Nazorat uchun savol va topshiriqlar
«Pedagogika tarixi» fanining predmeti, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat.
«Pedagogika tarixi» fani qanday fan? U qaysi fanlar bilan uzviy aloqador?
«Pedagogika tarixi» fanini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchiga qanday imkoniyat yaratib beradi?
Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiyaning o‘ziga xosligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
Qadimgi yozuvlar va ularning kelib chiqishi haqida nimalarni bilasiz?
Xalq og‘zaki ijodida insondagi qaysi xislatlar ulug‘langan?
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi o‘gitlardan misollar keltiring.
«Avesto»dagi axloqiy uchlik jadvalini tuzing.
Qadimgi turkiy bitiklarda ulug‘langan xislatlarni yozib chiqing va mazmunini izohlang.
17-mavzu. VII asrdan XII asrgacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Reja:
1.Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
2. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni.
3.Sharq uyg‘onish davri va unda ta’lim-tarbiya masalalari.
4.Uyg‘onish davri mutafakkirlari asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining aks etishi.
5.So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri.
Tayanch tushunchalar:
Islom dini – Islom (arab- bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Olloh irodasiga topshirish) – jahonda keng tarqalgan uch dindan biridir. Islom dini odamlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun Olloh tomonidan yuborilgan ta’limotdir.
Ma’mun akademiyasi – IX asrning birinchi yarmida Xalifa Ma’mun ar-Rashid (813-833) tomonidan Bag‘dodda tashkil etilgan ilmiy markaz.
Movarounnahr (arab. – daryoning narigi tomoni) – o‘rta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama.
Muhaddis (arab. hadis rivoyat qiluvchi) – hadislarni to‘plash, saralash va sharhlash bilan shug‘ullangan ilohiyotchi.
Qur’on – (arabcha - qiroat – o‘quv) islom dinida muqaddas deb tan olingan kitob. Unda islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari, cheklash va ta’qiqlari o‘z ifodasini topgan.
Hadis (arab. «xabar», «yangilik») – Muhammad (s.a.v)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |