O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Suyuqlik va gazlar mexanikasi(12 soat)


Download 204.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.03.2017
Hajmi204.13 Kb.
#1919
1   2   3

Suyuqlik va gazlar mexanikasi(12 soat) 

Suyuqlik  va  gazlarda  bosim.  Tutash  idishlar.  Gidrostatik  bosim.  Paskal  qonuni.  Gidrostatik  paradoks. 

Gidravlik press.  Suyuqlik va gazlar uchun Arximed qonuni.  Jismlarning suzish  sharti. Suyuqlik  va  gazlarning 

laminar va turbulent oqimi. Siqilmaydigan suyuqlik uchun uzluksizlik tenglamasi. Harakatlanuvchi suyuqlik va 

gazlarda bosim.  Bernulli tenglamasi.  Normal  atmosfera bosimi.  Atmosfera bosimining balandlikka bog'liqligi. 

Bosimning o'lchov sistemasidan tashqari birliklari. Barometr. Manometr. 

Qovushqoq  suyuqlikning  oqishi.  Puazey  l  qonuni.  *  Stoks  formulas!  (isbotsiz).  *  Samolyot  qanotining 

ko'tarish kuchi. 

KO'RGAZMA VA NAMOYISHLAR 

1.  Harakatning nisbiyligi. 

2.  Stroboskop. 

3.  To'g'ri chiziqli va egri chiziqli harakat. 

4.  Spidometr. 


 

5.  Ko'chishlarni qo'shish. 



6.  Havoda va havosi siyraklashtiriigan fazoda jismlarning harakati {Nyuton trubkasi). 

7.  Erkin tushish tezlanishini aniqlash. 

8.  Aylana bo'ylab harakatda tezlikning yo'nalishi. 

9.  Inersiyaning vujudga kelishi. 

10.  Massalarni taqqoslash. 

11.  Nyutonning II qonuni. 

12.  Kuchlarni o'lchash. 

13.  Kuchlarni qo'shish. 

14.  Jismning og'irlik markazi. 

15. Jismning uchish uzoqligining uning otilish burchagiga bog'liqligi. 

16. Jismning tezlanish bilan tushirilgandagi va ko'tarilgandagi og'irligi. 

17.  Vaznsizlik. 

18.  Elastiklik kuchining prujina deformatsiyasiga bog'liqligi. 

19.  Sirpanish va dumalanish ishqalanishlari. 

20.  Markazdan qochma mexanizmlar. 

21.  Jismlarning bir necha kuch ta'siridagi muvozanati. 

22.  Impulsning saqlanish qonuni. 

23.  Reaktiv harakai. 

24.  Raketa modeli. 

25.  Potensial energiyaning kinetik energiyaga aylanishi va aksincha. 

26.  Suyuqlik va gazlar bosimining ularning oqim tezligiga bog'liqligi. 

27.  Pulverizator va suv oqimi nasosi. 

28.  Shamol dvigatelining modeli. 

 

 



LABORATORIYA ISHLARI 

1.  Tekis tezlanuvchan harakatni o'rganish. 

2.  Jismlarning qiya tekislik oxiridagi tezliklarini aniqlash. 

3.  Jismning erkin tushushini o'rganish. 

4.  Gorizontal otilgan jism harakatini o'rganish. 

5.  Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakatini o'rganish. 

6.  Ikki jism o'zaro ta'sirlashganda ular massalarining nisbati ta'sir  

     natijasida bosib o'tgan yo'llar nisbatiga tengligini tekshirish. 

7.  Tarozida tortish. Jismning massasini o'lchash. 

8.  Guk qonunini o'rganish. 

9.   Tribometr yordamida sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash. 

10.  Jismning qiya tekislik bo'yicha ko'tarishdagi FIK ni aniqlash. 

11.  Mexanik energiyaning saqlanish qonunini tekshirish. 

12. Aylanish o’qiga ega bo’lgan jismlarning muvozanatini o’rganish. 

13. Stoks usuli yordamida suyuqlikning  qovushqoqligini aniqlash. 

Molekular fizika(74soat) 

Issiqlikning  tabiati  haqidagi  tasavvurning  rivojlanishi.  Mexanik  hodisalar.  Issiqlik  hodisalari.  Issiqlik  tabiati 

haqidagi  tasavvurning  rivojlanish  tarixi.  Beruniy,  Ibn  Sino  va  boshqa  allomalarning  issiqlik  harakati  haqidagi 

fikrlari       



Molekular-kinetik nazariya asoslari(20 soat) 

Molekular-kinetik  nazariyaning  asosiy  qoidalari  va  ularning  eksperimental  asoslari.  Avogadro  doimiysi. 

Nisbiy molekular massa. Modda miqdori. Molekula massalari va o'lchamlari. Broun harakati. Modda atomlari 

va molekulalarining o'zaro ta'siri, uning tabiati. Molekulalarning o'zaro ta'sir potensial energiyasi. Moddalarning 

gaz, suyuq va qattiq holatlari. 

Ideal  gaz.  Ideal  gaz  molekular-kinetik  nazariyasi  va  uning  asosiy  tenglamasi.  Temperatura  —  molekula 

larning  o'rtacha  kinetik  energiyasining  o'lchovi.  Temperatura  shkalasi.  Bolsman  doimiysi  va  uning  ma'nosi. 

Molekulalar  issiqlik  harakatining  o'rtacha  tezliklari.  Gaz  molekulalarining  tezligini  o'lchash.  Shtern  tajribasi. 

Molekulalarning tezliklar bo'yicha Maksvell taqsimoti. 


 

Ideal  gaz  holat  tenglamasi.  Ideal  gazlarda  izojarayonlar.  Boyl-Mariott  qonuni.  Gey-Lyussak  qonuni.  Sharl 



qonuni. Universal gaz doimiysi. Avagadro qonuni. Dalton qonuni. Gaz jarayonlarming texnikada qo'llanishi. 

 

 

 

Termodinamika asoslari(12 soat) 

Ichki  energiya.  Ideal  gazning  ichki  energiyasi  va  uni  o'zgartirish  usullari.  Issiqlik  miqdori. 

Termodinamikaning I qonuni. Issiqlik sig'imi. Issiqlik balansi tenglamasi. Gaz hajmi o'zgarganda bajariladigan 

ish.  Izojarayonlar  uchun  termodinamikaning  I  qonuni.  Adiabatik  jarayon,  uning  grafigi.  O'zgarmas  bosimdagi 

va  o'zgarmas  hajmdagi  ideal  gazning  issiqlik  sig'imi.  Mayer  formulasi.  Qaytar  va  qaytmas  jarayonlar. 

Tabiatdagi  jarayonlarning  qaytmasligi  va  ularning  tushuntirilishi.  Issiqlik  dvigatellari.  Karno  sikli.  Issiqlik 

dvigatellarining  maksimal  FIKi.  Sovutgich  mashinalar.  Issiqlik  dvigatellari  va  ekologiya.  Termodinamikaning 

II qonuni. II turdagi abadiy dvigatelning bo'lmasligi. 



Suyuqlik va gazlarning o'zaro aylanishi(10 soat) 

Suyuqliklarning  bug'lanishi.  Kondensatsiya.  Suyuqlik  bilan  bug'ning  muvozanati.  To'yingan  va  to'yinmagan 

bug'lar.  Real  gazlar.  Van  der  Vaals  tenglamasi  (isbotsiz).  Real  gazlarning  izotermasi.  Kritik  holat.  Kritik 

temperatura.  Qaynash.  Qaynash  temperaturasining  tashqi  bosimga  bog'liqligi.  Solishtirma  bug'lanish  issiqligi. 

Gazlarni  suyultirish,  ulardan  foydalanish.  Havoning  namligi.  Absolut  va  nisbiy  namlik.  Shudring  nuqtasi. 

Gigrometrlar. Psixrometr. 



Suyuqliklarda sirt taranglik(12 soat) 

Suyuqlik xossalari. Sirt taranglik. Sirt qatlamining molekular manzarasi.  Sirt energiyasi. Sirt taranglik kuchi 

va  uni  o'lchash.  Qattiq  jism-suyuqlik  chegarasidagi  hodisalar.  Ho'llash  va  ho'llamaslik.  Menisk.  Suyuqlik 

sirtining  egrilanishidagi  bosim  (Laplas  formulasi).  Kapillar  hodisalar.  Tabiatda,  texnikada  va  hayotda  kapillar 

hodisalarning roli. 

Qattiq jismlar(18 soat) 

Qattiq  jismlarning  tuzilishi.  Kristall  panjara  va  ularning  turlari.  Polikristallar  va  monokristallar.  Qattiq 

jismlarda deformatsiya. Deformatsiya turlari. Plastiklik va mo'rtlik. Amorf jismlar. * Amorf metallar, ularning 

xossalari.    Amorf  yarim  o'tkazgichlar.  Yarim  o'tkazgichlardagi  nuqsonlar,  ularning  ahamiyali  va  ularni 

boshqarishdagi  muammolar.  Polimerlar,  ularning  xossalari.  Kristallarda  nuqsonlar.  Dislokatsiya.  Qattiq  jism 

xossalarining  molekular-kinetik  nazariya  yordamida  tushuntirilishi.  Kristall  va  amorf  jismlarning  erishi  va 

qotishi. Kristallizatsiya. Erish issiqligi. Suyuq kristallar, ulaming xossalari va texnikada, tibbiyotda qo'llanilishi. 

Qattiq  jism  va  suyuqliklarning  issiqlikdan  kengayishi,  uning  tushuntirilishi.  Chiziqli  kengayish  va  hajmiy 

kengayish  koeffitsiyentlari,  ular  orasidagi  bog'lanish.  Qattiq  jismlarning  va  suyuqliklarning  issiqlikdan 

kengayishini hisobga olish va uning texnikada qo'llanilishi. 

 

KO'RGAZMA VA NAMOYISHIAR 



1.  Broun harakati (model asosida). 

2. Suyuqlik va gazlarda diffuziya. Diffuziya hodisasining qaytmasligi. 

3.  Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasi haqida kinofilm. 

4.  «Gaz molekulalarining tezliklari» kinofilmi. 

5.  Izojarayonlarni namoyish qilish. 

6. Issiqlik o'tkazuvchanlik. Suyuqlik va gazlarda konveksiya. Nurlanish yo'li bilan isitish. 

7. Suyuqliklarning bug'lanishi, kondensatsiyasi. 

8.  To'yingan bug' xossalari. 

9.  Gigrometr: uning tuzilishi va ishlashi. Nisbiy namlikni aniqlash. 

10.  Psixrometr: uning tuzilishi va ishlashi. 

11.  Suvning tashqi bosim kamayganda qaynashi. 

12.  Suyuqliklarda sirt taranglik. Tomchi. 

13.  Ho'llash va ho'llamaslik. 

14.  Kapillar hodisalar. 

15.  Kristall panjaralar. 

16.  Elastik va qoldiq deformatsiya. 

17.  Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi. 

18.  Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi

 


 

 



LABORATORIYA  ISHLARI 

14.  Boyl-Mariott qonunini o'rganish. 

15.  Havoning nisbiy namligini psixrometr yoki gigrometr yordamida aniqlash. 

16. Suyuqiiklarning issiqlikdan hajmiy kengayish koeffitsiyentini aniqlash. 

17.  Sirt taranglik koeffitsiyentini tomchini tortish usulida aniqlash. 

18. Sirt taranglik koeffitsiyentini kapillar naylar yordamida aniqlash. 

   19. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig'imini aniqlash. 

   20.Qattiq jismlarning issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlash. 

 

 

 



ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI(240 soat) 

Elektrostatika(38 soat) 

Elektr  zaryadi,  zaryadning  ikki  turi,  elementar  zaryad.  Elektr  zaryadining  saqlanish  qonuni.  Jismlarning 

elektrlanishi va uning tushuntirilishi. Elektr zaryadlarining o'zaro ta'siri. Kulon qonuni. Zaryad birliklari. Elektr 

doimiysi. Elektroskop va elektrometrlar, ularning ishlash prinsipi. 

Elektr maydon. Elektr maydon kuchlanganligi. Kuchlanganlik (kuch) chiziqlari va ularni o'tkazish qoidalari. 

Sinash  zaryadi  haqida  tushuncha.  Nuqtaviy  zaryadning  elektr  maydon  kuchlanganligi.  Maydonlarning 

superpozitsiya  prinsipi.  Elektr  maydonini  grafik  ravishda  tasvirlash.  Bir  jinsli  elektr  maydon.  Elektr  maydon 

induksiya  oqimi.  Ostrogadskiy-Gauss  teoremasi  (isbotsiz)  va  uni  elektr  maydon  kuchlanganligini  hisoblashda 

qo'llanilishi.  Bir  jinsli  zaryadlangan  cheksiz  tekislikning  elektr  maydon  kuchlanganligi.  lkkita  har  xil  ishorali 

zaryadlangan cheksiz tekisliklarning elektr maydoni. Bir jinsli zaryadlangan shar va sferaning elektr maydoni. 

Elektr  maydonida  nuqtaviy  zaryadlarni  ko'chirishda  bajarilgan  ish.  Potensial.  Potensiallar  ayirmasi.  Elektr 

maydonidagi  nuqtaviy  zaryadning  potensial  energiyasi  va  uning  o'zgarishi  bilan  ish  orasidagi  bog'lanish. 

Potensiallar  ayirmasi  va  kuchlanganlik  orasidagi  bog'lanish.  Nuqtaviy  zaryadlarning  o'zaro  ta'sir  potensial 

energiyasi. Nuqtaviy zaryad, zaryadlangan shar va sferaning elektr maydon potensiali. Ekvipotensial sirtlar. 

Elektr  maydonda  o'tkazgichlar.  O'tkazgich  ichidagi  elektr  maydon.  Elektr  maydonda  dielektriklar.  Dipol. 

Dipol  momenti.  qutblanish  va  uning  mexanizmlari.  Dielektrik  singdiruvchanlik.  Segnetoelektriklar,  ularning 

xarakteristikalari.  Pezoelektr  effekt  (p'ezoeffekt).  Pezoelementlar  va  ularning  texnikada  qo'llanilishi  haqida 

tushuncha. 

Yakkalangan  jismning  elektr  sig'imi.  Sig'im  birliklari.  Elektr  sig'imining  o'tkazgichni  o'rab  turgan  muhitga 

bog'liqligi.  Kondensatorlar,  ularning  turlari.  Yassi  kondensator  va  uning  sig'imi.  Sferik  kondensator  va  shar 

sig'imlari.  Kondensatorlarni  ketma-ket  va  parallel  ulash.  Zaryadlangan  jism  va  kondensator  energiyasi.  Elektr 

maydon  energiyasining  zichligi.  Kondensatodarning  texnikada  qo'llanilishi.  Ularni  ishlab  chiqarish 

texnologiyasidagi fizik muammolar.  

O'zgarmas tok(38 soat) 

Elektr toki. Elektr tokining vujudga kelish shart-sharoitlari. Tok yo'nalishi. Tokning ta'siri. Tok kuchi va tok 

zichligi,  ularning  birliklari.  Tok  manbayi  bo'lmagan  zanjirning  bir  qismi  uchun  Om  qonuni.  Volt-amper 

xarakteristikasi (VAX). Elektr qarshilik. Qarshilik birliklari. Solishtirma qarshilik. Qarshiliklar, ularning turlari, 

ularning ishlab chiqish texnologiyalari. *Metallar qarshiligining temperaturaga bog'liqligi. O'ta o'tkazuvchanlik, 

uning  tushuntirilishi.  O'ta  o'tkazgich  turlari  va  ularni  yaratish  muammolari.  *Yuqori  temperaturali  o'ta 

o'tkazgichlar yaratish, uning hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotidagi roli.* 

Elektr tokining  ishi va quvvati.  Joul-Lens  qonuni. Elektr zanjir. O'tkazgichlarni  ketma-ket  va parallel  ulash. 

Tok  kuchi,  kuchlanish  va  qarshiliklarni  o'lchash.  Ampermetr  va  voltmetrga  shunt  va  qo'shimcha  qarshiliklar 

ulash.  Elektr  yurituvchi  kuch  (EYuK).  Tashqi  (elektrostatik  bo'lmagan  kuch)  kuchlar,  ularning  tabiati.  To'liq 

(butun) zanjir uchun Om qonuni. Qisqatutashuv toki. Kirxgof qoidalari. Tarmoqlangan elektr zanjirlaridagi tok 

kuchi  va  kuchlanishlarni  hisoblash.  Galvanik  element,  quruq  batareyalar  va  akkumulatorlar,  ularning  ishlash 

prinsipi. * Ularning ekologiyaga ta'siri.* 

Turli muhitlarda elektr toki(36 soat) 

Turli  muhitlarda  elektr  toki:  o'tkazgichlar,  dielektriklar,  yarim-o'tkazgichlar.  Metallarning  elektron 

o'tkazuvchanlik  nazariyasi.  Elektronlarning  tartibli  harakat  tezligi.  Qarshilikni  o'tkazgichning  tabiatiga, 

o'lchamlariga va temperaturaga bog'liqligining tushuntirilishi. Erkin elektronlarning metallarda mavjudligining 

tajribada tasdiqlanishi. Om qonuning differensial shakli (isbotsiz). Bir jinsli bo'lmagan zanjir uchun Om qonuni. 


 

10 


Elektrolitlar,  elektrolitik  dissotsiatsiya.  Elektrolitlarda  elektr  toki.  lonlaming  harakatchanligi.  Elektroliz. 

Faradey  qonunlari.  Faradey  soni,  elektron  zaryadini  aniqlash.  Elektrolizning  texnika  va  texnologiyada 

qo'llanilishi.  Galvanik  element,  quruq  batareyalar  va  akkumulatorlar,  ularning  ishlash  prinsipi.  *Ularning 

ekologiyaga ta'siri. Elektroliz va ekologiya. 

 

Gazlarda elektr toki. Gazlarda elektr razryadi. lonizatsiya va rekombinatsiya. Nomustaqil va mustaqil razryad. 



Mustaqil razryad turlari: miltillama, yoy, uchqun, toj razryadlari. Yashin. Plazma haqida tushuncha. Plazmaning 

qo'llanilishi. MGD- generator!* 

Vakuumda  elektr  toki.  Elektron  emissiya  va  uning  turlari.  Vakuumda  elektr  tokini  hosil  qilish.  Katodlar, 

ularning  turlari.  Ikki  elektrodli  elektron  lampa-diod.  Diodning  volt-amper  xarakteristikasi.  Uch  elektrodli 

elektron  lampa-triod.  Triodning  to'r  xarakteristikasi.  Tetrod,  pentod  va  boshqa  elektron  lampalar  haqida 

ma'lumot.  Elektron  dasta-elektron  nurlarning  qo'llanilishi.  Elektron  nurli  nay,  ularning  qo'llanilishi.  *  Termo 

EYuK. Kontakt potensiallar farqi. Termoparalar. Termoemission energetik o'zgartirgichlar haqida tushuncha.* 

Yarimo'tkazgichlarda  elektr  toki.  Ularning  elektr  o'tkazuvchanligini  temperaturaga  va  yoritilganlikka 

bog'liqligi. Yarimo'tkazgichli rezistorlarning VAX va boshqa xarakteristkalari. Yarimo'tkazgichlarda xususiy va 

aralashmali o'tkazuvchanlik va uning nuqsonlarga bog'liqligi. Elektron-kovak o'tish. Yarimo'tkazgichli diod va 

uni  elektron  lampa-diod  bilan  taqqoslash.  Tranzistor  va  uning  ishlash  prinsipi.  Uni  triod  bilan  taqqoslash. 

Termistor  va  fotoqarshiliklar.  Tranzistor  turlari  va  ularning  xarakteristikalari  haqida  ma'lumot.  *  Integral 

sxemalar  (tizimlar).  *  Ularning  turlari  va  texnologiyasi  haqida  tushunchalar.  *  Yarimo'tkazgichli  elektron 

asboblar va ularni ishlab chiqarishning fizik va texnologik muammolari. * Yarimo'tkazgichli fotorezistorlar va 

rezistorlaming fotoelektrik xarakteristikalarining strukturaviy tuzilishiga bog'liqligi.  

Magnit maydon(6 soat) 

Toklarning  magnit  maydoni.  Magnit  maydonida  tokli  o'tkazgich.  Magnit  maydon  induksiya  vektori,  uning 

yo'nalishi,  birligi.  Magnit  maydonida  tokli  kontur.  Amper  qonuni.  Tokning  magnit  momenti.  Magnit  maydon 

uchun  superpozitsiya  prinsipi.  Magnit  maydon  induksiya  chiziqlari  (kuch  chiziqlari).  Tokli  o'tkazgichning 

magnit  maydonida  ko'chirilishida  bajarilgan  ish.  Bio-Savar-Laplas  qonuni.  *  Cheksiz  to'g'ri  parallel  tokli 

o'tkazgichlarning o'zaro ta'siri. Cheksiz to'g'ri tokli o'tkazgich, aylana shaklidagi tokli o'tkazgich markazidagi va 

cheksiz  uzun  solenoidning  magnit  maydon  induksiyalari.  Elektromagnit  o'lchash  asboblarining  turlari.  * 

Elektromagnit  o'lchash  asboblarining  ishlash  prinsiplari.  Harakatlanayotgan  zaryadli  zarrachalarga  magnit 

maydonining  ta'siri  (Lorens  kuchi).  Zaryadlangan  zarrachalarning  bir  jinsli  elektr  va  magnit  maydonlaridagi 

harakati.  Yarimo'tkazgichlarning  fizik  xususiyatlariga  magnit  maydonining  ta'siri.  Xoll  effekti  va  uning 

qo'llanilishi. Zaryadlangan zarralar tezlatgichlari. Mass-spektrometrnmg ishlash prinsipi. * 

Elektromagnit induksiya(20 soat) 

Elektromagnit  induksiya  hodisasi.  Induksiya  EYuK.  Elektromagnit  induksiya  qonuni.  Lens  qoidasi.  Magnit 

maydon oqimi. Magnit maydon oqimi birliklari. Uyurmaviy elektr maydon. harakatlanayotgan o'tkazgichlarda 

induksiya EYuK. O'zinduksiya.  Induktivlik. Magnit maydon  energiyasi  va energiya zichligi.  Elektr va magnit 

maydonlarninig  nisbiyligi.  Elektromagnit  maydon  haqida  tushuncha.  Elektromagnit  induksiya  va  o'zinduksiya 

hodisalarining texnikada qo'llanilishi. * 



Moddalarning magnit xossalari(20 soat) 

Amperning  molekulyar  toklar  nazariyasi.  Moddalarning  magnit  xossalariga  ko'ra  turlari:  diamagnetiklar, 

paramagnetiklar va ferromagnetiklar. Magnit singdiruvchanlik va qabul qiluvchanlik. Dia-, para va ferromagnit 

moddalarning  xarakteristikalari.  Paramagnetizm  va  diamagnetizmni  tushuntirishning  elementar  nazariyasi. 

Ferro-magnetizmning 

tabiati 


va 

uni 


tushuntirishning 

hozirgi 


zamon 

nazariyasi 

elementlari. 

Ferromagnetiklaming  turlari.  Ferritlar  va  antiferromagnitlar.  *  Ferromagnetiklaming  asosiy  xossalari:  Kyuri 

temperaturasi,  magnit  gisterezisi.  Magnit  material.  Ularning  hozirgi  zamon  texnikasida  va  turmushda 

qo'llanilishi.  *  Axborotni  magnitik  usulda  yozib  olish.  Magnit  disklari  va  tasmalari.  Magnit  materiallarini 

yaratish texnologiyasi va uning muammolari. * 

KO'RGAZMA VA NAMOYISHLAR 

1.  Elektrofor mashina, uning ishlash prinsipi. 

2.  Turli jismlarning elektrlanishi. Ularning o'zaro ta'siri. Ikki xil elektr zaryadi. 

3.  Elektroskop, tuzilishi va ishlashi. 

4.  Elektrometr, tuzilishi va ishlashi. 

5.  O'tkazgich bo'ylab zaryadning taqsimlanishi. 

6.  Kondensatorlar. Ularning turlari. Ularni zaryadlash va razryadlash. O'zgaruvchan sig'imli kondensator. 

7.   Tok manbalari: galvanik elementlar, akkumulatorlar, quruq batareyalar va hokazolar bilan tanishtirish. 


 

11 


8. Namunaviy tok zanjirini tuzish. Tok kuchini, kuchlanishni o'lchash. 

9.  Om qonunini namoyish qilish. Qarshilikni o'lchash. 

10.  O'zgaruvchan qarshiliklar — rezistorlar va reostatlar, ularni tok zanjiriga ulash. 

11. O'zgarmas tok quwatini o'lchash. Vattmetr, uni tarmoqqa ulash. 

12.  Gazlarda elektr toki — gaz razryadini namoyish qilish. 

13.  Suyuqlikda elektr tokini namoyish qilish. 

14.  Vakuumli diodning ishlashini namoyish qilish. 

15. Yarim o'tkazgichlaming qarshiligini temperaturaga, yoritilganlikka bog'liqligini namoyish qilish. 

16. Yarimo'tkazgichli diodning ishlashi va VAXI. 

17.  Termorezistorning ishlashi. 

18.  Termoparaning ishlashini namoyish qilish. 

19.  Tranzistor yordamida doimiy tokni kuchaytirish. 

20.  Doimiy magnitlarning o'zaro ta'siri. 

21.  Tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'siri. 

22.  To'g'ri tokning magnit maydoni. 

23.  Aylana shaklidagi tokli o'tkazgich va solenoidning magnit maydoni ari. 

24. Ferromagnit va diamagnit jismlarning magnit maydon bilan o'zaro 

ta'siri. 

25.  Elektr asboblarning tuzilishi va ishlash prinsiplari (ampermetr, voltmetr, o'zgarmas tok dvigateli). 

26. Elektromagnit induksiya hodisasi. Lens qoidasi. Faradey tajribalari. 

27.  O'zinduksiya hodisasini namoyish etish. 

 

LABORATORIYA ISHLARI 



21.

 

Kondensatorning sig'imini aniqlash. 



22.

 

Om qonunini o'rganish. 



23.

 

O'tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. 



24.

 

O'tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniqlash. 



25.

 

Ampermetrning o'lchash chegarasini kengaytirish. 



26.

 

Voltmetrning o'lchash chegarasini kengaytirish. 



27.

 

Tok manbatning EYuK va ichki qarshiligini aniqlash. 



28.

 

O'tkazgich qarshiligini Uitston ko'prigi yordamida aniqlash. 



29.

 

Suv qaynatgich qurilmasining FIK ni aniqlash 



30.

 

. Qarshilikning temperaturaga bog'liqligini o'rganish. 



31.

 

Misning elektrokimyoviy ekvivalentini va elektron zaryadini aniqlash. 



32.

 

Elektrolitlar uchun Om qonunining bajarilishini tekshirish. 



33.

 

Yarimo'tkazgichli diodning (VAX) voltamper xarakteristikasini o'rganish.  



34.

 

Elektr o`lchov asboblarining ishlash prinsipini o`rganish. 



35.

 

Termojuftni (termoparani) darajalash. 



36.

 

O`zinduksiya hodisasini o`rganish. 



 

Tebranishlar va to'lqinlar(22 soat) 

Mexanik tebranishlar va to'lqinlar. Tebranma harakat, uning vujudga kelish shart-sharoitlari. Tebranishlar turi. 

Garmonik tebranishlarning parametrlari: tebranish davri, chastotasi, amplitudasi va fazasi. Garmonik tebranma 

harakatlarda tezlik, tezlanish va ularning vaqtga bog'liqlik grafiklari. Matematik va fizik (prujinali) mayatniklar. 

Garmonik  tebranishlarni  qo'shish.  Vektor  diagrammalar.  Garmonik  tebranishlarda  energiyaning  o'zgarishi  va 

saqlanishi.  Real  tebranishlar.  So'nuvchi  tebranishlar.  Majburiy  tebranishlar.  Rezonans.  Avtotebranishlar. 

Garmonik va nogamionik tebranishlarning texnikada tutgan o'mi va ularning fizik muammolari.  

Tebranishlarning  elastik  muhitda  tarqalishi.  Ko'ndalang  va  bo'ylama  to'lqinlar.  To'lqin  uzunligi.  To'lqin 

tezligi. To'lqin uzunligi bilan uning tarqalish tezligi orasidagi bog'lanish. To'lqin sirti. Yassi to'lqin tenglamasi. 

To'lqin  energiyasi.  Tovush  to'lqinlari,  tezligi,  qattiqligi,  balandligi.  Akustik  rezonans.  Ultratovush.  To'lqinlar 

interferensiyasi. Gyuygens prinsipi. To'lqinlarning qaytishi. Turg'un to'lqinlar. To'lqin difraksiyasi. 

Elektromagnit tebranishlar va to'lqinlar(40 soat) 

Tebranish  konturi.  Konturda  erkin  elektromagnit  tebranishlar.  Tebranish  konturida  energiyaning  o'zgarishi. 

Tebranish  konturidagi  elektromagnit  tebranishlar  tenglamasi,  tebranish  amplitudasi,  chastotasi  va  davri. 

Mexanik  va  elektr  tebranishlarning  o'xshashligi.  Tebranish  parametrining  grafiklari.  Real  tebranish  konturida 

tebranishlar.  So'nuvchi  elektromagnit  tebranishlar.  So'nmas  tebranishlar  generatori  (triodda  va  tranzistorda). 


 

12 


O'zgaruvchan  tok.  O'zgaruvchan  tok  zanjirida  aktiv  qarshilik.  Tok  kuchining  va  kuchlanishning  ta'sir  etuvchi 

qiymati.  O'zgaruvchan  tok  zanjirida  sig'im.  Sig'im  qarshilik.  O'zgaruvchan  tok  zanjirida  induktiv  g'altak. 

Induktiv  qarshilik.  O'zgaruvchan  tok  zanjiri  uchun  Om  qonuni.  Zanjirning  toTa  qarshiligi.  O'zgaruvchan 

tokning  ishi  va  quwati.  Quwat  koeffitsiyenti.  Elektr  zanjirida  rezonans.  Elektr  energiyasi  hosil  qilish. 

O'zgaruvchan va o'zgarmas tok generatorlari, ularning ishlash prinsiplari. 1-, 2-, 3- fazali toklar. Uch fazali tok 

tarmog'iga  nagruzkani  yulduz  va  uchburchak  usulda  ulash.  Chiziqli  va  fazaviy  kuchlanishlar.  Transform  at 

orlar,  ularning  ishlash  prinsipi.  Elektr  energiyasini  ishlab  chiqarish  va  uzatish.  Elektr  energiyasini  boshqa 

turdagi  energiyaga  aylantirish.  Asinxron  dvigatellar  haqida  tushuncha.O'zbekistonni  elektrlashtirish.  *  Elektr 

energiya inshootlari, ularning hozirgi zamon muammolari va ekologiya. * 


Download 204.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling