Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana22.12.2019
Hajmi0.78 Mb.
1   2   3   4   5   6

 

2 daqiqa 

6-bosqich 

Uyda oʻz kamchiliklarini tahlil qilish va 

tuzatish aytiladi. 

Tushuntirish   1 daqiqa 



 

                                          Darsning borishi: 

1. 


Oʻqituvchi tashkiliy qism oʻtkazgach bugungi mavzuni e’lon qiladi. 

2. 


Oʻqituvchi mehnatining afzalligi, mehnat qilgan kishi rohat koʻrishini, 

bunga misollar juda koʻpligini, shunday misollardan biri “Aqilli bogʻbon” ertagida 

keltirilganligini  aytib  oʻtadi.  Oʻquvchilardan  biri  ertakni  soʻzlab  beradi.  Shundan 

soʻng matnga doir 1-test va rebus hal etiladi. 

3. 

Bogʻbon oʻgʻillariga aytgan oltin qayrda ekan? 



A. 

Yerda 


B.Mehnatda 

57 

 

4.Oʻqituvchi: Mehnat doim insonni ulugʻlagan. Uning sogʻlom oʻsishi uchun 



xizmat  qilgan.  Keling,  Abdulla  Avloniyning  “Soqi  bilan  onasi”  hikoyasining 

mazmunini eslaymiz. 

Oʻquvchilardan  biri  “Soqi  bilan  onasi”  hikoyasini  soʻzlab  beradi.  Matnga 

doir 3-4 – testlarning toʻgʻri javobi topiladi. 

Soqi nega ovqatni ichmadi? 

A.Bemaza tuyulgani uchun. 

B.Qorni ochligi uchun. 

Soqiga ovqat nega mazali tuyuldi? 

A.Mehnat qilgani uchun. 

B.Ochligi uchun. 

     5.  Oʻqituvchi:  Soqining  onasi  nega  uni  kechgacha  ishlatdi?  (Soqining 

ishtahasi ochilsin deb). 

 6.  Oʻqituvchi:  Demak,  mehnatda  gap  koʻp  ekan.  Mehnat  qilsang  rohatini 

ham koʻrar ekansiz. Shu haqda Yer bizga nima deb uqtiradi? (Poʻlat Moʻminning 

“Yer  nima  der”  sheri  eslatiladi).  Oʻquvchilardan  biri  she’rni  yoddan  aytib  bersa 

yanada  


  1. Yer bizga nima der ekan? 

  A. Menga koʻngil ber. 

  B.  Men senga boylik beraman. 

yaxshi boʻladi.   

7. Shu mavzuga doir test savollari yechiladi:  2. Yer nima deb uqtirar ekan? 

  A. Mehnat qilgan halol yer. 

  B. Mening hosilimdan ye. 

  3. Peshanangdan ter toʻkib ishlasang yer nima berar ekan? 

  A. Quvvat beradi. 

  B. Hosil beradi. 

8.  Demak,  odamlar  mehnat  qilishga  tayyor  boʻlishlari  kerak  ekan.  Biz 

mehnatga  tayyor  boʻlish  haqida  yana  qanday  hikoya  oʻqigan  edik?  (Shuhratning 



58 

 

”Tugma”  hikoyasi  eslatiladi).  Oquvchilardan  biri  hikoyaning  mazmunini  soʻzlab 



beradi. 

Oʻqituvchi:  Erkinjonning  buvasi  nega  tugmasini  oʻzi  qadashni  buyurdi? 

(Chunki odam bolasi har narsaga qodir boʻlmogʻi lozim). 

9. Oʻqituvchi: Biz shu boʻlimda Abdulla Avloniyning yana qanday hikoyasi 

bilan tanishdik? (Maqtanchoq gʻoz) 

Oʻquvchilar hikoyaning mazmunini soʻzlab beradilar. 

Oʻqituvchi: Gʻoz nega maqtandi? (Chunki u oʻzini hamma narsaga qodir deb 

oʻylar edi). 

Oʻqituvchi: Qurbaqa unga nima dedi? (Chala-chulpa uch hunarni bilguncha, 

birini yaxshilab bilganing ma’qul). Demak, bir hunarni yaxshilab egallansa, yaxshi 

hunarmand  boʻlar  ekan.  Bolajonlar,  sizlar  ham  katta  boʻlgach  biror  hunarni 

egallaysiz. 

10. Oʻqituvchi: Dunyoda kasblar turli tuman boʻlib, ular insonlar uchun turli 

xizmatlarni  bajaradilar.  Keling  oʻrtoqlaringizning  kasblar  haqidagi  tayyorlagan 

sahna koʻrinishlarini tomosha qilamiz. 

Oʻquvchilar  quyidagi  she’rlarni  aytib,  kasblar  afzalliklarini  namoyish 

qiladilar: 

“Novvoy” (Qoʻliga non koʻtarib chiqadi): 

Pishiraman shirmoy non, 

Mehnat qilib toʻymayman. 

Mehrim qoʻshib har nonga, 

Tutsam deyman insonga. 

Baliqchi: (qarmoq bilan chiqadi). 

Ov qilib tutib oldim, 

Daryodan yirik baliq. 

Ichidan chiqdi uning, 

Ikkita tirik baliq. 

                             (Qambar Oʻtayev). 

“Chavandoz” (chavandoz kiymida) 


59 

 

Men chavandoz boʻlaman, 



Dada, agar ot olib, 

Bersangiz tez yelaman. 

Gʻolib chiqib uloqda, 

Men sovrindor boʻlaman. 

                              (Qambar Oʻtayev

 

”Kompozitor” (qoʻlida sozi bilan) 



Yoqimtoy kompozitor 

Boʻlsammi deb oʻylayman. 

Oʻzim yozib termasin, 

Oʻzim keyin kuylayman. 

                                 (Gʻ. Gʻulom

”Chevar qiz” (qoʻlida doʻppi bilan chiqadi). 

Chevar boʻlsa, toʻqisa, 

Bundan yaxshi qiz bormi. 

Oʻzi a’lo oʻqisa, 

Bundan yaxshi qiz bormi. 

                                (Gʻ. Gʻulom

”Sportchi” (Qoʻlida toʻp bilan chiqadi). 

Men sportchi boʻlaman 

Toʻpim toʻp-toʻp etasan. 

Ursam uchib ketasan. 

Havolanib nariga, 

Doʻstlarimga yetasan 

                              (Zafar Diyor

 

Oʻqituvchi:  Mana,  sinfdosh  doʻstlaringiz  kelajakda  kim  boʻlmoqchi 



ekanligini namoyish etdilar. Endi siz kasblar haqida ma’lumotga ega boʻldingiz. 

60 

 

11.  Mehnatning  ahamiyati  haqida  suhbat  oʻtkaziladi.  Oʻquvchilardan 



kimlarning mehnatidan foydalanishlari soʻraladi. Quyidagi savollardan foydalanish 

mumkin: 


Har  kuni  ovqatlanamiz.  Oziq-ovqatni  kimlar  yetkazib  beradi?  (dehqonlar, 

bogʻbonlar, novvoylar, oshpazlar) 

Kiyimlarimizni kimlar tayyorlaydi? (tikuvchilar) 

Uylarimiz eshiklari va romlarini, bizning partalarimizni kimlar tayyorlaydi? 

(duradgorlar) 

Uzoq yoʻlimizni kimlar yaqin qiladi? (haydovchilar) 

Sogʻligimiz  yomonlashsa,  kimlar  yordam  beradi?  (shifoʻorlar)  va  hoʻazo 

savollar berib, oʻquvchilar  javoblarini  umumlashtiradi va  mehnatning hamma  turi 

ham insonlar uchun xizmat qilishini va uni hurmat qilish lozimligini tushintiradi. 

Dunyoda juda koʻp kasblar bor. Har kim ulardan oʻziga mosini tanlab oladi. 

Siz  ham  kelgusida  biror  kasbni  tanlab,  Vatanimizga,  xalqimizga  xizmat  qilasiz. 

Buning uchun a’lo baholarga oʻqish lozim. 

Shundagina yaxshi kasb egasi boʻlasiz. 

12.  Oʻqituvchi  darsni  xulosalaydi,  oʻquvchilarni  baholaydi  va  darsni 

yakunlaydi. 

               1-sinfda  umumlashtiruvchi  darsni  muvaffaqiyatli  oʻtkazish  unga 

oʻqituvchining  qanday  tayyorgarlik  koʻrganiga  bogʻliq.  Buning  uchun  oʻqituvchi 

bollarni  darsga  qiziqtiradigan  metodlardan  unumli  foydalanishlari,  dars 

samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  usullardan  foydalanishlari  maqsadga 

muvofiqdir.  



 

 

 

 

 

                                      

 

61 

 

                                                    Xulosa 



 Mazkur  bitiruv  malakaviy  ishida  berilgan  vazifalar  oʻrganilib,  quyidagi 

xulosalarga kelindi: 

1. 

Yoshlarni  milliy  istiqlol  ruhida  ma’naviyatli,  barkamol  avlod 



sifatida  tarbiyalab  yetishtirish  davrimizning  dolzarb  masalalaridan  biridir.  Mana 

shu  dolzarb  masalani  amalga  oshirishda  1-sinf  oʻqish  darslari  ham  alohida  oʻrin 

tutadi.  

2. 


1-sinf  oʻqish  darlarini  tashkil  qilish  va  oʻtkazishning  rang-barang 

usullaridan foydalanish ularning samarador boʻlishini ta’minlaydi.  

3. 

1-sinf 


oʻqish 

darslarini 

samaradorligi 

uning 


pedagogic 

texnologiyalar  asosida  loyihalashga  bogʻliq.  Buning  uchun  berilgan  talablar 

asosida  darsning  texnologik  xaritasi  (yoʻi  loyihasi)  tayyorlanadi,  dars  loyihasi 

tayyor boʻlgach darsning algoritmi ishlab chiqiladi.  

4. 

1-sinf oʻqish darslarining tuzilishi, ta’lim-tarbiyaviy maqsadi, dars 



tipi  va  oʻrganiladigan  materiallarning  xususiyatiga  koʻra  turli  xildir.  Ularning  bu 

xususiyatlariga loyihalashda katta e’tibor qaratiladi. .  

5. 

 1-sinf  umumlashtiruvchi  darslarini  toʻgʻri  tashkil  qilish  uning 



xususitalari bilan bevosita bogʻliqdir.  

6. 


 1-sinfda    oʻqish  darslari  qurilishida  qat’iy  andaza,  birinchidan, 

ijodkorlikka  yoʻl  bermaydi.  Ikkinchidan,  oʻquvchilarning  imkoniyatlarini  cheklab 

qoʻyadi. Shuning uchun 1-sinf oʻqish darslarini turli noan’anaviy tarzda  oʻtkazish 

maqsadga muvofiqdir.  

7. 

1-sinf    oʻqish  darslarida  modulli  oʻqitishdan  foydalanish  ham 



yaxshi samara berdi.  

8. 


1-sinf oʻqish darslarida quyidagi talablar amal qilinadi: 

- ta’lim va tarbiya maqsadining birligi

- ta’lim va tarbiya vazifalarining birligi

- ta’lim va tarbiya manbalarining uzviy bogʻliqligi; 

- ta’lim va tarbiya metodlarining birligi. 


62 

 

9.    Har  bir  dars  pedagogik,  psixologik,  metodik  tomondan  toʻgʻri  tashkil 



etilishi, didaktik talablarga amal qilgan holda  oʻtkazilishi kerak.Oʻqituvchi darsda 

vaqtni  toʻgʻri  taqsimlshi,  undan  unumli  foydalanishi  zarur.  Oʻqish  darsi  oʻzining 

mazmuni  va  mundarijasi  jihatidan  boshqa  darslardan  farq  qilishi  va  ta’limda 

yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

63 

 

                                      Foydalanilgan adabiyotlar 



1.Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch.-  Toshkent, 

“Ma’naviyat”, 2008. 

2.Karimov  I.A.    Asosiy  vazifamiz  –  vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz 

farovonligini  yanada  yuksaltirishdir.  -Toshkent,  “Oʻzbekiston”,  2010.    y.74-75-

betlar. 

3.  Oʻzbekiston  prezidenti  I.A.Karimovning  BMT  bosh  assambleyasining 

mingyillik rivojlanish maqsadlariga bagʻishlangan oily darajadagi yalpi majlisdagi 

nutqi.- Toshkent. “Oʻzbekiston”, 2010. -y. 11-bet. 

4.  Karimov  I.A.  .  Mamlakatni  modernizatsiya  qilish  yoʻlini  izchil  davom 

ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir.- Toshkent,  2010.   4-b. 

5.Oʻzbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  toʻgʻrisida”gi  Qonuni  //  Barkamol 

avlod-  Oʻzbekiston  taraqqiyotining  poydevori.-  Toshkent:  “Sharq”  nashriyot- 

matbaa konsernining Bosh tahririyati, 1998.  

6.Oʻzbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” // Barkamol 

avlod-  Oʻzbekiston  taraqqiyotining  poydevori.-  Toshkent:  “Sharq”    nashriyot- 

matbaa konsernining Bosh tahririyati, 1998. 

7.Barkamol avlod orzusi (Tuzuvchilar: Qurboniv Sh., Saidov H., Ahliddinov 

R.)- Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1999.   

8.Bоshlangʻich  ta’lim  boʻyicha  Yangi  tahrirdagi  Davlat  ta’lim  standart  i// 

Boshlangʻich ta’lim .- Toshkent, 2005.- 5-son, 5,6,8-9-betlar.  

9.Bоshlangʻich  ta’lim  boʻyicha  Yangi  tahrirdagi  oʻquv  dasturi  // 

Boshlangʻich ta’lim .- Toshkent, 2005.- 5-son, 21-33-betlar. 

10. Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi// Boshlangʻich ta’lim, 1998, 6-son. 

11.  Uzviylashtirilgan  Davlat  ta’lim  standarti  va  oʻquv  dasturi.-  Toshkent, 

2010. 

12. Anorboyev A. Badiiy asar- ma’naviy boylik// Boshlangʻich ta’lim, 2008, 



6-son, 18-bet. 

13.Avezov S. Milliy istiqlol gʻoyasi  mezonlari// Boshlangʻich ta’lim, 2006, 

12-son, 10-bet.  


64 

 

14.  Matchonov  S.,  Gʻulomova  X.  va  boshqalar.  Boshlangʻch  sinf  oʻqish 



darslarini  pedagogik  texhologiyalar  asosida  tashkil  etish.-    Tоshkеnt:  ,  “Yangiyul 

Poligraph servise”, 2008. 

15.  Nazarova  H.,  Anorboyeva  A.    Oʻqish  darsi-  nafosat  olami  // 

Boshlangʻich  ta’lim, 2008, 11-son, 5-bet.  

16. Qоsimоva K., Matchonov S. , Gʻulomova X., Yoʻldasheva SH., Sariyev 

Sh. Ona tili oʻqitish mеtоdikasi. -Tоshkеnt, «Nosir», 2009. 

17. Roʻziyeva G., Qorayev Z. Folklordan foydalanish// Boshlangʻich  ta’lim, 

2009, 3-son, 6-bet.  

18.  Safarоva  R.,  Musayеv  U.,  Musagеv  P.,  Yusupоva  P.,  Nurjanоva  R. 

Oʻzbеkistоn  Rеspublikasida  umumiy  oʻrta  ta’lim  stratеgiyasi  muammоlari  va 

ta’lim mazmunining yangi mоdеllari, ularni tatbiq etish yoʻllari. –Tоshkеnt, 2005. 

19. Sattarova M., Sharipova R. Mukammallik yoʻlida// Boshlangʻich  ta’lim, 

2008, 3-son, 14-15-betlar.  

20.  Zuhra  Ilyos  qizi.  Ma’naviyati  yuksak  avlod-  Vatan  ishonchi  // 

Boshlangʻich ta’lim, 2009, 10- son, 21- bet. 

21.Xalilov  M.,  Isaqov  Z.,  Husainova  F.  1-sinfda  oʻqish  darslari// 

Boshlangʻich  ta’lim, 2005, 1-son, 10-11-betlar.  

22.  Gʻafforova  T.  ,    Gʻulomova  X.  Oʻqish  darslari.  1-  sinf  (oʻqituvchilar 

uchun  metodik  qoʻllanma)–  Toshkent, “Tafakkur” nashriyot-  matbaa  aksiyadorlik 

kompaniyasi bosh tahririyati. 2011. 

23.  Gʻafforova  T.  ,    Gʻulomova  X.  Oʻqish  kitobi.  1-sinf  uchun  darslik.  – 

Toshkent,  ”Sharq”  nashriyot-matbba  aksiyadorlik  kompaniyasi  bosh  tahririyati, 

2012.  

24. 


Gʻafforova 

T.Boshlangʻich 

ta’limda 

zamonaviy 

pedagogik 

texnologiyalar.- Toshkent: ”Tafakkur”, 2012. 



25. Internet ma’lumotlari: www ziyonet.uz  

 

 

             


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling