O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
IR S IY A T H A Q ID A T U S H U N C H A
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- HUJAYRANING TUZILISH I
- TO Q IM A LAR
- 2-rasm. Epiteliylarning tuzilish sxemasi. A - bir qavatli silindrsimon epiteliy: В - bir qavatli kubsimon epiteliy; D
IR S IY A T H A Q ID A T U S H U N C H A Tirik m avjudotlarning o 'z la rig a o'x sh ash nasllarni bunyod etish xususiyati irsiyat deyiladi. Avlodlardagi organizmning asosiy xossalari va xususiyatlari (tashqi belgilar, xarakterlar, ya’ni oliy nerv faoliyatlari) nasldan naslga o'tadi. Ammo tashqi muhit o'zgarishi bilan bu ko'rsat kichlar ham o'zgarib, nasi o'zining qator xususiyatlarini o'zgartirishi mumkin. Irsiyat organizmning filogenezi (tarixiy rivojlanishi)da tashqi va ichki muhit ta’siriga qarab shakllanadi va belgi, xususiyatlarni nasllarga o'tkazadi. Irsiy belgilaming nasldan naslga o'tish qonun-qoidalarini xromosoma nazariyasi orqali tushuntirish mumkin. Jumladan, hujayralaming bo'linishida yadrosining bo'linishi muhim ahamiyatga egadir. Yadro parda, bo'yal- maydigan (axromatik) ip va bo'lakchalar ko'rinishida to 'r orasida jo y lashgan bo'yaluvchi qism (xromatin), yadro shirasi (asosiy massa) va yadrochalardan iborat. Hujayralar mitotik bo'linganda yadro xromatini mitoz to'riga to'planadi. Xromatinli to 'r asta-sekin qalinlashib ayrim bo'lakchalar (xromosomalar)ga bo'linadi. Yadrocha yo'qolib, o'rnida ikkita tuzilma (sentriol) paydo bo'ladi. Bular yadroning ikki tomoniga (qutbga) www.ziyouz.com kutubxonasi ajraladi. Bu vaqtda yadro pardasi erib, axromatik modda hujayra protoplaz- masi bilan qo'shilib, qattiqlashadi-da, iplar ko'rinishidagi sentriollar o'rtasida joylashadi. Ayni vaqtda har bir xromosoma ikkiga bo'linib, juft-juft bo'lib joylashadi. Keyinchalik xromosomalarga birikkan axromatinli iplar qisqarib, bir-biridan ajralgan xromosomalaming yarim bo'lakchalarini qutblar tomon tortadi. Q utblarda xrom osom alar qisqarib, ip koptogini hosil qilib, shakllanayotgan yangi yadro xromatiniga aylanadi. Ota-onalardan birida nasldan naslga o'tadigan patologik alomatlar (qo'l yoki oyoq barm oqlarining bir-biriga yopishishi, barm oqlarning kalta bo'lishi, eshituv nervining tug'm a atrofiyasi va b.q.) bo'lsa, unga dominant tip deyiladi. Ana shunday genni tashuvchi ota yoki ona nikohlanganda avlodda yuqorida keltirilgan nuqsonlar paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun yaqin qarindoshlardan qiz olib, qiz bermagan m a’qul. Nasldan naslga o'tadigan retsessiv kasallikka sababchi gen yashirin bo'lishi ham mumkin. Bunday hollarda yuqori labi va tanglayi tirtiq bola tug ‘ilishi ehtimoli bor. B a’zan (faqat erkaklarda) qonning yetarlicha ivimasligi (gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasallikka x-xromosoma geni sabab bo'ladi. U nasldan-naslga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya geni bo'lgan x-xromosomani tashuvchi ayoldan tug'ilgan o 'g 'il bolalar- ning qariyb 50% ida qon ivimaslik kasalligi kuzatiladi. Bunday kasallik qizlarda uchramaydi. Gemofiliyali erkak bilan gemofiliya geni bo'lgan ayol (qarindoshlar) o'rtasidagi nikohdan tug'iladigan bolalar yashashga layoqatsiz bo'ladi. B a’zan qizil va yashil ranglami farq qila olmaydigan (daltonizm) bola tug'iladi. Bu nuqson nasldan-naslga o'tishi mumkin. Bulardan tashqari, tug'm a kar-soqov va ruhiy kasal bolalar ham tug'iladi. Xromosoma kasalliklari xromosomalar sonining o'zgarishi natijasida paydo bo'ladi. Gametalar yetilayotganda xromosomalardan bir jufti ajralib, urug' hujayrasiga qo'shilishi yoki aksincha, xromosomalar yetishmasligi natijasida rivojlanuvchi organizmning barcha hujayralari buzilgan xro mosomalar to'plam ini tutadi. X-xromosomaning zigotada bo'lm asligi (O) homilani halokatga uchratadi. XXU, XO va XXX hollarda organizm rivojlanishida turlicha o'zgarishlar bo'ladi. Xromosomalar kompleksining buzilishi jinsiy xromosomalargagina emas, balki ularning har bir juftiga ham bog'liq. Ba’zida, bemorlar organizmining hujayralarida 46 o'rniga 47 xromosoma bo'lganda 21-juft xromosomalar ajralmay qoladi. Bunday paytda Daun kasalligi avj olib, bolaning kallasi kichik bo'lib qolishi va aqliy zaiflik kuzatiladi. Xromosoma kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o'rganish bilan ular rivojlanishining oldi olinadi. Homila ona qomida surunkali ravishda alkogol va narkotik moddalardan zaharlansa yoki ona zaxm bilan og'rigan bo'lsa, u tug'm a kasallik (mayib-majruh, kar-soqov, yurak porogi va b.q.) bilan tug'ilishi mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi Odam gavdasi (organizm) hujayralar, to'qim alar, a’zolar va suyuq tarkibiy qismlardan tuzilgan bir butun murakkab sistema bo'lib, tashqi muhit bilan chambarchas bog'langan. Ana shunday organizmdagi nerv sistemasi a’zolarning funksiyalarini, hatto suyuq sistema (gumoral sistema) ishini ham boshqarib boradi. Binobarin, nerv sistemasi organizmning hamma qismlariga, to'qim alarga tarqalgan tolalari bilan ularni o 'zaro bog'lab, bir butunligini va organizmning tashqi muhit bilan aloqasini ta’minlaydi. Demak, organizm hamma vaqt o'sib, o'zgarib, ko'payib tu radigan, o'zini o 'rab olgan muhitga moslashgan va shu muhitsiz yashay olmaydigan oliy tabaqadagi oqsil moddalarning murakkab birikmasidan iborat. Organizm tashqi muhitsiz o'zicha mustaqil holda yashay olmaydi. Organizm hayotida bosh miya va uning tarmoqlari muhim rol o'ynab, mavjud sharoitga moslashish va fikr qilish qobiliyatiga ega bo'lgan sistemadir. HUJAYRANING TUZILISH I Hujayra (1-rasm) odam, hayvon va o'sim liklar organizmining tuzili shi negizi bo'lib, hujayra qobig'i, sitoplazma va yadrodan iborat. Hujayralar tuzilishi va bajaradigan funksiyasi xilma-xil bo'lib, ulardan eng muhimi — moddalar almashinuvi vazifasini bajarishidir. Hujayra bo'linish yo'li bilan k o 'p a y a d i. O dam o r g a n i z m i d a s h a k l j i h a t i d a n k u b s i m o n , silin d rsim o n , d u m alo q (sharsimon), uzunchoq va boshqa turdagi hujayralar b o 'lad i. H ujayralam ing 14~ hujayra qobig'i (pardasi) unga shakl berib, boshqa hujayralardan ajratib tu- 1-rasm. Hujayraning tuzilishi sxemasi. I - h u jayra q o b ig ' i; 2 - g ia lo p la z m a ; 3 - h u ja y ra ichidagi iplar; 4 - y o g ‘simon tanachalar; 5, 6 - ergastoplaz- ma va uning q o b ig 'i; 7 - ribosomalar; 8 - yadro; 9 - yadro qobig'idagi teshikchalar; 10 - yad ro q o b ig ' i; I I - yadrochalar; 12 - to'r parda; 13 - mitoxondriy; 14 - hujayra markazi. www.ziyouz.com kutubxonasi radi. Hujayra qobig'i uch qavat (tashqi va ichki oqsil qavat hamda o'rta qavat - lipid) dan tashkil topgan. Yadro sitoplazmadan yadro pardasi bilan ajralib turadi. Sitoplazma yarim tiniq kolloid suyuqlikdan iborat. Sitoplazmadagi organoidlar (hujayra qismlari) ga mitoxondriylar yoki xondrisomalar, hujayra ichidagi endoplazmatik (donador va donasiz) to 'r parda, hujayra markazi, ergastoplazma, ribosoma, lizosoma, Golji to 'r apparati va vakuolalar kiradi. Bulardan tashqari, hujayrada turli hujayra ichki kiritmalari (yog', pigment, glikogen) ham bo'lishi mumkin. Donali endoplazmatik to 'r devorida ribosoma (polisoma)lar joylash gan bo'lib, oqsil biosintezi amalga oshsa, donasiz to'rda uglevod va yog'lar harakat qiladi. Hujayra yadrosi — hujayra markazida shar yoki ellips shaklida joyla- shib, sitoplazmadan yadro pardasi bilan ajralib turadi. Yadro tarkibida yadro pardasining ichki yuzasiga yopishib joylashgan yadro to'ri bo'lib, bo'yoqlar bilan yomon bo'yaladi. Shuning uchun ular axromatin moddalar deb ataladi. Yadro to'rining oraliqlarida turli hajm dagi zarrachalar bo'lib, yadro bo'yalganda tiniq ko'ringani uchun xroma- tin donalari deyiladi. Yadro ichida bir-ikkita yadrochalar ham bo'ladi. Hujayra sitoplazmasida uning doimiy qismlari — organoidlar bo'lib, shular orqali hujayra o 'z vazifasini bajaradi. Bulardan tashqari, hujayra sitoplazmasida maxsus va umumiy organoidlar ham bo'ladi. Umumiy organoidlarga mitoxondriylar, hujayra ichi Golji apparati, hujayra markazi kiradi. Mitoxondriylar ko'pincha qo'shaloq, zich joylashgan, pardali tayoq- chasimon shaklda, ba’zan alohida zarrachalar yoki zanjir shaklida b o 'la di. Mitoxondriy pardasining ichki yuzasidagi to'siqlar (krista) mitoxond- riylarni bo'shliq (matriks) larga ajratadi. Mitoxondriylarda, asosan, uch xil jarayon bajariladi: elektronlar hosil bo'ladi, ATF sinlezlanadi va oqsillarning qaytarilish reaksiyasi ro 'y beradi. Hujayra ichi to 'r apparati, y a’ni G o l j i a p p a r a t i maxsus bo'yoq bilan bo'yalgan preparatlarda nozik iplardan to'qilgan xaltachalarga yoki to'rg a o'xshab ko'rinadi, xaltachadan naychalar boshlanib, pufakchalar holida tugaydi. Golji apparatining turli shakldagi ko'rinishi organizmning barcha hujayralarida uchraydi va u m oddalar almashinuvida, ayniqsa hujayraning ajratish funksiyasida muhim rol o'ynaydi. Hujayra markazi yoki s e n t r o s o m a ancha yirik sharsimon tanadan iborat bo'lib, ko'pincha yadro yaqinida joylashadi. Hujayralaming bo'linib ko'payishida asosiy rol o'ynaydi. Maxsus o r g a n o i d l a r — hujayralaming o'ziga xos maxsus vazifa lariga tegishli organoidlar. Ular nerv hujayrasida impulslami o'tkazish uchun xizmat qiladigan neyrofibrillar bo'lsa, silliq muskul hujayralaridan miofibrillar tayanch vazifasini bajaradi, epiteliy hujayrasidagi tonofibril- www.ziyouz.com kutubxonasi lar va ko‘ndalang-targ‘il muskul hujayradagi qisqaruvchanlik vazifasini bajaradigan tolalar ham hujayralaming maxsus organoididir. Hujayra ichida ikki xil kiritmalar bo‘ladi: 1) trofik kiritmalar oqsil moddalar, yog‘, glikogen, vitaminlardan iborat bo'lib, hujayralaming sitoplazma qismida to'planadi va ularni oziqlanti- rish uchun xizmat qiladi; 2) ekskretor va pigment kiritmalar yoki tanadan chiqib ketadigan kiritmalar. H ujayralam ing m itoz usulida bo'linishidan hosil bo'ladigan qiz hujayralarda xromosomalar soni doimo bir xil turadi. Mitoz usulida bo'linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir. Jumladan, odamning somatik hujayralarida xromosomalar 46 ta bo'lsa, jinsiy hujayralarda ular soni ikki baravar kam. Ammo ikki jinsiy hujayra bir-biri bilan qo'shilganda odamning umumiy xromosom alar soni 46 ta bo'ladi. Shunday qilib, urug'langan jinsiy hujayraning organizmning shakllanishi bilan tugaydi- gan to'xtovsiz ko'payishi boshlanadi. Xromosomalar DNK (dezoksiribo- nuklein kislota) va giston oqsilidan tuzilgan. Irsiy xususiyatlar DNK dan hosil bo'lgan xromosoma bo'lakchalari (genlar) orqali o'tadi. Genlarda qoliplardagi kabi informatsion RNK (ribonuklein kislota) sintez qilinadi. RNK yadrodan hujayra sitoplazmasiga o'tib, oqsil sintezi uchun kerak bo'lgan genlar strukturasining xususiyatlarini yetkazadi. Hujayralarda oqsilli strukturaga ega bo'lgan fermentlar bo'ladi. Har bir gen informatsion RNK orqali bitta ferment sintezini boshqaradi va shu ferment orqali hujayra funksiyasiga ta’sir ko'rsatadi. Shunday qilib, hujayra funksiyasi, oqsil sintezi va irsiy belgilarni o'tkazish DNK — RNK ferment sistemasi ishtirokida bo'ladi. Hozircha qaysi gen qanday belgilarni o'tkazishi aniq emas. T o ' q i m a l a r — tarixan shakllangan hujayra va hujayrasiz modda lar b o 'lib, tuzilishi, shakli, vazifasi va rivojlanishi jihatidan bir xil sistemalardan iborat. To'qim alar nerv sistemasi vositasida tashqi va ichki muhit bilan bog'langan holda faoliyat ko'rsatadi. Shunday qilib, evolutsion taraqqiyot davomida organizm da tashqi va ichki muhitga moslangan to'qim alar paydo bo'ladi. Bu xildagi to'qim alar organizmda moddalar almashinuvi va uni muhofaza qilish vazifalarini bajarishga moslashadi. Maxsus to'qim alar (muskul va nerv to'qim alari) ham mavjud. Muskul to'qimalari organizmni harakatga keltirishga xizmat qilsa, nerv to'qim alari ularni o 'z a ro funksional birlashtiradi, tashqi m uhit bilan aloqasini ta’minlaydi. Shunday qilib, odam organizmi to 'rt xil to'qim adan tashkil topgan: 1) sirtqi (qoplovchi) yoki epiteliy to'qimasi; 2) ichki yoki biriktiruvchi to 'q im a ^ - 3) muskul to'qim asi; 4) nerv to'qim asi. ; TO 'Q IM A LAR www.ziyouz.com kutubxonasi 1. E p i t e l i у t o ' q i m a s i , asosan, hujayralardan tuzilgan bo'lib, teri ustida va ovqat hazm qilish a’zolari shilliq qavatining ustki qismida joylash g an, em brionning tashqi (teri usti) qavati (ektoderm a) dan rivojlangan. Ovqat hazm qilish, nafas va siydik-tanosil a’zolaridagi shilliq qavatlar ustini qoplagan epiteliy esa embrionning ichki qavati (endoderma) dan taraqqiy etadi. Embrionning o 'rta qavati (mezoderma) dan seroz pardalar epiteliysi (mezoteliy) rivojlanadi, mezoteliy epiteliysidan plevra, yurak xaltasi, qorin parda vujudga keladi. Mezenximadan esa qon va limfa tomirlarining ichini qoplab turuvchi qavat, miya pardalari va sinovial bo'shliq devorini ichidan qoplovchi qavat (endoteliy) taraqqiy etadi. Epiteliy yassi, silindrik hamda kubik shaklli bo'lib, bir va bir necha qavat bo'lib joylashadi (2-rasm). Nafas va tanosil a ’zolaridagi epiteliyning vorsinka (kiprik)lari bo'ladi va ular tebranuvchi epiteliy deb ataladi. Epiteliylar sharoitga m oslashib o 'z g a ra d i. Masalan, epidermisdan soch, tirnoq vujudga keladi, ohak moddasi to'planib, tishning emal qismiga, yog' moddasi t o ' p l a n i b y o g ' b e z la rig a a y l a ni s h i mu mk i n . B e z la r turlicha tuzilishga ega bo'lishiga qaramasdan, organizm da sek reto r v a z ifa s in i b a ja r a d i. Ular sekret ishlab chi qaradigan h u jay ra la r y ig 'in d isid a n tashkil topgan. Bezlar ishlab chiqaradigan gorm on (shira)lar organizmning hayotiy jarayonida muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun bezlar bajaradigan vazifalariga qarab joylashgan. C hunonchi, bezlarning bir qismi (quloq oldi, jag ' osti va til osti bezlari) og'iz bo 'sh lig 'i atrofida mustaqil joylashgan bo'lsa, boshqalari (hazm a ’zolari devoridagi bezlar) a ’zolar tarkibida joylashgan. Bezlarning asosiy qismi epiteliydan rivojlangan bo'lsa, qolgan qismi (epifiz hamda gipofizning orqa bo'lagi va buyrak usti m ag'iz qismi) esa nerv to'qim asidan vujudga keladi. Organizmdagi barcha bezlar shira ishlab chiqarishiga qarab uch guruh (ekzokrin, endokrin va aralash bezlar) ga bo'linadi. Ekzokrin bezlar (tashqi sekretsiya bezlari) ishlab chiqargan shira (sekret) larini chiqarish yo'llari orqali turli bo'shliqlarga yoki tashqariga chiqaradi. Jum ladan, o g 'iz - и г ~ ' H1 2-rasm. Epiteliylarning tuzilish sxemasi. A - bir qavatli silindrsimon epiteliy: В - bir qavatli kubsimon epiteliy; D - bir qavatli yassi epiteliy; E - ko'p qatorli epiteliy; F- ko'p qavatli epiteliy; G - ko'p qavatli yassi epiteliy; H - a'zolar hajmi kengaygan vaqtdagi epiteliy; W, - a'zolar hajmi toraygan vaqtdagi epiteliy. www.ziyouz.com kutubxonasi b o 'sh lig 'i atrofida joylashgan so'lak bezlari o 'z sekretini maxsus yo'llar orqali og'iz bo'shlig'iga quyadi. Ter ishlab chiqaruvchi bezlar esa teri yuzasiga chiqaradi. Hazm a ’zolari sistemasi devorida joylashgan bez sek- retlari ana shu a ’zolar bo'shlig'iga quyiladi. Ekzokrin bezlar qaysi a ’zo tarkibida joylashganiga qarab turlicha funksiyani bajaradi. Jumladan, ovqat hazm qilish a’zolari tarkibidagi bezlar ovqat mahsulotlarini parchalash va ularning shimilib, hazm bo'lish jarayonini ta’minlash uchun kerak bo'lgan sekret ishlab chiqaradi. Aksariyat ekzokrin bezlar k o 'p hujayrali bo'lsa-da, ular joylashgan o'rni, tuzilishi va sekret ajratish usuli hamda uning kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Bezlar ishlab chiqa radigan sekretining tarkibiga qarab shilimshiq (nafas yo'llarida joylash gan bezlar) ishlab chiqaradigan bezlar, seroz (tiniq) suyuqlik (quloq oldi bezi) ishlab chiqaradigan bezlar, oqsil - shilimshiq ishlab chiqaradigan bezlar (til va ja g ' osti bezlari), aralash bezlar va yog' bezlariga ajratiladi. Nafas yo'llari va ichak epiteliysida joylashgan bezlar qadahsimon hujay- ralardan tuzilgan bo'lib, shilimshiq ishlab chiqaradi. K o'p hujayrali bez larning sekret ishlab chiqaradigan qismi va chiqarish yo'li bo'ladi. Bez- ning sekret ishlab chiqaradigan qismi sekret ishlaydigan hujayralardan tuzilgan. Endokrin bez shiralari (gormonlar) chiqarish yo'llari bo'lm aganligi- dan to 'g 'rid a n -to 'g 'ri qon va limfaga shimiladi, bunday bezlar ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ular gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, ayrisimon bez, buyrak usti bezlari, m e’da osti bezining Langergans orolchalari, jinsiy bezlar bo'lib, ular ajratgan gormonlar qonga shimilib butun organizmga tarqalib, barcha a’zo hamda to'qimalardagi moddalar almashinuvi jarayonlarini tartibga solishda faol ishtirok etadi, organizmning o'sish va jinsiy takomillashuvini boshqaradi. Aralash bezga m e’da osti bezi misol bo'la oladi. Bu bez ishlab chiqargan asosiy shira maxsus yo 'l orqali o 'n ikki barmoq ichakka quyilsa (bezning ekzogen qismi), Langergans orolchalaridan ajralgan gormon (bezning endokrin qismi) qonga shimiladi. Bezlar bir va k o'p hujayrali bo'ladi. Bir hujayrali bezlar naysimon shaklda tuzilgan; sekret yig'ilganda kolba (qadah) shakliga o'xshab, tubi kengayadi. Sekret tashqariga chiqarilgandan so'ng yana o'z shakliga qaytadi. K o'p hujayrali bezlar chiqarish naylarining oxirgi qismi odatda shoxlangan bo'lib, uning atrofida bez hujayralari joylashgan. Hujayralaming sekretlari chiqarish nayining shoxchalariga ochilib, oxiri umumiy chiqarish yo'li orqali bo'shliqqa quyiladi. Bezlar sekret ishlab chiqarish xususiyatiga qarab merokrin, apokrin va golokrin turlarga bo'linadi. Organizmda merokrin bezlar birmuncha ko'proq bo'lib, ular o 'z sekretlarini hujayra sitoplazmasini yemirmasdan ajratadi. A pokrin bezlar (sut va ter bezlari) esa, aksincha, hujayra sitoplazmasining qisman yemirilishi hisobiga sekret ajratadi. Yemirilish www.ziyouz.com kutubxonasi k o 'p in c h a sek ret h u jay rasin in g u chid a sod ir b o 'lib , yangi sekret to'plaguncha yana tiklanadi. G olokrin bezlar (y og ' bezlari) sekreti hujayralaming yemirilishi hisobiga ajraladi. 2. B i r i k t i r u v c h i t o ' q i m a l a r — organizmning ichki qismida joylashgan bo'lib, tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo'lm aydi. Bu xildagi to'qim alarga mezenxima kurtagidan rivoj topgan uch xil to'qim ani kiritish mumkin: 1) qon va limfa to'qim alari organizmni himoya qilish va oziqlantirish (trofik) vazifasini bajaradi. Qonning suyuq qismi — qon plazmasi va shaklli elementlardan iborat. Qon plazmasidagi yog', uglevod, oqsil, mineral tuzlar rangsiz va yopishqoq bo'ladi. Qonda, asosan, uch xil shaklli elementlar bor: a) eritrositlar — qizil qon tanachalari 1 mm1 qonda o'rtacha 45000— 5 000000 dona bo'ladi; b) leykositlar — oq qon tanachalari 1 mm3 qonda o'rtacha 4000 — 10 000 dona bo'ladi; d) trombositlar — qon plastinkalari, bir-biriga tez yopishadigan, rangsiz va eritrositlarga nisbatan uch-to'rt marta kichik tuzilmalar. 2) limfa suyuqligi — qon singari plazma va shaklli elementlardan iborat bo'lib, tarkibida eritrositlar bo'lmaganligidan rangsiz. Qon va limfa holatidagi oraliq modda bilan birga organizmda moddalar almashinuvi jarayonini ta’minlaydi. 3) retikula to'qim alari o'zaro birlashib, chalkashib tuzilgan to'rsim on hujayralardan iborat bo'lib, ularning turlari orasida limfositlar joylashgan va limfoid to'qim alarni hosil qiladi. 4) biriktiruvchi to'qimalar hujayralararo oraliq moddalari ko'proq bo'lishi bilan farqlanadi. Bu xildagi to'qimalar tarkibida amorf (ma’lum tuzilishga ega bo'lmagan) moddalar, kollagen hamda elastik tolalar bo'ladi (3-rasm). Biriktiruvchi to'qim a quyidagi turlarga bo'linadi. Yumshoq (shakllanmagan) biriktiruvchi to'qim a — fibroblastlar (yapaloq, sershox hujayralar) dan tashkil topgan bo'lib, boshqa turdagi to'qim alarni bir-biriga bog'laydi, a’zolar tarkibidagi bo'shliqlam i to'ldiradi. Y o g ' t o ' q i m a s i (4-rasm) proto- plazmasida yog' tomchilari bo'lgan shar shaklidagi hujayralardan iborat bo'lib, orga nizmda charvi sifatida (qorin bo'shlig'ida) teri ostida, buyrak atrofida, ko'z kosasi va boshqa joylarda uchraydi. Ular o'zaro bir lashib, yog' parchasini hosil qiladi. Yog' Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling