“Idrok xaritasi”
“Idrok xaritasi” metodi mavzu bo`yicha o`quv materialini grafikli bayon
etish usuli bo`lib, axborotlarni tizimli, tartibli va vizual o`zlashtirish imkonini
beradi. “Idrok xaritasi” bilimlarni xotirada mukammal saqlab qolish uchun
samarali metod hisoblanadi. Unda ma’lumot qancha ko`p bo`lsa, bu o`quv
materialini imkon qadar diqqat-e’tibor bilan batafsil tahlil etish imkonini beradi.
Boshqacha aytganda idrok xaritasi metodi talabalar bilimini takomilashtirishni
kafolatlaydi
1-chizma.
Qo`llanilish maqsadi va shakli:
- ma’ruza mashg`ulotlarida - yangi bilimlarni bayon qilish, jamoaviy;
- seminar mashg`ulotlarida bilimlarni tekshirish, mustahkamlash, kichik
guruhlarda;
- mustaqil ta’limda – ijodiy ishlash, mantiqiy fikrlash malakalarini
rivojlantirish, individual;
O`qituvchi idrok xaritasi metodini qo`llashdan oldin talabalarga savollar
bilan murojat qiladi. Jumladan, jisoniy tarbiyaning vositalari, jismoniy tarbiya
vazifalari, jismoniy tarbiya tizimida “Alpomish” va “Barchinoy” testlari dasturi
va h. bu esa o`qituvchining talabalarga mavzu mohiyatini osongini tushintirishga
imkon yaratadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |