2.11. Quduq tubiga issiqlik usulida ta’sir etish
Ko’plab neft quduqlarida quduq tubi qismiga parfin va smolalar qotib
qolishi kuzatiladi. Parafinsizlantirish uchun kimyoviy usullar bilan bir qatorda
issiqlik usullari ham qo’llaniladi. Issiqlik usulida qotib qolgan parafinlarni eritib
er yuziga chiqariladi.
Quduq tubini isitish uchun quduqqa issiq neft haydaladi yoki elektro
isitkichlardan foydalaniladi.
Quduq tubini qizdirish uchun mo’ljallangan neft o’lchov idishda
harakatlanuvchi bug’ qurilmasi PPU yordamida qizdiriladi. Isitilgan suyuqlik
quduqqa NKQ orqali haydaladi. Quduqning xalqa qismidan haydalsa, quduq
devorini qizdirish uchun juda ko’p issiqlik sarflanadi.
Quduq tubini qizdirish uchun elektr isitkichlardan ham foydalaniladi.
Quduq tubini qizdirish samarali bo’lib, quduq debiti 1 dan 12 martagacha ortadi.
Uning ta’siri 2-10 oygacha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |