O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Leykositlarning turlari, ularning tuzilishi va organizmdagi ahamiyati. 6. Trombositlar nima 7. Qon plazmasi togrisida nima bilasiz
- 11. Qonning ivish sabablarini bilasizmi 12. Qon gruppalari togrisida nimalami bilasiz Gruppalaming qon quyishdagi muhim ahamiyatlari nimada
- 14. Qon quyishda nimalarga ahamiyat berish kerak Donor va resipiyent togrisida sizning tushunchangiz. 15. Gipoksiya nima
- 20. Antigen va antitelolar nima 21. Allergiya nima TOMIRLAR SISTEMASI (ANGIOLOGIYA)
- 140-rasm. Qon tomirlar sistemasi.
- 141-rasm. Qon aylanish doirasi. I - kapillarlar; 2 - aorta; 3 - ichki azolardagi kapillarlar tori; 4
- kurak limfa nayi; 9 -o p k a arteriyasi; 10 - yuqori kovak vena; II - qol va boshdagi kapillarlar tori.
- 142-rasm. Qon tomirlar devorining gistologik tuzilishi. a - vena qon tomiri: I - ichki qavat; 2
- 143-rasm. Vena qon lomiri. I - vena qon tomirlarining devori; 2 - klapanlar; 3 - klapan b o sh lig i.
- 144-rasm. Yurakning tashqi korinishi. / - c h a p omrov arteriyasi; 2 - umu miy uyqu arteriyasi; 3 - aorta ravogi;
- oldingi egat; 9 -c h a p qorincha; 1 0 - yurak uchi; I I - on g qorincha; 12 - toj egati;
- epikard; 17 - yelka bosh arteriyasi poyasi.
- chalar oraliq devori; 5 - sorgichsimon 5 muskullar; 6 - pay ipchalar; 7 - uch tava
Nazorat uchun savollar 1. Qonning tuzilishi, tarkibi va fiziologiyasi. 2. Qonning shaklli elementlarini tushuntiring. 3. Eritrositlarning tuzilishi, miqdori va fiziologiyasi. 4. Leykositlarning tuzilishi, miqdori va fiziologiyasi. 5. Leykositlarning turlari, ularning tuzilishi va organizmdagi ahamiyati. 6. Trombositlar nima? 7. Qon plazmasi to'g'risida nima bilasiz? 8. Gemoglobin nima, uning organizmda tutgan rolini aytib bering. 9. Fagositoz nima, uning organizmdagi ahamiyati. 10. Qon gemostazini tushuntiring. 11. Qonning ivish sabablarini bilasizmi? 12. Qon gruppalari to'g'risida nimalami bilasiz? Gruppalaming qon quyishdagi muhim ahamiyatlari nimada? 13. Rezus-faktorlar (rezus-manfiy va rezus-musbat) to'g'risida nimalami bilasiz? Ularning qon quyishdagi muhim ahamiyatlari. 14. Qon quyishda nimalarga ahamiyat berish kerak? Donor va resipiyent to'g'risida sizning tushunchangiz. 15. Gipoksiya nima? 16. Anemiyani tushuntiring. 17. Leykozlar to'g'risida nima bilasiz? 18. Leykositoz va leykopeniya nima? 19. Immunitet haqida nima bilasiz? 20. Antigen va antitelolar nima? 21. Allergiya nima? TOMIRLAR SISTEMASI (ANGIOLOGIYA) Angiologiya yunoncha «angion» — tomir so'zidan olingan bo'lib, XVIII asrdan beri qo'llanadi. Tomirlar sistemasi organizmda boshqa a’zolar sistemasi singari muhim vazifani bajaradi. Tomirlar ichidagi suyuqliklar (qon va limfa) hujayra va to'qim alar uchun zarur bo'lgan kislorod va oziq moddalarni yetkazib beradi. Ayni vaqtda organizm tarkibidagi karbonat angidrid va boshqa keraksiz (chiqindi) gaz va moddalarni m a’lum a’zolarga (buyraklarga, teriga) olib boradi va ular orqali tashqariga chiqaradi. Tom irlar sistemasi qon tomirlar, limfa sistemasi va qo'shim cha tuzilmalar (limfa tugunlari va limfoid to'qim alar) dan tashkil topgan. www.ziyouz.com kutubxonasi Qon tomirlar sistemasi yurak, arteriya, vena va kapillarlar singari murakkab tuzilmalardan tashkil topgan (140-rasm). Y urak qon tom irlar sistem asining m arkaziy a’zosi b o ‘lib, nerv regulatsiya ta’sirida doimo bir xilda qisqarib organizmdagi turli kalibrga ega bo'lgan qon tomirlar orqali hujayra hamda to'qimalarga oziq moddalarni olib boradi va vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi, shuning uchun barcha qon tomirlar ikki turga ajratiladi: 1. Markaziy a ’zo — yurakdan chi qib, gavdaga tarqaladigan hamma qon tomirlar (ichida oqayotgan qonning qan day ligidan qat’i nazar) a r t e r i у a q o n t o m i r l a r i deb ataladi. 2. H ujay ralard an , to 'q im a la rd a n markaziy a’zo — yurakka qarab qon olib keladigan tom irlarni esa v e n a q o n t o m i r l a r i (vena qon tomirlar sistemasiga qaralsin) deyiladi. Yurakdan chiqadigan arteriya qon to m irlari (aorta, o 'p k a arte riy a la ri) markazdan uzoqlashgan sari shoxobcha- lar chiqarib asta-sekin kichiklashib, torayib boradi. Nihoyat, a’zolar mikro skop ostida ko'rinadigan juda ingichka arteriya tolachalari — arteriola tolalari- ga, ular esa k apillarlarga ay lanad i. Arteriola tolalari devorlarining tarkibida q isq a rish x u su siy atig a ega b o 'lg a n element tuzilmalar bo'lib, o'sha joydagi qon bosimini tartibga solib turish uchun xizmat qiladi va shu bilan kapillarlar- dan farq qiladi. Kapillar soch tolasi so'zidan olingan bo'lib, uning uzunligi o'rtacha 0,5 mm, kengligi esa 3— 35 mikron, ya’ni odam tukining diametridan ellik marta kichik bo'lib, devori esa juda yupqa. Shuning uchun ulardan qon sekin oqadi, natijada hujay ralar, to 'q im a la r va oraliq m oddalar, kerakli kislorod va boshqa moddalam ing hammasi kapillarlar devori orqali to'qim alarga so'rilib, diffuziya bo'lib o'tishiga imkoniyat tug'iladi. To'qim alar esa karbonat angidridni va moddalar almashinuvi natijasida vujudga kelgan chiqindi moddalarni kapillarlarga o'tkazib beradi. Shunday qilib, kapillar arteriya qismidan vena kapillarlar qismiga, undan venulaga o'tadi. Venuladan 140-rasm. Qon tomirlar sistemasi. www.ziyouz.com kutubxonasi esa vena qon tomirlari boshlanadi. Vena tomirlari asta-sekin yiriklashib, oxirida ikkita (pastki va yuqori) kovak vena qon tomirini tashkil etadi va yurakning o'ng bo'lm asiga quyiladi. Qon o'ng bo'lmadan o 'n g qorinchaga va undan o'pka arteriyalari orqali o'pkaga boradi. O 'pka arteriyasining tarmoqlari pirovardida kapillarlarga aylanadi va nafas alveolalari (xalta- chalari)ni o'rab oladi (nafas a’zolari sistemasiga qaralsin). Nafas olish jarayonida karbonat angidridni chiqarib, kislorodga boyiydi. Kislorodga boy bo'lgan toza (arteriya) qon o'pka venalari orqali yurakning chap bo'lm asiga quyiladi, u yerdan chap qorinchaga o'tib, aorta orqali yuqorida aytilganidek, organizmga tarqaladi. Natijada organizmda to 'la doira — qon aylanish sistemasi vujudga keladi. Qon aylanish sistemasi quyidagi ikki bo'lakka ajratiladi: 1) katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan boshlanib, aorta va uning tarmoqlari orqali hamma a’zolar, to'qim alarga, hujayralar va oraliq mod- dalarga tarqaladi, keyin vena qon tomir- lariga aylanib, yurakning o'n g bo'lm asi ga qaytib quyiladi; 2) kichik yoki o'pka qon aylanish doirasi yurakning o 'n g qorinchasidan boshlanib, o'p ka arteriya lari orqali o'pkaga boradi va u yerda qon tozalanib (kislorodga boyib) to'rtta o'pka venalari orqali chap yurak bo'lm asiga quyiladi (141-rasm). Kichik qon aylanish sistemasidagi qon tomirlarning nomlari ulaming ichidagi qon tarkibiga to 'g 'ri kel- maydi. Odatda, yurakdan chiqib orga nizmga tarqaladigan qon tomirlar (ichi da oqayotgan qonning qandayligidan qat’i nazar) arteriya qon tomirlari, periferiya- dan markaziy a’zo — yurakka qarab bo- radigan tomirlar esa vena qon tomirlari deb ataladi. Yuqorida ko'rsatilgan katta va kichik qon aylanish doiralaridan tashqari yana uchinchi — yurak qon aylanish doirasi ham bo'lib, u yurak arteriya va vena qon tomirlaridan tuzilgan. Yurak devorining venalari to 'g 'ridan-to'g 'ri yurakning o'ng bo'lm asiga quyiladi. Odam arteriya sistemasini sxema tar zida sershox daraxtga o'xshatish mumkin. Qon tom irlarning a ’zolarga kirguncha bo'lgan qismiga a’zodan tashqari qismi 11 141-rasm. Qon aylanish doirasi. I - kapillarlar; 2 - aorta; 3 - ichki a'zolardagi kapillarlar to'ri; 4 - oyo q d a g i kap illarlar to'ri; 5 - qopqoq vena; 6 - j i g a r ichidagi kapillarlar to'ri; 7 - pastki kovak vena; 8 - kurak limfa nayi; 9 -o 'p k a arteriyasi; 10 - yuqori kovak vena; II - qo'l va boshdagi kapillarlar to'ri. www.ziyouz.com kutubxonasi yoki ekstraa’zo arteriyasi, a’zolaming ichkarisidagi tarmoqlangan tomirlar- ni intraa’zo arteriyasi deyiladi. Qon tomirlarning ulanuvchi anastomozlari xirurgiyada katta ahamiyatga ega. Ba’zan asosiy arteriya qon tomiri jaro hatlanganda yoki kasallanish (ulaming ichiga tromb tiqilganda) natijasida qon a’zolarga bormay qoladi. Shunda kollateral (yonlama) tomirlar, anas- tomozlar orqali muayyan soha qon bilan ta’minlanadi. Vena qon tomirlar sistemasida arteriyaga nisbatan anastomozlar ko'proq uchraydi. Vena qon tomirlari ichki hajmi o'zgaradigan ko'pchilik a’zolar (bachadon, qovuq va h. k.) devori atrofida chigali bo'ladi. A ’zolar hajmi kattalashgan taqdirda ham vena qon tomirlari devorlarining siqilishiga qaramasdan, chigallar orqali qon normal oqib tura oladi (142-rasm). Ko'pchilik a’zolarda doimo mayda arteriya bilan vena tolalarining o'rta sida arteriya-vena anastomozlari bo'la di. B unda arteriy a ik k ita tolaga bo'linadi, uning yo'g'onroq tolasi key inchalik arteriola va kapillarlarga bo'linsa, kichikroq tolasi vena tolasi bilan qo'shiladi. Bu holda arteriya to lasining devori vena tom irlarining devoriga o'xshab tuzilgan bo'ladi. Ba’zida arteriya-vena anastomozlari qo'shilib, koptokchani hosil qiladi. Agar to'qimalarga qon odatdagidan ko'proq keladigan bo'lsa, u holda arteriya-vena anastomozlari orqali (ka pillarlar bundan mustasno) vena to- mirlariga o'tib ketadi. Bunday holat yurak muskulining energiyasi tejali- shiga katta imkon tug'diradi. Hamisha arteriya bilan vena to mirlari yonma-yon joylashgan b o 'la di, katta arteriya tomirlari ko'pincha bitta tomir bilan yo'naladi. Arteriya bilan vena tomirlari nerv tolalari bilan birgalikda joylashib, qon tomirlar — nerv boylamini hosil qiladi va alohida parda (fassiya) bilan o'ralgan bo'ladi (143-rasm). Qon tomirlar devori uchta qavatdan iborat: birinchi — tashqi qavati elastik biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan. Ikkinchi o 'rta qavati boshqa qavatlarga qaraganda qalinroq bo'lib, silliq muskullardan tashkil topgan. Uchinchi yoki ichki qavati endoteliydan iborat. Vena qon tomirlarining devori arteriya qon tomirlarining devoriga o'xshash tuzilgan bo 'lsa ham, ulardan o'zining yupqaligi va endoteliydan hosil bo'lgan yarim oysimon 142-rasm. Qon tomirlar devorining gistologik tuzilishi. a - vena qon tomiri: I - ichki qavat; 2 - o'rta qavat; J - tashqi qavat. b - arteriya qon tomiri; 4 - tashqi qavat; 5 -o 'r ta qavat; 6 - ichki qavat. www.ziyouz.com kutubxonasi 143-rasm. Vena qon lomiri. I - vena qon tomirlarining devori; 2 - klapanlar; 3 - klapan b o 'sh lig 'i. klapanlarining bo'lishi bilan farq qiladi. Qon tomir yupqa biriktiruvchi to'qim a bilan o'ralib turadi va devorlarini qon bilan ta’minlaydigan o'ziga xos arteriya hamda vena qon tomirlari, markaziy nerv sistemasini bog'lab turadigan nerv tolalari va ulaming oxirgi qismlari — retseptorlari bo'ladi. Ular qon tomirlar ishini tartibga solib turish vazifasini bajaradi. Yurak Yurak muskuldan tuzilgan a’zo bo'lib, ko'krak qafasida joylashgan. Yurak odam hayotining oxirgi daqiqasigacha hamma vaqt (qisqa pauza- lardan tashqari) muntazam harakatlanib, qisqarib (sistola), kengayib (diastola) turadi va organizm ning barcha qismlariga qon yetkazib beradi. O 'rta yoshdagi odamning yuragi bir minutda o'rtacha 70— 75 marta, bir sutkada esa 100000 marta qisqaradi. Bu esa shu vaqt ichida 20 tonna yukni bir metr balandlikka ko'tarish quvvatiga teng hisoblanadi. O 'rta yoshdagi odamning yuragi oldindan orqaga qarab bir oz siqilgan konus shaklida bo'lib, hajmi taxminan har bir odamning o'rtacha yumilgan o 'z mushtiga teng (144-rasm). Yurakning o'rtacha og'irligi erkaklarda 300 g. Chaqaloqlar yuragining og'irligi 23— 37 g bo'lsa, sakkiz oylikda bu vazn ikki baravar, 2— 3 yoshlik bola larda uch baravar va 16 yoshga borganda o'n bir marta ortadi. Yurakning uzunligi o'rta yoshda gi odamlarda 13— 14,5 sm, eng 144-rasm. Yurakning tashqi ko'rinishi. / - c h a p o'mrov arteriyasi; 2 - umu miy uyqu arteriyasi; 3 - aorta ravog'i; 4 - o'rka o'ng arteriyasi; 5 - o'pka ar teriyasi poyasi; 6 - yurakning chap qulog'i; 7 - yurak tanasi; 8 - oldingi egat; 9 -c h a p qorincha; 1 0 - yurak uchi; I I - o'n g qorincha; 12 - toj egati; 13 - yurakning o'ng qulog'i; 14 - yuqoriga ko'tariluvchi aorta; 15 - yuqori kovak vena; 16 - epikard; 17 - yelka bosh arteriyasi poyasi. www.ziyouz.com kutubxonasi keng qismi (ko‘ndalangiga) 9— 10,5 sm va old sathi bilan orqasining uzunligi 6— 7 sm. Yurakning og'irligi butun gavda og'irligiga nisbatan 1:200 yoki 1:175 bo'ladi. Yurak tashqi yuzasining ikkita o'tkir (o'ng) va o'tmas (chap) chekkalari uni orqa va oldingi yuzalarga ajratib turadi. Yurakning oldingi va bir oz yuqoriga qarab turgan to'sh-qovurg'a yuzasi hamda bir oz pastga qaragan diafragma yuzasi bor. Yurakning yuqoriga qarab turgan kengroq qismi — asosi va pastga chapga qaragan yumaloqroq uchi bor. Yurak asosidan boshlanadigan yirik arteriya va vena qon tomirlariga osilgan holatda ishlab turadi. Yurak to 'rt bo'lim dan iborat bo'lib, uning asosida joylashgan ikkita yurak bo'lmachalari va ular ostida joylashgan ikkita yurak qorinchalari tafovut qilinadi. Yurakning tashqi yuzasida bo'lm achalar bilan qorinchalar o'rtasidagi chegaralarga to 'g 'ri keladigan va yurakni hamma tomondan o'rab turadigan ko'ndalang egat, qorinchalarni bir-biridan ajratib turadigan (chegara devorlariga to 'g 'ri keladigan) — oldingi uzunasiga joylashgan egat va orqa tomondagi uzunasiga ketgan egatlar bor. Yurak egatlari yurak to mirlari va yog' moddasi bilan to ‘lib turadi. O 'ng va chap bo'lm achalar hamda qorinchalar ular oralig'ida joylashgan devor bilan ajralib turadi. Lekin o'ng bo'lm acha bilan o'ng qorincha va chap bo'lm acha bilan chap qorinchalar o 'zaro yurak bo'lm achalari bilan qorinchalari o'rtasidagi teshiklar vositasida qo'shilib ketgan. Shunday qilib, to'rt bo'lakli yurak o'zaro bir-biriga qo'shilib turgan ikki qismga ajraladi. Jumladan, o'ng bo'lm acha bilan o 'ng qorincha o'zaro qo'shilsa, ikkinchi tomondan chap bo'lm acha bilan chap qorincha bir-biriga qo'shiladi. Yurakning o'ng bo'lmachasi (devorining qalinligi 2— 3 mm) kub shak lidagi bo'shliq bo'lib, chap bo'lmachadan oraliq to'siqcha bilan ajralib turadi. O'ng bo'lmacha bo'shlig'ining hajmi o'ng qulog'i hisobiga ancha kattalashadi. Bo'lmachaning ichki yuzasi, asosan silliq bo'lib, quloq qismi da muskul tutamlari bir tekisda joylashmagan (145-rasm). O 'ng bo'lmachaga yuqorigi va pastki kovak venalar quyiladi. Bu bo'lm achaga kovak venalardan tashqari yurakning o 'z vena qoni ham quyiladi. Bo'lm achalar o'rta- 2 sidagi to'siqning taxminan o'rta 7 145-rasm. O'ng bo'lmacha bilan 5 qorincha ochilgan. /-b o'lm ach alar oraliq devori; 2 - o 'n g ^ quloqcha; J - o'ng tepa arteriya; 4 - qorin- 6 chalar oraliq devori; 5 - so'rg'ichsimon 5 muskullar; 6 - pay ipchalar; 7 - uch tava- qali klapanning medial klapani; 8 - tepa venasining klapani; 9 - pastki kovak klapanlari; 1 0 - ovalsimon chuqurcha. www.ziyouz.com kutubxonasi qismida oval shaklidagi chuqurcha bo'lib, embrionda chuqurcha o'rnida teshik bo'ladi. Bu teshik orqali bola tug'ilguncha bo'lgan davrda o'ng bo'lmachadan chap bo'lmachaga qon o'tib turadi. Odatda, bola tug'ilgandan keyin ovalsimon teshik bekilib, o'm ida ovalsimon chuqurcha qoladi. Ba’zan ovalsimon teshik umrbod saqlanib qolishi ham mumkin. O 'ng bo'lm acha pastki tomonda o 'n g qorincha bilan uch tavaqali klapanli teshik orqali qo'shilib turadi. Chap bo'lmachaning ichki yuzasi o 'n g bo'lmachaning ichki yuzasiga o'xshash silliq tuzilgan. Chap bo'lm achaga to'rtta o'pka venasi quyiladi. Qon chap bo'lm a chadan chap qorinchaga ular oralig'ida joylashgan ikki tavaqali klapani bor teshik orqali quyilib turadi. Odatda, o 'ng va chap o'pkaning har biridagi ikkitadan, jam i to'rtta vena tomirlari o'pkada tozalangan qonni yonma-yon joylashgan chap bo'lmachaga quyadi. O 'ng qorincha devorining qalinligi 5— 8 mm bo'lib, qorinchaning ichki yuzasida muskul tutamlari parallel holatda yotmay, bir-biri bilan kesishib, murakkab muskul chigali — et o'sim talarini va muayyan joy- larda qorincha bo'shlig'iga chiqib turadigan uchta konussimon o'siqlar — so'rg'ichsim on muskullami hosil qiladi. Qorinchalaming bir-biridan ajratib turadigan oraliq to'sig 'i o'ng qorincha bo'shlig'iga bo'rtib kirib joylashadi. O 'ng bo'lm acha bilan o'ng qorincha oralig'idagi teshikda uch tavaqali (medial, oldingi va orqa tomonda joylashgan) klapanlar bo'ladi. Bu klapanlar yurakning ichki — endokard qavatidan vujudga kelib, tashqi silliq yuzalari pay pardalariga o'xshaydi. Ulaming pastki erkin chekkalari qorincha bo'shlig'iga qarab joylashgan, har birining uchiga so'rg'ichsim on muskullardan boshlangan ingichka pay iplar yopishgan. O 'n g qorincha ochiladigan o'pka qon tomirining teshigi og'zida uchta yarim oysimon klapan joylashgan. Ulardan biri oldingi tomonda va qolgan ikkitasi dorzal tomonda. Yarim oysimon klapanlar qon tomirning b o 'sh lig 'ig a qarab (tashqaridan tikilgan cho'ntakka o'xshab) joylashgan. Qorincha diastola (bo'shashgan) paytida qon tomirdagi qon orqaga qaytib klapanlami qon bilan to'ldiradi, shu bilan ularni bir-biriga yaqinlashtirib, o'pka arteriya qon tomirini qorincha bo'shlig'idan ajratib turadi. Qon esa diastola paytida o'pka arteriyasidan qorinchaga qaytib tusha olmaydi. Ayni vaqtda qorin chalar diastola bo'lgan paytida bo'lm achalar sistola (siqilish) bo'lib, qon bu teshik orqali qorinchalarga quyiladi. Qorinchalarda sistola bo'lganda bo'lmachalarda diastola bo'ladi. Bu vaqtda uch tavaqali klapanlar bir- Ull Igu J inlashib, teshikni berkitadi. Natijada, qon bo'lm achaga qayt- masdan o'pka qon tomiriga qarab yo'naladi. Chap qorincha b o'shlig 'i konus shaklida bo'lib, ikkita teshigi bor. Teshikning biri chap bo'lmachani chap qorinchaga qo'shib turadigan oval shaklidagi ikki tavaqali klapanli bo'lsa, ikkinchisi chap qorinchani aorta bilan qo'shadigan uchta yarim oy klapanli. Ikki tavaqali klapanlaming www.ziyouz.com kutubxonasi biri kichikroq bo'lib, chap tomonda orqaroqda, ikkinchisi— kattarog'i esa o'ng tomonda oldinda joylashgan. Har ikkala klapanning b o'sh qirralari pay ipchalar orqali oldingi va orqa tomonda joylashgan so'rg'ichsim on ikkita muskulga birlashadi. Aortaning uchta yarim oysimon klapani ham yurakning boshqa kla- panlariga o'xshash tuzilgan bo'lib, chap qorinchaning aorta teshigiga qo'shilish chegarasida joylashadi (146-rasm). Chap qorincha qisqarib aorta orqali organizmning barcha qismlariga arteriya qonini yetkazib beradi. Shuning uchun bu qorincha devorining muskul qavati o'ng qorincha devorining muskul qavatiga nisbatan (o'ng qorincha qisqarib vena qonini faqat o'pkaga yetkazib beradi) anchagina qalinroq (10— 15 mm) tuzilgan. Chap q orin ch a o 'n g qorin- chadan o'rtada joylashgan qorin chalar oraliq to 'sig 'i bilan ajralib turadi. Y urak devori uch qavatdan tuzilgan bo'lib, uning ichki qavati — endokard, o 'rta (muskul) qavati — miokard va tashqi qavati epi- kard deyiladi. 1. Y urak d e v o rin in g ichki qavati (endokard) bir talay elastik tolalar, silliq muskul hujayralari va b irik tiru v c h i to 'q im a la rd a n tuzilgan. Endokard pardasining ichkari (qorincha va bo 'lm ach a bo ‘shliqlari)ga qaragan sathi endoteliy bilan qoplangan, shuning uchun yurakning ichki yuzasi silliq bo'ladi. Endokard bo'lm acha va qorinchalar oralig'idagi teshiklar va arteriya- lar (aorta va o'p k a arteriyasi)ning boshlanish joyidagi teshiklarda burma (dublikatura) ko'rinishida yarim oy qopqoq klapanlari hosil qiladi. 2. O 'rta (muskul) qavati - miokard yurak devorining asosiy qismi bo'lib, maxsus ko'ndalang-targ'il muskul tolalaridan tuzilgan. Bu tolalar- ning qisqarishi natijasida yurak ishlab turadi. Yurakning muskul qavati hamma bo'lagida ham bir xil tuzilmagan. Yurak bo'lmachalarining muskul qavati yurak qorinchalarining muskul qavati tuzilishidan farq qiladi. Yurak qorinchalarining muskul tolalari yurak bo'lmachalarining muskul tolalari bilan tutashm agan b o 'lib , alohida ikki fazada qisqaradi (yurakning funksiyasiga qaralsin). Lekin yurakning bo'lm acha va qorincha muskul tolalari ham ikkita fibroz halqasidan boshlangan bo'ladi. 3- 2 - В Щ . '■ C * ' ‘ Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling