O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
-rasm . Kalla tubining sirti
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
69-rasm . Kalla tubining sirti. , ° , . . . , _ , , . . . , . , .. . bor. Bulardan tashqa- / - yuqori jag ; 2 - tanglay о sig 1 ; 3 - tanglay choki; 4 — . 7 . tanglay su yagin ing gorizontal plastinkasi; 5 - xoana; 6 - r i’ Plramida tanasi b l- yonoq yoyi; 7, 8 - qanotsim on o'siq; 9 - ovalsim on teshik; l&n ensa va ponasimon 1 0 - orqadagi teshik; 11 - «yirtiq» teshik; 12 - tashqi uyqu suyaklarning tanalari teshigi; 13 - b ig izsim o n o'siq ; 14 - bo'yinturuq teshik; 1 5 - orasida noto'g'ri shakl- b o 'g 'im yuzasi; 16 - so 'rg'ich sim on o'siq; 1 7 - e nsa suya- j j « y irtiq » te sh ik gi; 18 - chakka suyagi; 19 - tepa suyagi; 20 - ponasim on , * . . suyak; 21 - tanglay suyagi; 22 - yonoq suyagi; 23 - tepa ja g '. c*lakka suyagi pirami- dasining pastki yuza- sidagi uyqu arteriya kanalining tashqi teshigi, ovalsimon va orqa teshikcha lar ko'rinib turadi. Kalla tubining tashqarisi ensa suyagidagi katta ensa teshigi— umurtqa kanaliga ochiladi. Uning ikki yonboshida birinchi bo'yin umurtqasi bilan bo'g'im hosil qilib birlashadigan bo'g'im do'mboqchalari va ularning orqalarida orqa chuqurchalari, til osti nervi kanali joylashgan. Ensa suyagi bilan chakka suyak piramidasidagi chuqurchalar qo'shilib, bo'yinturuq teshigini hosil qiladi. Ana shu teshikda lateral tomondan yuz nervi teshigi, quloqning tashqi teshigi va turli yoriqchalar joylashgan. www.ziyouz.com kutubxonasi Kalla tubining ichini (70-rasm) kallani gorizontal yoki sagittal qilib kesilgandagina ko'rish mumkin. Bu tub ichi oldingi, o'rta va orqa chu- qurchalarga ajralgan. Tubning oldingi va o'rta chuqurchalarida bosh miya yarimsharlari joylashsa, orqa chuqurchasida esa miyacha turadi. Kallaning ol dingi chuqurcha- si peshona suya gining ko'z ko sasi qismi, g'al vir suyagining plastinkasi, po nasimon suyak ning kichik qanotlari va ta nasining bir qis midan tashkil topgan. Oldingi c h u q u r c h a d a m iya yarim - s h a r l a r i n i n g peshona qismi j o y l a s h a d i . G 'alvir suyak ning plastinka qismi chuqurroq bo'lib, unda hid bilish nervi tar- moqlarining bu run bo'shlig'iga o'tadigan teshik- ch alari bor. Kallaning o'rta chuqurchasi oldingi chuqurchadan bir oz chuqur bo'lib, o'rta qismi ponasimon suyakdagi turk egari bilan ikkita bo'lakka ajral gan. Unda miya yarimsharlarining chakka qismlari joylashadi. O 'rta chuqurcha ponasimon suyakning tanasi va katta qanotlaridan, piramida ning oldingi yuzasidan va chakka suyagining palla qismidan tuzilgan. Turk egarining old tomonida joylashgan ariqcha ikkala tomondan ko'rish kanallariga boradi. Kallaning o'rta chuqurchasida ko'z kosasining yuqori yoriqchasi, dumaloq, ovalsimon yirtiqsimon va orqa teshiklar joylashgan. O 'rta chuqurchaning orqa chegarasi piramidaning yuqori chekkasi bilan turk egarining suyanchig'idan hosil bo'lgan. Kallaning orqa chuqurchasi yuqorida qayd qilingan ikkala chuqurcha- ga nisbatan chuqur va kengroq bo'lib, ensa suyagi, chakka suyagi pirami- 70-rasm . Kalla tubining ichi. / - xo'roz tojisim on qirra; 2 - peshona suyagi; 3 - k o ‘ruv kanali; 4 - turk egari; 5 - dum aloq teshik; 6 - ovalsim on teshik; 7 - orqadagi teshik; 8 - «yirtiq» teshik; 9 - quloq yo'Iining ichkarigi teshigi; 10 - bo'yinturuq teshik; 11 - til osti nerv kanali; 12 - chakka su yagin ing piramida qism i; 13 - ensa suyagi; 14 - ko'ndalang egat; 15 - sigm a- sim on egat. www.ziyouz.com kutubxonasi dasining orqa yuzasi, ponasimon suyak tanasining orqa bo'lagi va tepa suyakning orqadagi pastki burchagidan tashkil topgan. Orqa chuqurchada katta teshik, til osti nervi kanali, buyinturuq teshigi va piramidaning orqa yuzasida joylashgan quloqning ichki teshiklari ko'rinadi. K A L L A S U Y A K L A R I O N T O G E N E Z I Odam kallasi embrion taraqqiyotining boshlanish davrida orqa torining yuqori uchidan rivojlanadi. Bu paytda bosh miya mezenxima pardasi bilan o'ralib, parda kalla yoki biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan kallani paydo qiladi. Ona qomidagi hayotning ikkinchi oyida mezenxima pardasi (hujayra lari) tog'ay to'qimaga aylana boshlaydi. Tog'ay to'qimaning plastinkalari xordaning oldingi uchiga yaqin joyida va uning ikkala tomonidan hosil bo'ladi. Bular asta-sekin qo'shilib, xordani o'z ichiga oladi va kallaning tog'ay negizini vujudga keltiradi. Tog'ay plastinkalarida bosh miya ne- rvlarining chiqib ketishi uchun teshiklar bo'ladi. Tog'ay kallaning tubida takomillashadi, kalla qopqog'i esa faqat biriktiruvchi to'qima pardasi bilan qoplangan. Taraqqiyotning uchinchi oyi birinchi yarmida tog'ay kalla yaxshi rivoj lanadi; bu vaqtda hid bilish a’zosining kapsulasi, ko'rish a’zolari turadigan chuqurchalar, eshitish a’zolari kapsulalari va ensa sohalari aniq tafovut qilinadi. Bular hammasi o'zaro birlashib, yaxlit kallani hosil qiladi. Kalla ning yuz qismi esa jabra yoki 5 juft visseral ravoqlardan rivojlanadi. Ulardan birinchi jufti pastki jag' ravog'i bo'lsa, ikkinchisi — til osti ravoq'idir. Qolgan uchinchi, to'rtinchi va beshinchi juftlari jabra ravoqlari nomi bilan ataladi. Pastki jag' ravog'idan keyinchalik yuqori va pastki jag', o'rta quloq suyakchalari (bolg'acha, sandon, uzangi) rivojlanadi. Til osti suyagi tanasining bir qismi (kichik shoxchalar bilan) uchinchi visseral ravoqdan, tanasining qolgan qismi va katta shoxchalar, to'rtinchi hamda beshinchi jabra ravoqlaridan hiqildoq tog'aylari (kallaga aloqasi yo'q) rivojlanadi. C H A Q A L O Q K A L L A S I Chaqaloq kallasining miya bo'limi yuz bo'limiga qaraganda kattaroq bo'ladi. Kalla tubi kalla qopqog'iga nisbatan kechroq rivojlanadi, ko'z kosalari kattaroq bo'ladi. Chaqaloqlarda dastlab suyaklanish nuqtalari bir-biridan keng birikti ruvchi to'qima plastinkalari bilan ajralgan bo'lib, uzoq saqlanadi. Suyak- langan kalla qopqog'ining ushbu sohalari parda bilan qoplangan va su- yaklanmagan bo'lib, ko'pincha choklar o'zaro kesishgan qismlardagina kuzatiladi. Kalla qopqog'ining ana shunday yumshoq (suyaklanmagan) www.ziyouz.com kutubxonasi joylarini liqildoq deb ataladi. Chaqaloq kallasida (71-rasm) quyidagi li- qildoqlar bo'ladi. 1. Romb shaklidagi peshona liqildog'i (uzunligi 3,5 sm gacha, ko'nda lang o'lchami taxminan 2,5 sm) bola ikki yoshga to'lganda suyaklanib yopiladi. 2. Uchburchak shaklidagi ensa liqildog'i bolaning ikki oyligida bekilib ketadi. 3. Yon liqildoqlar to'rtta bo'lib, kallaning har bir yonida bir juftdan uchraydi va bolaning 2— 3 oyligida suyaklanib bitadi. Chaqaloq kallasida hali choklar bo'lmaydi. Kalla tubi suyaklarida esa tog'ay plastinkalar bo'ladi. Chaynov funksiyasi chaqaloqlarda yaxshi rivojlanmaganidan jag' su yaklari unchalik takomillashmagan, pastki jag' esa ikki bo'lakdan iborat bo'lib, orasida tog'ay plastinkasi u c h ra y d i. J a g ' s uya kl a r i ni ng alveolar o'siqlari bo'lmaydi. Bola kallasining tug'ilgandan keyingi rivoji 3 davrga bo'linadi: bi r i nchi o 's is h d a v ri — bola tug'ilgandan keyin yetti yoshgacha bo'lib, bu davrda kallaning ensa qismi o'sib ketadi. Ikkinchi o'sish davri — yetti yoshdan to balog'atga yetguncha (14— 16 yoshgacha) davom etadi va kalla bir qadar sekin o'sadi. Uchinchi o'sish davri — balog'atga yetgan vaqtdan gavdaning umumiy suyaklanish davri tamom bo'lishiga- cha (20—25 yoshgacha) bo'lib, bu davrda kallaning old qismi juda tez o'sadi. Kalla skeleti organizmda muhim vazifani bajaradigan markaziy nerv sistemasiga, sezgi a’zolariga, ovqat hazm qilish va nafas sistemasiga bog'liq holda joylashgan. Har bir individiumning kalla suyagi sinchiklab tekshirilsa, ularning tuzilishida o'ziga xos turli xususiyatlar borligini ko'ra miz. Antropologiya fani kalla skeleti qopqog'ining shakli va hajmiga qarab uch xil kallani ajratgan. 1) kalta kalla — braxisefal; 2) o'rtacha kalla — mezosefal; 3) uzun kalla — dolixosefal. 7 1 -rasm. Chaqaloq kallasi skeleti. / - t e p a suyak; 2 - en sa liq ild o g 'i; J - suyaklararo parda; 4 - en sa su yagi; 5 - s o ‘rg‘ich sim on liqildoq; 6 - tangasim on chok; 7 - quloq parda halqasi; 8 - p on asi mon liqildoq; 9 -p o n a s im o n suyak katta qanoti; / 0 - peshona suyagi; / / - o l d i n g i liqildoq; 12 - sagittal chok. www.ziyouz.com kutubxonasi Kalla yuqorida aytilganidek, turli shakldaligini, ya’ni hajmlari bir xil bo'lmasligini hisobga olib chet el olimlari (kallaning hajmiga qarab) «oliy» va «past» turdagi kallani tafovut qiladilar. Bu «nazariya»ga qaraganda kalta kallalik odamlar «past irqqa mansub», uzun kallalik odamlar esa «oliy» tabaqadagi odamlar hisoblanadi. Kalla turlari to'g'risidagi «nazariya»ni ikkinchi jahon urushi boshlanishi oldidan nemis fashistlari ham keng qo'llaganlar. Ularning soxta «ilmiy» tushunchalariga ko'ra dolixosefal kallalilar, ya’ni nemislar biologik bel gilari bilan boshqa hamma millatlardan yuqori turishi va dunyoda hukmron bo'lmog'i lozim emish. Lekin odamlar o'rtasidagi irqiy belgilarni to'g'ri talqin etish uchun: avvalo «irq» bilan «millat» to'g'risidagi tushunchaning farqini aniqlab olish lozim. Irq ma’lum bir hududda yashaydigan bir turkum odamlardagi morfologik belgilarning nasldan naslga o'tishi natijasida kelib chiqqan tabiiy-tarixiy kategoriya, tabaqa hisoblanadi. Hozirgi zamon odamlari o'rtasidagi irqlaming turli davrda kelib chiqishiga qara- masdan hamma xalqlar biologik, morfologik va fiziologik bir xil bab- baravar o'smoqda. Irqlaming turli davrda kelib chiqishi ularning yashab turgan sharoitiga, taraqqiyotiga bog'liq ekanligini e’tiborga olish lozim, ammo kun sayin xalqlarning o'zaro aloqalari kengayib borishi turli irq- larning bir-biri bilan o'zaro nikohlashuvi va aralashib yashashi irqiy farqlaming asta-sekin yo'qolib borishiga olib keldi. Shunday qilib, fan irqni «oliy» va «past» tabaqalarga ajratadigan hech qanday ilmiy material yo'qligini isbotlab berdi. Millat — ijtimoiy kategoriya (turkum) urf- odatlar birligi majmuidir. Shuning uchun biologik alomatlarga (irqqa) qarab siyosiy huquqni, ya’ni ijtimoiy ustunlikni isbotlashga urinish haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Buni anatomiya dalillari bilan osongina isbotlash qiyin emas. Jumladan, sobiq ittifoq va chet el olimlarining tekshirishlariga qaraganda, uzun kallali odamlarni hozirgi hamma irqlarda uchratish mumkin. Barcha millatlar orasida turli xil (kalta, uzun) kallaning bo'lishi ularning o'zaro yaqin ekanligi, hajmlarining kelib chiqishi bir xil, ya’ni kromanyon avlodidan ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, hamma millat orasida ham 53—61 sm diametrli kallasi bo'lgan odamlar borligini ko'rsatib o'tish lozim. Masalan, dunyoga tanilgan atoqli odamlar (Leybnits, Kant)ning kallasi ham kichkina (55 sm), Dante kallasining uzunligi esa atigi 54 sm bo'lgan. Kallaning miya bo'shlig'i hajmi odamning evolutsion o'sishi davrida pitekantropdagi 900 sm3 dan hozir 1500— 1600 sm3 gacha o'sganligi ma’lum. Hozirgi davr xalqlari o'rtasida ijtimoiy va madaniy rivojlanishning turlicha bo'lishi biologik (irqiy) belgilarga emas, balki ularning ijtimoiy tuzumiga taalluqlidir. www.ziyouz.com kutubxonasi 1. B osh skeleti qaysi qismlarga bo'linadi? 2. M iya bo'lim i qaysi suyaklardan iborat? 3. B osh ning yuz qism iga qaysi suyaklar kiradi? 4. Kalla suyagida qaysi a’zolar joylashgan? 5. Ensa suyagining tuzilishi. 6. T epa suyakning tuzilishi. 7. Peshona suyagi qism larining anatomik belgilari. 8. Chakka suyagi qaysi qismlardan tashkil topgan va ularning tuzilishi. 9. Chakka suyagida qaysi a’zo joylashgan? 10. Ponasim on suyak qismlari. 11. G 'alvirsim on suyakning tuzilishi. 12. T epa ja g ' suyagining tuzilishi. 13. Tepa ja g ' suyagining havo saqlanadigan b o 'sh lig 'i qaysi bo'shliqqa ochiladi va uning ahamiyati? 14. Pastki jag' su yagin ing tuzilishi. 15. B osh suyaklarining qaysilarida havo saqlanadi va ularning ahamiyati. 16. B osh suyaklari o'zaro qanday birlashadi? 17. Burun b o 'sh lig 'in in g tuzilishi. 18. K o 'z kosasi tuzilishida qaysi suyaklar qatnashadi? 19. K o 'z kosasida qaysi sezg i a’zosi joylashadi? 20. O g 'iz b o 'sh lig 'in in g tuzilishi. 21. Qattiq tanglay qaysi suyaklardan tuzilgan? 22. B osh skeleti tubining sirti qanday tuzilgan? 23. Kalla tubi ichki qism ining tuzilishi. 24. Chakka va chakka osti chuqurchalari qanday tuzilgan? 25. Qanot tanglay chuqurchasining tuzilishi. 26. Chaqaloq suyaklarining tuzilishi. 27. Liqildoq b o'lishining sababini bilasizm i va ular qaysi yoshgacha saqlanadi? MUSKULLAR HAQIDA TA’LIMOT U M U M IY M A ’L U M O T L A R Odam organizmida uch xil muskul mavjud: 1) skelet yoki ixtiyoriy qisqaruvchan muskullar nurlami turlicha qabul qilganidan ularning tolalari mikroskop ostida ko'ndalang-targ'il bo'lib ko'rinadi. Shuning uchun skelet muskullari ko'ndalang-targ'il muskullar deb ataladi; 2) yurak muskullari — garchand ko'ndalang-targ'il muskullardan tuzilgan bo'lsa-da, ixtiyorsiz qisqaradi; 3) silliq yoki ixtiyorsiz qisqaruvchi muskullar bo'lib, ichki a’zolar va tomirlar devorida joylashgan. Skelet m uskullari harakat a ’zolari sistem asi orasida o 'zin in g qisqaruvchan xususiyati bilan muhim vazifani bajaradi. Muskullar nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasidan keladigan impulslar ta’sirida qisqarganda gavdada turli harakatlar vujudga keladi. Odatda, skelet mus kullari odam ixtiyori bilan qisqaradi. www.ziyouz.com kutubxonasi Skelet muskullari o'rta yoshdagi odamda gavda og'irligining 40%ini, yosh organizmda esa 20—25 % ini tashkil etadi. Sport bilan shug'ulla- nuvchilarda esa muskullaming umumiy og'irligi gavdaga nisbatan 50%gacha yetadi. Yosh ulg'aygan sari muskullar hajmi va og'irligi asta-sekin kamaya boradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bor. Muskullaming rivojlanishi. Gavda muskullari embrionning orqa sohasida joylashgan mezodermaning segmentar qismi — somitlardan rivojlanadi. Somitlar esa sklerotom va miotomga bo'linadi. Sklerotomdan umurtqa pog'onasi va boshqa suyaklar, miotomdan esa muskullar rivojlanadi. Orqa miyada segmentar joylashgan miotomga nerv tolasi o'sib kiradi. Shuning uchun har bir miotomdan rivojlangan muskul tananing qaysi qismida joylashishidan qat’i nazar, o'zining xususiy nerviga ega bo'ladi. Agar bir nechta miotomdan bitta muskul vujudga kelsa, u holda mazkur muskulning tashkil bo'lishida qatnashgan miotom soniga qarab xuddi shuncha nerv tolasi bo'ladi. Muskullar rivojlanish davrida o'zining takomil etgan joyida qolsa, bunday muskullar m a h a l l i y m u s k u l l a r deb ataladi, aksincha, muskullar rivojlanish davrida bir joydan ikkinchi joyga (qo'l-oyoqqa) o'tib ketsa, ularni t a n a d a n q o c h u v c h i m u s k u l l a r deyiladi. Nihoyat, uchinchi guruh muskullar qo'l-oyoqda rivojlansa-da, taraqqiyot davrida tanaga o'tib ketadi, bunday muskullar t a n a g a i n t i l u v c h i (trunkopetal) m u s k u l l a r deyiladi. Muskullar rivojlangan sohani ularga kelgan nervlardan bilish qiyin emas. Jumladan, diafragma (qorin-ko'krak to'sig'i) bo'yin qismida takomil etib, keyin pastga qarab yo'nalgan. Shuning uchun diafragma nervlari bo'yin nerv chigalidandir. Orqaning keng muskuli qo'lning yelka qismida rivojlanib, tananing orqa qismiga ko'chgan. Shuning uchun bu muskul yelka nerv chigali hisobidan innervatsiya qilinadi. Muskullaming tuzilishi. Skelet muskullari ko'ndalang-targ'il tolalar- dan tuzilgan bo'lib, qisqarish xususiyatiga ega. Har bir muskulning qisqaruvchi qismi — tanasi va ikki uchi, ya’ni boshlanish va biriktiruvchi (pay) qismlari bor. Bundan tashqari, uzun muskullarda boshi va dum qismi ajratiladi. Yassi muskullar (qorin muskullari)ning yassi payi (apo- nevrozi) bo'ladi. Muskul tolalari o'zaro yumshoq biriktiruvchi to'qima bilan tutashgan bo'lib, ustidan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan parda (fassiya) o'rab, ularning alohida qisqarishiga yordam beradi. Fassiyalar bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib turadi. Fassiyalaming boshqa turi ma’lum bir guruh muskullami o'rab, so'ngra ichkariga yo'naladi va suyakka borib, fassiya to'sig'ini hosil qiladi. Fassiyalar odatda qavatma-qavat muskullami o'rab turadi. Shu boisdan ulami joylashgan o'rniga qarab chuqur, o'rta va yuza yoki teri osti fassiyalariga ajratiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Fassiyalar amaliyotda juda katta ahamiyatga ega. Ular oralig'ida qon tomirlar va nerv tolalari joylashgan bo'lib, yallig'lanish jarayonida vujudga kelgan yiring ham fassiyalar orasidan tarqaladi. Muskulning pay qismi yaltiroq oq yoki sarg'ish rangi bilan ajralib turadi. Muskul odatda suyak- larga pay yoki aponevrozlar yordamida yopishadi. Muskul uzun, qisqa, yassi bo'lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo'l va oyoqda, yassi muskullar esa tananing old va orqa tomonida joylashgan. Kalta muskullar gavdaning chuqur qismida, serbar muskullar esa yuzada joylashadi. Organizmda ikki boshli, uch boshli, to'rt boshli, duksimon, bir va ikki patli, ikki qorinli va boshqa turdagi muskullar uchraydi (72-rasm). Muskul tolalari yo'nalishiga qarab to'g'ri, qiyshiq, ko'ndalang va aylana bo'ladi. Har bir muskulning o'z qon tomiri va nervlari bor. Muskul tarkibida sezuvchi nerv tolalari sezg ilarn i m arkaziy nerv sistemasiga yo'naltirsa, aksin cha, markazdan kelayotgan harakat tolalarining ta’sirida muskullar qisqaradi. Simpatik tolalar yordamida esa muskul lar trofikasi (moddalar alma shinuvi) amalga oshadi. Muskullar fiziologiyasi. Muskullar ishi ularning qisqa- rishidir. Muskullar qisqarganda bir uchi ikkinchi uchiga yaqin- lashadi, natijada gavdaning ana shu qismi harakatga keladi, ya’ni muskullar mexanik ish ba jaradi, shuningdek, ular statik ish ham bajaradi, ya’ni muskullar qisqarib, gavdaning ma’lum vaziyatini saqlab turadi. Bunda gavda vaziyati o'zgarmaydi. Muskullaming ish bajarish quvvati uning ko'ndalang kesimi o'lchovi- ga bog'liq. Jumladan, 1 sm2 ko'ndalang kesimga ega bo'lgan muskul o'rta hisobda 10 kg yuk ko'tara oladi. Muskullaming ish bajarishida suyak richaglari katta ahamiyatga ega. Odam organizmida ikki yoki bir yelkali richaglar mavjud. Ikki yelkali yoki muvozanat richagining tayanch nuqtasi bo'lib, ikki tomondagi yelkalar baravar uzunlikda. Masalan, I umurtqa bilan bosh suyagi orasidagi hamda chanoq bilan umurtqa orasidagi bo'g'imlar. Ikkinchi xil richag yoki bir yelkali richag — kuch richagi qarshi tayanch nuqta bilan kuch qo'yilgan nuqta orasida bo'ladi. Masalan, 72-rasm . M uskullar shakli. A - duksim on muskul; В - bir patli m uskul; D - ikki patli muskul; £ — ikki qorinli muskul. www.ziyouz.com kutubxonasi oyoq-kaft-boldir suyaklari bo'g'im i. Bunda odam oyoq-kaft suyaklari ning boshchalariga tayanib, boldiming orqa tomonida joylashgan va tovon do'mbog'iga yopishgan muskullar yordamida gavda og'irligini ko'taradi. Tirsak bo'g'im i ikkinchi misol bo'lib, bunda kuch sarflash nuqtasi (bi- lakni bukuvchi muskullaming yopishgan joyi) tayanch nuqtasidan uzunroq bo'ladi. Qarshilik qiladigan (og'irlik) nuqta esa ancha uzun (kaftda). Shu bois ozgina yukni ko'tar ish uchun ko'p kuch sarf qilinadi, lekin masofa dan yutiladi. Muskullaming boshlanish nuqtasi bilan birikish nuqtasi ora sida joylashgan bo'g'im soniga qarab, bir bo'g'imli, ikki bo'g'im li va ko'p bo'g'im li muskullar deb ataladi. Bir xil muskullar qisqarib, ikkinchi tomonda joylashgan muskul- larga qarama-qarshi ish bajarsa, bunday muskullar zid (antagonist) muskullar deb ataladi. Masalan, bilakni bukuvchi muskullar yozuvchi muskullarga nisbatan antagonistdir. Aksincha, muskul qisqarib ikkinchi muskul ishiga yordam bersa, bunday muskullami hamkor (sinergist) muskullar deyiladi. Muskullaming ish bajarishida g'altaklar, sinovial xaltachalar, pay qinlari va sesamasimon suyaklar muhim ahamiyatga ega. G'altak suyaklarida tog'aylardan tuzilgan do'nglar bo'lib, ulardan muskullar payi aylanib o'tadi. Shu tariqa muskullaming qisqarish kuchi oshadi. Ichida suyuqlik saqlovchi (sinovial) xaltachalar turlicha bo'lib, ular muskul paylarining suyaklarga ishqalanadigan joylarida uchraydi va paylarni suyaklarga ishqalanishdan saqlab, muskullaming ish qobiliya- tini oshiradi. Qo'l-oyoq panjalarida muskul paylarini o'rab turadigan silindr shakli dagi fibroz qin bo'lib, ular devori ikki qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi qavatlar orasida suyuqlik bo'lganidan muskul paylari qinning ichki devo ri bilan osongina suriladi. Natijada muskul paylari siqilmasdan bemalol ish bajara oladi. Sesamasimon suyaklar muskul payining tagida joylashadi va hara kat effektini oshiradi. Eng katta sesamasimon suyak tizza qopqog'i suyagidir. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling