O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 471.14 Kb. Pdf ko'rish
|
talim muassalarida jismoniy tarbiya va sport soglomlashtirish tadbirlarini tashkil etishning metodik asoslari
Musobaqa uslubi. Jismoniy tarbiyada musobaqa-bellashuv usullari muhim
ahamiyatga ega. Musobaqa keng tarqalgan ijtimoiy jarayon hisoblanadi. U hamma sohaga xos bo„lib faoliyat ko„rsatuvchilarni yuksak natijalarga erishishga chorlaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqalashish uslubi mashg„ulot o„tkazishda ham mustaqil musobaqa shaklida ham tashkil etilishi mumkin. Musobaqa uslubini harakterlovchi xususiyat birinchilik yoki yuksak natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. Sport musobaqalarida raqiblarning bellashuvlari o„yin holatiga nisbatan ko„proq namoyon bo„ladi. Jamoalararo musobaqalar g„alabaga erishish uchun kurashga ma‟suliyat sezib, bir-biriga yordam berish jamoatchilik munosabatlari bilan tavsiflanadi. Musobaqa uslubining o„ziga xos xususiyatlari yuklamani me‟yorlash va shug„ullanuvchilar ustidan nazorat qilish uchun cheklangan imkoniyat beriladi. Musobaqalar biror-bir qoida bilan reglamentlashtirib qo„yiladi. Musobaqalarning maqsadi, tartibi va o„tkazish shartlarini reglamentlash yuklamani boshqarish uchun asos bo„ladi. Faoliyatning aniq harakteriga muvofiq musobaqaning maqsadi va mazmuni namoyon bo„ladi. Murabbiylar musobaqalashuvchilarning faoliyatiga yo„llanma berish bilan rahbarlik qiladi. Shuningdek, tavsiyalar musobaqa davomida ham berib boriladi. Lekin ba‟zi sport turlarida murabbiylarning musobaqalarga aralashuvi man etiladi. Musobaqalashish uslubining shu tomonlari o„yin uslubiga o„xshash bo„ladi. Shunga qaramay musobaqa bilan o„yin uslubining ba‟zi bir jihatlari keskin farqlanadi. O„yin uslubida musobaqa bo„lmasligi mumkin. Shuningdek musobaqada ham o„yin uslubi qo„llanmasligi mumkin. Musobaqalashish uslubi har xil tarbiyaviy vazifalarni hal qilish-jismoniy, irodaviy, axloqiy sifatlarni tarbiyalash, malaka va ko„nikmalarni, takomillashtirish uchun qo„llaniladi hamda axloqiy xislatlarni tarbiyalashda
50 musobaqalashish uslubining ahamiyati g„oyat kattadir. Musobaqa uslubi boshqa uslublarga qaraganda shug„ullanuvchilarga jismoniy, texnik-taktik mahoratini hamda ahloqiy sifatlarni tarbiyalash uchun muhim vosita bo„lib xizmat qiladi. Shunga qaramay musobaqalar davomida salbiy xususiyatlar xudbinlik, o„ziga bino qo„yish, dag„allik va maqtanchoqlik kabi xislatlar shakllanib qolishi mumkin. Buni oldini olish uchun musobaqalashish uslubiga murabbiylar mohirona rahbarlik qilishlari hamda ma‟naviy tarbiyaga katta e‟tibor berishlari kerak.
Musobaqalar tufayli jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanuvchilar o„zlarining jismoniy tayyorgarligi va texnik taktik mahoratlari darajasini bilib boradilar. Bunday olib qaraganda musobaqalar jismoniy rivojlanishni nazorat qilish mezonlari bo„lib xizmat qila oladi. Download 471.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling