O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan
Download 1.49 Mb.
|
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qing. Eskirgan so‘zlarni aniqlang.
N a m u n a : tob (Xorazm) – xuddi (adabiy).
1. Sen opang Jumagulning tob o‘zisan...(J.Sh.) 2. –Ay, Maksim polvon! – dedi Bo‘ri polvon. – Sen Bo‘ri polvonga o‘rlashma!(T.Murod) 3. Ish holiyam o‘sha madaniyat sho‘’basigami, uka o‘rtoq Zaynishuv?(N.A.) 4. Jo‘raposhsha bo‘lsa valishga kirib ketdi. Uzum yegisi kelgandir-da.(M.Ism.) 5. Huv o‘qishni bilgan axtig‘imdan aylanay, - deb buvisi nabirasining yelkasini qoqib qo‘ydi.(J.Sh.) 6. Bu taraflarda qaroqchilar jo‘q edi-ku. Bu tovlar-da igna ham jo‘qolmaydi. (S.Ahm.) 7. O‘, oka, nima qivossiz? Bu kolxoz-ning choyxonasi emas, vagon-a, vagon.(N.A.) 8. Bizning Tarlonga go‘balak doridi.(T.Murod) 9. - Polvon og‘a qachon galarkinlar? – Oyjamol o‘zining suyangan tog‘i deb bilgan Polvonning kelishini nihoyatda orziqib kutar-di.(J.Sh.) 10. Yigit bilmas edi, shuning uchun bo‘lsa kerak, katta chiroy-li ko‘zlarini javdiratib: - Nevlay, - dedi.(M.Ism.) 11. Jotib jesang bu non ikki kunga ham yetmaydi. (P.Q.) 12. - Yig‘lamang, buvi, xudoning iro-dasi, - dedi G‘ulomjon bunday gaplar onasining hilviragan qalbiga malham bo‘lolmasligini bilsa ham.(M.Ism.) 13. Oldindagi moshin qayoqqa yursa, biz ham ashaqqa yurovramiz. Aqqa-baqqa qaramasdan yurishasanlar, deb buyurishgan. (T.Malik) 23-mashq. O‘qing. Eskirgan so‘zlarni aniqlang. 1. Qizga shayton arava minishni kim qo‘yibdi! (O.)2. Musulmonobod yo‘lida g‘azotni boshlash uchun hamma narsa tayyor...(A.Q.) 3. – Sening ishing kolxozimizning sekretari mulla Muqimning anketa to‘ldirishiga o‘xshaydi..(A.Q.) 4. Xurosonu Movarounnahr bir tug‘ ostidadirki, biz hammamiz ulug‘ hazratga xizmat qilamiz.(Mirm.) 5. - Bitta mushak uch miri, - dedi Turobjon, - yuzta mushak otilsa, ... bittangadan yuz tanga.(A.Q.) 6. Shu payt hammaga otning qashqasiday tanish ijroqo‘mning emka mashinasi g‘ir etib kelib, G‘anisherlar eshigi oldida to‘xtadi. (S.Anorboev.) 7. Normaning qanchasini bajarmagan bo‘lsangiz, shuncha pichaningiz sovxoznikiga eltib qo‘shiladi(P.Q.) 8. – Ha, ha, endi eshon bo‘lib qishloqma-qishloq murid ovlab yuribsanmi?(G‘.G‘.) 9. Rayon partiya komitetidan iltimosim shuki, meni ishdan ozod qilish haqidagi masala Sovxozlar ministrligiga havola qilinsin.(H.G‘.) 10. Manak ustiga manak keldi. (G‘.G‘.) 11. Oblastda qancha katta tashkilotlar ikkiga ajralib ketdi... (P.Q.) 24-mashq. Eskirgan so‘zlarni aniqlab, ularni tarixiy va arxaik so‘zlar tarzida guruhlarga ajratib yozing. 1. Podsho yasama oq soqolini iyagiga bog‘lab olgan edi.(G‘.G‘.) 2. Ammo shu lahza osh suzilayotganda, eshik taqillab, yasovullar afandining oyog‘ini yerga tekkizmay olib chiqib ketishibdi.(Mirm.) 3. Doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga izvosh va oq podshoning suvrati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi.(A.Q.) 4. Atrof qishloqlarda dong‘i ketgan bu katta dargohdan har vaqt muridlar, ulamolar arimas, hamisha toat-ibodat, zikr uzilmas edi. 5. Mahallaga qayrilishda go‘yo uni kutib turgan kabi, ellikboshi Olimjon uchrab qoldi. (O.) 6. Odamlarga, kollektivga aralashib turish kerak, Azizjon.(O‘.Usm.) 7. Men hayron bo‘laman, shundan shunga kelib tushuntiradigan agitator bo‘ladimi, deb ishongim kelmaydi. (P.Q.) 8. Spravka qancha qimmatga berilsa, uning qadri ham shuncha baland bo‘ladi, bolam.(X.To‘xtaboev.) 9. Ko‘pi bilan bir oy ichida bironta ham yakkaxo‘jalik qolmasligi, hamma yuz protsent kolxoz bo‘lishi kerak, dedi.10. Yerda paydo bo‘layotgan pufakchalar diqqatini o‘ziga tortib, bir nafas uning xayoli yana yigiruv-to‘quv fabrikasi stanoklari yonida aylana boshladi.(Mirm.) 11. Eng katta informatsiya agetliklari doklad tekstini butun dunyoga tarqatdilar.(Gazetadan.) 12. O‘n toshcha suzdik-mikan? – dedi Jumanazar, - o‘n toshcha suzishimiz kerak edi.(Mirm.) 13. Kulala butun qishloqni qidirib dorilikka besh paysa go‘sht topib keldi. (A.Q.) 14. Yuzboshi bu gapni mingboshiga aytib, qozixonada Ali laylakka o‘n darra urdiribdi.(A.Q.) 25-mashq. I. O‘qing. Gaplar tarkibidagi yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni topib, ma’nolarini izohlang. 1. Saidiyning otasi mashina-bosqon, mashina-dam bilan ishlaydigan katta bir korxona ochmoqchi bo‘lib, anchagina temirchilarni to‘pladi.(A.Q.) 2. Katta O‘zbekiston trakti tog‘ burama yo‘llaridan oshib, Kitob shahrini oralab o‘tadi.(S.Ahm.) 3. U kishi tavbaxonada janoblarining aybi bilan yotibdi-ku? (X.To‘xt.) 4. Mashina-miyaga miyamning muvozanatini boshqaruv-chi qismi o‘z faoliyatini tiklashi kerak degan fikrni aytaman.(A.Belyaev) 5. Gazeta muharriri va shu yerda o‘tirgan boshqalar ham shu gapni ma’qul-lashdi.(A.Q.) 6. Yuzlab avtomat-qo‘ng‘iroq va yorug‘lik signallari, birin-chi qavatdagi qorovullarga ostki qavatni kuzatib turish imkonini beruvchi maxsus periskoplar ... har qanday urinishni daf etardi. (A.Belyaev) 7. U chigit ekilgan to‘qqizta yashikni turli nav chigitning hosili bo‘lgan paxta tolalarini ko‘rsatadigan jadvallarini, turli-tuman diagramma va plakatlarni keltirib choyxonaning bir burchagini egallab oldi.(A.Q.) 8. Yo‘l qurilishi uchun samosval qanchalik zarur bo‘lsa, biz uchun hozir avtomobil undan ham zarur.(J.Abd.) 9. Gvardiyachi serjant Erkaboy Mirzaev gospitalning derazasidan ko‘chaga qarab o‘tirgan edi, birov bir savat shaftoli olib o‘tdi.(A.Q.) 10. Zudlik bilan fikr tarqatuvchi radiomashinalar yasaldi. (A.Belyaev) II. Ko‘chiring. Gaplardagi yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni aniqlab, quyidagicha guruhlarga bo‘lib yozing: a) butunlay yangi kirib kelgan so‘zlar; b) yangi ma’no kasb qilgan so‘zlar. 1. Beshinchi yo oltinchi martasida go‘shakni Jamshid oldi! (T.Malik) 2. U noyob xislatli aksildunyo vakillari bilan muloqotga kirisha oladigan o‘ta sezgir odam edi. (To‘xtamish, Hakimbek) 3. O‘nta emas, uchta. Uchinchi ko‘z – gipofiz. Gipofiz ana o‘sha auralarni qabul etadi. Ukangizni ham, sizni ham begona energoinformatsion maydonlar bezovta qilgan. (T.Malik) 4. Biroq eng alam qiladigani shu ediki, uning aqldoshlari – sayyora egalari o‘zlariga o‘xshash va ayni zamonda o‘xshamaydigan “bu ikki oyoqli maxluq”qa negadir dushmanlik ko‘zi bilan qarashardi. (R.Obidov) 5. Muddaoni o‘zimizbop qilib ayting-qo‘ying, mulla. (M.I.) 6. U o‘zining surati tushirilgan va kitobfilm nomi yozilgan rangli qog‘ozchani ko‘ra boshladi. (V.Aleksandrov) 7. Axir bioqurilma deb ataladigan sezgi a’zolarimiz o‘sha signaloldi, signalorti signallarni tutish yoki sezish-da faol ishtirok etib, kelajakda sodir bo‘ladigan voqea yoki hodisalar-ni oldindan aytib beradi-ku! (To‘xtamish, Hakimbek) 8. Yupqa simto‘rga o‘ranib olinsa, Shtirner tarqatgan elektr to‘lqinlari to‘rga urilib, yerga o‘tib ketadi. (A.Belyaev) 9. Ellalomalar ishga tushganida tajribaxonani radioto‘lqindan muhofaza qiluvchi pardaning kuchsizlangani sezildi. (T.Malik) 26-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi jargon so‘zlarni topib, ma’nolarini izohlang. 1. Tavba! Eshon “gardkam” deb oshiq otadimi, a? (O.) 2. Shu asnoda g‘oyib-dan “minutichka” degan ovoz eshitildi. (N.Aminov) 3. Saqichini og‘zidan olib qo‘yib, mantini ustiga-ust tushirayotgan Alibek: - Neshtyak, - dedi. (P.Q.) 4. U zavodni eplay olmaydi. Qurug‘idan tortishga berilib ketibdi.(T.Malik) 5. Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi? (T.Malik) 6. O‘, bu erkakning o‘yini bo‘ldi. Shu paytgacha qaerda edingiz, erkak?! (T.Malik) 7. – Hamma yoq tinch, - dedi u hisob berib. – Qurolla-rini berishdi. – Sapchishmadimi? – Yo‘q. (T.Malik) 8. – Patsan-ku bu, bo‘sh kelish yo‘q, - dedi G‘ilay mensimagan tarzda. (T.Malik) 9. Yigit: – Vey, paxan, uylar nishtyak-ku, a? Qoyilman, erkak, qoyilman, gap yo‘q! – deb so‘rashmoq uchun qo‘l uzatdi. (T.Malik) 10. Zang‘ar shtabga yetib kelguncha uning ham joni saqarga ketibdi. (Z.Fatxullin) 11. – Ishlar “besh”. “Til”ning tili chiqdi, - dedi mayor Salomatin quvnoq kulib. (Z.Fatxullin) 12. – Nima, ishtaha yo‘qmi? – so‘radi yana yumaloq yigit. – Yoki yakandan kamchilmisan? Hechqisi yo‘q, yuraver, menda besh bola bor, baham ko‘ramiz. (J.Abd.) Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling