Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 462.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.12.2017
Hajmi462.01 Kb.
#22257
1   2   3   4   5   6

4.She’r  bilan  tanishtirish.  She’r  ifodali  oʻqib  beriladi.  Izohli  oʻqishdan 

foydalaniladi.  Buning  uchun  she’rdagi  qoʻrgʻonim,  millatim  soʻzlari  ma’nosi 

izohlanadi,  shunda  she’rni  oʻquvchilar  yaxshiroq  anglaydilar,  soʻzlar  plakatga 

yozib osib qoʻyiladi: 

Soʻzlar ma’nolarini bilib oling.  

Qoʻrgʻon- yashaydigan keng, katta joy.  

Millatim,  xalqim-bir  tilda  gaplashadigan  Vatani  bir,  urf-odatlari,  an’analari 

bir xil boʻlgan odamlarni bir millat, bir xalq deyishadi. 

Soʻzlarning  ma’nosi  oldin  oʻquvchilardan  soʻraladi,  soʻng  oʻqituvchi 

izohlaydi, she’r ifodali oʻqib beriladi 



5.She’r  yuzasidan  dastlabki  suhbat:  She’r  sizga  yoqdimi?  She’r  nima 

haqida ekan?  



34 

 

6,She’rni  oʻquvchilarga  oʻqitish.Oldin bir  marta  joʻr boʻlib oʻqish  mashq 

qilinadi. Keyin oʻqish malakasi yaxshi shakllangan oʻquvchilarga oʻqitiladi. Soʻng 

bandlarga boʻlib oʻqitiladi.  



7.Topshiriq  bilan  oʻqitish.  She’rning  birinchi  bandini  oʻqing,  mazmunini  

ayting. Nega shoir vatanni yurak degan?  

Oʻquvchular  javobi  aniqlashtiriladi:  Shu  vatanda  ,  shu  yerda  va  shu  yurtda 

tugʻildingiz. Shuning uchun ham bu vatan sizga onadek aziz.  Insonlar uchun ba’zi 

narsalar  faqat  bitta  boʻladi.  Odam  yuraksiz  yashay  olmaydi,  yurakni  almashtirib 

ham  boʻlmaydi.  Xuddi  shunday  inson  vatansiz  ham  yashay  olmaydi.  Shuning 

uchun  ham  shoir  Vatanni  yurak  bilan  tenglashtirgan.(Xuddi  shu  tarzda  she’rning 

boshqa bandlari ham tahlil qilinadi. Bunda koʻproq oʻqituvchining ijodiy faoliyati 

katta  oʻrin  tutadi.  Oʻqituvchi  sinf  oʻquvchilarining  xususiyatlarini  e’tiborga  olib, 

ularning 

faoliyatini 

boshqarishi 

va 

hikoyani 



soddalashtirishi 

yoki 


murakkablashtirishi mumkin.)  

8.She’rni  ifodali  oʻqish  musobaqasi  qatorlararo  oʻtkaziladi.  Qatorlardagi 

har bir bolaga baho qoʻyib boriladi. Ballar jamlanib gʻolib qator e’lon qalinadi, bu 

orqali bolalar orasida oʻzaro yordam yoʻlga qoʻyiladi. 

9.”Bolalar-bizning  kelajagimiz”  gapini  tahlil  qilish.  Bu  gap  nima  uchun 

artilgani  oʻquvchilardan  soʻraladi  va  ular  javobi  toʻldiriladi.  Qadimda  bizning 

yurtimizda  olimlar,  shoir  va  yozuvchilar,  sarkardalar,  davlatni  boshqaruvchilar,  

mehnatkashlar  koʻp  boʻlgan.  Bolalardan  shunday  mashxur  kishilardan  kimlarni 

bilishlari  soʻraladi,  bilmasa  oʻqituvchining  oʻzi  yordamlashadi.  Ular  vatanning 

ozodligi  tinchligi,  taraqqiy  etishi  uchun  ijod  qilgan,  mehnat  qilagan.  Siz  ham 

ularga oʻxshab bilim olish uchun harakat qilishingiz lozim. Kelajakda vatanimizni 

rivojlantirib, boy davlatga aylantirishimiz kerak. 



10.Maqol  oʻqish  va  manosini  izohlash.  Darslikda  berilgan  maqollar 

oʻquvchilarga  oʻqitiladi,  ayrim  vatanidan  uzoqda,  uni  qoʻmsab  yashayotgan,  oʻz 

vatanida mehnat qilib, toʻq va farovon yashayotgan kishilar misolida tushuntiriladi. 

Joʻr boʻlib aytish orqali yod oldiriladi. 



35 

 

11. Tez aytish mashqi. Darslikda berilgan tez aytishni yod olish va bir nafas 

bilan buni bir necha marta aytish. 

12.Mustahkamlash.  

Krassvord yechish 

1.vatan  

2.yurak 


3.kerak 

(Bunda shakl ham V koʻrinishini oladi) 



13. Test. 

1.ona soʻzi toʻgʻri qoʻllanilgan qatorni toping 

A.Ona-vatan, ona-tuproq.  

B.Ona-koʻcha, ona-dala. 

2.She’rda vatan soʻzi necha marta qoʻllanilgan?  

A.5marta 

B.4marta 

3.”Vatan-bu…” she’rining muallifi kim ? 

A.Poʻlat Moʻmin 

B.Erkin Vohidov 

1.Vatan degani nima ekan? 

A.Tugʻilgan joyi. Yashaydigan uyi, yurti. 

B.Millati, xalqi, odamlar 

Krassvord va testlar har bir oʻquvchi uchun koʻpaytirilib uyda berilishi ham 

mumkin. 

14.Vaqtga  qarab  “  Kim  koʻp  maqol  aytadi”,  tez  aytish  musobaqasini 

oʻtkazish 

mumkun.Gʻoliblar 

ragʻbatlantiriladi.Oʻquvchilarning 

reytingi 

aniqlanadi. 



15.She’rni    yod  olish  uyga  vazifa  qilib  beriladi.She’rni  yod  olish  yoʻli 

oʻrgatiladi  she’rni  oldin  toʻgʻri  xatosiz  oʻqish  mashq  qilinadi.Bir  necha  marta 

oʻqish  orqali  tez  oʻqish  orqali  tez  oʻqish  oʻzlashtiriladi.Soʻng  2  misra  oʻqilib 

yoddan  aytiladi.Qayta-qayta  oʻqish  va  yoddan  aytish  yoʻli  bilan  she’rni  yodlash 



36 

 

mumkinligi,oxirida onasiga ,otasiga,aka va opalariga yoddan aytib berish lozimligi 



tushuntiriladi. 

16.Darsda  oʻrganilgan  savollar  yordamida  umumlashtiriladi  va  oʻquvchilar 

reytingi e’lon qilinadi. 

 

1-sinf oʻquvchilaroi rivoyatlarni juda sevib oʻqiydilar. Darslikdagi “Non isi” 



rivoyati  buyuk  boboʻalonimiz  A.Navoiy  haqidadir.    Bu  mavzu  bilan  tanishish 

darsini quyidagicha tashkil qilish maqsadga muvofiq.  



                                     Darsning texnologik xaritasi 

Mavzu: Non isi. (Rivoyat) 

Mavzuga  doir  tayanch  tushunchalar:  Husayn  Boyqaro,  eng  xushboʻy 

narsa, vazirlar, Alisher Navoiy, non, non isi, saroy. 



Soatlar soni: 1soat. 

Mavzuning qisqacha ta’rifi: Husayn Boyqaro saroydagilarga eng xushboʻy 

narsani keltirishni buyuribdi. Ular keltirgan narsalar Sultonga yoqmabdi. Oxiri ular 

Alisher Navoiyga  murojaat qilishibdi. Alisher Navoiy bir savat non bilan saroyga 

yetib  boribdi.  Husayn  xursand  boʻlibdi,  chunki  uning  koʻngli  yangi  yopilgan  non 

isini istayotgan edi. 

                                Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: 

Metod: Suhbat, ifodali oʻqish, test, tushuntirish, munozara. 

Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash. 

Jihoz: Turli xildagi nonlar rasmi, A. Navoiy surati. 

Nazorat: Oʻquvchilarning darsda faolligini kuzatib, hisobga olib boriladi. 

Baholash: Oʻquvchilarning reytingi dars oxirida e’lon qilinadi. 

                                             Darsning maqsad va vazifalari 

Ta’limiy:  Ravon  va  qiroat  bilan  oʻqish  koʻnikmasini  rivojlantirish,  buyuk 

ajdodlarimiz  hayotiga  doir  ma’lumotlar  bilan  tanishish,  nonning  aziz  ne’mat 

ekanligini tushuntirish. 

Tarbiyaviy: Tabiat va uning ne’matlarini asrab-avaylashga oʻrgatish. 


37 

 

Rivojlantiruvchi:  Oʻquvchilarning  toʻgʻri,  ifodali  oʻqish  malakalarini 

rivojlantirish.  Vatanimizda  yashab  oʻtgan  allomlar  hayotiga  doir  ma’lumotlarni 

oʻrgatish orqali Vatanga va uning tarixiga qiziqish hissini tarbiyalash. 



                                              Kutilayotgan natija 

Dars  yakunida  oʻquvchilar  matnni  toʻgʻri  va  ifodali  oʻqish  malakasiga  ega 

boʻladilar. Ulugʻ boboʻliz Alisher Navoiy hayoti haqidagi va uning doʻsti Husayn 

Boyqaro haqidagi yangi ma’lumotlarni oʻzlashtiradilar. 



                                        Dars jarayoni va texnologiyasi 

Ishning nomi 

         Bajariladigan ish mazmuni 

Metod  


Vaqt  

1- 


bosqich 

Tashkiliy qism 

Oʻquvchilar  davomati  aniqlanadi. 

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.  

Suhbat  

2 daqiqa 

2-bosqich 

(Refleksiya) 

ehtiyojlarni 

aniqlash 

Dars  davomida  rioya  qilish  lozim 

boʻlgan qoidalar belgilanadi, dars shiori 

ishlab chiqiladi. 

Munozara  

2 daqiqa 

3-bosqich 

Darsning 

borishi 


1.

 

Alisherning 



yoshligi 

haqidagi matnni hikoya qildirish.  

2.

 

Savol- javob asosida oʻtgan 



dars haqidagi bilimlarni tekshirish. 

3.

 



Matnni 

oʻqishga 

tayyorgarlik. 

4.

 



Oʻquvchi 

matnni 


oʻqib 

beradi va hikoya qiladi. 

5.

 

Lugʻat ishi. Qiyin soʻzlarga 



izoh beriladi. 

6.

 



Matnni 

oʻquvchilarga 

oʻqitish. 

7.

 



Maqolni 

oʻqitish 

va 

mazmuni ustida ishlash. 



Savol-javob 

 

Suhbat 



 

Ifodali 


oʻqish 

Ifodali 


oʻqish 

Didaktik 

Oʻyin 

6 daqiqa 



 

5 daqiqa 

 

2 daqiqa 



 

5 daqiqa 

 

6 daqiqa 



 

2 daqiqa 

 

5 daqiqa 



38 

 

4- 



bosqich 

Mustahkamlash 

1.

 

Mavzuni  mustahkamlashda 



testlardan foydalanish. 

2.

 



Darslikdagi 

savollardan 

foydalanib dars umumlashtiriladi 

Test 


 

Suhbat 


3 daqiqa 

 

4 daqiqa 



5- 

bosqich 


Baholash, 

darsni 


yakunlash. 

Oʻquvchilarning  darsda  ishtiroʻi 

hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi. 

 

2 daqiqa 



6- bosqich 

Uyga  matnni  oʻqib,  oʻrganib 

kelish topshirigʻi beriladi. 

Tushuntirish   1 daqiqa 



 

                                              Darsning borishi: 

1.

 



Alisherning yoshligi haqidagi matnni hikoya qildirish. 

2.

 



Oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻtgan mavzu yuzasidan savollar beradi. 

-

 



Alisherning doʻsti katta boʻlganda kim boʻlmoqchi edi? 

-

 



Alisher doʻstiga qanday maslahat berdi? 

-

 



Siz nima deysiz? Kimning gapi toʻgʻri? 

3.

 



Oʻtigan mavzu xulosalanadi. 

4.

 



Matnni oʻqishga tayyorgarlik.  

Nonning  qanday  turlarini  bilasiz?  (Obi  non,  patir,  shirmoy  non,  jizzali 

non…) 

Nonning hidi qanaqa boʻladi?  



5.

 

Oʻqituvchi matnni oʻqib beradi va hikoya qiladi.  



6.

 

Lugʻat ishi. 



Husayn  Boyqaro  –  A.  Navoiyning  bolalikdan  birga  oʻsgan  doʻsti. 

Keyinchalik u shoh boʻlganda A. Navoiy unga vazirlik qilgan. 



Xushboʻy – yoqimli hid. 

7.

 



Matnni  oʻquvchilarga  oʻqitish.  Matn  5  qismga  boʻlib,  5  nafar 

oʻquvchiga oʻqitiladi. Mazmunini soʻzlash aytiladi. 

8.

 

Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida savol-javob oʻtkaziladi. 



39 

 

1)



 

Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi? 

2)

 

Unga nima keltirishdi? 



3)

 

Vazirlar kimga murojaat qilishdi? 



4)

 

A. Navoiy saroyga nima keltirdi? 



9.

 

Oʻqituvchi  bolalar  bilan  nima  uchun  nonning  hidi  eng  xushboʻy 



boʻlishi haqida suhbat uyushtiradi. U nonning juda koʻp insonlar mehnati hosilasi 

ekanligini,  bugʻdoyning  ekilishidan  boshlanadigan  dehqon  mehnati  haqida, 

bugʻdoyni  un  qilish  va  undan  non  tayyorlashgacha  boʻlgan  mashaqqatli  mehnat 

haqida soʻzlab beradi. 

10.

 

Testlar:   



      Eng xushboʻy va aziz ne’mat nima? 

A.

 



Qalampirmunchoq 

B.

 



Non 

11.


 

Oʻquvchilarga  non  haqidagi  she’r,  ashula  va  maqollar  ayttiriladi. 

(Nonni qilmagin uvol, nonning uvogʻi ham non) 

12.


 

Oʻquvchilar baholanadi. Faol ishtiroʻ etganlar ragʻbatlantiriladi. 

13.

 

Uyga vazifa: Matnni oʻqib, qayta hikoya qilishni oʻrganib kelish. 



     1-sinfda  badiiy  asarlar  matni  ustida  ishlash  jarayonida  ularning  janriy 

xususiyatlaridan  tashqari,  mavzusi  ham  nazarda  tutiladi.  Masalan,  tabiat  tasviriga 

oid  matnlar  ustida  ishlashda  tabiat  bagʻriga  sayohat  uyushtirilib,  bolalar 

kuzatuvchanlikka oʻrgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor 

kishilari bilan uchrashuvlar yoʻi mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida 

amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. 

Hozirgi  ta’lim  jarayonida  modulli  texnologiyalardan  ham  unumli 

foydalanilmoqda. 

Modul 

oʻqitish 



fanning 

asosiy 


masalalari 

boʻyicha 

umumlashtirilgan  axborotlar  beruvchi  muammoli  va  yoʻriqli  darslar  oʻtilishini 

taqozo  etadi.  Darslar  oʻquvchilarning  ijodiy  qobiliyatini  rivojlantirishga 

qaratilmogʻi  lozim. 

Modulli ta’lim oʻqitish texnologiyasining eng asosiy negizi- bu oʻqituvchi va 

oʻquvchining  belgilangan  maqsaddan  kafolatlangan  natijaga  hamkorlikda 


40 

 

erishishlari  uchun  tanlangan  texnologiya  tushuniladi.  Oʻqitish  jarayonida  maqsad 



boʻyicha  kafolatlangan  natijaga  erishishida  qoʻllaniladigan  har  bir  modul 

oʻqituvchi  va  oʻquvchi  oʻrtasida  hamkorlik  faoliyatini  tashkil  eta  olsa,  oʻquv 

jarayonida  oʻquvchilar  mustaqil  fikrlay  olsalar,  ijodiy  ishlay  olsalar,  izlansalar, 

tahlil  eta  olsalar,  oʻzlari  xulosa  chiqara  olsalar,  oʻzlariga  ,  guruhga,  guruh  ularga 

baho bera olsa, oʻqituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit 

yarata olsa oʻqitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzuning oʻziga 

xos  modulli  texnologiyasi  boʻlib,  u  oʻquvchining  ehtiyojidan  kelib  chiqqan  holda 

bir  maqsadga  yoʻnaltirilgan  ,  oldindan  loyihalshtirilgan  va  kafolatlangan  natija, 

berishishiga qaratilgan pedagogik  jarayondir. 

Boshlangʻich sinflarda ertaklarni oʻrgatishda modulli texnologiyalardan ham 

foydalanish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Zero,  1-sinf  oʻqish  darslarida  bir  qator 

ertaklar  oʻqib-oʻrganiladi.  Binobarin,  oʻqish  darslariga  qoʻyilgan  zamonaviy 

talablar oʻqituvchidan boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oʻqishga jalb qilish, badiiy 

adabiyoni  san’atning  bir  turi  sifatida  qarashga,  asarlarning  badiiy  mazmunini, 

estetik  ahamiyatini  va  obrazlar  mazmunini  tushunishiga  e’tibor  qaratish  talab 

etiladi.  Quyida  1-  sinfda  “Rostgoʻy  bola”  ertagini  oʻrgatishning  aniq  modullar 

asosida tayyorlangan dars ishlanmasini  keltiramiz. 

        Mavzu: Oʻzbek xalq ertagi “Rostgoʻy bola”. 

        Maqsad: Toʻgʻri, tez va ifodali oʻqish malakalarini takomillashtirish. 

        Matn  ustida  ishlash,  tahlil  qilish  koʻnikmasini  mustahkamlash, 

oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirish. 

Oʻquvchilar  shaxsida  toʻgʻrisoʻzlik,  rostgoʻylik  kabi  ijobiy  sifatlarni 

tarbiyalash. 

      Darsning borishi:  

      Darsning shiori:        Biz nimaiki qilmaylik

                                            Barchasi zarur, kerak. 

                                            Bilim egallash uchun 

                                             Tinimsiz oʻqish kerak. 



1 modul. 

41 

 

Uy vazifasini tekshirish. 



“Maymun  va  duradgor”  haqidagi  ertak.  Xattaxta  oldiga  ikki  oʻquvchi 

chaqiriladi va ular  galma  galdan  ertakni  oʻqib, mazmunini soʻzlaydilar. Duradgor 

kim?  U  nima  ish  qiladi?  Degan  savol  beriladi  va  oʻquvchilarning  javoblari 

toʻldiriladi.  



  2 modul 

Quvnoq daqiqa.      

Oʻqituvchi: Yaxshi oʻqish uchun, yaxshi nafas olish kerak. 

1)

 

Nafas olishga oid mashqlar: 



 

“Choyni sovit”. 



 

“Gulni hidla”. 



 

“Sharni shishir”. 



 

“Changni hayda”. 



2)

 

Ovoz mashqi: tovush mashqi: a,o,u,e,i,oʻ. 



-

 

Quyidagi  she’rni  eshitib  bugun  qanday  mavzu  bilan  tanishishimizni 



bilib olarsiz. Yaxshilab e’tibor qiling: 

Toʻgʻrisoʻz bola. H.H. Niyoziy. 

   (Qisqartirilgani) 

Kelmogʻida maktabidan bir oʻgʻil, 

Toʻxta debon ikki kishi toʻsdi yoʻl. 

Dedi:” Tanga berurman sanga  

Soʻzla bir ogʻizgina yolgʻon manga”. 

Berdi oʻgʻil fikr ila shirin javob: 

“ Soʻzlang ako, qomatingizga qarab. 

Bu soʻzingiz aslida yolgʻon erur 

Tangaga yolgʻonni kim olgʻon erur”. 

Quyidagi  skanerga  qarab  bugungi  oʻrganadigan  mavzumiz  nomini  va  unga 

doir soʻzlarni toping. 

 


42 

 





t  g 

oʻ 








y

oʻ 





y



l  gʻ 



l  s 






a  t 





s





o  g 

o



ʻ 





y



oʻ 



s  oʻ 

i  ng 



z  y 


o  gʻ 




a  a 







g  oʻ 


oʻ 






i  m 


 

-  rostgoʻy  (5  ta),  bola  (3  ta),  yolgʻon,  tanga,  kishi,  ako,  maktab,  soʻzingiz, 

ogʻizgina, sanga, kim. 

3 modul. 

     Skanerdagi  soʻzlarni  qatnashtirib  gaplar  tuzing:  Bir  ogʻizgina  yolgʻon, 

rostgoʻy bola, yolgʻonchi kishi sanga tanga berurman, dedi va b. –Kim shu soʻzlar 

vositasida ertak tuzib beradi. Bolalar oʻzlaricha tuzgan ertaklarini soʻzlab beradilar. 

    Bugungi  oʻtadigan ertagimiz nomini topdingizmi? Bolalar aytadilar (Yoʻi 

oʻqituvchi  ertak  nomini  oʻzi  aytadi:  “Rostgoʻy  bola”).  Kelinglar  endi  ertakni 

eshitib  koʻramiz.  Unda  ba’zi  notanish  soʻzlarga  duch  kelasizlar.  Ularning 

mazmunini  sizlarga  tushuntiraman:  (xattaxtaga  oldindan  yozib  qoʻyilgan  boʻlishi 

ham mumkin) 

     Podshoh - yurtni boshqaruvchi kishi. 

    Vazir -  podshohning yordamchisi. 

   Tadbir -  oʻylab qilingan ish. 

   Xomush- xafa. 


43 

 

4 modul  

  Ertakni  oʻqituvchi  tomonidan  oʻqish,  ma’lum  bir  qismini  oʻquvchilar 

davom ettirishi mumkin. 

    -Siz yolgʻon gapirgan bolalarni hayotda uchratganmisiz? 

(Oʻquvchilar  javoblari  eshitiladi).  Rost  gapirishning  ahamiyatini  bilasizmi? 

Oʻqituvchi  rost  gapirishning  ahamiyati  haqida  oʻquvchilarning  yoshiga  mos 

tushuncha  beradi  va  xalq  maqollaridan  aytadi  (Masalan,  “Boshinga  qilich  kelsa 

ham rost gapir”...qolganini oʻquvchilar davom ettiradilar). 

    5 modul 

    Mustaqil oʻqish. 

   Usul:  oʻqituvchi  oʻquvchilar  bilan  birga  ovoz  chiqarib  oʻqiy  boshlaydi 

(oʻquvchilar  faqat  koʻz  bilan  oʻqiydilar),  oʻqituvchi  jim  boʻlib,  oʻqishni  ichida 

davom  ettiradi,  oʻquvchilar  esa  ovoz  chiqarib  oʻqiydilar,  keyin  yana  oʻqituvchi 

ovoz  chiqarib  oʻqiydi,  oʻquvchilar  koʻz  bilan  oʻqiydilar  va  shunday  oʻqish  ertak 

oxirigacha davom etadi. 

   Oʻqish oldidan topshiriq: xattaxtada yozilgan soʻzlarni ertakda berilganday 

izchillikda, soʻzlar qoʻshib yozing: 

    * qadimda, 

   *  podshoh boʻlgan, 

   * xomush boʻlib yurgan, 

   * vazirning maslahati, 

    * gul urugʻi, 

  * farzand qilib olmoqchi, 

 * vaqt oʻtibdi, 

 * shahar aylanibdi, 

 * gullarni koʻrib oʻtaveribdi, 

 * koʻzi tushibdi, 

 * gullar qani, 

* qaynattirgan. 

    6 modul   


44 

 

    Matnni tahlil qilish uchun savollar: 



   -Ertak qahramonlari kimlar? 

  -Quyidagi  soʻzlar  kim  haqida  yozilgan:  xomush,  farzandi  yoʻq,  gul  urugʻi 

tarqattiribdi (podshoh). 

 -Yaxshi farzand topish yoʻlini ertak qahramonlaridan kim maslahat beribdi? 

(vazir) 

-Qanday yoʻl bilan rostgoʻy, aqlli bola tanlandi? 

-Keyin nima boʻldi? 

-Podshoh gul urugʻini nima qilgan ekan? 

-Quyidagi hikmatli soʻzlardan qaysi biri ertak mazmunini toʻldiradi? 

1. Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir. 

2. Yolgʻonning umri qisqa. 

3. Boshingga nima kelsa, tilingdan kelur. 

4. Toʻgʻrilik baxt keltirar. 

(Toʻgʻri gapirgani uchun bola podshohga farzand boʻldi). 

         Markazlarda ishlash. 

        Sinf  jamoasi  5-7  kishidan  tahlilchilar,  oʻquvchilar,  tilshunoslar, 

tadqiqotchilar  (boshqalar  ham  boʻlishi  mumkin)  kabi  guruhlarga  boʻlinib 

markazlarda ishlaydilar. 

        Oʻqish markazi: “Kitoblar olami”. 

       1 guruh-oʻquvchilar. 



       Topshiriq:  Ertakdagi  koʻrsatilgan  qismni  oʻqib,  uni  tiklash  (Ertak 

kseroʻopiya qilinib, 7 qismga boʻlinadi. Har bir qismi kamalakning bir rangiga mos 

keladigan  rangdagi  qogʻozlarga  yopishtiriladi.  Oʻquvchilar  boʻlingan  matnni 

tiklab, toʻliq javobni va kamalak rangini hosil qiladilar). 

     2 guruh-tahlilchilar. 

    Topshiriq: Ijodiy daftarda ishlash (matnga savollar qoʻyish) 

    Yozuv markazi: “ijodiy ish”. 


45 

 

    Har  bir  oʻquvchining  aftarida  qahramonlar  xislatlariga  tegishli  soʻzlar 



yozilgan:  farzandi  yoʻq,  xomush,  koʻp  bolalarni  koʻrdi,  gulsiz  tuvak  ushlab 

oʻtirgan bolakay. 

     Topshiriq:  Qahramonlarga  taalluqli  xislatlarni  oʻqib,  kimga  tegishligini 

ayting.  Ertak  qahramonlaridan  kimga  tegishli  gap  yoʻqligini  aniqlang  (vazirga 

tegishli gap yoʻq). Oʻzingiz tanlang. 

     Ilmiy-tadqiqot markazi. 

    Topshiriq:  Ertakdagi  qahramonlarga  doir  sifatlarni  yozish  va  ularga 

taalluqli sifatlarni qahramon nomi bilan birga yozing. 

    Natijada quyidagi jadval hosil boʻladi: 

    Xomush podshoh. 

    Aqlli vazir. 

    Rostgoʻy bola. 

   Yolgʻonchi bolalar. 

   Taqdimot: 

   Har  bir  markazdan  bir  bola    chiqib,  oʻz  ishlarining  yakuni  haqida 

soʻzlaydilar. 

   Oʻqituvchi: Qarang xattaxtamizda 

                     Hosil boʻldi kamalak. 

                     Quvonchimiz cheksizdir 

                     Yorgin birning kelajak! 



Download 462.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling