O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet181/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

1449 yili Ulug‘bekning fojiali halokatidan so‘ng Samarqand olimlari asta-sekin Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab tarqalib ketadilar. Ular o‘zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va “Ziji”ning nusxalarini ham yetkazadilar. Jumladan, Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerda rasadxona quradi. Shu tariqa Ulug‘bek “Ziji” Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Ovro‘pa mamlakatlariga ham yetib boradi.
Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra “Zij”ning 120 ga yaqin forsiy va 15 dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. O‘rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki riyoziy asar bunchalik ommalashmagan. “Zij” musulmon mamlakatlarining deyarli barchasida o‘rganilgan.
Ulug‘bek “Ziji”, ayniqsa, Hindiston olimlariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Samarqand olimlarining ilmiy an’analarini Hindistonga Boburning o‘zi yetgazgan degan ma’lumot bor. Boburning vorislari o‘tmishdagi shohlarga o‘xshab atrofiga olimlarni to‘playdilar va ularning ilmiy izlanishlariga sharoit yaratadilar.
“Zij”ning G‘arbiy Ovro‘pa faniga ham ta’siri katta bo‘ldi. Umuman olganda, G‘arbiy Ovro‘pa Temur va uning farzandlarini, ayniqsa, Ulug‘bekni XV asrdanoq bilardi. Ali Qushchining Istambuldagi faoliyati tufayli Ulug‘bekning olimligi haqidagi xabar ham Ovro‘paga tarqaladi.
1638 yili Istambulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford dorifununining professori Jo‘n Grivs (1602—1652) keladi.
Qaytishida u o‘zi bilan Ulug‘bek “Ziji”ning bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648 yili avval “Zij”dagi 98 yulduz jadvalini chop etadi. O‘sha yilning o‘zida Grivs “Zij”dagi jo‘g‘rofiy jadvalni ham nashr etadi. 1650 yili esa u “Zij” birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi.
Cheksiz aql-idroki, azmu qat’iyati, odilona siyosati bilan Mirzo Ulug‘bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori bo‘lib, xalqlarning azaliy orzusi — tinchlik, totuvlik, har tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yo‘lida mislsiz shijoat va matonat ko‘rsatdi.
Mirzo Ulug‘bek, avvalo, ilmiy farazlar bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod qildi. Minglab yulduzlarni jamlagan mukammal xarita va bugungi eng zamonaviy hisoblardan deyarli farq etmaydigan mukammal astronomik jadvalini yaratdi.
Uning hayoti va ijodi o‘zbek xalqi ma’naviyati poydevoriga qo‘yilgan tamal toshlaridan biri bo‘lib, xalqimizning o‘rta asrlarda fundamental fanga nechog‘lik buyuk ahamiyat berganini ko‘rsatadi.
Mirzo Ulug‘bek o‘z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O‘sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o‘ylab yashadi, o‘z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi. Har qanday millat ham Ulug‘bekday farzandni tarbiya etgani uchun g‘ururlanishi tabiiy holdir, chunki bunday insonlar faqat o‘z xalqiga emas, balki umubashariy gullab-yashnash uchun xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi.
“...Mirzo Ulug‘bekning umumbashariy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘lib, u bugungi kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirish yo‘lida katta xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz Ulug‘bek nomi berilgan ma’naviyat maskanlari, mahallalar, ko‘chalar va shaharlar juda ko‘p. Yurtimizda dunyoga kelib ko‘z ochayotgan har o‘n chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug‘bekning muborak ismi berilyapti deb aytsak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bularning barchasi — millatimizning buyuk allomaga bo‘lgan cheksiz hurmati va ehtiromlaridan darak beradi.1

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling