O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
-rasm. Uchta embrion varaqlaridan
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- A’ZOLAR VA ULAR SISTEMASI
- ODAM GAVDASINING QISMLARI, OLCHOVLARI, YOSHGA VA JINSGA OID MASALALAR
- E s l a t m a : jadval N. К. Lisenkov, V. I. Bushkevich, M. G. Priveslaming «Odam anatomiyasi» darsligidan olindi.
- G A V D A Q O M A T I (K O N S T IT L T S IY A S I)
- / - tikka (vertikal) oq; 2 - k o ‘ndalang oq; 3 - frontal (peshona) sath; 4 - frontal, gori
14-rasm. Uchta embrion varaqlaridan rivojlangan a'zolar. 1 -ekloderma; 11-endoderma, III-mezo- derma; a - ichaklar va bezlar; b - suyaklar va qon tomirlar; d - nervlar va teri epiteliylari. www.ziyouz.com kutubxonasi tuklar, teri bezlari, burun, o g ‘iz va orqa chiqiruv teshigi shilliq qavatining epiteliy si, nerv sistemasi va sezgi a’zolarining epiteliy lari paydo bo'ladi. 2. Embrionning ichki varag'i — endodermadan ovqat hazm qilish sis temasi shilliq qavatining epiteliysi va ularning bezlari, nafas a ’zolarining talay qismi va qalqonsimon, buqoq bezlarining epiteliylari hosil bo'ladi. 3. Embrionning o 'rta varag'i — mezodermadan skelet muskullari, seroz bo'shliqlarining mezoteliysi, jinsiy bezlar va buyrak kurtaklari rivojlanadi. B ulardan tashqari, m ezoderm aning orqa segm entlaridan biriktiruvchi to'qim a — mezenxima paydo bo'ladi. M ezenximadan esa hamma biriktiruvchi to'qim alar, shu jumladan suyak va tog'ay to'qim ala ri ham rivojlanadi. Embrion rivojlanishining dastlabki davrlarida mezen xima kerak bo'lgan ovqat moddalarini yetkazib beradi, ya’ni trofik vazi fani bajaradi. Keyinchalik undan qon, limfa, qon tomirlar, limfa tugunlari va taloq vujudga keladi. Embrionning rivojlanishi haqida fikr yuritganda uning o'sishi uchun kerak bo'lgan moddalami yetkazib beradigan tashqi tuzilmalami ham nazarda tutish lozim. Jumladan, embrion o'zining ko'p hujayrali shar davrida ichki tuguncha (embrioblast) va tashqi hujayra qavati trofoblastga ajraladi, trofoblast embrion yordamida bachadonning shilliq qavatiga asta-sekin o'tiradi, bunga payvandlanish (implantatsiya) deb ataladi. Shu davrda embrion bilan ona tanasini bog‘lab turadigan va embrionning normal o'sishi uchun kerakli moddalarni yetkazib berib tu radigan yangi a’zo paydo b o 'la boshlaydi. Bunga yo'ldosh deyiladi. Yo'ldosh rivojlanib kelayotgan bir paytda embrionning tashqi tomonida bitta bo'rtm a paydo bo'ladi, chambarak singari buralib, asta-sekin tizim- cha shaklini oladi. Shunday qilib, embrionni yo'ldosh bilan birlashtirib turadigan kindik tizimchasi vujudga keladi. Embrion taraqqiyotining boshlang'ich davrida sariq yo'l yoki sariq tizimcha paydo bo'lib, u ichakdan embrionning tashqarisiga bo'rtib chiq qan qismi (sariq xaltasi) bilan ichakni birlashtirib turadi. Mezoderma hujayralarining moddasi (qorin poyasi) yo'l hosil qiladi va ichak mezo- dermasining alohida o 'sig 'i — siydik xaltachasidan o'sib chiqqan allantois (kolbasasimon) ana shu yo'ldan o'tib, bachadonning shilliq pardasiga boradi. Allantois bilan birga o 'sib chiqqan kindik qon tomirlari ham bachadonning shilliq qavatiga boradi. Shunday qilib, yo'ldoshda qon ay- lanish vujudga keladi va ona bilan embrion o'rtasida moddalar almashinuvi jarayoni boshlanadi. O'sayotgan embrion ikkita parda bilan o'raladi. Ichki parda — amnion pardaning ichi oqsil suyuqligi (qog'anoq suvi) bilan to'lgan bo'lib, unda embrion qimirlab (suzib) turadi. Amnionni ust tomondan xorion (kiprik parda) o'ragan bo'lib, uning kipriklari ko'pchilik sathda yo'qoladi. Xori- onning qolgan kiprikli qismiga qon tomirlar qo'shiladi. Ana shu qismi yo'ldosh hosil bo'lishida qatnashadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Shunday qilib, odam embrionining takomillashishi 40 hafta (10 oy) davom etadi. Bundan dastlabki 8 haftasi embrion (pusht) davri bo'lib, bunda barcha a’zolarning kurtaklari paydo bo'ladi. Keyingi homiladorlik 32 hafta davom etadi. Bu vaqtda hamma a ’zolar takomillashib homila kattalashadi. A’ZOLAR VA ULAR SISTEMASI A ’zolar organizmning ajralmas bir qismi bo'lib, m a’lum shaklga ega. Ular tarkibida, uni tashkil qilgan asosiy to'qim alardan tashqari nerv, qon tomirlar va biriktiruvchi to'qim alar ham bo'ladi. Masalan, muskullaming asosi muskul to'qim asi hisoblanadi. A’zolar organizmda m a’lum vazifani bajaradi va gavdani tashqi muhitga moslashtiradi. Ular organizmning evolutsion rivojlanish jarayonida mavjud m uhitga m oslashgan holda saqlanishga, ko'payishga va hayot kechirishga moslashib, nasldan-naslga o'tib boradi. A ’zolar organizmdan tashqari sharoitda hayot kechira olmaydi. A’zolarning tuzilishi bilan funksiyalari doimo bir-biriga chambarchas bog'liq. Shuning uchun a’zolaming tuzilishi, shakl o'zgarishi ularning funksiyalari va aksincha, funksiyalarning o'zgarishi a’zolaming hajmi va tuzilishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, a’zolaming tuzilishi, shakli va vazni jinsga hamda yoshga qarab o'zgara boradi. Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi a’zolar o'zaro birlashib, a’zolar sistemasini vujudga keltiradi. A ’zolar sistemasi tuzilishi, vazifasi va shakllanishi bilan bir-biriga o'xshash bir qancha a’zolami o 'z ichiga oladi. Har xil tuzilish va shakllanishdagi turli a ’zolar yoki sistemalar birgalikda bir xil vazifani bajaradi va a ’zolar apparatini hosil qiladi. Jumladan, harakat a’zolari yoki harakat apparati suyaklardan (skelet), ularni birlash tiruvchi boylamlar (bo 'g 'im va boylamlar) va skelet muskullaridan tuzilgan. Bu harakat apparati yordamida organizm harakat va ishlash qobiliyatiga ega bo'ladi. Bulardan tashqari, tayanch va mudofaa vazifalarini bajaradi. Jumladan, kalla bo'shlig'i, ko'krak qafasi, umurtqa pog'onasining kanali va chanoq bo'shlig'ida joylashgan a’zolar o 'z funksiyasini tashqi muhit ta’siridan xoli bo'lgan holda bajaradi. Shunday q ilib , organizm — a ’zo lar sistem asid an , a ’zolar esa to'qimalardan, to'qim alar esa to'qim a elementlaridan iborat. Biroq butun organizm ni bir y o 'la o 'rg a n ish birm uncha qiyinligi sababli, odam anatomiyasini ham alohida bo'lim larga ajratgan holda o'rganiladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Suyaklar haqidagi ilm (osteologiya) odam organizmi suyaklari (skelet)ni o'rganadi. 2. B o'g'im lar (boylamlar) haqidagi ilm suyaklarning o'zaro birlashuvi — bo'g'im lam i o'qitadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 3. Muskullar haqidagi ilm (miologiya)da skelet muskullarining tuzilishi, ularning shakli va organizmdagi mohiyati o'rganiladi. 4. Ichki a’zolar haqidagi ilm — ovqat hazm qilish a’zolari, nafas a’zolari sistemasi va siydik hamda jinsiy a’zolar sistemasini o'rganadi. 5. Qon tomirlar sistemasi organizmda muhim vazifani bajaradi. Tomirlar ichidagi suyuqlik (qon va limfa) to'qimalarning hayoti uchun zarur bo'lgan barcha m oddalarni yetkazib beradi, chiqindi (organizm ga kerakmas) moddalarni ma’lum a ’zolarga olib boradi. Qon tomirlar sistemasi yurak, arteriyalar, venalar, lim fa tom irlari va kapillarlar singari murakkab tuzilmalardan iborat. 6. Nerv sistemasi bosh miya, orqa miya va ulardan chiquvchi nervlar- dan tashkil topgan. Bosh miya bilan orqa miya markaziy nerv sistemasini, ulardan tarqaluvchi nervlar — periferik va vegetativ nerv sistemasi tashkil etadi. Nerv sistemasi organizmdagi turli a’zolaming funksiyalarini idora qiladi, organizmni o'rab turgan tashqi muhitdan ta’sirotlami qabul qilib, ularga munosib javob qaytarish yo'li bilan organizmni tashqi muhit bilan uzviy bogiaydi. 7. Sezgi a’zolari yoki analizatorlar eshitish va muvozanat saqlash a’zosi, ko'rish, ichki va tashqi muhitdan keladigan turli ta’sir (hidlar, maza bilish, harorat, turli og'riq va h.k.) larni qabul qilishdan iborat. 8. Ichki sekretsiya bezlari gormonlari — maxsus kimyoviy tuzilmalar dan iborat suyuqlik ishlab chiqaradi va qon orqali organizmga tarqatib, uning faoliyatini tartibga solib turadi. ODAM GAVDASINING QISMLARI, O'LCHOVLARI, YOSHGA VA JINSGA OID MASALALAR Odam gavdasi bir qancha bo'laklardan iborat. Odam kallasi bo'yin vositasida tanaga qo'shilib turadi. Odam gavdasi ko'krak qafasi, qorin va chanoq bo'shliqlaridan, ikki qo'l va ikki oyoqdan iborat. Bulardan qo'llar gavdaning yuqorisida joylashgan bo'lsa, oyoqlar tanaga pastdan birlashgan. Ko'krak qafasi ichidagi a’zolarning turgan joylarini sirtdan turib aniqlash uchun bir qancha bo'ylam a, tikka chiziqlardan foydalaniladi: 1) o 'rta chiziq — gavdaning qoq o'rtasidan o'tadi; 2) to'sh chizig'i — to'sh suyagining ikki cheti bo'ylab o'tadi; 3) to'shning yonbosh chizig'i — ko'krak bezi va to'sh chiziqlari o'rtasidan o'tadi; 4) sut bezi chizig'i — shu bezning so'rg'ichi ustidan o'tadi; 5) oldingi qo'ltiq chizig'i — qo'ltiqning oldingi qirrasidan boshlanadi; 6) qo'ltiq o'rta chizig'i — qo'ltiqning o'rta qismidan boshlanadi; 7) qo'ltiq orqa chizig'i — qo'ltiqning orqa qirrasidan o'tadi; 8) kurak chizig'i — kurakning pastki burchagidan pastga o'tadi; 9) umurtqa pog'onasi chizig'i — umurtqa pog'onasining ikki yonbo- shi bo'ylab o'tadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Odamning qorin sohasi ham ikkita gorizontal chiziq vositasida ustma-ust joylashgan uchta bo'lakka (qavatga) ajraladi, chiziqlarning biri ikkala tomondagi to'qqizinchi qovurg'alarning uchlarini birlashtiradi, ikkinchisi esa yonbosh suyaklarining oldingi tomondagi ustki qirra o'siq- larini b ir-birig a q o 'sh a d i. Bu ch iziq lar o ‘rtasidagi b o ‘lak lar (eng yuqorisidagi) qorin usti, qorin o'rta va qorin pastki bo'lagi deb ataladi. Qorinning uchala bo'lagi o 'z navbatida ikkita vertikal chiziq vositasida yana uchtadan sohaga ajraladi. Ustki qavatning o'rta (markaziy) bo'lakchasi to'sh osti va ikki tomondagi bo'laklari esa o'ng va chap qovurg'a osti sohalari deb ataladi. O 'rta qavatdagi bo'laklar kindik sohasi, chap va o 'ng qorin (bel) sohalari deyiladi. Nihoyat, uchinchi pastki bo'Iak o'rtada — qov sohasi va ikkita chov (chap va o'ng) sohalariga bo'linadi. Odamning qo'li yelka, tirsak, bilak va panjalarga bo'linsa, oyoq son, tizza, boldir va oyoq panjasidan tuzilgan. Odam gavdasining shakllari jinsga, yoshga, irqqa, naslga, tashqi muhitga qarab aniqlanadi va organizm konstitutsiyasi turlarini bildiradi. Lekin buning uchun organizm morfologiyasi hamda fiziologiyasi to'g'risidagi dalillardan tashqari, gavda va uning alohida bo'laklari hajmlarini ham e ’tiborga olish lozim. Bunda gavdaning tikka turgan holatdagi uzunligi (bo'yi) asosiy rol o'ynaydi. Deniker ma’lumotlariga qaraganda, erkak kishining o'ziga xos normal bo'yi 135 sm dan 190 sm gacha; ba’zan bundan ham bo'ychan odamlar uchraydi, ularning bo'yi, hatto 2,7 m gacha yetadi. Ammo yer sharining hamma qit’alaridagi o'rta bo'yli odamlarning bo'yi o'rta hisobda 146— 175 sm bo'ladi. Odam gavdasidagi alohida bo'laklarning uzunligi haqida to'xtalgan- da, ularning bir-biriga munosabatini e ’tiborga olish zarur. Biroq k o 'p vaqtlardan buyon rasso m lar, a n tro p o lo g lar odam gavdasi alohida bo'laklarining o 'zaro munosabatini aniqlashda maxsus qoidalarga amal qilib keldilar. Organizm alohida bo'laklarining katta-kichikligi odam gavdasining umumiy uzunligiga nisbatan protsent hisobida aniqlanadi. Gavda qismlarining ba’zi muhim o'lcham lari 29 yoshli, bo 'y i 170 sm uzunlikdagi so g 'lo m erkakni o 'lch ab , quyidagi jadval tuzilgan. Bu jadvalda keltirilgan m a’lum otlar faqat bitta odamga taalluqli b o'lsa ham katta odam gavdasi alohida qism larining bir-biriga m unosabatlarini yetarlicha ravshan k o 'rsata oladi. Yuqorida keltirilgan odam gavdasining o'lcham lari bilan bir qatorda uning og'irligi ham katta ahamiyatga ega bo'lib, o 'rta yoshdagi erkaklar- da u 65 kg ga teng. J i n s i y a l o m a t l a r . Odamni erkak va ayollarga ajratib turadigan belgilari ikki xil bo'ladi, birinchidan, bu vazifani, asosan, jinsiy a’zolar, bezlar o'tasa, qolgan alomatlar ikkilamchi jinsiy belgilar hisoblanadi. Jumladan, ayollar b o 'y i erkaklar bo'yidan pastroq (Deniker m a’lumoti), www.ziyouz.com kutubxonasi 29 yoshli erkak gavdasining qismlari O'lchamlar sm protsent Bo'yi 170,5 100 Boshining uzunligi 23,2 13,45 Tanasining uzunligi 52,3 30,6 Gavdaning yuqori qismi uzunligi 85,3 50 Gavdaning pastki qismi uzunligi 85,2 50 Oyoq uzunligi 88,3 51,75 Qo'l uzunligi 76,9 45,02 Yelkalar o'rtasidagi masofa 42,3 24,7 Yonbosh suyaklar qinalari o'rtasidagi masofa 29 16,95 Son suyaklari katta ko'stlari o'rtasidagi masofa 32,9 19,29 E s l a t m a : jadval N. К. Lisenkov, V. I. Bushkevich, M. G. Priveslaming «Odam anatomiyasi» darsligidan olindi. ular og'irligi o 'rtach a 55 kg. Ayollar tanasi erkaklar tanasiga qaraganda uzunroq, q o 'l va oyoqlari esa kaltaroq, yelkalar uzunligi qisqaroq, gavdasining pastki qismi (chanoq bo'lagi) kengroq, ya’ni kattaroq bo'ladi. K o'krak qafasi erkaklarga nisbatan kalta va torroq, qorinlari kattaroq, erkak m uskulining jami og'irligi gavda umumiy og'irligining 40% ini, ayollarda 32% ini tashkil qiladi. Shuning uchun ayollar erkaklarga qaraganda birm uncha kuchsizroq bo'ladi. Bundan tashqari, ayollar terisi kam tukli b o 'lib , to'qim alari va sut bezlari juda yaxshi rivojlangan. Erkaklar terisi esa sertuk (ayniqsa, yuzda), dag'alroq, sut bezlari qoldiq sifatida bo'ladi. Y o s h x u s u s i y a t l a r i . Yangi tug'ilgan chaqaloq gavdasining shakli va uning hajmi o'rta yashar odamning gavdasidan keskin farq qiladi. Chaqaloq bo'yining uzunligi 50 sm, og'irligi 3250— 3500 g bo'lib, kallasi bo'yining 1/4 bo'lagiga (kattalarda esa 1/7— 1/8 bo'lagiga) teng. Chaqaloqning oyoqlari juda kalta, uzunligi deyarli qo'llari uzunligiga teng, qomi ko'kragiga qaraganda ko'tarilgan, chanog'i tor bo'ladi. Bola- ning tug'ilgandan keyingi o'sishi to 'rt davrga ajratib o'rganiladi. 1. Chaqaloqning tishlari chiqmagan, emish davri — 1 yoshgacha. 2. Sut tishlarining chiqqan davri (2— 7 yoshgacha), betaraf davri — bu vaqtda o 'g 'il bolalar bilan qizlarning ikkilamchi tashqi belgilari unchalik rivojlanmagan bo'ladi. 3. Biseksual bolalik davri — 8— 15 yoshgacha bo'lib, o 'g 'il bolalar bilan qizlar gavdasining tashqi ko'rinishida ikkilamchi belgilar rivojlanib, bir-biridan juda yaxshi farq qiladi. 4. Balog'atga yetish davri — (15— 20 yosh), bu davrda o 'g 'il bolalar o'spirin bo'lib, qizlar balog'atga yetadi. Shunday qilib, yuqorida ko'rsatilgandek, bolalar tug'ilgandan keyin organizmdagi o 'sish jarayoni faqat embrion rivojlanishi davridagi mavjud qism larning kattalashuvi hisobiga b o 'lad i. Umuman o 's is h jarayoni www.ziyouz.com kutubxonasi embrionda va tug'ilgan bolalarda bir tekis rivojlanmaydi. Jumladan, bo- laning embrion davrida gavdasining yuqori qismi va kallasi yaxshi takomillashgan bo'ladi. Chunki gavdasining bu bo'laklari yo'ldoshdan keladigan toza qon bilan ko'proq ta’minlanadi (embrionning qon aylanish sistemasiga qarang). Bola tug'ilgandan keyin oyoqlari tezroq rivojlanadi. O 'g'il bolalar gavdasining bo'yiga qarab o'sishi 5—7 va 13— 16 yoshga, qiz bolalarda 11— 14 yoshga to'g'ri keladi, organizmning umumiy o'sishi esa 23—25 yoshgacha davom etadi. Odam gavdasining nisbati ham asta- sekin o'zgara boradi. Yosh bolalarda gavdaning tepa hamda pastki, ya’ni ikkita bo'lakka ajratib turadigan chiziqlari kindikdan o'tadigan bo'lsa, organizm o'sgan sari bu chiziq pastki tomonga siljib boradi, katta odamlarda qovuqning ustki qirrasiga to'g'ri keladi. G A V D A Q O M A T I (K O N S T IT L T S IY A S I) Agar har bir shaxs organizmining tuzilishi sinchiklab o'rganilsa, uning anatomiyasida o'ziga xos alohida xususiyatlar borligini ko'ramiz. Bino barin, har bir shaxsning morfologiyasi bilan fiziologiyasida ham ozmi- ko'pmi farq borligi aniqlanadi. Ushbu xususiyatlar shifokorlarning kun dalik ishlarida, turli qomatga ega bo'lgan odamlarning kasalligini aniq lash jarayonida muhim rol o'ynaydi. Bu esa odam qomatini o'rganish zaruratini tug'diradi. Qomat tabiat va ma’lum bir jamiyat tuzumi ta’sirida odamga o'ziga xos morfologik va fiziologik xususiyatlarga ega bo'lgan individual belgi lar yig'indisidan vujudga keladi va organizmdagi hamma o'zgarishlarga (betoblikka ham) bog'liq. Odam qomati o'z avlodidan (naslidan) orttirgan asosiy xususiyatlarining yig'indisidan paydo bo'ladi. Qomatning rivojla- nishida tashqi muhitning ta’siri juda muhim. Odam bo'yining har turli bo'lishi nasliga, ijtimoiy sharoitga, ishiga va iqtisodiy ahvoliga bog'liq. Odam qoma tini morfologik tuzilishiga qarab М. V. Chernorutskiy 3 turga ajratgan (15-rasm). 1. Gipersteniklar (keng yelkali past b o 'y lila r) — bunday odam larning yelkalari keng, gavdalari vazmin, baquv- vat va tiqmachoq semiz bo'ladi. Qo'l va oyoqlari tanasiga nisbatan kalta, kalla, ko'krak va qorin deyarli keng hajmda. Ularning qorni ko'kragiga nisbatan kat ta, tananing ko'ndalang o'lchami bo'yiga nisbatan uzunroq bo'ladi. 2. A sten ik lar (uzun b o 'y li, tor ko'kraklilar) — bo'ylari uzun, organiz mi zaif taraqqiy etib, vazni yengil, qo'l А в D 15-rasm. Gavda qomati. A -asten ik ; В - norm ostenik; D - giperstenik. www.ziyouz.com kutubxonasi va oyoqlari tanalariga qaraganda uzunroq, ko'kraklari qorin qismidan katta, bo'yining uzunligi esa ko'ndalang uzunligidan ziyod bo'ladi. 3. Normosteniklar (o'rta bo'ylilar) — yuqorida bayon etilgan giperste- nik va asteniklaming oraliq shaklidagi odamlar o'rta bo'ylilar hisoblanadi. Odam gavdasining tashqi tuzilishi ichki a’zolariga, qon tomirlari shakl- lariga, tuzilishiga ham ta’sir qiladi. Jumladan, giperstenik odamning diaf- ragmasi yuqori joylashgan bo'lib, yuragi, me’dasining hajmi katta va ko'ndalangiga joylashgan, aortasi keng, o'pkasi qisqa va ingichka, ichagi ko'proq gorizontal yo'nalishda taxlanib yotadi. Jigar, me’da osti bezi, buyraklari va qora jigari (taloq)ning hajmi kattaroq. Asteniklarda esa deyarli hamma a’zolari kichik bo'lib, pastroq joyla shadi. Lekin bu turdagi odamning ko'kragiga nisbatan o'pkasining uzun bo'lishi uni boshqa hamma a’zolardan ajratib turadi. A n a to m iy a te rm in la ri Odam organizmining barcha qismlarini, a’zolarining tuzilishini, shaklini o'rganishda lotincha yoki yunoncha terminlar keng qo'llanadi. A’zolar ning organizmda joylashib turgan о 'mini yoki ularning alohida qismlarini a’zolarga nisbatan o'rganishdan ko'pincha anatomiyada mavjud bo'lgan uchta: sagittal, frontal va gorizontal sathdan (odam tikka turgan holatida) foydalaniladi (16-rasm). 1. Sagittal sath odam tanasini oldindan orqa tomonga qaratib boshi- dan oxirigacha vertikal (tikka) kesilishi natijasida hosil bo'ladi. Agar muz- latilgan murdaning sagittal sathi qoq o'rta qismidan teng ikkita — o'ng va chap nimtalarga ajratilsa, o'rta cath vujudga keladi. 2. Frontal (peshona) sath sagittal sathga nisbatan to'g'ri burchak hosil qilib yoki aniqrog'i odam peshonasi- ga parallel holatda vertikal kesilganda vujudga keladi. 3. Gorizontal sath fazoga (gori- zontga) parallel yoki sagittal bilan frontal sathlariga to 'g 'r i burchak hosil qilib kesilganda hosil bo'ladi. Odam organizmini o'rganishda va uning alohida qismlarini, a ’zolarni tekshirishda yuqorida ko'rsatilgan uchta sathdan keng foydalaniladi. / - tikka (vertikal) o'q; 2 - k o ‘ndalang o'q; 3 - frontal (peshona) sath; 4 - frontal, gori zontal va sagittal sathlar bo'ylab o'tkazilgan o'qlar; 5 - frontal sathdagi chiziq; 6 - sagittal o'q chiziq; 7 - sagittal sathdagi chiziq. www.ziyouz.com kutubxonasi Organizmning tashqi muhit ta’siriga javob berib moslashishi shu orga nizmning reaktivligi bo'lib, moddalar almashinuvi va ko‘payishlar hayotning asosiy xususiyatidir. Tirik organizm rivojlanib, takomillasha borgan sari o'zaro bog'liq holda reaktivligi ham murakkablashib boradi. Organizm tuzilishining yuqori pog'onaga ko'tarila borishi tashqi muhitning har xil ta’sirlarga javob berish qobiliyati o'sib, moslashib borishi bilan ifodalanadi. Odamning reaktivligi uchun ikkinchi signal sistemasi va oliy nerv faoliyatining mohiyati nihoyatda muhim. Binobarin, organizmning reak tivligi, uni tashqi muhitning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilish xususiyati bo'lib, ular turlicha. 1. Individual reaktivlik organizmning harorat va kislorod miqdorining ko'p-ozligi, yashash muhiti, ovqatlanish rejimi hamda yoshga, irsiyatga bo'lgan munosabati bilan aniqlanadi. 2. Fiziologik reaktivlik — sog'lom organizm reaksiyasi; har xil odamda turlicha bo'ladi, jumladan, ba’zi kasalliklar (gripp, difteriya va h.k.) ayrim bolalarda og'ir, boshqalarida esa yengil o'tadi. Muhofaza reaksiyalari normal fiziologik funksiyalar bilan chambar- chas bog'liq. Masalan, ishlash davrida moddalar almashinuvi oshib, yurak urishi, nafas olish tezlashadi. 3. Patologik reaktivlik kasallik davrida (kasallikda organizmning zaiflashishi) yuzaga keladi. Jumladan, kasallikda harsillash, terlash va organizm haroratining ko'tarilishi antitelolar ishlab chiqarishni oshirib, organizmni holsizlantiradi. Regeneratsiyaning — jarohatlangan yoki o'lgan to'qimalarning qayta tiklanishi. Regeneratsiyaning ikki: fiziologik va tiklanuvchi turi tafovut qilinadi. Fiziologik regeneratsiya kundalik normal hayotda halok bo'lgan hujayralar o'rniga yangi hujayralar paydo bo'lishidir. Jumladan, epiteliyning chuqur qavatida joylashgan hujayralar va ko'mikdagi o'lgan qon hujayra lari o'mini yangi hujayralar to'ldiradi. Odamning qon hujayralari o 'rta cha bir oy davomida yangilanadi. Tiklanuvchi regeneratsiya jarohatlangan to'qimalarda, sog'lom qolgan hujayralaming ko'payishi hisobiga yuz beradi. Bunda nuqsonga yaqin sog'lom to'qimalarda kompensator gipertrofik jarayon (regeneratsion gi- pertrofiya) rivojlanadi. Ko'pchilik a’zolarda regeneratsiya markazi bo'ladi. Masalan, suyak singanda suyak ust pardasi regeneratsiya markazi vazifasini o'taydi. Bunday markaz qon uchun ko'mik hisoblanadi va h.k. Odatda, to'liq va chala www.ziyouz.com kutubxonasi regeneratsiya tafovut qilinadi. To'liq regeneratsiya — nuqson o'midagi to'qima ham, tuzilishi ham funksiyasi jihatidan yo'qolgan to'qimaga batamom o'xshash bo'ladi. Chala regeneratsiyada esa nuqson o'm i bi riktiruvchi to'qimadan rivojlangan chandiq bilan qoplanadi. Regeneratsiya muddati organizmning umumiy holatiga, neyro-gumo- ral omilga, tashqi va ichki muhitga, yoshga va endokrin bezlar funksiyasiga qarab davom etadi. Regeneratsiya yoshlarda tezroq, keksalarda, aksincha, sekinroq bo'ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling