab olib boriladi.  

Shunga  koʻra  oʻqish  darslarining  yetakchi  xususiyati  oʻquvchilarning 

savodxonligini  ta’minlash  bilan  birga  badiiy  adabiyotning  sehrli  olamiga  olib 

kirish,  milliy  mafkura  asosida  yuksak  axloqiy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalashga 

qaratiladi. 

Oʻqish  ta’limi  boʻyicha  oʻquvchilarni  faqat  matn  bilan  tanishtirish 

yordamida  dastur  talablariga  javob  berib  boʻlmaydi.  Negaki  matn  tagzaminidagi 

tarbiyaviy  gʻoya  uni  tushunish,  idroʻ  qilish  natijasidagina  ochiladi.  Boshqacha 

aytganda  ,  har  qanday  asardagi  sehr-joziba  matn  zaminidagi  yashirin  mazmun-

mohiyatni  anglab  yetilganda  oʻquvchi  diqqatini  oʻziga  jalb  etishi  mumkin. Bunga 

adabiy-nazariy 

tushunchalarni 

oʻzlashtirish, 

adabiy 

tahlil 


malakalarini 

shakllantirish orqali erishiladi.  

Asar  tahlili  jarayonida  oʻqituvchi  savollariga  oʻquvchilarning  oʻz  soʻzlari  

bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea - hodisalar yuzasidan mantiqiy 

fikrlashga,  qahramonlarning  xatti-harakatlarini  toʻgʻri  baholashga  yaqindan 

yordam  beradi.  Savollar  uzuq-yuluq  va  mantiqsiz  boʻlmasdan,  qat’iy  maqsad 

asosida  izchil  berilishi  oʻquvchilarning  oʻqilgan  matn  mohiyatini  chuqur  anglab 

yetishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.  



28 

 

Ta’kidlash  joizki,  oʻquvchilarning  oʻzlarini  ham  savol  tuzishga  oʻrgatish 



lozim.  K.  D.  Ushinskiy  qayd  etganidek,  toʻgʻri  qoʻyilgan  masalaning  oʻzi  yarim 

javobdir. Matn  yuzasidan  savol  tuzishda  oʻquvchining  dars  mavzusi bilan bogʻliq 

jihatlarga  e’tibor  berishi  asarda  tasvirlangan  voqea-hodisalar  oʻrtasidagi  sababiy 

bogʻlanishlarni  bilib  olishga,  hayotiy  xulosalar  chiqarishga  yoʻl  ochadi.  Shuning 

uchun  ham  matn  yuzasidan  savol  tuzish  oʻquvchini  ongli  va  tushunib  oʻqishga 

yoʻllaydi.  Uning  oʻziga  xos  xususiyatini  oʻquvchilarni  badiiy  adabiyotning  sehrli 

olamiga  olib  kirish  orqali  dunyoqarashlarini  milliy  istiqlol  mafkurasi  asosida 

toʻgʻri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi.  

Oʻqish  darslari  uchun  tanlangan  mavzular  oʻquvchilarga  kundalik  hayot, 

mustaqillikni  mustahkamlash  va  insoniy  munosabatlar  boʻyicha  ham  bilim  va 

tarbiya  berishni  koʻzda  tutadi.  Bular  ichida  istiqlol,  vatan,  ma’naviyat  va  tabiat 

haqidagi  mavzular  alohida  ajralib  turadi.  Ulardan  koʻzlangan  maqsad  oʻzlikni 

anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bogʻliq tuygʻularini uygʻotishdir. 

Tabiatga  oid  mavzular  yordamida  oʻquvchilar  tabiatdagi  oʻzgarishlar,  yil 

fasllarining  almashinuvi,  hayvonot  olamiga  doir  bilimlarni  egallaydilar.  Ular 

oʻquvchilarni  kuzatuvchanlikka,  tabiatni  sevishga,  unga  nisbatan  toʻgʻri 

munosabatda boʻlishga oʻrgatadi. 

«Oʻqish kitobi» darsliklaridagi materiallar sinfdan sinfga oʻtgan sari mavzu 

jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. 

1-sinfda  oʻrgatiladigan  «Ajdodlarimiz-faxrimiz»,  «Ilm-aql  chirogʻi», 



«Zumrad  bahor»,  «Kumush  qish»  kabi  mavzular  2-4  sinflarda  ham  davom 

ettiriladi. Natijada oʻquvchilarning oldingi bilimlari toʻldiriladi va boyitiladi. 

Darslikdagi  har  bir  mavzu  uchun  tanlangan  matnlarning  janriy  rang-

barangligiga,  poetik  mukammalligiga,  oʻquvchilarning  bilim  darajasi  va  yosh 

xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. 

Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz oʻtmishi, xalqimiz hayoti, 

mardonavor  kurashi,  ulugʻ  siymolar  tomonidan  amalga  oshirilgan  ishlar,  tarixiy 

sanalar  toʻgʻrisida  muayyan  tasavvur  beradi.  Beruniy,  Amir  Temur,  Alisher 

Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. 


29 

 

Bu  xildagi  asarlar  oʻquvchilarni  faqat  oʻtmishimiz  bilan  tanishtirib 



qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham 

yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuygʻusi shu tariqa shakllanadi. 

Vatanimiz  oʻtmishi  haqida  hikoya  qilingan  asarlar  bilan  tanishish  va  ularni 

tahlil  qilish  jarayonida  oʻquvchilar  oʻtmish  bilan  bugungi  kunni  taqqoslash 

imkoniga  ega  boʻladilar.  Jamiyat  taraqqiyoti  xususida  qisqacha  boʻlsa-da, 

tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa Vatan mavzusi  bilan bogʻliq  Poʻlat 

Moʻmining  “Vatan-bu”,  Q.Rahimboyevaning  “Buyuklar  Vatani”,  Xurshid 

Davronning  “Yagonadir  Vataning  sening”  mavzusidagi  asarlari  yaqindan  yordam 

beradi.  1-sinfdagi  “Oʻzbekiston-mening  vatanim”  boʻlimidagi  birinchi  dars  Poʻlat 

Moʻminning  “vatan-bu…”  she’ri  hisoblanadi.  Bu  darsni  quyidagi  texnologik 

xaritaga muvofiq tashkil qilish mumkin.    

                                           1-dars 



Mavzu:Vatan-bu… (Poʻlat Moʻmin) 

Mavzuga oid tayanch tushunchalari: vatan, yurak, tugʻilgan joy, qoʻrgʻon, 

kelajak. 



Soatlar soni:1 soat. 

Mavzuning  qisqacha  ta’rifi:Poʻlat  Moʻmin  bu  sherda  Vatanni  yurakka 

oʻxshatadi.Inson  uchun  vatan  qanday  ahamiyatga  ega  boʻlsa,vatan  ham  shunday 

ahamiyatga 

ega.Vatanda 

hamma 

insonlar 



bir-birini 

tushunib 

yashashi 

kerakligini,vatan tugʻilgan yashayotgan joyi ekanini uqtirish. 



Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi 

Metod:izohli  oʻqish  metodi,  didaktik  oʻyin,  muammoli  izlanish,interaktiv 

metodlar. 



Jihoz: 

darsliklarning 

4-6 

betlaridagi 



rasmlar 

(imkoni 


boʻlsa 

kattalashtiriladi),  vatanimizning  oʻtmishi,  tarixiy  obidalar  tasvirlangan  rasmlar, 

testlar. 

Nazorat: bolalarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. 

Baholash: Oʻquvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi. 


30 

 

                          Darsning maqsadi va vazifalari 



                                     Maqsadlar: 

Ta’limiy:  Oʻquvchilarning  toʻgʻri,  ongli,  ifodali  oʻqish  koʻnikmalarini 

takomillashtirish,lugʻat boyligini oshirish. 



Tarbiyaviy:  Vatan  tushunchalarini  kengaytirish.  Ularda  vatan  tuygʻusini 

shakllantirish,  oʻz  vataniga  muhabbatli  o;lishga  uni  qadrlashga  oʻrgatish. 

Prezidentimizning “Bolalar-bizning kelajagimiz” gapining ma’nosini anglashlariga 

erishish. 



Rivojlantiruvchi:  Toʻgʻri  ongli  ifodali  oʻish  malakalarini  rivojlantirish, 

lugʻat boyligini rivojlantirish.Vatan haqida tushunchalarni boyitish. 

                             Kutilayotgan natija 

Dars  yakunida  oʻquvchilar  Vatan  haqida tushunchaga  ega boʻladilar.Oʻqish 

malakalari takomillashadi. 

                             

 

                           Dars jrayoni va texnologiyasi 



Ishning nomi 

Bajariladigan ish mazmuni 

Metod 

Vaqt 


1-bosqich 

Tashkiliy qism 

Oʻquvchilar 

davomati 

aniqlanadi.Sinfning 

darsga 


tayyorligi tekshiriladi. 

“Tez  javob” 

didaktik 

oʻyini 


2 daqiqa 

2-bosqich 

(Refleksiya) 

ehtiyojlarni 

aniqlash 

Darsda  rioya  qilinadigan  qoidalar 

tanlanadi,dars shiori belgilanadi. 

B.B.B. 


interaktiv 

metod 


3daqiqa 

3-bosqich 

Darsning 

borishi 


1.Kirish.Davlat  madhiyasi,  davlat 

bayrogʻi  va  konstitutsiya  kitobi 

koʻrsatiladi. 

2.Darslik bilan tanishtirish. 

3.She’rni oʻqishga tayorgarlik. 

Namoyish 

 

 

 



Suhbat 

1 daqiqa 

 

 

 



2 daqiqa 

31 

 

4.  Sher  bilan  tanishtirish.Sher 



ifodali oʻqib beriladi. 

5.Lugʻat ishi 

6.She’r yuzasidan dastlabgi suhbat 

7.Sherni oʻquvchilarga oʻqitish 

8.Topshiriq bilan oʻqitish 

9.She’rni 

ifodali 

oʻqish 


musobaqasi 

10.”Bolalar-bizning  kelajagimiz” 

gapini tahlil qilish. 

11.Maqol  oʻqish  va  ma’nosini 

izohlash. 

12. Tez aytish mashqi  

Suhbat 

Izohli oʻqish 



 

Suhbat  


Individual 

oʻqish 


Musobaqa 

Muammoli 

izlanish 

 

 



 

mashq 


2 daqiqa 

3 daqiqa 

 

2 daqiqa 



3 daqiqa 

 

3 daqiqa 



3 daqiqa  

4 daqiqa 

 

2 daqiqa 



3 daqiqa 

2 daqiqa 

4-bosqich 

Mustahkamlash 

Krossvord yechish 

Didaktik 

oʻyin 

3 daqiqa 



5-bosqich 

Baholash 

1.Test 

topshiriqlarini 



yechish. 

2.”Kim koʻp maqol aytadi”, 

tez aytish musobaqasi. 

Test 


 

musobaqa 

3 daqiqa 

 

2 daqiqa 



6-bosqich  

Sherni  yod  olish  yoʻli  oʻrgatiladi 

va yod olish topshirigʻi  beriladi. 

tushuntirish 

2 daqiqa 

 

Darsning borishi: 



1.Dars 

Oʻzbekiston 

Respublikasining 

Davlat 

madhiyasi 

bilan 

boshlanadi. 

Oʻquvchilar  madhiyani  kuylab  turganda  davlat  bayrogʻi  davlat  gerbi 

konstitutsiya kitobini namoyish qilib eshikdan uch oʻquvchi kirib keladi: 

2.Darslik  bilan  tanishtirish.Madhiya  tugashi  bilan  bir  oʻquvchi  “Oʻqish 

kitobi”ni koʻtarib xattaxta oldiga chiqadi.Darslik yuzasidan suhbat oʻtkaziladi. 

1.Oʻqing,bu qaysi darslik?(“Oʻqish kitobi” darsligi) 


32 

 

2.Uni  sizga  kim  sovgʻa  qilgan?  (Prezidentimiz  Islom  Karimov  sovgʻa 



qilgan) 

3.  Nima  uchun  sovgʻa  qilganlar?  (Bolalarim  oʻqishni  bilib  olishsin, 

bilimlarni egallasin deganlar). 

4.  Bu  darslikni  kimlar  yozgan  ekan?  (Oʻqituvchi  darslik  ochib  mualliflar 

yozilgan  joyni  koʻrsatib,  oʻquvchilarga  oʻqitadi,  ularning  mehnati  haqida  qisqa 

gapirib beradi). 

5. Kitob haqida qaysi she’rni yod olgan edingiz? Kitob haqida  oʻquvchilar 

oʻqigan  yod  olgan  sherlar  eslatiladi.Yoki  oʻqituvchi  yoddan  aytib  beradi.  Nodir 

kitoblarning  hozirgi  kunga  qadar  saqlanib  kelinayotganini  aytib,  sizlar  ham 

kitoblaringizni 

toza 

saqlang,yirtmang, 



ichiga 

chizmang,buklamang,undan 

ukalaringiz ham foydalanishadi tarzida maslahat beriladi. 

3.Kitobingizni  oching;  rasmni  kuzating.  (3-betdagi  rasm  haqida  suhbat 

oʻtkaziladi.  Rasmdagi  oʻquvchilarga  nom  qoʻyiladi.Bu  betda  oʻquvchilarning  

darsxonasi nigoraning dars tayorlayotgani olimning samalyot modelini tayorlagani 

va uni sinab koʻrishga tayorlanayotgani ,prezidentimiz shunday zukko oʻquvchilar 

bo;lsin 


deb 

bizlarga 

kitoblar 

sovgʻa 


qilayotganligi 

haqida 


suhbatlashiladi).Darslikning  4-6  betlaridagi  rasmlarga  oʻquvchilar  diqqatini 

qartadi.Unda nima tasvirlangan?  (Vatanimiz-Oʻzbekiston) Xattaxtaga qarang. Bu 

rasmda  nima  tasvirlangan?  Ikkalasiga  bir  xil  nom  qoʻyish  mumkinmi?  Nima  deb 

nomlasak  boʻladi?    (Oʻzbekiston-mening  Vatanim)  Oʻqituvchi  oʻquvchilar 

javobini  umumlashtiradi.  Oʻzbekiston-mening  Vatanim.    Rasmda  nimalar 

ifodalangan?  Oʻqituvchi  vatanimizning  beqiyosligi,  uning  goʻzlligi,osmonoʻpar 

koʻrkam binolari va rasmdagi boshqa narsalar haqida oʻquvchilar bilan savol-javob 

oʻtkazib,ularning fikrlarini umumlashtiriladi.  

Qani oʻquvchilar,kimlar Vatan haqida she’rlar yodlagan? Bilgan oʻquvchilar 

aytadilar,(Buni  qatorlararo  musobaqa  tarzida  oʻtkazsa  ham  boʻladi).  Oʻqituvchi 

vatanning muqaddasligi,uning boshqa qiyosi yoʻqligini tushintiradi.  

3.She’rni  oʻqishga  tayorgarlik:tayyorgarlik  ham  suhbat  metodida  amalga 

oshiriladi:  



33 

 

- Vatan deganda nimani tushunasiz?  



- Nima uchun odamlar vatanni sevadi? 

- Vatanni yaxshi koʻrgan odamlar nima qiladi? 

Oʻquvchilar  havobi  umumlashtiriladi:  Vatan-har  bir  inson  tugʻilgan  va 

yashaydigan  maskan,joy.  Siz  tugʻilgan,oʻsayotgan,bilim  olayotgan,  qishloq, 

shahar,  Respublikamiz  sizning  Vataningiz.  Odamlar  oʻz  Vatanida  tarbiyalanadi, 

bilim  oladi,  oʻz  yaqin  va  yaxshi  koʻrgan  kishilari  bilan  birga  boʻladi,  shuning 

uchun  uni  sevadilar.  Vatanni  sevgan  odamlar  uning  rivojlanishi,  tinch  boʻlishi 

uchun mehnat qiladi. 

Siz ham yaxshi xulqingiz  Vatanni sevishingizni namoyish qilishingiz lozim. 

She’rni  nomi  aytilib,  shoir  haqida  ma’lumot  beriladi.  Poʻlat  Moʻmin  sevimli 

bolalar  shoiri.  U  kishi  yoshligidanoq  kitob  oʻishga,    ertak  eshitishga  judayam 

qiziqqan. Ertak eshitib, kitob oʻqibgina qolmay, ularning magʻzini ham chaqishga 

harakat qilgan. Men ham ertak toʻqisam, kitoblar yozsam deb orzu-havas qilgan. U 

hamma  fanlardan  a’lo  baholarga  oʻqigan.  Shunday  qilib,  keyinchalik  oʻzi  ham 

she’r, ertak, dostonlar va topishmoqlarni siz bolajonlar uchun yozgan. 


Download 462.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling