O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet176/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Tayanch tushunchalar.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Ma’rifatshaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi.
Rasadxona, observatoriya – astronomik, geofizik, meteorologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa joylashgan bino. Dastlab ob’ektlarni kuzatish bilan shug‘ullanadigan joy sifatida paydo bo‘lgan, keyin ilmiy tadqiqot muassasiga aylangan. O‘rta asrlarda Sharqda ko‘plab rasadxonalar qurilgan. (O‘zME. 7-tom, 255-bet).
Mirza- tarixiy hodisalarni maxsus kitoblarga yozib boruvchi shaxs.
Renessans – ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayotdagi uyg‘onish, ya’ni xalqlar rivojining yuksalish davri. (Sharq renessansi).Unda madaniyatning o‘tmishda erishgan yutuqlarini, xususan, qadimgi Yunon, Hind, Xitoy merosini chuqur o‘rganish va uni joriy rivojlantirish. Tabiatni o‘rganishga qiziqishini orttiradi va tabiiy fanlar taraqqiyoti (astronomiya, geografiya, matematika va h.k)ga samarali ta’sirni ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi.
1.Movaraunnahrda Amir Temurning markazlashgan davlatining paydo bo‘lishi va uning ilm-ma’rifatning taraqqiy etishidagi roli.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi.
Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki, bu davr madaniyati o‘z tamoyillari, yo‘nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IX­XII asr madaniyatining davomi sanaladi.
Shu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi Sharq Uyg‘onish davri madaniy ravnaqini IX­XII asrlardagi madaniy rivojlanishidan ajratib olib ko‘rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o‘sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko‘plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm- ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyatshunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o‘rganishga havas kuchaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Hirot shaharlari madaniyat, ilm-ma’rifat markaziga aylandi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling