Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Download 1.5 Mb.
|
ЖАЛОЛОВ Б.А.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Mazkur dissertatsiya ishining dolzarbligiga chiqindi oqova suvlar tarkibidagi sianidning isrofgarchiligi, tannarxining balandligi va chiqindi saqlash joylariga joylashdan oldin ularni zararsizlantirish zarurligi sabab bо‘lmoqda. Natriy sianid hozirgi vaqtda rudalar va kontsentratlarda qimmatbaho metallar uchun keng tarqalgan va amaliyotda yagona samarali erituvchi hisoblanadi. Tarkibidagi oltin va kumush bo’lgan rudalarni qayta ishlashda ushbu reagentdan foydalanish, oltin va kumush bilan eruvchan sianid komplekslarini hosil qilish qobiliyati bilan izohlanadi. Shu bilan birgalikda, qimmatbaho bo’lmagan metallar ruh, mis va temir kabilar bilan komplekslar hosil bo'ladi. Sianid eritmalari sulfidli minerallar bilan ta’sirlashganda tiosianatlar hosil bo'ladi. Bularning barchasi qimmatbaho metallarni tanlab eritishda sianid iste'molini ko'payishiga va tarkibida yuqori toksik birikmalar bo'lgan chiqindi suvlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi Oltin saralash fabrikalari tarkibida sianid birikmalari mavjud chiqindi oqova suvlardan sianidlarni qayta tiklash bo’yicha xorijiy mutaxassislar, jumladan, Barchenkov V.V., Batoeva А.А., Kirnarskiy А.S., А.F.Rashenko, А.А.Fayberg, А.V.Epiforov, V.N.Xvoynov, S.S.Gudkov va boshqa olimlar turli xil usullar ishlab chiqish va yaratish borasida o’z ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Mavjud ilmiy izlanishlar tahliliga ko‘ra, shuni ta’kidlash lozimki, tarkibida sianid birikmalari mavjud chiqindi oqova suvlardan sianidlarni qayta tiklash texnologik, iqtisodiy va ekologik jihatdan muhim hisoblanadi. Ushbu dissertatsiya ishida chiqindi oqova suvlardan sianidlarni natriy sianid holatigacha qayta tiklash usulini tadqiq qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi Tadqiqot natijalarining ishonchliligi chiqindi oqova suvlarni kimyoviy va moddiy tarkibi tahlili hamda sianid birikmalarini qayta tiklash bo’yicha tiosianatlarni selektiv oksidlashga asoslangan o’tkazilgan yakuniy tajriba ishlari tahlil natijalari. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling