O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
tepachalar; b - orqa tom ond an ko'rinishi: I - k o 'st chuqurchasi; 2 - ko'stlar oralig'id agi qirra; 3 - g ' a d i r - b u d u r y u z a ; 4 , 5 - lab sim on qirra; 6 - taqim osti m aydonchasi; 7 - o ' s i q l a r ora lig'idagi chuqurcha. www.ziyouz.com kutubxonasi do‘mboqning pastigacha boradi va g'adir-budur joyiga aylanadi. Bu joyga do'mboq katta muskuli payining bir qismi yopishadi. Son suyagining pastki yo'g'onlashgan (distal) uchi orqaga qarab bu- rilgan ikkita muskul yopishadigan o'siq bilan tugaydi. Ikkala o'siqning oldingi tomonida bo'g'im yuzalar bilan o'zaro tutashib turadi va tizza qopqog'i joylashadi. Ichkari va tashqari o'siqlarning orqasi va oralig'ida chuqurcha joylashgan. Har bir o'siqning bo'g'im yuzalari yon tomoni teparog'ida bittadan g'adir-budur tepacha ko'rinib turadi. T i z z a q o p q o g ' i — to'rt boshli son muskuli payining orasida joylashgan eng katta sesamasimon suyak. Tizza qopqog'ining oldingi yuzasi g'adir-budur bo'lsa, orqa — silliq bo'g'im yuzasi son suyagi bilan bo'g'im hosil qiladi. B o l d i r s u y a k l a r i (41 -rasm) ikkita naysimon suyakdan, ya’ni medial (ichki) tomonda joylashgan katta boldir suyagi va lateral (tashqi) tomonda joylashgan ki chik boldir suyagidan tashkil topgan. Katta boldir suyagi (41-rasm, a) kichik boldir suya giga nisbatan katta bo'lib, yuqori uchi (epifizi)da ikkita (medial va lateral) do'nglar bor, ikkala do'ngning yuqori- sida son suyagi bilan bo'g'im tuzish uchun botiqroq yuza joylashgan. Ana shu b o 'g 'im yuzalari ikkita do'mboqdan tuzilgan tepacha vositasida bir-biridan aj ralib turadi. Lateral do'ngning pastki va orqa tomonida kichik boldir suyagining yuqori uchi birlashadigan yassi bo'g'im yuzasi bor. Katta boldir suyagining tanasi uch qirrali bo'lib, ol- dinda teri ostidan o'tkir qirra ko'rinib turadi. Kichik boldir suyagi tomonda lateral qirraga suyaklararo boylam (parda) yopishadi. Medial tomonda esa to'mtoq qirra bor. Katta boldir suyagining pastki uchi (epifiz) to'rtburchak shaklida bo'lib, medial tomonidan pastga qarab maxsus o'siq— ichki to'piq chiqadi. Katta boldir suyagining lateral to monida kichik boldir suyagi joylashadigan o'ymani ko'rish mumkin. Kichik boldir suyagi (41-rasm, b) juda ingichka va ikkinchisi yo'g'on bo'lib, yuqori (proksimal) uchi (epifiz) — suyak boshi bo'lib, uning medial yuzasida katta boldir suyagining lateral do'ngi bilan bo'g'im hosil qiladigan yuzasi bor. Suyak tanasi o'z o'qi atrofida bir oz buralgan, uch qirrali bo'lib, ulardan birining medial yuzasida oraliq parda yopishadigan oraliq qirrani ko'rish mumkin. Kichik boldir suyagining pastki (distal) uchi (epifiz) yo'g'onla- shib, tashqi to'piqni tashkil qiladi. 6 a 4 1-rasm. Boldir suyaklari. a - k atta b o ld ir suyagi; b - kichik boldir suyagi; I - d o ' m b o q c h a , te p a lik ; 2 , 1 0 - lateral va medial do'nglar; 3 - suyak g'adir-buduri; 4 - katta boldir suyagi tanasi; 5 - kichik b o ld ir s u y a g i tanasi; 6 - oldingi q irra; 7 - ich k i to'piq; 8 - tashqi to'piq; 9 - k ic h ik boldir suyagi boshchasi. www.ziyouz.com kutubxonasi O y o q p a n j a s i s k e l e t i (42-rasm) kaft oldi qismi, oyoq kafti va oyoq barmoqlaridan tuzilgan. Kaft oldi qismi yettita kalta g'ovak suyaklardan tashkil topgan bo'lib, kaft usti suyaklari singari ikki qator joylashgan: 1) orqa yoki proksimal qator ikkita (oshiq va tovon) suyakdan iborat; 2) oldingi, qayiqsimon suyak, distal qator uchta ponasimon va kubsimon suyaklardan tuzilgan. Odam gavdasining vertikal holatga o'tishi oyoq panjasining skelet tuzilishida ham o'z izini qoldiradi. Natijada oyoq panjasi tayanch vazifa sini bajarishga va gavda og'irligini ko'tarib yurishga moslashadi. Shuning uchun odamda tovon suyagi ancha yo'g'onlashgan, orqadan oldinga (bo'yiga) uzunlashgan va mustahkam bo'ladi. Oshiq suyak esa tovon suyagining ustida joylashgan bo'lib, yuqorida boldir suyaklari bilan, old tomonda qayiqsimon suyak bilan bo'g'im hosil qilib birla shadi. Binobarin, oshiq suyakning tuzilishi va uning bo'g'im yuzalari ana shunga moslashgan. Qolgan suyaklar ham gavda og'irligini ko'tarib yurishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun oyoq pan jasi suyaklari asta-sekin kattalashgan va oyoq gumbazi hosil qilib o'zaro qo'shilib joylashgan. O y o q k a f t i beshta oyoq kafti suyaklari- dan tashkil topgan. Bu suyaklarning tuzilishi qo'l kafti suyaklariga o'xshagan, bularda ham proksi mal uch yoki asos, tana va distal uch yoki boshcha bo'ladi. Oyoq kafti suyaklari katta-kichik bo'lib, biri boshqasiga qaraganda kaltaroq va yo'g'onroq bo'lsa, ikkinchisi hammasidan uzun va hokazo. Oyoq kafti suyaklari bir-biridan uzunasiga oraliq bo'shliq bilan ajralib turadi. Oyoq barm oqlari falanga suyaklari q o 'l barmoqlari falanga suyaklari singari tuzilgan. Bosh barmoq ikkita, II—V barmoqlar uchtadan falanga 7 - p 0 n a sim o n su yak lar; suyaklaridan iborat bo'lib, timoq falanga suyaklari- s - o y o q kafti suyaklari; 9, ning distal uchlari g'adir-budur yuza bo'lib tugaydi. I0- 11 ~ falangalar. O Y O Q S U Y A K L A R IN IN G B IR L A S H IS H I Chanoq suyaklarining birlashishi (43-rasm). Chanoqni hosil qilishda ikki yonboshdan chanoq suyaklari, orqa tomondan dumg'aza va dum suyaklari qatnashadi. Chanoq suyaklari old tomonda qovuq yarim bo'g'imini (simfiz), orqa tomonda dumg'aza-chanoq bo'g'imini hosil qilib, qo'shila di va turli boylamlar bilan mustahkamlanadi. 42-rasm . O yoq panjasi skeleti. I - tovon suyagi; 2 - oshiq suyak; 3 - kubsimon suyak; 4 - aaviasim on suvak: 5. 6 www.ziyouz.com kutubxonasi 43-rasm . Chanoq suyaklarining birlashishi. / - y o n b o s b e l b o y la m i; 2 - u m u rtq a pog'onasining oldingi uzun boylami; 3 - yonbosh- dumg'aza boylami; 4 - bel umurtqasi; 5 - katta quymich teshik; 6 - dumg'aza o'siq boylami; 7 - dumg'aza do'mboq boylami; 8 - kichik quymich te sh ik ; 9 - d u m g ' a z a d u m s im o n -s u y a k la r birlashishi; / О -tep a lik ; 1 1 - oldingi pastki o'tkir o'siq; 1 2 -o ld in g i yuqorigi o'tkir o'siq; 13 - yonbosh suyagi. 1. Dumg‘aza-chanoq bo‘g‘imi - ikkala suyakning quloqsimon yuzalari b irlashishidan hosil bo'lgan yassi bo'g'im. Bo'g'im xaltasi kalta va tarang tortilgan bo'lib, bo'g'im bo'shlig'i juda tor oraliqdan iborat, old va orqa tomonda bir necha boylamlar bilan mustahkamlangan. Shuning uchun bo'g'im erkin harakat qila olmaydi. Yonbosh suyagi qirrasining orqa qismidan boshlangan boy lam tolalari beshinchi bel umurt qasining ko'ndalang o 's ig 'ig a mustahkam tortilib birlashadi. Quyidagi ikkita pishiq boylam lar chanoq suyagi bilan dumg'a za suyagi o'rtasid a tortilgan. Bulardan biri dumg'aza suyagi chetidan boshlanib, quym ich d o 'n g ig a yopishadi va katta quymich kemtigini shu nomli teshikka aylantiradi. Ikkinchi boylam du m g'aza suyagidan boshlanib, chanoq suyagidagi quymich qirrasiga yopishadi va kichik quymich kemtigini teshikka aylantiradi. 2. Old tomondan ikki qov suyaklarining yassi yuzalari bir-biri bilan qo'shilib, yarim (chala) bo'g'im hosil qiladi. Bo'g'im yuzalari orasida tog'ay diski va tor bo'g'im bo'shlig'i bo'ladi. Qov suyaklarini uning ustidan qov boylami, past tomondan qov ravog'ining boylami birlashtirib turadi. Homilador ayollarda yuqorida bayon etilgan qov suyaklari bo'g'im i, dumg'aza-yonbosh bo'g'im i va dumg'aza-dum birlashmalari cho'zilib, chanoq bo'shlig'ini kattalashtiradi va chaqaloqning tug'ilish jarayoniga normal sharoit yaratadi. Katta chanoq bilan kichik chanoqni ajratib turadigan chegara chiziq ikki tomondagi yonbosh suyagining ravoqsimon chizig'i bilan qov suya gi ustki qirg'og'ining o'zaro birlashishidan hosil bo'ladi. Katta chanoq ikki yon tomondan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi bilan o'ralgan bo'lib, old tomoni suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori muskullarining pastki qismidan iborat. Katta chanoq bo'shlig'i qorin bo'shli- g'ining davomi bo'lib, unda ichaklar joylashgan. www.ziyouz.com kutubxonasi Kichik chanoqning orqa devorini dumg'aza va dum suyaklari, ikki yon devorini chanoq suyagining quymich kosasi sohasi hamda shu atrof- dagi boylamlar tashkil qiladi. Kichik chanoqning pastki chiqish teshigi quymich va qov suyaklari ning butoqlari, quymich suyagining do‘mbog‘i, dumg‘aza-do‘mboq boy lami va dumsimon suyaklar bilan chegaralangan. Balog'atga yetgan qizlar chanog'i erkaklar chanog'iga nisbatan kalta- ligi, bo'shlig'ining keng bo‘lishi bilan farq qiladi. Yonbosh suyak qanotlari ayollarda tashqariga yotiqroq, erkaklarda tik holatda bo'ladi. Ayollar chanog'ining kirish qismi ko'ndalang-oval shaklida, chiqish teshigi esa erkaklamikiga nisbatan ancha keng. Ayollarning qov ravog'i (90— 100°) ham erkaklarnikidan (70—75°) birmuncha kattaroq bo'ladi (44-rasm). Chanoqning shakli va katta-kichikligi ko'proq tug'ruq jarayonida ahamiyatga ega bo'lganligidan uni tegishli o'lchovlar bilan aniqlanadi. Jumladan: 1) o'tkir o'siq masofa- si — ikki yonbosh suyagi oldining ustki o'tkir o'siqlari oralig'i ayollarda 25—27 sm; 2) ustki qirralar oralig'i — ikki yonbosh suyagi ustki qirralari oralig'i 28—29 sm; 3) katta ko'stlar oralig'i — ikki son suyagining katta ko'stlari oralig'i 30—32 sm. Bu o'lchovlar erkaklar da 2— 3 sm kam bo'ladi. Kichik chanoqning kirish o'lchovini bilish uchun uni uch tomonlama o'lchanadi. Oxirgi bel umurtqasi bilan dumg'aza suyagi orali- g'idan simfizning ustki chetiga qadar masofa anatomik konyugataga yoki to'g'ri diametri 11 sm ga teng. ch an og'i. Ko'ndalang diametri kichik chanoqni katta chanoqdan chegaralab tu radigan chiziqning eng uzoq nuqtalari orasidagi masofa o'rtacha 13 sm. Kichik chanoqning chiqish teshigi quyidagi o'lchovlarda o'lchanadi: 1) ko'ndalang diametri - quymich suyagining ikkita do'mboqlari ora sidagi masofa 11 sm; 2) to'g'ri diametri — simfizning pasti bilan dumsimon suyak uchi oralig'i bo'lib, 9,5 — 10 sm ga teng. Bu diametr ayollarning tug'ish jarayonida 14 — 15 sm gacha kattalashadi. Chanoq-son bo‘g ‘imi Chanoq-son bo'g'im i (45-rasm) chanoq suyagidagi quymich kosasi bilan son suyagining boshi birlashishidan paydo bo'ladi. Quymich ko- sasining qirg'og'ida chuqurchani kattalashtirishga moslashgan fibroz tog'ay 44-rasm . C hanoqlam ing jin siy tafovuti. A - ayollar chanog'i; В - erkaklar www.ziyouz.com kutubxonasi 45-rasm . C hanoq-son b o'g'im i. I - q o v s u y a g i; 2 - q o v - s o n boylami; 3 - yop g'ich kanal; 4 - yopg'ich fibroz parda; 5 - quymich do'm bog'i; 6 - kichik ko'st; 7 - son suyagi; 8 - b o'g'im kapsulasining yopishgan chizig'i; 9 - katta ko'st; 1 0 - yonbosh-son boylami; I I - oldingi pastki o'tkir o'siq. 46-rasm . T izza b o 'g'im i. 1 - orqadagi kesishgan boylam; 2 - oldingi kesishgan boylam; 3 - ko'ndalang boylam; 4 - menisk; 5 - t i z z a qop qog'i boylam i; 6 - t i z z a q o p q o g ' i ; 7 - b o ld ir s u y a k la ri o ra liq p ard asi; 8 - kichik boldir; 9 - k ic h ik boldir suyagi boshi boylam i; / 0 - s o n ikki b o sh li m u sk u lin in g payi; / / - m e n i s k ; 12 - kichik boldir yonlam a boylam i. labi bor. Bo‘g ‘im xaltasi erkin joylashgan bo'lib, son suyagi boshining harakat qili- shiga xalaqit bermaydi. Chanoq-son b o 'g 'i mi quyidagi boylam lar bilan mustah- kamlanadi: 1) yonbosh-son boylam i— bo'g'imning eng baquvvat va katta boylami. U bo'g'imning old tomonida yonbosh su yagining pastki o 's ig 'id a n boshlanib, ko'stlararo chiziqqa kelib yopishadi va odamning tik turishida muhim rol o'ynay di; 2) quymich-son boylami orqa tomon dan, quymich suyagining bo'g'im iga yaqin joylashib, bo'g'im xaltasiga chatishib kat ta ko'stga borib yopishadi; 3) qov-son boylami medial (ichkari) tomondan, qov suyagining ustki shoxidan boshlanib, ki chik ko'stga yopishadi. Chanoq-son b o 'g 'i mi garchand yong'oqsimon bo'g'im lar tur kumiga kirsa ham, yuqorida keltirilgan uchta boylam bo'g'imining bemalol erkin harakat qilishiga imkon bermaydi. Bular dan tashqari, bo'g'im ichidagi boylam quy mich chuqurchasidan boshlanib, son suya gining boshidagi chuqurchaga kelib yopi shadi va son suyagining mustahkam ushla- nib turishiga yordam beradi. Chanoq-son b o 'g 'im i atrofidagi muskullar b o 'g 'im harakatida boylamlaming unchalik tarang- lanmasligiga imkon beradi. Bo'g'im yon g'oqsimon shaklda bo'lib, frontal o'qida ta naga yaqinlashishi va uzoqlashishi, tik o'qi bo'ylab tashqari hamda ichkariga aylanishi va doira shaklida harakat qilishi mumkin. Tizza bo‘g‘imi Tizza bo'g'imi (46-rasm) uchta suyak (son suyagi, katta boldir suyagi va tizza qopqog'i suyagi) orasida hosil bo'ladi, ya’ni son suyagining ichki va tashqi do'nglari- dan bo'rtib chiqqan bo'g'im yuzalari katta boldir suyagi ichki va tashqi do'nglarining botiqroq bo'g'im yuzalari bilan birlashadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Old tomonda esa tizza qopqog'ining orqa bo‘g ‘im yuzasi son suyagining do'ng oraliq bo'g'im yuzasiga tegib turadi. Tizza bo'g'imini hosil qilish da ishtirok etgan son va katta boldir suyaklari bo'g'im yuzalarining o'zaro mos bo'lmagan qismini yarim oy shaklidagi tog'ay plastinka (menisk)lar to'ldiradi. Menisklarning tashqi chetlari qalin bo'lib, bo'g'im xaltasiga yopishib tursa, ichki chetlari yupqa va erkin bo'ladi. O 'ng va chap to mondagi menisklar old tomondan ko'ndalang boylam bilan tutashsa, tizza bo'g'im i xaltaning ichida va tashqarisida joylashgan boylamlar bilan mus- tahkamlanadi. Tizza bo'g'im i ichida ko'ndalang boylamdan tashqari, old va orqada kesishgan boylamlar bo'ladi. Bo'g'im tashqarisida esa suyaklarning ikki yonboshida joylashgan yonlama boylamlar bilan suyaklar o'zaro mustah- kamlanadi. Old tomondan sonning to'rt boshli muskul payi tizza qopqog'iga yopishib, uning xususiy boylami sifatida davom etadi va katta boldir suyagining do'ngiga yopishadi. Bo'g'im xaltasining ichki (sinovial) qavati bir necha burmalarni hosil qiladi. Shulardan kattasi tizza qopqog'i sinovial xaltasi bo'lib, to'rt boshli muskulning payi bilan son suyagi distal qismining old yuzasi o'rtasida joylashgan. Tizza bo'g'im i g'altaksimon bo'g'im bo'lib, bunda bukilish va yozilish, ichkari va tashqariga chegaralangan burilish ro'y beradi. B O L D IR SU Y A K L A R IN IN G B IR L A S H IS H I Katta va kichik boldir suyaklarining tepa uchlari o'zaro yassi bo'g'im hosil qilib birlashadi. Shuning uchun bu bo'g 'im harakatsiz bo'g'im turkumiga kiradi. Katta va kichik boldir suyaklarining pastki uchlari birikishidan harakatsiz bo'g'im vujudga keladi va boylamlar bilan mus- tahkamlanadi. Suyak tanalarining bir-biriga qaragan chetlari o'zaro fibroz parda bilan tutashgan bo'lib, faqat tepa qismidagi teshikchalardan qon tomirlar o'tadi. Suyaklararo parda boldir suyaklarini bir tekis ushlab turishga xizmat qiladi. O s h i q - b o l d i r b o ' g ' i m i (47-rasm). Ikki boldir suyagining pastki uchlaridagi bo'g'im yuzalari oyoq panjasi oshiq suyagining ustki yuzasi ga, boldir suyaklaridagi to'piqlarning yuzalari esa oshiqning ikki yon yuzasiga to'g'ri keladi. B o'g'im xaltasi birmuncha bo'sh tortilganligidan turli harakatlarga xalaqit bermaydi. Oshiq-boldir bo'g'im i boldir suyakla rini oshiq, qayiqsimon, tovon suyaklari bilan tutashtirib turuvchi har tomonga yo'nalgan boylamlar bilan mustahkamlangan. B o'g'im shakl jihatidan g'altaksimon bo'g'im lar turkumiga kiradi va faqat bir o'q (ko'nda lang o'q) atrofida bukilish va yozilish harakati bo'ladi. Oyoq panjasi pastga bukilib turganda uni ikki yon tomonga bir oz harakatlantirish mumkin. O y o q p a n j a s i s u y a k l a r i n i n g o ' z a r o b i r i k i s h i . Oyoq panjasi suyaklari tuzilishi jihatdan har xil bo'lganidan xilma-xil, murak- www.ziyouz.com kutubxonasi 47-rasm . O shiq-boldir b o 'g 'im i. / - b o ' g ' i m b o 'sh lig 'i; 2 - m e d ia l tom on dagi boylam ; 3, 4, 11, 12 - oyoq tovon oldi suyaklarini o'zaro birlashtiruvchi b oylam lar; 5, 7 - kaft-falangalar oraliq boylamlari; 6 - falangalar oraliq boylami; 8 - kaft suyaklari oraliq boylami; 9 -to v o n -k a ft boylami; 1 0 - ayrisimon boylam; 13 - tovon-kichik boldir boylami: 14 - oshiq-kichik boldir boylami; 15 - boldir suyaklari oraliq boylami. kab bo'g'imlar hosil qilib o'zaro turli boylamlar bilan birlashgan. Bular orasida Shopar bo'g'im i jarrohlikda katta ahamiyatga ega bo'lishi bilan ajralib turadi. Bu b o 'g'im tovon kubsimon suyak bo'g'imi bilan oshiq va qayiqsimon suyaklar o'rtasidagi bo'g'imlardan tashkil topgan. Shopar bo'g'im i ayrisimon boylam bilan mustahkamlanadi va Shopar bo'g'im i kaliti deb ataladi. Bu bo'g'im bir o'qli bo'lib, bir oz ichkariga va tashqariga buriladi. K a f t u s t i v a k a f t s u y a k l a r i o ' r t a s i d a g i b o ' g ' i m l a r (48-rasm). Bu bo'g'imlar ponasimon, kubsimon suyaklar va kaft suyaklarining o'zaro qo'shilishidan hosil bo'lib, yarim bo'g'im lar turkumiga kirganligidan hara kati juda cheklangan. Bu bo'g'im kaft usti to mondan hamda ikki yon tomondan boylamlar bilan mustahkam birlashib turadi. Bulardan kaft usti-kaft suyaklari oralig'idagi medial boylam Lisfrank bo'g'im i kaliti hisoblanib, jarrohlikda uning katta ahamiyati bor. Kaft suyaklari bilan barm oq suyaklari o'rtasidagi b o 'g 'im la r va barmoq suyaklari oyoqda ham qo'ldagi shu xildagi bo'g'imlarga o'xshash tuzilgan. Kaft suyaklari o'rtasidagi bo'g'imlarda bukilish-yozilish harakatlaridan ta shqari bir oz uzoqlashish-yaqinlashish harakat lari ham bo'ladi. Barmoq suyaklari o'rtasidagi bo'g'imlarda esa faqat bukilish va yozilish hara kati mavjud. Oyoq panjasi yurishga moslashganligi bilan uzun boylami; 10 - kaft oraliq qo'l panjasidan tubdan farq qiladi. Qo'l panjasi boylam lari. odamda mehnat quroliga aylangan, oyoq panjasi 48-rasm . O yoq kafti boylam lari. 1, 4, 6 - k a ft u s t i- k a f t boylam lari; 2, 3, 5, 8, 9 - muskul paylari; 7 -k a ftn in g www.ziyouz.com kutubxonasi esa gavda og'irligini ko'tarib turish va yurishga moslashgan. Bu hoi oyoq panjasining faqat shakliga emas, undagi suyaklarning tuzilishi va joylanish tartibiga ham ta’sir etgan. Jumladan, oyoq kaftida gumbaz vujudga keladi va kuchli kaft boylami tovon suyagidan boshlanib, kaft va barmoq suyaklariga tarqalib, yopishib mustahkamlanadi. Agar bu boylam bo'sha- shib, panjaning gumbaz holati yo'qolsa, yalpoq panja (yassi oyoqlik) vujudga keladi, bunda yurish qiyinlashadi, ya’ni qadam tashlaganda gav da og'irligini yengillatish—amortizatorlik vazifasi bir qadar yo'qoladi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling