O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Q O 'L N IN G E R K IN B O 'L IM ID A G I S U Y A K L A R
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Q O 'L N IN G E R K IN B O 'L IM ID A G I S U Y A K L A R Y e l k a s u y a g i (32-rasm, A), rosmana uzun suyaklar turkumidan bo'lib, unda tana — diafiz, ikkita uch — epifizlar va ular o'rtasida joylashgan metafiz farqlanadi. Yelka suyagining yuqori uchi — boshchasi suyakning qolgan qismla- ridan anatomik bo'yincha orqali ajralib turadi, ana shu bo'yinchaning pastki tomonida ikkita do'mboqcha (lateral tomonda kattaroq, old tomon da kichkina) bo'ladi. Har qaysi do'mboqchadan pastga qarab bittadan g'adir-budur qirra ketgan. Ana shu do'mboqchalar va g'adir-budur qirra- www.ziyouz.com kutubxonasi lar orasida egatcha bo‘lib, undan yelka ikki boshli muskulining payi o'tadi. Do'mboqchalar va qirralarga muskullar kelib birlashadi. Yelka suyagi do‘mboqchalarining pastki qismi xipcharoq bo'lib, xirurgik bo'yin deb ataladi, yelka suyagi ko'proq ana shu joyidan sinadi va suyak tanasi (diafiz)ni epifizga qo'shib turadi. Yelka suyagi tanasi ning yuqori qismi silindr shaklida bo'lib, pastki qismi uch chekkali. Yelka suyagining pastki kengay- gan uchi ikki tomonda g'adir-budur tepacha hosil qilib tugaydi, bular medial va lateral tepachalardir. Medial tepacha o'siqroq bo'lib, orqa yuzasida tirsak nervi o'tadigan egat cha ko'rinadi. Ikkala tepacha orasi da bilak suyaklari bilan birlashadi- gan bo'g'im yuzasi bo'lib, u ikki bo'lakka ajralgan: medial tomonda ko'ndalang joylashgan va tirsak su yagi bilan birlashadigan g'altagi bo'lsa, lateral tomonda bilak suyagi bilan birlashish uchun yarim sharga o'xshash bo'g'im yuzali boshcha bo'ladi. Q'altak tepasining oldingi tomonidagi toj chuqurchasiga tirsak suyagining toj o'sig'i, toj tepasining oldingi tomonidagi toj chuqurchasi ga tirsak suyagining toj o'sig'i kirib turadi. Toj chuqurchasining lateral tomonida bilak suyagining boshi o'rnashishi uchun chuqurcha bor. Q'altak tepasining orqa tomonida tirsak suyagining tirsak o'sig'i kirib turadigan chuqurcha joylashgan. B i l a k s u y a k l a r i (32-rasm, D) naysimon ikkita uzun suyaklar- dan iborat bo'lib, medial tomonda tirsak suyagi, lateral tomonda esa bilak suyagi joylashgan. T i r s a k s u y a g i (32-rasm, В) yuqori, yo'g'on uchida yelka suya gining g'altagi bilan qo'shiladigan kattagina bo'g'im yuzasi bo'lib, bu yuza old tomondan toj o'sig'i va orqa tomondan tirsak o 'sig 'i bilan chegaralanib turadi. Toj o'sig'ining lateral tomonida bilak suyagining boshchasi bilan bo'g'im tuzilishi uchun botiq yuzacha joylashgan. Toj o'sig'ining pasti- da, old tomonda yelka muskuli yopishishidan paydo bo'lgan g'adir-budur 32-rasm. A .Y elka su yagi. / - b o s h c h a s i ; 2 - kichik do'm boqcha; 3 - g 'ad ir - budur qirra; 4 - anatom ik b o 'y in ; 5 - x i r u r g i k b o 'y in : 6 - toj ch u q u rch a; 7 - m ed ia l tep a ch a ; 8 - g'altak; 9 - b o 'g 'im yuzasi; 10 - lateral tepacha; / / - k a t t a do'm boqcha. B. Tirsak suyagi. / - t i r s a k ; 2 - b o ' g ' i m yuzasi; 3 - toj o 'sig 'i; 4 - botiq yuza; 5 - tirsak g'adir - buduri; 6 - suyak tanasi; 7 - tirsak boshi; S - b ig iz s im o n o'siq . D. Bilak suyagi. / - suyak boshchasi; 2 - bo'yin; 3 - bilak g'adir - buduri; 4 - suyak tanasi; 5 - botiq b o 'g 'im yuzasi; 6 - b ig iz s im o n o'siq . www.ziyouz.com kutubxonasi joy tirsak g'adir-buduri deb ataladi. Tirsak suyagining pastki, distal uchi yumaloq tirsak boshi bilan tugaydi, uning medial chekkasidan bigizsimon o ‘siq chiqib turadi. Uning yonida bilak suyagining botiq bo‘g ‘im yuzasi bilan birlashadigan doira bo‘g ‘im yuzasi bor. Bilak suyagining proksimal uchi, aksincha, dumaloq boshcha bo'lib, tepa tomondan yelka suyagining boshchasi botiq bo'g'im yuzasi orqali ana shu chuqurchaga joylashadi. Bilak suyagining gir aylangan bo'g'im yuzasi tirsak suyagining bo'g'im yuzasi bilan bo'g'im hosil qiladi. Bi lak suyagining boshchasi boshqa bo'laklardan ingichka bo'yin bilan ajralgan. Bilak suyagining pastki uchi yo'g'onlashgan bo'lib, tashqi tomonida bigizsimon o'siq ko'rinib turadi. Ichki tomondagi botiq bo'g'im yuzasi esa tirsak suyagining doira bo'g'im yuzasi bilan qo'shi ladi. Bilak suyagi pastki uchining pastki tomoni uchburchak shaklidagi botiq bo'g'im yuzasi vositasida kaft suyaklari bilan bo'g'im hosil qilib qo'shiladi. Q o ' l p a n j a s i s k e l e t i (33-rasm) kaft usti, kaft va barmoq (falanga) suyaklariga ajrati ladi. Kaft usti suyaklari turli shakldagi 8 ta mayda suyaklardan iborat bo'lib, to'rttadan ikki qator joylashgan. Bulardan birinchi yoki proksimal qatori (b osh barm oq to m o n id an h is o b la n g a n d a ) qayiqsimon suyak, yarim oysimon suyak, uch qir rali suyak va no'xatsimon suyaklardan tashkil topgan. Ana shu suyaklarning birinchi uchtasi o'zaro birlashib, ellips shaklidagi qavariq bo'g'im yuzasini hosil qiladi va bilak suyagining bo'g'im yuzasi bilan birlashib turadi. Kaft usti suyaklarining ikkinchi distal qatori trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak, boshchali suyak va ilmoqli suyaklardan tashkil topgan. Kaft usti suyaklarining ikkinchi distal qatori trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak, boshchali suyak va ilmoqli suyaklardan tashkil topgan. Kaft usti suyaklarining nomlari shakllariga mos; ularning har birida bir-biri bilan qo'shiladigan mos bo'g'im yuzalari va ba’zilarida kaft yuzalariga turtib chiqqan g'adir-budur do'mboqlari bo'ladi. Kaft suyaklari beshta kalta naysimon suyak- dan tuzilgan bo'lib, bosh barmoq tomonidan 33-rasm. Q o ‘1 panjasi skeleti. 1 - no'xatsimon suyak; 2 - uch qirrali suyak; 3 - yarim o y s im o n s u y a k ; 4 - q a y iq sim o n su y a k ; 5 - ilmoqli suyak; 6 - boshchali suyak; 7 - trapetsiyasimon suyak; 8 - trapetsiyasimon k ic h ik su y a k ; 9 - k a f t suyaklari; 10 - proksim al fa la n g a la r ; / / - o ' r t a falangalar; 12 - distal (tirnoq) falangalar. www.ziyouz.com kutubxonasi sanalganda I, II va hokazo kaft suyaklari nomi bilan ataladi. Har bir kaft suyagining tubi, tanasi va dumaloq boshchasi tafovut qilinadi. Kaft suyaklari uchidagi bo‘g ‘im yuzasi yassi bo‘lib, kaft ustki suyak larining ikkinchi qatorida joylashgan suyaklari bilan qo‘shilsa, yonbosh yuzalari o'zaro bir-biri bilan bo‘g ‘im hosil qilib birlashadi. Kaft suyakla rining boshchasidagi sharsimon bo'g'im yuzalari birinchi barmoq falanga suyaklari bilan bo'g'im hosil qiladi. Barmoq suyaklari kaft suyaklariga o'xshash katta naysimon suyaklar dan tuzilgan bo'lib, barmoqlarda ketma-ket joylashgan. Bosh barmoqdan boshqa hamma barmoqning uchtadan falanga suyak lari bo'lib, faqat bosh barmoq ikkita falanga suyagidan tuzilgan. Bosh barmoqda birinchi va uchinchi falanga suyaklari bo'lib, o'rta falanga suyagi bo'lmaydi. Qolgan barmoqlarda proksimal o'rta va distal falanga suyaklari bo'ladi. O'mrov suyagining to'mtoq uchi chanoq suyagi dastasi bilan qo'shilib, o'mrov bo'g'imini, ikkinchi yassi uchi kurak suyagining yelka o'sig'iga qo'shilib, yelka o'sig 'i—o'mrov bo'g'imini hosil qiladi. O'mrov suyagi ning chanoq suyagi dastasi bilan bo'g'im hosil qiladigan uchi orasida bo'shliq va tog'ay disk borligi tufayli bu bo'g'im deyarli har tomonga erkin harakat qila oladi (34-rasm). Kurak suyagi tana skeletiga bevosita birlashmasdan muskullar orasida joylashadi. Y e l k a b o ' g ' i m i (35-rasm) yelka suyagining boshi bilan kurak suyagining bo'g'im chuquri qo'shilishidan hosil bo'ladi. Bu bo'g'im at rofida boylamlar kam bo'lib, kapsulasi (xaltasi) yupqa bo'lganligidan Q O 'L S U Y A K L A R I VA Y E L K A K A M A R I S U Y A K L A R IN IN G B IR L A S H IS H I 34-rasm . T o ‘sh -o ‘mrov b o 'g 'im i. ] - to'sh-o'mrov boylami; 2 - o'mrov oraliq boylami; 3 - tog'ay diski; 4 - o'm rov qovurg'a oraliq boylami; 5 - to'sh-qovurg'a bo'g'im i; 6 - t o ‘sh- qovurg'a boylami. 35-rasm . Y elka b o 'g 'im i. I - tumshuqsimon o'siq-yelka boylami; 2 - kurak; 3 - bo'g'im kapsulasi; 4 - ikki boshli muskul nayi; 5 - do'mboqlar oraliq payi. www.ziyouz.com kutubxonasi bo‘g ‘imni mustahkamlaydi. B o‘g ‘imni uning atrofida joylashgan muskul lar, ayniqsa, bo'g'im xaltasi ichidan o'tgan ikki boshli yelka muskuli uzun boshining payi mustahkamlab turadi. Yelka bo'g'im i sharsimon bo'g'im lar turkumiga kiradi. Shu sababli erkin va har tomonga harakat qiladi. Frontal o'q bo'ylab yelkani oldinga va orqaga, sagittal o'q orqali tanadan uzoqlashtirib- yaqinlashtirish, vertikal o'q atrofida yelkani ich- kariga va tashqariga burish mumkin. Bulardan tashqari, yelka bo'g'imi atrofida aylanma hara kat ham bo'ladi. T i r s a k b o ' g ' i m i (36-rasm) yelka su yagining pastki uchi bilan bilak va tirsak suyakla rining yuqori uchlari qo'shilishidan hosil bo'ladi. Tirsak bo'g'imi tarkibida yelka-bilak (ayri- simon b o 'g 'im ), yelka-tirsak (g'altaksim on b o'g'im ) va bilak bilan tirsak (silindrsimon bo'g'im ) suyaklarining yuqori uchlari bo'g'im i tafovut qilinadi. Bu uchta bo'g'im bitta kapsu- laga o'ralib, paylar bilan tutashib turganligi uchun tirsak bo'g'im i deb ataladi. Yelka-tirsak b o 'g 'i mi g'altaksim on shaklda bo'lganidan tirsak bo'g'im ida harakat, asosan, bitta ko'ndalang o'q atrofida bukilish va yozilish, yelka-bilak bo'g'im ida esa vintsimon harakat sodir bo'ladi. Bilak- tirsak bo'g'im i silindr shaklida bo'lib, faqat tashqi tomonga buriladi. Bilak suyaklarining o'zaro birlashuvi (37-rasm) ular yuqori va pastki uchlarining bo'g'im hosil qilib qo'shi lishidan tashqari, tanalarining bir-biriga qaragan qirra lari o'rtasida fibroz to'qimadan tuzil- 36-rasm . Tirsak b o'g'im i. I - b o 'g 'im kapsulasi; 2,6 - y o n la m a b o y la m la r; 3 - q iy sh iq b oylam ; 4 - i k k i boshli muskul payi; 5 - bilak suyagining chambarak boylam i. 37-rasm . Bilak suyaklarining o'zaro birlashuvi. I - tirsak suyagi; 2,4 - m ed ia l va lateral bigizsim on o'siqlari; 3 - su yak lar o raliq t o g 'a y i d is k i; 5 - s u y a k la r o r a liq p a r d a s i; 6 - b ila k suyagi; 7 - pardadagi te sh ik ; 8 - m u sk u l payi; 9 - b ila k suya gining chambarak boylami. gan parda tortilgan. Tirsak bilak suyaklari bo'g'im i ulardagi kemtik bilan boshchalari o'rtasida vujudga ke ladi. Bilak suyaklarining yuqori uch lari bo'g'imi tirsak bo'g'imi tarkibiga kirsa, pastki uchlari bo'g'im i bilak- kaft usti suyaklari bo'g'imlari bilan birgalikda bo'g'im kapsulasiga o'ral- gan. Bilak suyaklarining o'zaro bir lashuvi kombinatsiyalashgan bo'g'im turkumiga kiradi va bilak suyagini ay- lanib, tirsak suyagining ustiga min- www.ziyouz.com kutubxonasi gashadi, natijada bilak ichkariga va tashqariga buriladi yoki qo'l kafti old va orqa tomonga aylanadi. B i l a k - k a f t b o ' g ' i m i (38-rasm) kaft usti suyaklarining yuqori bo'g'im i yuzasi bilan bilak suyagining pastki uchi oralig'ida vujudga keladi. Bu bo'g'im ni hosil qilishda no'xatsim on suyak bilan tirsak suyagi qatnashmaydi. Bilak-kaft bo'g'im i tuxumsimon shaklda bo'lib, ikki yonboshdan va old orqa tomondan boylamlar bilan mustahkamlangan. Bu b o 'g 'im atrofida bukish, yozish, tanadan uzoqlashtirish va yaqinlashtirish hamda aylanma harakatlar bo'ladi. Kaft ustki su yaklarining o'zaro birlashuvi, asosan, bi rinchi qatorda joylashgan suyaklar bilan ikkinchi qatorda joylashgan suyaklar ora lig'ida vujudga keladi. B o'g'im bo'shlig'i «S» shaklida bo'lib, odatda bilak-kaft b o 'g 'im i bilan birg alikd a (kombinat- siyalangan) harakat qiladi. K a f t u s t i v a k a f t b o ' g ' i m i ikkinchi qatorda joylashgan kaft usti su yaklari bilan kaft suyaklari oralig'ida vu judga keladi. Bosh barmoqning kaft suyagi bilan katta ko'p burchakli suyak o'rtasidagi bo'g'im mustaqil bo'lib, egarsimon shakl da bo'lganidan frontal o'qi atrofida buki- lishi va yozilishi, sagittal yoki uzoqlashi- shi mumkin. Bulardan tashqari, bosh barmoq qolgan to'rtta barmoqqa ko'nda lang bukilishi mumkin. Bu barmoqlar hara kati juda chegaralangan bo'lib, asosan, bukilib-yozilish imkoniyatiga ega. Kaft suyaklari bilan barmoq suyaklari o'rtasidagi bo'g'im beshta kaft suyaklarining distal uchi bilan birinchi qatordagi beshta barmoq suyaklari falangalarining ustki uchlari o'rtasida hosil bo'ladi. Bu bo'g'im lar ellips shaklida bo'lib, frontal o'qi atrofida bukilishi va yozilishi, sagittal o'qida barmoqlar bir-biriga yaqinlashishi va uzoqlashishi mumkin. Barmoq suyaklari (falangalar) o'rtasidagi bo'g'im lar g'altak shaklida gi bo'g'imlar bo'lib, frontal o'q atrofida barmoqlar faqat bukilishi va yozilishi mumkin. O Y O Q SK E L E T I Oyoq suyaklari qo'l suyaklari singari ikki qismga bo'linadi. Birinchisi — oyoq kamari bo'lib, ikki tomonda bittadan chanoq suyakdan tuzilgan. Ikkinchisi uch qismdan iborat: 1) proksimal qismi — son suyagidan; 2) 38-rasm . Bilak-kaft b o 'g 'im i. / - bilak suyagi; 2 - orqadagi bilak- kaft boylam i; 3 - bilak tom ondagi boylam i; 4 - qayiqsim on suyak; 5 - ilm oqli suyak; 6 - boshchali suyak; 7 - tr a p e ts iy a s im o n s u y a k ; 8 - trapetsiyasim on kichik suyak; 9 - k a ft u s ti - k a ft b o y la m i; 1 0 - n o 'x a t s im o n su y a k ; / / - t i r s a k tom ondagi yonlama boylam; 12 - bi gizsim on o'siq; 13 - tirsak su yagi. www.ziyouz.com kutubxonasi o‘rta qismi — boldir (katta va kichik boldir) suyaklari bilan tizza qopqog‘i suyagidan; 3) distal qismi — oyoq panjasi skeletidan tashkil topgan. Oyoq kamari suyaklari C h a n o q s u y a g i (39-rasm) ikkita yalpoq chanoq yoki nomsiz suyakdan iborat bo‘lib, odamning yurishida gavda og'irligini oyoqqa o'tkazadi va chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolami tashqi muhit ta’siridan saq- lab turadi. Chanoq suyagining bu xildagi vazifalari uning murakkab 0 ‘rta yoshdagi odam chanoq suyaklarida uchta ayrim suyaklar, ya’ni yonbosh suyagi, qov suyagi va quymich suyagi tafovut qila di. Bu suyaklar \4— 16 yoshga kirguncha alohida bo'lib, o'zaro tog'ay plastinkalari vositasida qo'shilgan bo'lsa, keyinchalik su yaklanib, bir butun chanoq suyagini hosil qiladi. Chanoq suyagining tashqi yuzasida (uchala suyakning o'zaro birlashgan joyi- da) son suyagining boshi kirib turadigan quymich kosasi bo'lib, uning atrofi baland qirg'oq bilan o'ralgan, qirg'oqning pastki qismi quymich o'ymasi bilan chegaralan gan. Quymich kosasida son suyagining boshchasi bo'g'im hosil qilib joylashgan. Yonbosh suyagining pastki yo'g'onroq qismi, tanasi quymich kosasining tuzilishi- da qatnashadi. Yonbosh suyagining tanasi- dan, yuqoridagi serbar plastinka «S» shak lida keng bo'lib, unda muskullar yopisha- digan uchta g'adir-budur ko'rinadi. Yon bosh suyagining qirrasi oldingi tomonda ustki hamda pastki o'tkir o'siq bilan, yonbosh suyagi qirrasining orqa tomoni yuqori va pastki o'siqlar bilan tugaydi. Yonbosh suyagining orqa tomonida katta quymich o'ymasi va uning pastida o'tkir o'siq joylashgan. Yonbosh suyagi qanotining ichki yuzasi silliq va botiqroq bo'lib, yonbosh chuqurchasi deb ataladi. Ana shu chuqurchaning orqa va pastki tomonida quloq suprasi shaklidagi bo'g'im yuzasi dumg'aza suyagidagi shunga o'xshash o'ziga mos keladi gan bo'g'im yuzasi bilan birlashib turadi. Qov suyagining kalta va keng qismi, tanasi bo'lib, quymich kosasi ning oldingi bo'lagini tashkil qiladi. Qovuq suyagining ikkita, ya’ni yuqori va pastki butoqlari burchak hosil qilib, o'zaro birlashib turadi va ana shu burchakning medial chekka yuzasida oval shaklidagi cho'zinchoq bo'g'im yuzasi orqali ikki tomondagi qov suyaklariga birikkan bo'ladi. tuzilganidan dalolat beradi. 39-rasm . C hanoq suyagi. 1 - y o n b o sh s u y a k q a n o li; 2 - yonbosh suyak qirrasi; 3 , 6 , 1 6 - g 'a d ir -b u d u r c h iz iq la r ; 4,5 - oldingi ustki va pastki o'tkir o'siq; 7 - quymich kosasi; 8 - qov suyagi; 9 -y u p ilu v c h i tCbliik, 1 0 - quymich suyagi; I I - kichik quymich o'yma; 12 - o'tkir o'siq; 13 - katta quymich o'yma; 14,15 - orqadagi ustki va pastki o'tkir o'siq. www.ziyouz.com kutubxonasi Quymich suyagining qov suyagiga o'xshash quymich kosalarini hosil qilishda qatnashadigan qismi, tanasi va undan pastga davom etgan yuqori butog'i bor. Ana shu butoq burchak hosil qilib, pastki butoqqa o'tadi. Bu esa qov suyagining pastki butog'i bilan qo'shiladi. Quymich suyagi ikkala butog'ining o'zaro birlashgan joyi kengayib yo'g'onlashgan quymich do'mbog'ini hosil qiladi. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi o'tkir uchli o'siq bilan quymich do'mbog'i orasida quymichning kichki na o'ymasi joylashgan. Quymich bilan qov suyaklarining butoqlari o'zaro bir-biri bilan qo'shilib, tuxum shaklidagi kattagina yopg'ich teshikni hosil qiladi. Oyoqning erkin boMimidagi suyaklar Oyoq skeletining bu qismi son suyagi, tizza qopqog'i, boldir suyaklari va oyoq panjasining skeletidan tashkil topgan. S o n s u y a g i naysim on su yaklar orasida eng uzuni va kattasi bo'lib, uning ham tanasi, pastki va yuqori tomon (epifiz) lari bor. Son suyagining yuqori uchida (ichki tom onga qarab joylashgan) sharsim on boshchasi ko'rinib turadi. Boshcha marka- zining pastrog'ida chuqurcha joylashgan. Son suyagining boshchasi qolgan bo'lagi bilan b o 'y ni (m etafiz) orqali birlashgan. Bu suyakning bo'yni tanasiga 130° o'tmas bur chak hosil qilib q o 'sh ilg an , ayollarda chanoqlarining keng va katta bo'lishiga qarab son suyagining bo'yni to'g'ri burchak hosil qilib qo'shiladi (40-rasm). Son suyagi bo'ynining tanaga o'tish che- garasida muskul yopishishidan paydo bo'lgan ikkita do'mboq, katta va kichik ko'stlar (apofiz) joylashgan, ular oralig'ida (orqa to mondan) qirra va oldingi tomonda g'adir- budur chiziqlar bo'ladi. Son suyagining tanasi oldinga qarab bir oz bukilgan uch qirrali dumaloq shaklda bo'lib, orqa tomonida bo'yiga qarab ikkita labdan tashkil topgan g'adir-budur qirrasi ko'rinadi. Uning ichkari tomondagi labi yuqoridagi kichik do'mboqchagacha davom etadi va do'mboqlar oraliq chiziqqa qo'shi lib ketadi. Tashqi labsimon chiziq esa katta 40-rasm . Son suyagi. a - old tomondan ko'rinishi: 1 - son suyagining boshi; 2 - bo'yni; 3,5 - katta va kichik ko'stlar; 4 - ko'stlar oralig'id agi chiziq; 6 - suyak tanasi; 7,8 - g'adir - budur Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling