O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 210 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi210 Kb.
#1625953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18-mavzu

Mavzuning maqsad va vazifalari.Ushbu kurs ishining maqsad va vazifalari ilk va rivojlangan o'rta asrlardagi Angliyada feodal munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi haqidagi tarixiy jarayonlarni o'rganishdir.

I bob.Angliya davlati tashkil topishi va siyosiy tarixi
1.1.Angliya davlatining o'rta asrlardagi siyosiy tarixi

Britaniya hududida V asrning II yarmidan VII asr boshlarigacha bir necha varvar qirolliklari qaror topadi. Janubi-sharqda yutlar asos solgan Kent qirolligi, Uesseks – janubda, sakslar asos solgan, Sharqiy Angliya – angllar asos solgan, Nortumbriya va Mersiya – angllar asos solgan. Britaniyaning mahalliy Kelt aholisi germanlar bilan qo’shilib ketadi, shu tariqa kelt elementi ingliz xalqining etnik tarkibiga kiradi.Anglosakson qirolliklarida feodal tuzumning qaror topishi o’zining alohida xususiyatlariga ega edi. Ulardan eng muhimlari – jamoa tartiblarining barqarorligi, allodning kech paydo bo’lishi, erkin dehqonlarning yuqolish jarayonining va yirik feodal yer egalari paydo bo’lishining sekin borishini ko’rsatish mumkin. Bu xususiyatlar Britaniyaning kam romanlashganligidan, anglosakson istilolarining o’ta vayron qiluvchi xarakteridan (rim ta’sirini istilolar yuqotib yuborgan) hamda Rim Galliyasini istilo qilgan frank, ostgot va burgundlarga qaraganda Britaniyani istilo qilgan angl, saks, yut, frizlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi darajasida turganligidan kelib chiqadi. Bosib olingan Britaniyada istilochilar aholining asosiy qismini tashkil etib, feodal munosabatlarning rivojlanishi yemirilib borayotgan ibtidoiy jamoa tuzumning ichki evolyutsiyasi yo’li bilan sodir bo’ladi .1
VI-VII asrlarga oid anglosakson “haqiqatlari”ga ko’ra, Britaniyada anglosaksonlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilk bo’lgan, lekin chorvachilik xo’jalikda muhim o’rin tutgan. Baliqchilik, ovchilik, tuz, temir, qo’rg’oshin qazib olish bilan ham shug’ullanganlar. Anglosakslar yerni 4-8 ta ho’kiz qo’shilgan og’ir plugda haydaganlar. Ba’zida yengil Plug ham ishlatilgan. Ikki dalali almashlab ekish tarqalgan. Bug’doy, arpa, roj, no’xat ekilgan. Yerlar hosil yig’ib olingandan keyin jamoa yayloviga aylangan. Dastlab anglosakson jamiyatining asosini erkin dehqon–jamoachilar–Kerllar tashkil etgan. VII asr o’rtasigacha kichik, individual oila hukmron bo’lmay, dehqonchilik jamoasidan qo’shni jamoaga o’tish tugallanmagan edi. Jamoa ixtiyoridagi yerlar allodga aylanmagan edi. Erga egalik qilishni jamoa tartiblari belgilagan. Hujjatlarda jamoa huquqi bo’yicha egalik qilinadigan oila yeri “folklend” deyilgan. Uni meros qoldirish, ayol tomonidan bo’ladigan qarindoshlarga uzatish va begonaga berish man qilingan. Folklendga egalik qilishdagi to’siqlar Angliyada xususiy mulkchilik paydo bo’lishini va feodal yer egaliklari paydo bo’lishini sekinlashtirdi. Mustahkam jamoalarning saqlanib qolganligi ham feodallashuvni sekinlashtiradi. Sekinlik bilan anglosakslarda kerllar bilan bir qatorda erllar–boylar paydo bo’ladi. Ular yuqori vergeld bilan himoyalangan. Jamiyatning quyi tabaqasini asosan keltlardan bo’lgan qullar va yarim erkin aholi tashkil qilgan. Qullar zodagonlar yerlarida ishlagan. Yarim erkin lit va uellar (Uels nomidan kelib chiqqan bo’lishi mumkin) boylar yerida ishlab, natural obrok to’lashgan. Keltlarning bir qismi o’z yeri va erkinligini saqlab qolgan.2
VII asrda bo’sh va kerllar egallagan yerlarni qirol tomonidan vassallarga hadya etish odatga aylanadi. Bunday yerlar “boklend” deb atalgan. (“bok”– yorliq, “land”– yer) Bu yerlar xususiy milk maqomiga ega bo’lgan va to’lovlardan ozod etilgan. Bu yer o’z egasiga immunitet huquqini bergan. Boklend paydo bo’lishi bilan Angliyada yirik yer egaligining tarqalishi boshlanadi. Erkin jamoachilar orasida mulkiy toifalanish kuchayib yirik yer egalariga qaramlikka tortila boshlanadi. Shunga qaramasdan erkin jamoachilarning asosiy qismi IX asrgacha feodallashuv jarayoniga kam tortilgan edi, erkin jamoa o’z ahamiyatini saqlab qolgan edi. Shuning uchun yirik pomest’elarda keltlardan kelib chiqqan qullar va yarim erkin aholi ishlagan.
Cherkov ham Angliyaning feodallashuviga ta’sir ko’rsatadi. VI asr oxirlarida boshlangan xristianlashish VII asrning II yarmida tugaydi. Yangi din hukmron toifa manfaatlariga mos kelgan. Qirol va feodallarning episkop va monastirlarga hadyasi yirik cherkov yer egaligining o’sishini ta’minlagan. Cherkov hadya, meros orqali yer olishdan manfaatdorligi uchun yerga xususiy mulkchilikni va dehqonlarni qaramlikka o’tishini oqlaydi. Shunga ko’ra xristianlik anglasakson dehqonlarining qattiq qarshiligiga duch keladi. Anglosakson qirolliklarida davlat tepasida qirol turgan, lekin dastlabki davrlarda mahalliy boshqaruv erkin qishloq jamoalari tuzumiga ko’ra tashkil qilingan. Qishloqlarning erkin kishilari yig’inida xo’jalik va boshqa jamoa ishlari hal qilingan. O’z oqsoqollarini saylaganlar, sud ishlari hal qilingan. Feodal munosabatlari rivojlanishi bilan jamoa yig’ini glaford yoki uning boshqaruvchisiga bo’sungan. IX asrdan xalq yig’inlari yirik ma’muriy okruglar doirasida to’planadigan bo’lgan. Bu okruglar keyinchalik graflik deb ataladigan bo’ladi. Boshqaruvning jamoa tartiblarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi anglosakson feodal davlatlari siyosiy tuzumining xarakterli tomoni hisoblanadi. Anglosakson qirolliklarida doimo o’zaro kurash davom etgan. IX asr boshlarida Uesseksning ahamiyati ortib, qirol Egbert 829 yilda anglosakson qirolliklarini yagona Angliya qirolligiga birlashtiradi. Bu birlashuv ichki va tashqi siyosiy vaziyat tufayli yuzaga kelgan edi. Anglosakson jamiyatining yuqori tabaqasi dehqonlarning krepostnoylikka qarshi kurashini bostirish uchun kuchli yagona davlatga birlashishni zarur topadi. VIII asr oxiridan boshlab normannlarning Angliyaga hujumi zo’rayadi. Angliyaning janubi-g’arbida joylashgan Yesseks joylashuviga ko’ra daniyaliklar hujumiga ko’proq duch keladi va qarshilik ko’rsatish marakziga aylanadi. Daniyaliklar butun shimoli-sharqni bosib olib, o’z huquq va tartiblarini o’rnatadilar.
Birlashgan Angliya qirolligida xalq yig’ini chaqirilmasdan, uning o’rnida qirol huzurida “uitenagemot” (“donolar kengashi”) faoliyat ko’rsatadi. Endi hamma masalalar qirol tomonidan hal qilingan.
Anglosakson feodal davlati rivojlanishida qirol Alfred boshqaruvi alohida davrni tashkil etadi. (871-899) U erkin dehqonlardan xalq qo’shini, hamda feodallarning og’ir qurollandan suvoriylar qo’shinini tuzadi. Jangovor flot barpo etishda ham muvaffaqiyatga erishadi. Daniyaliklar hujumini to’xtatib, ular bilan shartnoma tuziladi. Shartnomaga ko’ra Angliya 2 Qismga bo’linadi: janubi-g’arbda Angliya, shimoli-sharqda Daniya hukmronligi o’rnatiladi (“Denlo”) Qirol Edgar davrida (959-975) anglosakslar daniyaliklarni bo’ysundiradi va Angliya yerlari yana yaxlit davlatga bo’ysunadi. Natijada daniyaliklar va boshqa kelib qolgan skandinaviya xalqlari o’zlariga tili va ijtimoiy tuzumi yaqin bo’lgan anglosakslar bilan qo’shilib ketadi.3
Daniyaliklarda IX-X asrlarda jamoa tartiblari mustahkam bo’lib, erkin dehqonlar ko’pchilikni tashkil etgan. Shunga ko’ra Angliyaning shimoli-sharqida daniyaliklar o’rnashishi feodallashishni yanayam sekimlashtirgan. Anglosakson jamiyatining feodallashuvi daniyaliklar bilan kurash davrida ham davom etadi. Hujum sababli dehqonlarning xonavayron bo’lishi yerlarni feodallar qo’liga o’tib ketishiga olib keldi.
X asr oxiri – XI asr boshlarida mamlakat janubida qaram dehqonlarning barshchina mehnatiga asoslangan yirik votchinalar paydo bo’ladi. Daniya bilan urush yangi harbiylar tabaqasini vujudga keltiradi. (ten) Bu mayda va o’rta hol yer egalaridan bo’lajak ritsarlar toifasi shakllanadi. Yirik yer egalari avvalgidek erllar deb atalgan. X-XI asrlarda erkin dehqonlarni bo’ysundirishda immunitet katta ahamiyatga ega bo’lgan. Feodallashuvning rivojlanishiga qaramasdan XI asrda ham Angliyada erkin jamoa tartiblari saqlanib qolgan edi.

Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling