O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Jismoniy  madaniyat  va  sportning  asosiy  vazifalari


Download 471.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/28
Sana28.10.2021
Hajmi471.14 Kb.
#169239
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
talim muassalarida jismoniy tarbiya va sport soglomlashtirish tadbirlarini tashkil etishning metodik asoslari

Jismoniy  madaniyat  va  sportning  asosiy  vazifalari.  Jismoniy  tarbiya  va 

sportni har tomonlama rivojlantirish birmuncha murakkab va qiyin, ko„p qirrrali 

vazifa bo„lib, jamiyat taraqqiyotida o„ziga xos o„rin egallaydi. Jismoniy tarbiya 

ahloqiy tarbiya bilan uzviy bog„liqdir. Sport musobaqalari, bellashuvlar paytida 

sportchida  halollik,  ulug„vorlik,  raqibiga  nisbatan  hurmat  va  boshqa  ahloqiy 

fazilatlar  tarbiyalanib  boradi.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg„ulotlari  bilan 

muntazam  shug„ullanish  aqliy  rivojlanishga  kuchli  ta‟sir  ko„rsatadi.  Jismoniy 

mashqlar  va  sport  mashg„ulotlari  bilan  aqliy  aloqalar  bir-biriga  bevosita 

bog„liqdir. Ko„pgina tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, jismoniy mashqlar va sport 

                                                 

3

 Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти. Дарслик. 2000 й. Тошкент 




 

 



bilan  shug„ullanish  ma‟lum  miqdorda  hissiyot  organlari  ko„nikmalarini 

takomillashtirishda  ayniqsa,  mushaklar  harakati,  ko„rish,  sezish,  idrok  qilishga 

yaxshi zamin yaratadi. 

Mehnat  tarbiyasi,  mehnat  ko„nikmalarini  egallash  orqali,  ya‟ni 

mashg„ulotlarda o„z-o„ziga xizmat qilish, mashg„ulotlar o„tkazish uchun gigiena 

sharoitlarini  yaratish,  sport  buyumlari  va  uskunalarini  jihozlash,  tozalash  va 

joylashtirishda  ishtirok  etish,  sport  maydonchalarini  obodonglashtirish  singari 

umumiy  foydali  mehnat  jarayonida  ta‟minladi.  O„quv  mashg„ulotlari  va  o„quv 

mashqlari  jarayonida  jismoniy  tarbiya  yoki  sport  bilan  shug„ullanuvchilar 

jismoniysh  mashqlarni  bir  necha  marotaba  takrorlasa  yoki  uning  alohida 

qismlarini yod olsa, o„zini mehnatsevar qilib tarbiyalaydi. 

Jismoniy  tarbiyaning  har  qanday  maxsus  vazifalarini  hal  etishda  albatta 

sog„lomlashtirish  afzalligiga  e‟tibor  berish  kerak.  Jismoniy  tarbiya  vositalarini 

tanlashda va jismoniy chiniqish tadbirlari sog„lomlashtirishga qaratilgan jarayon 

bilan  birga    qo„shib  olib  boriladi.  Shuning  uchun  jismoniy  tarbiya    va  sport 

mashg„ulotlari  bilan  shug„ullanishning  asosiy  shartlaridan  biri  shug„ullanuvchi 

sog„liqini  jiddiy  nazorat  qilishdir.  Bu  ish  o„qituvchi-shifokor  tomonidan  olib 

boriladi.  Jismoniy  tarbiya  va  sport-halqlar  o„rtasida  hamkorlik,  tinchlik  va 

do„stlikni  mustahkamlaydigan  vositadir. Shunday  qilib,  jismoniy  madaniyat  va 

sport kishilarni birlashtirish, tinchlik mustahkamlash, halqlar o„rtasida va o„zaro 

bir-birini tushunish vaziyatini yaratishda muhim vosita bo„lib xizmat qiladi.  


Download 471.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling