O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Iqisodiyot fakulteti Turizm (faoliyat turlari bo`yicha) yo`nalishi


Doimiy yaxshilash sifat menejmenti tizimi


Download 0.56 Mb.
bet17/20
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1487531
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kurs ishi Nodirbek

Doimiy yaxshilash sifat menejmenti tizimi

i
s
t

e
m
o
l
ch
i

O’lchash, tahlil qilish, yaxshilash

Resurslarni boshqarish

Mahsulotning hayotiylik davri

talablar

Rahbariyatning javobgarligi



CHiqish


Mahsulot

3.5.2-rasm. Sifat menejmenti jarayoni modeli


Kirish ma’lumotlarini oluvchi va ularni chiqishda o’zgartiruvchi har qanday faoliyatni jarayon sifatida ko’rish mumkin. SHunday ekan, har bir tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun ko’p sonli o’zaro aloqador, jarayonlarni aniqlash va ularni boshqarish zarur. Samarali boshqarish uchun tashkilotlar o’zlarining bir nechta bo’lishi mumkin bo’lgan kirishlarini va chiqishlarini aniq belgilashlari lozim bo’ladi. Ko’pincha bitta jarayonning chiqishi bevosita navbatdagi jarayonning kirishini namoyon etadi. Kengaytirilgan tashkilotlarni, tizimli identifikatsiyalash va jarayonlarni boshqarishni va shunday jarayonlar orasidagi o’zaro xatti-harakatlarni “jarayonga yondashuv sifatida” hisoblash mumkin.


Model kirish ma’lumotlarini aniqlashda iste’molchilar muhim ahamiyat kasb etishlarini belgilab beradi. Tashkilotlar boshqa jarayonlar bilan o’zaro xatti-harakatga kirishda bir vaqtning o’zida moddiy va axborot mahsulotlarini yetkazib beruvchilar va iste’molchilar hisoblanadi.
Ko’rib chiqilayotgan SMT modeli bir tomondan kirish ma’lumotlarini aniqlashda iste’molchilar sezilarli darajada muhim rol o’ynashlarini ko’rsatishadi. Boshqa tomondan iste’molchilarning qoniqqanligini monitoringi ular talablarining bajarilishini qabul qilish to’g’risidagi axborotlarni baholashni talab etadi.
Umumsifat menejmenti (Total Quality Management - TQM) - Tashkilot rahbariyatining sifatni yaxshilashga qaratilgan faoliyati (ISO 8402:1994)
“Umum sifatni boshqarish” kontseptsiyasini joriy etishdagi asosiy muammolar asosan personalni boshqarish sohasida ro’y beradi. Sifatni takomillashtirish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har bir tashkilot kamida quyidagi to’rta to’siqqa uchraydi:
1. Personalning yangiliklarga qarshilik qilishiga;
2. Turli darajadagi menejerlarning mahsulot sifati bilan tashkilot faoliyati samaradorligi orasidagi o’zaro bog’liqlarni tushunishlaridagi cheklanishlar.
3. Sifatni takomillashtirishga yondashuvning bir martalik chora-tadbir yoki navbatdagi yangi turdagi kompaniya sifatida qaralishi.
4. Sifatni takomillashtirishga boshqarish sifatida emas balki statistik chora-tadbir sifatida qarash.
Sifatni oshirish jarayonini joriy etish aksariyat hollarda korporativ madaniyatni tubdan o’zgartirishni talab etadi. Bunda asosiy e’tiborni o’rta bo’g’in menejerlariga, ularning malakalariga va TQM kontseptsiyasini qo’llab-quvvatlashlariga qaratish kerak.
Aynan ushbu boshqaruv bo’g’ini xodimlariga oddiy xodimlarni mahsulot sifatini oshirishga jalb etishda, ular tafakkurida ushbu tizimning zarurligini shakllantirishda va mahsulot ishlab chiqarish jarayonini har tomonlama takomillashtirish, nazorat etish, bo’g’inlar orasida teskari aloqalar va xarajatlar samaradorligi bog’liq bo’ladi.
Total Quality management (TQM) tamoyillari xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning sifat menejmenti talablariga mos keladi.
Sifatning aniq kontseptsiyalari tadbirlarining ichiga iste’molchilar talablari bilan birgalikda, korxona bilan qiziquvchi investorlar, hamkorlar va boshqa jamiyat a’zolarining talablari ham bosqichma-bosqich kiritiladi. Bu bilan parallel ravishda menejmentning umumiy kontseptsiyasiga alohida yondoshuv asosida integratsiyalashishga jiddiy tartibda qabul qilinadi. Ya’ni menejmentning umumiy kontseptsiyasini ham sifat menejmenti kontseptsiyalari bilan integratsiyalashuvini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Bu bilan bog’liq holda, korxona ma’muriyatining jarayonga mo’ljallangan ta’siri oshadi. Ya’ni umumiy menejment kontseptsiyasining sifat menejmenti bilan birlashuvi korxona rahbariyatini mo’ljalini va mas’uliyatini oshiradi.
Majmuaviy sifat (total quality TQ) – menejment tizimida insonlarga mo’ljallangan bo’lib, uning maqsadi – mahsulot va xizmat qiymatining doimiy ravishda pasaytirib borish natijasida iste’molchilar ehtiyojini qondirishni uzluksiz oshirib borishdir. TQ umumiy tizimli yondoshuv bo’lib, u yuqori darajadagi strategiyalarning ajralmas qismidir. TQ o’ziga barcha yuqori va quyi hamkorlarni, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar tarmog’ini to’liqligicha egallagan holda, barcha bo’limlar funktsiyalarini qo’llab-quvvatlaydi. TQ tashkilot muvaffaqiyatiga uzluksiz o’zgarishlarga moslashish va ularni o’rganish markazida turadi. Uning falsafiy asosida ilmiy metodlar turadi.
TQ o’zida tizimlar, usullar va instrumentlarni jamlagan. TQ tizimi doimiy o’zgarishda bo’lgani bilan uning falsafasi o’zgarmaydi. TQ ning afzalligi individual harakatlar bilan birgalikda jamoa kuchiga tayanadi.
TQM – bu boshqaruvning umumiy filosofiyasi, jami boshqaruv richaglari va uni amalga oshirish uslublaridir. TQM ning tarixan shakllanib borishi va uni korxonada miqdoriy baholashni vujudga kelishi natijasida Yevropada (European Foundation for Quality Management (EFQM)) Yevropa sifat menejmenti fondini vujudga kelishiga olib keldi. SHu bilan birga «Business Excellence» (“Biznesning afzalligi”) kabi ish faoliyatini takomillashtirish modellari paydo bo’ldi. Ular bugungi kunda korxonalar faoliyatiga TQM ning printsiplari, metodlari va erishilgan natijalarini tatbiq etishning tan olingan modellaridan biridir.
TQM – yaponiyada sifat menejmenti mexanizmining markaziy g’oyalaridan biridir. Hammadan avval bunday tizim, mahsulot sifatini milliy taqqoslashlardan qochadi va mahsulotning sifat tavsiflarini pasaytirish natijasida ishlab chiqarish hajmini o’sishini rad etadi.
Mantiqiy nuqtai nazardan TQM bir-birini inkor etuvchi namoyon bo’lganda sifat va samaradorlikni taqqoslashdan qochadi. Ya’ni u ham mahsulot sifatini ham samaradorligini ko’zlaydi. Agar mahsulot samaradorligiga sifatni pasaytirish natijasida erishilsa uni inkor etadi. Bu korxonaning haqiqiy strategiyasini va kelajakka bo’lgan ishonchini yanada oshiradi. SHu sababli ham g’arb mamlakatlari firmalari yo yuqori sifatni yoki minimal bozor narxlarini tanlab o’zaro raqobatga kirishadi. Ya’ni raqobat kurashida sifat va narx bo’yicha alohida mahsulotlar yoki firmalar bozorda raqobatlashadi.
TQM ning asosiy kontseptsiyasi – bu korxonalarga sifat javobgarligini to’liq qayta taqsimlashdir.
An’anaviy sifat javobgarligini taqsimlashda sifatni nazorat qiluvchi bo’limlar mahsulot sifatiga javob bergan, ishlab chiqarish tizimi esa mahsulot hajmiga javob bergan va h.k. Ushbu usul bugungi kunda eskirib qoldi, uni amal qilishi ishlab chiqarish va sifat tizimi o’rtasidagi yirik farqni vujudga keltiradi.
TQM esa mahsulot sifatiga chiziqli yondoshadi. Ya’ni unga oddiy ishchidan korxona rahbarigacha bo’lgan bo’g’in javob beradi. Bunda ishchi konveyrda mahsulot ishlab chiqish jarayonini nazorat qiladi.
Agar deffekt yoki brakni sezib qolsa, konveyrni darhol to’xtatadi va bu holatni bartaraf etadi hamda bunga aybdor hodimni familiyasi korxona ishchilariga ko’rinadigan joyga, oshxonaga yoki tsexga ilib qo’yiladi. TQM da bunday psixologik yondoshuvning o’rni yetarli darajada yuqoridir. Bu holat AQSH da tashkil etilganidan so’ng ishlab chiqarish hajmi 15 foizdan 30 foizgacha ko’tarilgan. Ya’ni brak yoki deffekt vujudga kelganda uni bartaraf etish bilan bog’liq vaqt sarfining kamayishi to’g’ridan-to’g’ri mehnat unumdorligiga ta’sir qilgan.




    1. Download 0.56 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling