O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet154/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab Enasoy havzasida, so‘ngra Mo‘g‘ilistonning O‘rxun daryosi bo‘yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893-yilda birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o‘qigan. V.Tomsondan so‘ng olimlar – N.M.Yadrinsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O‘zbekistonda Oybek, O.Sharafuddinov, N.Mallayev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar O‘rxun-Enasoy bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
Ma’lumki, eramizning VI asri o‘rtalariga kelib, Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk xoqonligi davlati tarkib topdi. Bu xoqonlik g‘arbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo‘lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Xoqonlik 604-yilda Sharqiy va G‘arbiy xoqonlikka ajralgan. Eramizning 745-yiliga kelib esa Turk xoqonligi barham topgan.
Turk xoqonligi asosan uch kishi: Bilga xoqon (Mog‘iliyon), Kultegin, Toʻnyuquqlar tomonidan boshqarilgan. Bilga xoqon (Mog‘iliyon) – xoqon, Kultegin – sarkarda, Toʻnyuquq esa – vazir bo‘lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan.
Bitiktoshlarda turk xoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, sarkardalar tomonidan ko‘rsatilgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi. O‘z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta’minlash xoqonlar Bo‘min, Istami, Eltarish, Eltarishning o‘g‘illari – Bilga xoqon, lashkarboshi Kultegin, ma’naviy otalari Toʻnyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning ta’rifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o‘ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta’riflanadi. U o‘z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo‘ygan shaxs. Kultegin Eltarish xoqonining kichik o‘g‘li. U 713-yil 27-fevralda qirq yetti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732-yilda o‘rnatilgan. Ushbu bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mug‘iliyon bo‘lgan. Bitikni Kulteginning jiyani Yo‘llug‘ tegin yozgan. Demak, bitikning muallifi ham ma’lum.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling