5.1. Neft va gaz sanoatini reja asosida ishlatishning samarasi.
Konlar bo‘yicha neft va gazni qazib olishni rejalash, kon geologik
xizmatining eng muhim vazifalaridandir, chunki ushbu rejalar natijasida neft va
gaz sohasining istiqboli tuziladi.
O‘zining muddatiga qarab joriy bir yillik, besh yillik hamda o‘n besh
yiliga tuziladi. Rejalashtirishning eng asosiy ko‘rinishi besh yillik bo‘lib, unda
har yilning ko‘rsatgichlari hisoblangan bo‘ladi. U xudi shunga qarab, xalq
xo‘jaligi uchun neft va gaz qazib chiqarishga mo‘ljallangan bo‘ladi, hamda yer
osti boyligi bilan ta’minlanishi uchunlozim bo‘lgan imkoniyatlar ham hisobga
olinadi. Bu tartibda rejalash har bir konning aniq hisoblarini oldindan bilishga
asoslangan bo‘lgani uchun ham ahamiyatlidir. Shuning uchun ham bunday
asoslashga turli usullar orqali yondoshiladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish texnologik jarayonlarni biror yagona
maqsad sari rejali boshqarish bilan muoffaqiyatga erishish hisoblanadi. Ishlab
chiqarishni boshqarish usullari quyidagilardan iborat:
1.Belgilangan texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni boshqarishda reja asosida
yondashish;
2.Vaqt moboynida ishlab chiqarishni rejalashtirishga erishish;
3.Ko‘rsatkichlarni bilgan holda yagona maqsad bilan ishni va sharoitni
tashkillashtirish.
4.Ishlab chiqarilgan maqsulotni sifatli va arzonholda tayyorlash;
5.Konlarni ishga tushirish, ishlatish va maxsulotlarni qayta ishlash
jarayonidagi asbob uskuna va jixozlarni ishlashini ta’minlab berish;
6.Maxsulot tannarxini kamaytirish yo‘lida qilinadigan xarajatlarni
iqtisod qilishga erishish.
Bu kabi uslubiy bosqichlarni har bir neft gaz tarmoqlarida o‘zlarining
dasturi etib olishlari lozim. Chunki har bir olib boriladigan ishlari va ularning
ko‘rsatkichlaridan reja asosida foydali maqsad qilib belgilash yangi turdagi
avtomatik jarayonlarni qo‘llash bilan samaradorlikka erishish mumkin.
53
Hozirgi vaqtda neft va gaz sanoati yagona tizimda ishlash rejalaridan
ishlab chiqilgan bo‘lib, axborat, reja, hisobatlar, ma’lumotlar va texnik iqtisodiy
ko‘rsatkichlar bilan yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |