O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti


Download 1.67 Mb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1473407
1   2   3   4
Bog'liq
Boltaboyev Jamshid kurs ishi

2.3. Viza tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faqat viza asosida O‘zbekiston hududiga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o‘tishlari mumkin.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza talabnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdig‘i) asosida beriladi.
Viza talabnomasi O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.
Yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
– Tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 48 kb);
– evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
– Taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari;
– Tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va hk.);
– Tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari;
– Tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi;
– Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda – aviachipta yoki bron nusxalari;
– Taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma’lumotnoma.
Investitsion vizasini rasmiylashtirish uchun taklif qiluvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs yuqorida qayd etilgan hujjatlardan tashqari quyidagi ma’lumotnomalardan birini taqdim etishi kerak:
– xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida (“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan beriladi);
– xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi).
Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
– O‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 45 kb);
– evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
– Taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari;
– Ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli;
– Qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar bo‘lsa);
– Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda – aviachipta yoki bron nusxalari.
Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
1. D-1 Diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) akkreditatsiya muddatiga beriladi.
2. D-2 Diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 3 oygacha muddatga beriladi.
3. DT Diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik)
O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kirayotgan xorijiy davlatlarning diplomatik xodimlari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 1 oygacha muddatga beriladi.
4. S-1 Xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
5. S-2 Xizmat kirish vizasi (vaqtincha)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga 3 oy muddatgacha beriladi.
6. S-3 Xizmat kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha )
O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, qonunchilikda nazarda tutilgan, shuningdek, Prezident va Hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat birlashmalar taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga xizmat safariga keluvchi xorijiy fuqarolarga 1 yil muddatgacha beriladi.
7. O Rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiya a’zolariga rasmiy tadbirlar o‘tkazish muddatiga beriladi.
8. V-1 Ishbilarmonlik kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun)
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek xorijiy banklar yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
Vazifalar, funktsiyalar va huquqlar
⁸ O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to'g'risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o'rinlarda – Vazirlik) ichki ishlar organlari tizimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan va muvofiqlashtiradigan respublika davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunda ko'zda tutilgan ayrim masalalar bo'yicha esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'z maqomiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
2. Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik o'z faoliyatini bevosita hamda ichki ishlar organlari orqali, shu jumladan davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Vazirlikning faoliyati ochiq va oshkora hisoblanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Vazirlik davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va aholini mamlakatdagi kriminogen vaziyat, huquq-tartibotni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini ta'minlash holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek Vazirlik va ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarning amalga oshirilishi to'g'risida tizimli ravishda xabardor qilib boradi.

Xulosa.
Ushbu kurs ishni bajarish davomida men quyidagilarni o’rgandim:


Pasport va viza tizimini takomillashtirishda bu dastur katta yordam beradi.

  1. PHPda dastur yaratishni o’rgandim.

  2. CSS da dastur tuzishni o’rgandim.

  3. Adobe Dreamwaver dasturlashni o’rgandim.

Odamlarga qilaylik tug’diradi. Kurs ishi orqali dasturning qanchlik qiziqarli va samarali mavzu ekanligini bildim.
Bundan tashqari xar xil dasturlarni yaratishni o’rgandim. Bu kurs ishini tez bajara olish qobilyatini hosil qildim. Dasturni yaratish davomida o’zimni xatolarimni to’g’irladim va bundan keyingi dasturlarni osonlikda bajarishni bilib oldim. Kurs ishi orqali mustaqil oddiy dasturlarni yaratishni o’rgandim.
Agarda Pasport tizimini online qilish loyihasi amalga oshsa fuqarolarning vaqti, ishi va boshqa ko`pgina muammolarni oddiy yechish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari yurtimizda olish masofada, shahar va viloyatlardan yo`l bosib kelib, navbatlar sanab turishga hojat qolmaydi.

Foydalangan adabiyotlar


1.Rob Larsen. Beginning HTML & CSS. Wiley Publishing, Inc. Indianapolis, Indiana, 2013.


2. Zokirova T.A., Sharipov B.A., Rasulova N.A. "Web - dasturlash" fanidan o‘quv qo‘llanma – T.: TDIU, 2009. – 216б.
3. Зокирова Т.А., Ходиева Р.М., Мусаева М.А. Web дастурлаш. Ўқув қўлланма. ТДИУ. Тошкент – 2006 й. – 224б.
4. Робин Никсон.Создаем динамические веб-сайты с помощью PHP, MySQL, JavaScript, CSS и HTML5. Учебное пособие. Издательство Питер. 2017.-768с.
5. Тузовский А.Ф..Проектирование и разработка web-приложений. Учебное пособие для прикладного бакалавриата. Издательство Юрайт.2018.- 218с.

E’lektron ta’lim resurslari



1. www.metanit.com
2. www.ziyonet.uz
3. http:\\dastur.uz
4. Vikipediya
5. cplusplus.com
6. my.gow.uz
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling