4. Mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi
4.1. Mehnatni muhofaza qilishning davlat nazorati tashkilotlari.
Mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini, mehnat qilish
qonuniyatlarining bajarilishini tekshirish va ta’minlash uchun umumiy hamda
maxsus nazorat tashkilotlari tuzilgan [31].
Hamma vazirliklar, boshqarmalar va sanoat korxonalarida mehnat
qonuniyatlarining aniq bajarilishini oliy tashkilot – O‘zbekiston Prokuraturasi
kuzatib boradi.
Mehnatni muhofaza qilishning maxsus davlat nazorat organlariga
quyidagilar kiradi.
1. Kasaba uyushmasi markaziy qumitasi texnik inspektori inspeksiyasi.
2. Sanoatda xavfsiz ish olib borish va tog‘ ishlari xavfsizligi texnik
davlat nazorati.
3. Davlat sanitar nazorati.
4. Davlat energetika nazorati.
5. Davlat yong‘in xavfsizligi nazorati.
6. Tabiatni muhofaza qilish davlat nazorati.
7. Suv va suv manbalarining tozaligini himoyalash davlat nazorati.
8. Jamoat nazorati.
Do'stlaringiz bilan baham: |