4.10. Ifloslangan suvni tozalash usullari.
Tarkibida zaharli organik, noorganik moddalar, aralashmalar bo‘lgan
ifloslangan suvlarni suv havzalariga tashlash xalq xo‘jaligiga, insonlarning
salomatligiga katta zarar keltiradi. Shuning uchun ham suv havzalarini, sanoatni
ifloslangan suv oqimlaridan muhofaza qilishga davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
ish deb qaraladi.
Tashlanadigan sanoat oqova suvlarini shartli ravishda toza va kuchli
ifloslangan oqova suvlarga bo‘lish mumkin. Kimyoviy moddalar aralashmagan,
faqat sovutish yoki isitishda qo‘llaniladigan suvlar «shartli toza» suvlar
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda texnik, maksadlar uchun ishlatiladigan suvlar
ifloslanganligi sababli ular albatta tozalanib, so‘ngra tabiiy suv havzalariga
tashlanadi.
Sanoat oqova suvlari ikki – regenerativ suv destruktiv usul bilan
tozalanadi. Regenerativ usul bilan tozalashda oqova suv tarkibidan
ifloslantiradigan moddalar sorbsiya, ekstraksiya, evaporatsiya, koagulyasiya,
flotatsiya, ion almashtirish kabi turli fizik-kimyoviy yo‘llar bilan ajratib olinadi.
Sorbsiyada ifloslangan suv qattiq sorbent orqali o‘tkaziladi, natijada
sorbent bilan birga iflos modda ham yo‘qotiladi sorbent qayta ishlanib, yana
sorbsiyalash jarayonida qo‘llaniladi.
Ekstraksiyada suv eriydigan iflos moddalar suvda erimaydigan
ekengragent yordamida ajratib olinadi.
Evaparatsiyada suvni ifloslaydigan uchuvchan moddalar 100
0
S gacha
qizdirilgan bug‘ orqali o‘tkazilib haydaladi va moddalar ajratib olinadi.
Koakulyasiyada iflos moddalar suv qo‘shiladigan koagulyantlar
yordamida cho‘ktirib ajratiladi.
51
Flotatsiyada suv tarkibidagi iflos moddalarni suyuqlik yuzasiga
ko‘tarilib, ko‘pik holida ajratib olinadi.
Ion almashishda esa suvda erigan iflos moddalar qattiq, tabiiy yoki
sun’iy ionitlar yordamida ion va kation holida ajratib olinadi.
52
5.Iqtisodiy qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |