O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


Download 91.31 Kb.
bet5/11
Sana05.05.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1429460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IQTISODIYOT VA BIZNES

Aksiyadorlik jamiyati:
AJ – yirik biznesni tashkil etishga mos keladi.
Ustunligi: cheklangan mas'uliyat, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishning oddiyligi. Kamchiligi: aksiyadorlar soni ko‘p bo‘lganida mulkdorlar tomonidan boshqarish qiyin bo‘ladi. O‘zbekistondagi o‘ziga xosliklar – qimmatli qog‘ozlarning past likvidligi, kuchli huquqiy muvofiqlashtirilganlik, ko‘plab ichki tuzilmalarni shakllantirish zarurligi, kuzatuv kengashi, reviziya komissiyasi, ichki audit va boshqalar.
AJ — biznesning yagona shakli bo‘lib, uning joriy faoliyatini boshqarish shartnoma asosida boshqa tijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga topshirilishi mumkin. Agar aksiyadorlar bunga tayyor bo‘lishmasa, bunda an'anaviy usul qo‘llaniladi, boshqaruv kengashi tashkil etiladi ,direktor tayinlanadi. U biznesni yuritadi. Aktsiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo‘lgan aksiyalar turiga bog’liq. Oddiy aksiyalar ovozga ega hisoblanadi, o’z egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar esa, o’z egalariga birinchi navbatda dividendlarni olishga hamda AJ tugatiladigan taqdirda aksiyaga tikkan mablag‘larini olishda ustunlik beradi. Shu bilan birga, imtiyozli aksiyalar jamiyat daromadi bor-yo’qligidan qat'inazar ma'lum bir dividendlar olish huquqini ham taqdim etadi. Aktsiyadorlarning jamiyat ishlarida ishtirok etishlariga imkon beradigan instrumentlardan biri shundan iboratki, 5 foiz yoki undan ko’p miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga ega shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqira oladi. Aktsiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarni AJ va boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotishi yoki boshqa usulda begonaga berishi mumkin. Shu boisdan ham aksiya korxona sarmoyasiga hissa qo‘shishning eng likvidli bo‘lgan shaklidir. Bunda, aksiyadorlar soni 50 nafardan oshmaydigan hamda bunday AJ nizomida boshqa aksiyadorlar yoki jamiyatning sotilayotgan aksiyalarni xarid qilishdagi imtiyozi qayd etilgan holatlar mustasno. Bunday holatlarda MChJ va QMJlardagi qoida ishga tushadi. Aktsiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun solinadigan daromad solig‘i to‘lanadi. Daromad solig‘i aksiyani xarid qilish va sotish orasidagi farqdan hisoblanadi. Aktsiyador, shuningdek, jamiyatdan uning aksiyalarini xarid qilishni so‘rash bilan biznesni tark etishi mumkin. Bu kabi masalalar esa, O‘zbekiston Respublikasining «Aktsiyadorlik jamiyatari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling