O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari, maktab va madrasalar rivojiga qo‘shgan xissasi.
- Alisher Navoiy
3.Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
1526-yilning 21-aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo‘diy qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g‘alaba natijasida Bobur Shimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelda Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba’ o‘qildi. Shu tariqa, yangi saltanat Boburiylar saltanatiga asos solinadi.Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham qilich, ham siyosat yoli bilan birlashtiradi va 1530-yilgacha markazlashgan yirik saltanatini barpo etadi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’ liq bosib olgunga qadar hukm surdi.Bobur xayotiy esdaliklar yozish maktabini «Bobumoma» asari orkali boshlab berdi.«Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya», «Xatti Boburiy» kabi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratgan.Uning ijodiga mansub bo’lgan «Xatti Boburiy» uzoq yillar davomida maktablarda, madrasalarda savod o‘rgatish kitobi sifatida foydalanilgan.Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda mashhur tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka muhrlagan asar - «Bobumoma»dir. U o‘z qiymatini yo‘qotmagan.Amir Temurning ta’lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta ro’l o‘ynaydi.94 4. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari, maktab va madrasalar rivojiga qo‘shgan xissasi. O‘zbek adabiyotining asoschisi, she’riyat mulkining sultoni, ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 9- fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan. Yosh Alisher favqulotda iste’dod egasi bo‘lib, iste’dodining dastlabki ko‘rinishlari u uch-to‘rt yoshga to‘lgan vaqtlardayoq namoyon bo‘la boshlagan. Shu vaqtda u Fariddin Attorning «Mantiq-ut-tayr» asarini yod oladi. Alisherdagi ilm o‘rganishga bo‘lgan kuchli qiziqish hamda ishtiyoqni o‘z vaqtida anglagan ota-onasi uni 1445 yilda maktabga beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog‘larida o‘tmish mutafakkirlari va o‘z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan yaqindan tanishadi. Mazkur davrda badiiy mavjud asarlar mazmunini o‘qib-o‘rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq mustaqil ravishda she’rlar yoza boshlaydi. Yosh Alisher tomonidan yaratilgan she’riy misralar o‘zida yuksak badiiy va falsafiy g‘oyalarni aks ettirar edi. Chunonchi, uning ustozi Lutfiyga o‘qib bergan quyidagi misralari bugungi kunga qadar she’riyat ixlosmandlarining hayratiga sazovor bo‘lib kelmoqda: Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lgach quyosh. Qomusiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan Alisher Navoiy xalq orasida hurmat-e’tibor qozonadi. Bolalikda birga ulg‘aygan do‘sti sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste’dodi, bilimi hamda hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o‘ziga vazir etib tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat olib borgan Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san’at hamda me’morchilikning rivoji yo‘lida amaliy harakatlarni olib borish bilan birga yoshlarga ta’lim va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi. Ulug‘ mutafakkir o‘zining «Xamsa», «Mahbub-ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug‘atayin», shuningdek, Abdurahmon Jomiyning «Arba’in» nomli asarining tarjimasi sifatida yaratilgan «Chihil hadis» («g‘irq hadis») kabi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi. Alisher Navoiy o‘z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon bo‘luvchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug‘lagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy muammolarni yorituvchi asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, ushbu jarayonning o‘ziga xos jihatlari, yo‘llari, shakl va usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling