O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiy fakulteti
Download 0.7 Mb.
|
turkologiya (2)
Turkologiya — turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlarning tillari, etnografiyasi, tarixi, adabiyoti, folklori, madaniyatini oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui.Dastlab Tukologiya asosan, filologik fan sifatida rivojlandi. Turkologiyaning eng muhim manbalari: 7—11-asrga mansub urxun-enisey yozuv (bitik)lari, uygʻur yozuvi yodgorliklari, oʻrta asrlarda yashab, arab, fors va turkiy tillarda ijod etgan mualliflarning asarlari va boshqa Turkiy qabilalar haqida Mahmud Koshgʻariy tomonidan toʻplab tartibga solingan eng qad. maʼlumotlar toʻplami — "Devonu lugʻotut turk" va Abulgʻozi Bahodirxonning tarixiy etnografik asarlari ham muhim ahamiyatga ega.Gʻarbiy Yevropa turkiylar bilan 11 — 13-asrlarda, Vizantiya hamda salibchilarning saljuq turklariga qarshi kurashi paytida tanishadi. Turklar tomonidan Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ning bosib olinishi ularga boʻlgan qiziqishni yanada orttirdi. Yevropa adabiyotida Usmonli turk imperiyasining dastlabki tavsifi 15— 16-asrlarga mansub. Gʻarb sharqshunosligida Tukologiyaning 17—18-asrlardagi bosh yoʻnalishi Usmonli turk imperiyasini, uning siyosiy va harbiy qudrati negizlarini oʻrganishdan iborat boʻlgan. Yevropadagi dastlabki tadqiqot obʼyektlaridan yana biri turk tilidir: 1533-yilda dastlabki qoʻlyozma qoʻllanmasi, 1612-yilda Iyeronim Megizerning ilk bosma grammatikasi yaratildi. Usmonli turk tili boʻyicha yuqoridagi va boshqa asarlar, ayniqsa, F.Meninskiyning turk tili grammatikasi va lugʻati (17-asrning 2yarmi) Gʻarbiy Yevropa va Rossiyada 18-asr oxiri — 19-asr boshida turkiy tillarni ilmiy oʻrganishga zamin hozirladi.Rossiyada Turkologiya bilan muntazam shugʻullanish (18-asrning 2 yarmidan) I.Giganov va S.Xalfinlarning nomi bilan bogʻliq. Turkologiya Rossiyada 19-asrda va 20-asr boshlarida sezilarli taraqqiyot darajasiga erishadi va kompleks fan sifatida shakllanadi (X.D. Fren, I.O.Senkovskiy, M.M.Kazimbek, O.N.Byotlingk, L.Z.Budagov, P.M.Melioranskiy, F.Ye.Korsh, V.V.Grigoryev, N.Ya.Bichurin, V.V.Velyaminov-Zernov, N.V. Xanikov, I.N.Berezin, N.I.Veselovskiylarning turkiy xalqlar tillari, adabiyoti va tarixini, qisman numizmatikani oʻrganishga bagʻishlangan asarlari). 19-asr 60-yillarida N.I.Ilminskiy va V.V.Radlovlarning asarlari bilan turkiy tillarni oʻrganish (ayniqsa, qad. va oʻrta turkiy yozuv yodgorliklarini oʻrganish, tillarni qiyosiy oʻrganish, umumturkiy lugʻat yaratish va boshqalar) tarixida yangi bosqichga asos solindi. L.Budagovning 2 jildli "Turkiy lahjalarning qiyosiy lugʻati" (1869—71), V.V.Radlovning 4 jildli "Turkiy lahjalar lugʻati tajribasi" (1888—1911) lugʻatlari turkiy leksikografiya tarixida muhim yangilik boʻldi. Oʻrta Osiyo xalkdari tarixini, uning ijtimoiy, iqtisodiy muammolarini oʻrganish (19-asr oxiri) esa Bartold nomi bilan bogʻliq. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Turkologiyaning rivojlanishiga turkiy xalqlarning oʻzlaridan yetishib chiqqan baʼzi olimlar ham (Ch.Valixonov, Q.Nosiriy, M.F.Oxundov, Ishoqxon Ibrat, I.Oltinsarin, N.F.Katanov va boshqalar) hissa qoʻsha boshladilar. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida lingvistik Turkologiya maktablari Oʻrta Osiyo va Kavkazda ham paydo boʻldi. N.P.Ostroumov, N.N.Pantusov, V.P.Nalivkin, I.A.Belyayev, S.Lapin, I.Budzinskiy, L.Afanasyev, I.D.Yagello, I.M.Bukin, I.Oltinsarin kabilar Oʻrta Osiyodagi turkiy tillarni, N.V.Xanikov, L.Lazarev, V.X.Kondaraki, M.A.Usmonov, O.Zaatov, M.G.Afanasyev, N.A.Karaulovlar Kavkazdagi turkiy tillarni oʻrganish bilan shugʻullandilar. Shoʻro davrida tarix va tarixnavislik, til va adabiyot sohalaridagi bir tomonlama siyosat va mafkura tazyiqi sezilib tursada, sharqshunoslik va T. ijobiy anʼanalarga asoslangan holda rivojlanishda davom etadi. Bunda oʻz ijodlarini chor Rossiyasi davridayoq boshlagan V.V.Bartold, V.D.Smirnov, V.A.Bogoroditskiy, A.N.Samoylovich, S.Ye.Malov, N.I.Ashmarin, A.Ye. Krimskiy, A.P.Kovalevskiy, N.Ya. Marr, I.A.Orbeli va boshqa olimlar alohida oʻrin egallaydi (N.F.Katanov 48 ta turkiy til va lahjalarning chogʻishtirma grammatikasini yezdi, N.I.Ashmarin chuvash tiliga oid 17 jildli asar yaratdi). 1926-yilda Bokuda Butunittifoq turkiyshunoslar qurultoyi boʻlib, unda, birinchidan, Turkologiyaning muammolari oʻrtaga tashlanib, bu sohadagi kelajak vazifalar muhokama qilindi, ikkinchidan, SSSR da yashovchi turkiy xalqlar hamda yozuvga ega boʻlmagan boshqa xalq va elatlar uchun ularning fonetik qurilishini toʻlaroq aks ettiruvchi alifbolar yaratish masalasi koʻrib chiqildi. Natijada til qurilishi sohasida jadal ishlar boshlanib, N.F.Yakovlev, L.I.Jirkov, A.N.Samoylovich, B.Choʻponzoda, Ye.D. Polivanov, A.A.Palmbax, A.M.Suxotin, K.K.Yudaxin va boshqa turkiyshunoslar tomonidan SSSRdagi turkiy tillar uchun yangi alifbolar va imloning ilmiy asoslari yaratildi. Kdd. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan uzbek, ozarbayjon, uygʻur, turkman, tatar, boshqird, qozoq va boshqa turkiy xalklar 1927—30 yillarda lotin grafikasi asosidagi alifbolarni qabul qildilar. Bu jarayonning ijobiy (savod chiqarishning osonlashuvi) va salbiy (qad. dan oʻz yozuviga ega boʻlgan uzbek, ozarbayjon, uygʻur va boshqa xalklarni qariyb ming yillik yozma yodgorliklaridan, madaniy merosidan mahrum qilish) oqibatlari ilmiy jamoatchilikka yaxshi maʼlum. Ayni shu davrda (oʻtgan asrning 30-yillari va undan keyin) T.ka, jumladan, turkiy tillarni har tomonlama oʻrganishga B. Choʻponzoda, N.K.Dmitriyev, A.P.Potseluyevskiy, I.A.Batmanov, K.K.Yudaxin, E.K.Pekarskiy, X.Jubanov, N.Sauranboyev, S.Amanjolov, B.M.Yunusaliyev, T.N. Xaritonov, A.K.Borovkov, S.Mutallibov, Gʻozi Olim Yunusov, A.N. Kononov, A.M.Shcherbak, S.N.Ivanov, V.V.Reshetov, Ye.I.Ubryatova, M.Sh.Sheraliyev, A.R. Tenishev, F.Abdullayev, A.Gʻulomov, Sh.Sh.Shoabdurahmonov, M.Z.Zakiyev, Gʻ.Abdurahmonov, J.Kiyekboyev, N.K.Baskakov va boshqa munosib qissa qoʻshdilar. SSSR hududida yashovchi turkiyzabon xalklar tarixi, etnografiyasi va arxeologiyasi esa V. V. Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, S.I.Rudenko, N.P.Direnkova, S.V.Kiselyov, V.A.Shishkin, M.Ye.Masson, S.P.Tolstov, A. P. Okladnikov, Ya. Gʻ. Gʻulomov, A.X. Margulan, T.A.Jdanko, L.N.Gumilyov, A.D.Grach, L.R.Kizlasov va boshqa tomonidan oʻrganildi. Turkiy xalklar adabiyotlarini oʻrganishda ham muayyan yutuklarga erishildi (V.D.Smirnov, A.N.Samoylovich, Ye.E.Bertels, V.A.Gordlevskiy, V.M.Jirmunskiy, Abdurauf Fitrat, A.Saʼdiy, M.Avezov, H.Orasli, M.Gʻaynullin, Hodi Zarifov, Izzat Sulton va boshqalarning asarlari).tillar boʻyicha ham materiallar chop etiladi. Amerikalik K.Menges, O.Pritsak, D.Sinor, Xalashi Kun, Stenford Shou, R.X.Devison, R.Devere, Sh.Mardin, V.X.Mikneyl va boshqa AQShda Turkologiyaning tal, adabiyot, tarix sohalari rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar.Turkiy tillar oilasiga mansub tillar uchun asos bo‘lgan bobo til-qadimgi turk tilidir. Bundan - anglashiladiki, turkiy tillar uzoq va qadimiy tarixga ega. Turkiy xalqlarning tillari va adabiyotini o‘rganuvchi fan turkologiya, shu sohalarga oid tadqiqot olib boruvchi olim esa turkolog deb ataladi. Turkologiya termini turk etnonimiga «bilim, tushuncha ma'nolarini anglatuvchi «logos» so‘zini qo‘shiluvidan yasalgan.' Turkiy filologiya, yuqorida tilga olingan turkiy xalqlar tili va adabiyoti, taraqqiyoti tarixini, taraqqiy etish omillarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o‘rganuvchi fandir. Turkiy filologiya keng qamrovli boiib, o‘z navbatida, o‘zbek filologiyasi, qirg'iz filologiyasi, turk filologiyasi kabi qator tarmoqlarga bo‘linadi. «Turkiy filologiyaga kirish» esa ana shu fanga oid ilk nazariy va amaliy tushunchalarni o‘rgatadi. Filologiya fakulngteti talabalarini turkiy tillarning taraqqiyot tarixi turkiy tillar tarixini o‘rganish manbalari, turkiy tillar tasnifi, turkiy xalqlarning yozuv sistemasi, hozirgi turkiy tillarning xarakterli lingvistik xususiyatlari kabi masalalarning o‘rganilishi turkiy filologiya — turkologiya fani haqidagi dastlabki nazariy bilimlar bilan qurollantirish asosida ularni keyingi kurslarda o‘qitiladigan turkiy tillar, jumladan, o‘zbek adabiy tili tarixiga oid fanlarga tayyorlash «Turkiy filologiyaga kirish* fanining asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi. «Turkiy filologiyaga kirish» kursi quyidagi masalalarni o‘rganadi: - turkiy tillar oilasi, uning sluikllanishi va taraqqiyotini; - turkiy filologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida arab filologiyasining o‘rnini; - turkiy tillarni o‘rganish manbalarini; - turkiy tillarni cfrganilish tarixini; - turkiy tillar, jumladan, o‘zbek adabiy tili tadqiqiga bag'ishlangan grammatik asarlarni, lug'atlarini; - turkiy tillar tasnifmi; - turkiy tillarning o‘rganish sohasida Moskva, Qozon, Peterburg maktablari vakillarini amalga oshirgan ishlarni, yaratilgan tadqiqotlarini; - qadimgi turkiy yodgorliklar va ularning o‘rganilishini; -turkiy tillarning o‘ziga xos leksik-grammatik xususiyatlarini; - hozirgi turkiy tillarning strukturasini. «Turkiy filologiyaga kirish» predmeti talabalarni tilda sodir bo‘ladigan turlicha cfzgarishlarni ongli ravishda tushunib olishlariga yordam beribgina qolmay, balki hozirgi o‘zbek tilini o‘rganishda asosiy poydevor hamdir. Tilning o‘tmish tarixini o‘rganish hozirgi tilning xususiyatini, uning ob'ektiv taraqqiyot qonunlarini chuqur va atroflicha tushunib olish uchun keng imkoniyat tug'diradi. «Turkiy filologiyaga kirish» kursi yuqoridagi masalalarning o‘rganish asosida turkiy tillarni ajralmas uzviy tarmogi bo‘lgan o‘zbek adabiy tilining tarixi, taraqqiyot bosqichlari, nomlanish tarixi, uni o‘rganish borasidagi tarixiy va zamonaviy ilmiy ishlarga, turkiy tillar oilasida tutgan o‘rni kabi masalalarga alohida e'tibor qaratadi. Shu asosda talabalarning umumfilologik saviyasini oshirishga xizmat qiladi. Turkiy tillarni o‘rganish bo‘yicha bir qancha darslik va qo‘llanmalar yaratildi. Bu sohada V.N.Bogorodskiyning «Turk-tatar tilshunosligiga kirish», N.Ye.Krimskiyning «Turkiy xalqlar, ularning tillari va adabiyoti», N.A.Baskakovning «Turkiy tillarni o‘rganishga kirish», K.Mengesning «Turkiy tillar va xalqlar. Turkiyshunoslikka kirish», F.Zeynalovning «Turkiyshunoslik asoslari», I.Qo‘chqarov, B.Isabekovlarning «Turkiy filologiyaga kirish», E.Kaydarov., M.Orazovning «Turkiyshunoslikka kirish» nomli darslik qo‘llanmalar yaratilganligini ta 'kidlash joiz. Genetik qarindoshlik tufayli turkiy xalqlar tillarida hobo turkiy tilda mavjud bo‘lgan ko‘plab turgun birikmalar, cfxshatish va sifatlashlar, maqol-matallar, fonetik, morfologik va sintaktik tuzilish xossalari keyinchalik mustaqillashgan barcha turkiy tillarga ham o‘tgan, buning ustiga, yonma-yon yashab kelayotgan qardosh xalqlar tillarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzining yaqinligidan kelib chiqadigan yana boshqa lisoniy muvofiqliklar ham borki, bu turkiy adabiyotlarning mushtarakligini ta'kidlashda belgilovchi omillar sirasiga kiradi. Masalan, qirg'iz va o‘zbek tillarini muqoyasa etib, birgina ko‘z-koz so‘zi asosida 50 ga yaqin lug'aviy birikma mavjudligini, bular xuddi shu shakli (ko‘z qismoq - kos qo‘s, ko‘z tegmoq - kozu ley, yog'ochning ko‘zi — jo‘g'achto‘n kozu va boshq.) da har 4 ikki tilda ham mavjudligini, ttfla muvofiqligini ko‘rishimiz mumkin. Holbuki, shu misolning o‘zi ham turkiyxalqlarning tafakkur tarzi — dunyoni anglash va anglatish shakli ma'lum ma'noda bir xil ekanligidan dalolatdir. g’ilgan”. Ko‘kturk yozuvi haqidagi dastlabki ma'lumotlar gollandiyalik olim Nikolas-Kornelisson Vitsenning (1641-1717) asarida uchraydi. U gollandiyalik elchixona xodimlari bilan 1664 yilda Moskvaga kelib bir yil yashadi. Moskvada turkiy xalqlarga oid materiallar yig’ib, keyinchalik shu materialar asosida «Shimoliy va Janubiy Tartariya» nomli asarini yaratdi.Ushbu asarda Rossiyada yashovchi ko‘plab xalqlar tillari, jumladan, turkiy tillarga oid leksik materiallar berilgan. Verxoturdan (hozirgi Sverdlovsk viloyati) uncha uzoq bo‘lmagan joyda noma'lum alifboda yozilgan bitiklar mavjudligi qayd qilingan. Mahalliy aholi bu yozuvlarni «bitigtosh» deb atagan 1675 yilning boshlarida Rossiyaning Xitoydagi elchisi bo‘lib ishlagan Nikolay Govrilovich Spafariy qaydnomalarida ham Enasoy daryosi bo‘ylaridagi toshlarga o‘yib bitilgan noma'lum yozuvlar haqida ma'lumot uchraydi1 . Rus olimi Semen Ulyanovich Remezov 1696 yilda Sibir yerlarining xaritasini chizayotib, bir joyga «o‘rxun tosh» deb belgi qo‘yadi. Noma'lum yozuvda bitilgan bu tosh xaritada chegara vazifasini o‘taydi.Ko‘kturk yozuvlari haqidagi birmuncha to‘liqroq ma'lumotni asirlikka tushgan shved ofitseri Filipp Iogann Tabbert-Stralenberg (1676-1747) beradi. U 1711 yilda asirlikka tushganidan keyin Sibirning adminstrativ va iqtisodiy markazi bo‘lgan Tobolskga yuboriladi. Filipp Iogann Tabbert-Stralenberg u yerda 12 yil yashab, Sibirda yashovchi xalqlar haqidagi juda ko‘plab materiallar yig’adi. Shvetsiyaga qaytganidan keyin «Novoe geograficheskoeopisanie Velikoy 1 Кляшторный С.Г. История Центральной Азии и памятники рунического письма. Санкт-Петербург. 2003, 14. 14 Tatarii» va «Severnaya i Vostochnaya chast Yevropo`» asarlarini chop ettiradi. Keyingi asarining ilova qismida dulbarchin yozuvidagi bir necha toshlarning chizmasini beradi. Bu asar 1738 yilda ingliz tilida Londonda, 1787 yilda frantsuz tilida Amsterdamda, 1780 yilda ispan tilida chop etilgan, keyinchalik rus tiliga ham tarjima qilingan. Pyotr 1 ning buyrug’i bilan 1720-1727 yillarda Sibir, Mo‘g’ulistonda ilmiy safarda bo‘lgan Danil Gotlib Messershmidt (1685-1735) kundaliklarida ham dulbarchin yozuvlari haqidagi ma'lumot uchraydi. Ekatrina II ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, Sibir general-gubernatori Yakobi Enasoydagi beshta dulbarchin yozuvidan ko‘chirma oladi. Pallas 1793 yilda bulardan bittasini chop ettiradi. G.I.Spasskiyning (1783-1864) faoliyati dulbarchin yozuvlarini o‘rganishda yangi davrni boshlab berdi. U «Sibirskiy vestnik» jurnalining 1818 yilgi sonlarida (I, II, III, IV, VIII) «Drevnosti Sibiri» nomli maqolasini chop ettirib, unda o‘sha davrgacha aniqlangan dulbarchin yozuvidagi yodgorliklar jadvalini berdi. Bu maqolani akademik I.F.Krug lotin tiliga tarjima qilib, 1822 yilda alohida kitocha holida chop ettirdi. Shundan keyin jahon tilshunoslarining dulbarchin yozuviga bo‘lgan qiziqishlari ortdi. Taniqli frantsuz tilshunoslaridan Abel Remyuzening 1822 yilda, G.Yu. Klaprotning 1823 yilda dulbarchin yozuviga bag’ishlangan maqolalari chop etildi. Shundan keyin Enasoy daryosi bo‘ylaridan topilgan bu yozuvlar haqidagi munozara boshlandi. Yozuvlarning shakliga qarab ba'zan slavyan xalqlariga, ba'zan greklarga aloqadorligi haqidagi fikrlar aytildi. Bu qarashlar ichida slavyan nazariyasi tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil qalardi. XIX asrning ikkinchi yarmidan Sibirda qadimgi yodgorliklarni izlab topish ishlari yana jonlandi. Enasoy, Abakan, Bo‘luq daryolari atroflaridan, Oltinko‘l yaqinidan toshga o‘yib yozilgan yangi-yangi matnlar topildi. Bu yozuvlarning turkiy xalqlarga aloqador ekanligi haqidagi birinchi fikrni N.Yadrintsev (1842-1894) bildirdi. U 1889 yilda Mo‘g’ulistonning Kosho Saydam vodiysidagi Ko‘kshin urxun daryosi qirg’og’idan ikkita katta yodgorlik topdi. Bularning biri Bilgaxoqon, ikkinchisi, uning ukasi Kultigin sharafiga o‘rnatilgan bitigtoshlar edi. Har ikki yodgorlikdagi harflar shakl jihatdan Enasoy daryosi atroflaridan topilgan yodgorliklar yozuviga o‘xshash edi. Yadrintsev topilmasidan keyin Mo‘g’ulistonga ikkita katta ekspeditsiyasi, 1890 yilda Aksel Olay Xeykel rahbarligidagi fin va 1891 yilda V.V.Radlov boshchiligidagi Rossiya Fanlar akademiyasining ekspeditsiyasi uyushtirildi. Mazkur ekspeditsiyalar faoliyatining natijalari sifatida ikkita atlas chop etildi. Ushbu nashrlar fanda qaysi xalqlarga tegishli ekanligi noma'lum bo‘lgan dulbarchin yozuvlarini o‘qish imkonini yaratdi. Ancha munozaralarga sabab bo‘lgan sirli yozuvni birinchi marta daniyalik olim V.Tomsen o‘qidi. Shundan keyin ushbu yozuv yodgorliklari turkiy xalqlarga mansubligi aniqlandi. Olim 1893 yil 15 dekabrda Daniya qirolligi Fanlar akademiyasida runik yozuvlarini o‘qiganligi haqida ma'ruza qildi. Turkologiyaning asosiy muammolaridan biri turkiy tillar tarixini shu til egalari tarixi bilan bog'lab o‘rganish masalasidir. Mazkur muammoni to‘g'ri va muvaffaqiyatli hal qilinishi turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi hamda lug'atlarini yaratish imkonini beradi. Davlat tili haqidagi qonunning 19-bandida: «O‘tmishning ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy, adabiybadiiy, madaniy va ilmiy merosini keng targ'ib qilish va chuqur o‘rganish uchun o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy yodgorliklari asl nusxada nashr etilishi ta'minlanadi»,-deyiladi. Hozirgi oltoy tillar oilasiga mansub xalqlarning umumiy soni 135,6 mln. bo‘lib, shundan 106,5 mln. turkiy, 15 mln.mo‘gul, 14,1 mln. tunfus-manjur tillarida so‘zlashuvchi xalqlar tashkil qiladi. Ktfrinib turibdiki, oltoy tillari oilasida turkiy xalqlar eng ko‘p sonli bo‘lib, ular faqat Osiyodagina etnas, hattoki Yevropada (3,2 mln), Afrikada (35 ming), Amerikada (95 ming), Avstraliyada (35 ming) ham istiqomat qiladilar. Hozirda turkiy tillar oilasiga ko‘pgina katta va kichik, jonli va o‘lik tillardan 44 tasi kiradi: turk (usmonli turk), o‘zbek, turkman, qozoq, qirg'iz, uyg'ur, ozarbayjon, bolqor, qo‘miq, qorachoy, no‘g'ay, boshqard, tatar, chuvash, xakas, tuva, yoqut, qrim-tatar, gagauz, qoraqalpoq, chulim, oltoy, sibirng-tatar lahjalari, qaray, turxman, tofalar (karagas) tili, kamasin, shor va boshq. Turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar ilmiy manbalarda 40, ba'zilarida 60 ta deb ko‘rsatiladi. Turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar soni 90-100 millionni tashkil qiladi. 1992 yil 4-9 may da Anqarada turkiy xalqlar kongressi bo‘lib o‘tadi. Mazkur kongressni tashkiliy qo‘mita raisi Ayda Qutlu so‘zlagan nutqida bugungi kunda turkiy tillarda stfzlovchi xalqlarning sonini 200 millionga yetdi, deb ta'kidlagan. Bu dalilning o‘ziyoq turkiy tillarning qadimiyligidan, jug'rofiy xududningkengligidan dalolat beradi. Yuqorida sanab otilgan tillar kelib chiqishining umumiyligi, fonetik, leksik-semantik morfologik va sintaktik xususiyatlarining o‘xshashligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham yagona tillar oilasini tashkil qiladi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling