O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
geografik tadqiqot usullari va uslublari
8. Paleogeografik uslub. Bu uslubda o’rganilayotgan xududni tarixiy taraqqiyoti
dinamikasi, ma’lumotlar va manbalar asosida o’rganib chiqiladi. Ya’ni xududni qadimgi o’rni qanday ko’rinishga ega bo’lgani xozirgi ko’rinishi qanday bo’ldi, u erdagi tadrijiy o’zagrishlarning moxiyatini ochib berishga bu usulning roli juda kattadir. 9. Rayonlashtirish uslubi. Hududni atroflicha o’rganish va ma’lum bir xulosalar chiqarish uchun qismlarga olinadi va chuqur tadqiq natijalariga qarab ma’lum
14
taksonomik birliklarga bo’ysunadigan tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, sanoat, q|x rayonlariga ajratiladi. 10. Tasvirlash va kompleks (majmuali) uslublar. Bu usullarda o’rganilayotgan xududdagi barcha ob’ekt voqea va xodisalar atroflicha tasvirlanadi. Bunday tadqiqotlar odatda majmuali ko’rinishda bo’ladi. 11. Tabiiy geografik geofiznk va geokimyoviy yo’nalishlar xam mavjudki, bu tadqiqotlarda moddalarning massa va energiya almashinuvi, moddalarning kimyoviy tarkiblari va boshqalar atroflicha ko’rib chiqiladi. Umuman olganda tabiiy geografik tadqiqotlarda ko’llaniladigan tadqiqot uslublari o’zining moxiyati ob’ekt va jarayonlarini o’rganishda ma’lum bir xulosalar chiqarishga yoki chora tadbirlar tizimini ishlab chiqishga yordam beribgina qolmasdan, geografik fundamental yo’nalishlarini istiqbolli rivojlanishiga xam o’zining xissasini qo’shadi. Nazorat savollari 1. Tabiiy geografik tadqiqot uslublarini sanab bering 2. Dialektik uslub bilan qiyoslash uslubiy moxiyatini tushuntiring 3. Stastionllash va ekspedistion uslublarning bir — biridan farqi? 4. Laboratoriya analitik uslub bilan tasvirlash va majmuali uslublarning bir biridan farqi nimada? 5. Paleogeografik uslubning o’ziga xos tomonlari nimada? . 6. Matematik va
modellashtirish metodlarining farqini aytib bering? 7. Laboratoriya — analitik uslubda nimalar aniqlanadi? 8. Geofizik va geokimyoviy yo’nalishlar xaqida nima deysiz? 9. Paleogeografik metodning moxiyatini tushuntirib bering? 10. Rayonlashtirish, tasvirlash va kompleks metodlar orqali nimalar aniqlanadi?
15
Bu mavzudan talaba bilishi lozim bo’lgan tayanch iboralar va tushunchalar: 1. Tadqiqot uslublari 2. Dialektika 3. Qiyoslash . 4. Deshifrovka 5. Stastionar 6. Ekspedistiya . 7. Statistika : 8. Kartografiya 9. Aerokoinot 10. Laboratoriya 11. Analatika 12. Paleogeografiya 13. Majmualilik 14. Geofizika 15. Geokimyo ' .
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling