O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari


Download 0.7 Mb.
bet185/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari, shu jumladan, komil insonni shakllantirish kontseptsiyasining mazmunini o‘rganish muayyan davrlarda dolzarblik kasb etgan. Shu bois bu yo‘lda bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, navoiyshunos olimlar O.Sharafiddinov, I.Sultonov, A.Hayitmetov, N.Mallayev, T.Jalolov, V.Zohidov va S.G‘aniyeva va boshqalar tomonidan samarali ravishda olib borilgan tadqiqotlar shular jumlasidan sanaladi.
Alloma tomonidan yaratilgan asarlar mazmunidan anglanadiki, ularda ilgari surilgan qarashlarning markazida inson va uning kamolotini ta’minlash g‘oyasi turadi. Mazkur o‘rinda navoiyshunos olim V. Zohidov quyidagi fikrni ifoda etadi: «Navoiy ijodi hamda amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo‘nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yaxshi yashashi, bu uchun zarur jamiyat masalalaridir».
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlarida yetuk inson tarbiyasi mazmuni, shakl va uslubi
Allomaning tasavvuridagi komil inson o‘z qiyofasida eng yuksak insoniy fazilatlar mujassam eta olishi lozim. Chunonchi, u ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga ilm-fanga nisbatan muhabbatli bo‘lmog‘i zarur. Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra, ana shunday sifatlarning sohibi bo‘la olgan insongina o‘z kuchi hamda aql-u zakovatiga ishonadi. O‘z kuchi va aqlu zakovatiga qattiq ishona olgan insongina turli qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u o‘ta murakkab muammolarni ham yechimini topa olishga qodir. Ilm-fan sirlaridan xabardor bo‘lishning inson ahamiyatini yoritar ekan, alloma ayni o‘rinda ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsata oluvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ushbu fikr mutafakkir tomonidan yaratilgan «Nazmul-javohir» asarida quyidagicha bayon etiladi:
Kim olim esa nuqtasida barhaq de oni,
Gar bazm tuzar bihishti mutlaq de oni.
Har kimsaki yo‘q ilm axmaq de oni,
Majlisdaki ilm bo‘lsa uchmaq de oni1 .
Mazkur to‘rtlikning mazmunida ilmli, oqil odam o‘z maqsadiga erishish yo‘lida uchraydigan har qanday qiyinchilikni yengib o‘tadi, kim ilmni o‘ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, zero, ilm insonning baxt-saodatini ta’minlashga xizmat qiladi degan g‘oya o‘z aksini topgan.
Alisher Navoiyo‘z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon bo‘luvchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug‘lagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy muammolarni yorituvchi asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, ushbu jarayonning o‘ziga xos jihatlari, yo‘llari, shakl va usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi. «Hayrat ul-abror» dostonining o‘n birinchi maqolatida esa mutafakkir ilmni quyosh, oy hamda kunduz sifatida quyidagicha ta’riflanadi: «Ilm sipehrning baland axtarligidakim, jahl tunin yoritmoq uchun «ayn»i ( ), quyoshdan va «lom»i ( ) oydin va «mim» ( ) kunduzdin nishona aytur. Va jahl shomi tiyra manzaralig‘dakim, g‘aflat chohini zalolat kechasida zohir qilib, bu kechada shahovatdin fasona aytur. Va olimning bovujudi ganju mol tufroq aro najandligi» («ilm osmonning yulduzlaridek baland martaba, mavqega ega, bilimsizlik tunini yoritish uchun arab alifbosidagi «ayn» quyosh, «lom» oy, «mim» esa kunduz belgilarini ifoda etadi; bilimsizlik shomining qorong‘i ko‘rinishi g‘aflat chohini pastlik kechasida zohir bo‘lib, bu kechada olimning butun baxtsiz vujudi quyoshdek yuksak, johilning esa butun borlig‘i boylik, mol bo‘lsa ham tuproqdek xordir”). Ushbu o‘rinda arab tilida ( ) aynning ma’nosi quyosh, ( ) lomning ma’nosi oy ( shaklan oyga o‘xshaydi va abjid hisobida “o‘ttiz”ni bildiradi), ( ) mimning ma’nosi esa kunduz ekanligiga alohida urg‘u beriladi95. Alisher Navoiy ilmni quyosh, oy hamda kunduzga o‘xshatish orqali, u insonni baxt-saodatga eltuvchi vosita ekanligiga e’tiborni qaratadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling