O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
HARAKAT A’ZOLARI SISTEMASI
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- S U Y A K L A R H A Q ID A T A ’L IM O T
- 17-rasm. Skelet. / - b o s h sk eleti; 2 - umurtqa pogonasi; 3 -o m r o v ; 4 - kurak;
- 18-rasm. Suyaklar tuzilishi sxem asi. 1 - suyak hujayralari; 2 - oraliq moddalar; 3 - G overs kanallari.
- S U Y A K L A R N IN G R IV O JL A N IS H I
- 19-rasm. Yelka suyagi, suyak usti pardasi bilan. 1 - s u y a k ; 2 - suyak usti par
- SU Y A K L A R N IN G O Z A R O B IR L A S H IS H I
HARAKAT A’ZOLARI SISTEMASI Odam yer yuzida harakat qilish qobiliyatiga ega. Harakat apparati o'z navbatida faol harakatchan qism — muskullar va passiv (faoliyatsiz) qism — suyaklarga (boylamlari bilan) bo'linadi. Lekin muskullar, suyaklar va ularni birlashtirib turgan boylamlaming vazifalari bir-biriga bog'liq bo'lib, bitta embrional qavat — mezodermadan rivojlanadi. Qisqasi, harakat apparati: suyak; suyaklami birlashtiruvchi boylamlar va muskul sistemasidan tashkil topgan. Harakat sistemasi organizmning ko'p qismini yoki gavdaning umu miy og'irligiga nisbatan 72,45% ini tashkil etadi. Shu jumladan, muskul lar gavdaning 2/5, suyaklar esa 1/5— 1/7 qismidan tashkil topgan. Muskullar deyarli hamma suyaklar ustini qoplab turadi va gavdaning tashqi ko'rinishi (qomat)ning shakllanishida asosiy vazifani bajaradi. S U Y A K L A R H A Q ID A T A ’L IM O T Organizmning harakatini ta’minlaydigan harakat a’zolari muskullar (yordamchi qismlar bilan), skelet va ulami biriktirib turgan boylamlardan iborat. Skelet organizmda tayanch ahamiyatiga ega bo'lgan zich to'qimalar (tuzilmalar yig'indisi)dan iborat. Skelet bir qancha alohida suyaklardan vujudga kelgan bo'lib, biriktiruvchi to'qimalar, boylamlar va tog'aylar vositasida o'zaro birlashib turadi hamda passiv harakat apparatini hosil qiladi. Skelet bo'lmasa, yer yuzidagi bironta jonzod o'zini tik tutib turolmaydi va qomat shakllanmaydi. Skelet organizmda, asosan, quyidagi vazifalarni bajaradi: tayanch, suyanchiq, harakat va organizmni himoya qilish vazifalari. 1. Tayanch vazifasi yumshoq to'qim a va a’zolar skeletning ayrim qismiga birikib turishi natijasida vujudga keladi. 2. Harakat vazifasi skeletni tashkil qilib turgan suyaklarning har xil richag hosil qilib, bo'g'im orqali birlashishi va nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan namoyon bo'ladi. 3. Himoya qilish vazifasi skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan bo'shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqalar yig'ilib, orqa miyaning joylanib turishiga moslangan kanal, bosh miya uchun kalla suyaklaridan www.ziyouz.com kutubxonasi hosil bo'lgan kallaning miya bo'shlig'i, yurak va o'pkalarning saqlanishiga moslangan ko'krak qafasi, jinsiy a’zolami tashqi ta’sirdan saqlab turadigan chanoq bo'shlig'i shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, suyaklarda orga nizmning biologik muhofazasini bajaradigan va to'qimalarga kislorod el- tuvchi qon tanachalarini vujudga keltiradigan ko'mik bo'ladi. Odam skele- tining deyarli hammasi (kalla suyagining tepa bo'lagi va yuz qismining ba’zi suyaklari, o'mrov suyaklarining ko'p qismidan mustasno) embri onning o'rta varag'i — mezodermadan uch davrni o'tib takomillashadi: 1) biriktiruvchi to'qima (parda) davri, 2) to- g'aylanish va 3) suyaklanish davrlari. Odam skeleti 200 dan ortiq ayrim suyak lardan tuzilgan bo'lib, ularning aksariyati juft suyaklardir. Suyaklar, asosan, suyak to'qima- laridan tuzilgan (17-rasm). Suyaklar qattiq va elastik bo'lib, asosan, ikki xil moddadan iborat. Ularning 1/3 qismi organik moddalar (ossein, muguz modda) bo'lsa, 2/3 qismi anorganik moddalardir (aso san, kalsiy tuzlari, ayniqsa fosfor kislotali ohak 10 — 51,04% ni tashkil etadi). Suyaklar elastik- 11 ligini ossein moddasi ta’minlaydigan bo'lsa, ularning qattiq (pishiq) ligi mineral tuzlar hiso biga vujudga keladi. Suyaklar tarkibidagi orga nik va anorganik moddalar munosabati kerak li mustahkamlikni namoyon qiladi va bu holat yoshga qarab o'zgarib boradi. Yosh organizm suyaklari tarkibida ossein ko'pligi tufayli bukiluvchi bo'lib, m o'rt bo'lm aydi. Yosh ulg'ayib borgan sayin suyaklar tarkibida mineral tuzlar ko'payadi. Shuning uchun odam kek- saygan sari, suyaklari elastiklik xususiyatini yo'qotib, asta-sekin mo'rtlashadi, tez sinadi- gan bo'lib qoladi. Suyaklar tarkibida organik va anorganik moddalardan tashqari, A, D va S vitaminlari ham bo'ladi. Yosh bolalar suyagi tarkibida kalsiy tuzlari va D vitamini yetishmasligidan raxit kasalligi kelib chiqadi, suyaklar mus- tahkamligi kamayib har tomonga qiyshayadi. Agar suyakda A vitamini yetishmasa, suyak lar haddan tashqari yo'g'onlashib, ichidagi bo'shliqlari, har xil kanalchalari kattalashadi. - 22 - 17-rasm. Skelet. / - b o s h sk eleti; 2 - umurtqa pog'onasi; 3 -o 'm r o v ; 4 - kurak; 5 - qovurg'alar; 6 -y elk a suyagi; 7 - bilak suyagi; 8 - tir- sa k s u y a g i; 9 - k a ft u s ti suyaklari; / О - k a f t suyaklari; / / - b a r m o q suyaklari; 12, 14, 15 - chanoq suyaklari; 13 - dum g'aza suyagi; 1 6 - son su yagi; 1 7 - tizza qopqog'i; 1 8 - katta boldir suyagi; / 9 - k ic h ik boldir suyagi; 20 - oyoq kafti usti suyaklari; 2 / - o y o q kafti suyaklari; 22 - barmoq suyaklari. www.ziyouz.com kutubxonasi Ossein bilan anorganik modda- ning q o ‘shilishi natijasida normal suyak muhim fizik xossaga ega bo'ladi, ya’ni elastik va qattiq (pi- shiq) bo'ladi. Normal suyak dub da- raxtidan pishiq, granitdan qattiq bo'lib, mis bilan temirga barobar keladi (18-rasm). Suyaklarning ichki tuzilishini ularni arralab qaragandagina ko'rish mumkin. Ular ikki xil moddadan, zich (qattiq ) va g 'o v a k modda (ko'mik)dan iborat. Zich modda yax lit massaga o'xshab ko'rinadi, g'ovak modda esa ingichka xoanalar to'ri- dan iborat bo'lib, bir-biri bilan chal- kashib, har xil burchaklar hosil qila di. U lar o ra sid a m ayda katak (bo'shliq) lar vujudga keladi. Qattiq moddalar suyaklarning tashqi qis mida, g'ovak moddalar esa ichki qismida joylashgan. Serbar suyaklarda g'ovak moddalar juda kam bo'lib, zich moddalaming ikki plastinkasi orasida yupqa ko'mik holatida uchraydi. Kalla suyagining qopqoq qismi- dagi g'ovak moddalar ikki qavat nomi bilan yuritiladi, ana shu suyaklar ning ichki qattiq plastinkasi shishasimon plastinka deyiladi. Chunki u tashqi plastinkadan yupqa bo'lib, organik moddasi kam va mo'rt. Ser bar suyaklarning ba’zi joylarida umuman g'ovak moddalar bo'lmasligi mumkin, unda zich moddaning tashqi va ichki plastinkalari bir-biriga yopishib, bitta butun qavat hosil qiladi. Kalta suyaklar faqat g'ovak moddalardan iborat bo'lib, tashqi qismi esa yupqa zich modda plastin kasi bilan qoplangan. Uzun suyakning ikki uchi (epifizlari) kalta suyak- larga o'xshash tuzilgan, diafizi (tanasi) esa uzunasiga joylashgan silindr shaklli kovak bo'lib, devori qalin zich modda po'stidan iborat. Ana shu kovak ilik kanali hisoblanib, bu kanal uzun suyakning ikkala uchidagi g'ovaklarga tutashib ketadi. Suyaklarning mikroskopik tuzilishiga kelganda, ularning asosi Govers plastinkalaridan tuzilgan bir qancha Govers kanalchalaridan iborat ekanligi aniqlanadi. Govers kanalchalari suyaklarning bo'yiga qarab joylashgan va o'zaro bir necha zich suyak plastinka — zich modda bilan o'ralgan. Govers plastinkachalari orasidagi bo'shliqlarni oraliq moddalar to'ldirib turadi. Suyaklarning sirtqi yuzasi suyak ust pardasi -periost bilan qoplangan (suyaklarning bo'g'im yuzalari, paylar va boylamlar yopishgan joylarda 18-rasm. Suyaklar tuzilishi sxem asi. 1 - suyak hujayralari; 2 - oraliq moddalar; 3 - G overs kanallari. www.ziyouz.com kutubxonasi periost bo'lmaydi). Periost yupqa, pushti rangli birikti ruvchi to'qimadan iborat bo'lib, suyaklarning alohida te- shikchalaridan o'tib boradigan tolachalar vositasida suyaklar ustiga mustahkam yopishib turadi (19-rasm). Periost ikki qavatdan, ya’ni tashqi qavat — tolali fib- roz to'qimadan, ichki qavat— nerv va qon tomirlarga boy bo'lgan suyak hosil qiladigan qismdan iborat. Qon tomir lari suyaklarga alohida oziq teshiklar orqali boradi. Peri- ostning ichki qavati suyaklami eniga o'stiradi. Suyaklar ning bo'g'im hosil qiladigan sathi bo'g'im tog'aylari bi lan qoplangan (bo'g'imlar haqidagi bobga qarang). Suyak kovaklari va ilik kanallari hamma vaqt ko'mik bilan to'la bo'ladi. Ko'pincha naysimon suyaklarda ilik markaziy bo'shliq qismida joylashganligi uchun ilik bo'shlig'i yoki kanali deb ataladi. Ko'mik organizmda qon yaratadi va biologik himoya vazifasini bajaradi. S U Y A K L A R N IN G R IV O JL A N IS H I Odam embrionida suyak to'qimasi, boshqa hamma to'qimalarga nis batan kechroq yoki ona qornidagi hayotning ikkinchi oyi o'rtalarida mezenximadan vujudga kelgan yosh biriktiruvchi to'qima (osteoblast) hujayralaridan paydo bo'ladi. Hamma suyaklar bir xilda rivojlanmaydi, ba’zi suyaklarda bevosita biriktiruvchi to'qima (parda) davridan (tog'aylanish davrisiz) suyaklanish boshlanadi, bunday suyaklanishga b i r l a m c h i s u y a k l a n i s h y o k i b i r i k t i r u v c h i t o ' q i m a s u y a k l a r i deb ataladi. Ularga kallaning miya qismidagi qoplovchi suyaklar, barcha yuz suyaklari va o'mrov suyak tanasi kiradi; boshqa suyaklar esa parda davridan log'ayga o'tib, keyin suyaklanish boshlanadi, bunga i k k i l a m c h i s u y a k l a n i s h deb ataladi. Umuman suyaklanish jarayoni quyidagi to'rt: 1) endesmal, 2) perixondral, 3) periostal va 4) enxondral turlarga bo'linadi. 1. Endesmal suyaklanish (ichidan) biriktiruvchi to'qimadan boshlanib, birlamchi suyaklanish vujudga keladi. Embrion yosh biriktiruvchi to'qimasining ma’lum bir nuqtasi (keyingi suyak nuqtasiga yaqin joydan) zo'r berib osteoblastlar ko'payib, suyakning asosiy moddasini hosil qilib, o'zi suyak hujayralariga aylanadi. Natijada suyaklanish nuqtasi (yadrosi) vujudga keladi. Bu nuqta har tomonga qarab o'sadi va hosil bo'lgan suyak hujayralari radius shaklida joylashadi. 2. Perixondral suyaklanish (peri — atrof, xondral — tog'ay) mezenxima to'qimalaridan (kelgusida) hosil bo'ladigan suyaklar shaklida vujudga keladi. Keyinchalik bular yaxlit gialin tog'ayiga aylanib, ustini tog'ay ust pardasi (perixondral) qoplaydi. Perixondralning ichki qavatidagi hujayra lar zo'r berib ko'payishi natijasida osteoblastlar (suyak moddalari) ni 19-rasm. Yelka suyagi, suyak usti pardasi bilan. 1 - s u y a k ; 2 - suyak usti par dasi; 3 - ilik bo‘shlig‘i. www.ziyouz.com kutubxonasi hosil qiladi. Bu moddalar asta-sekin tog'ay moddalarini egallaydi va suyakning zich (kompakt) moddasini hosil qiladi. 3. Suyaklarning rivojlanishida tog'aydan iborat suyak modeli suyakla- nib bo'lgandan keyin tog'ay pardasi suyak ust pardasiga aylanadi. Key inchalik suyaklar, asosan, suyakning ichki pardasi hisobiga eniga o'sgani tufayli periostal suyaklanish (peri — atrof, ust, ostal—suyaklanish) deb ataladi. Shunday qilib, perixondral va periostal suyaklanish davrlari bir- biri bilan bog'langan bo'lib, birin-ketin boshlanadi. Periostal suyak eniga o'sadi, ya’ni yo'g'on tortadi (kengayadi). 4. Enxondral (ichida) suyaklanishda suyak perixondrium ishtirokida, osteoblastlar yordamida vujudga keladi. Bunday tog'ay markazida suyak orolchasi (yadrosi yoki nuqtasi) paydo bo'lib, periferiyaga qarab o'sadi va suyakning g'ovak qismini vujudga keltiradi. Bu xildagi suyaklanishda tog'aylar to'g'ridan-to'g'ri suyak moddasi- ga aylanmaydi, balki ular yemirilgandan keyin suyak moddalari vujudga keladi. Shuning uchun bu xildagi suyaklanish ikkilamchi suyaklanish deb ataladi, kalla tubi (asosi)ning suyaklari, tana va qo'l-oyoq suyaklari ikkilamchi suyaklanishdan paydo bo'ladi. Suyaklanish jarayoni suyaklar ning bajaradigan vazifalariga qarab, ularning o'rta qismlaridan boshlanadi va suyakning tanasi (diafizi) paydo bo'ladi. Asosiy og'irlik hamma vaqt suyaklar tanasiga tushadi. Suyaklar uchlari, muskul va boylamlarning yopishgan joylari ikki yoshdan suyaklana boshlaydi. Suyaklanish jarayonining oxirida suyak tanasi bilan uchi oralig'i — bo'yin qismi tog'ay to'qimasi bilan suyak uchini qoplab turgan yupqa parda — bo'g'im pardasi va tog'aylari qoladi. Suyaklar uchlari va bo'yin qismi tog'aylari asta-sekin yemirilib, odam 22— 25 yoshga borganida suyakka aylanadi. Natijada suyaklar bo'yiga qarab o'sadi va oxirida tana bilan uch qismi birlashib, bir butun suyakni vujudga keltiradi. Suyaklar tasnifi Odam skeleti quyidagi bo'laklarga ajratilgan tana suyaklari (umurt- qalar, qovurg'alar va to'sh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlari dan iborat), yelka kamari (kurak va o'mrov suyaklari), qo'l suyaklari (yelka, bilak va panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qovuq va quymich suyaklari) va son, boldir hamda oyoq panjasi suyaklaridan iborat. Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko'ra quyidagicha bo'linadi. 1. N a y s i m o n s u y a k l a r : a) uzun suyaklar — yelka, bilak, son va boldir suyaklari, ya’ni qo'l-oyoq suyaklari; g'ovak va zich moddalar- dan tuzilgan, ilik kanali bo'ladi, richag harakatiga ega va tayanch, muho faza vazifalarini bajaradi; b) kalta naysimon suyaklar — kaft va panja suyaklari; qisqa harakat qilish richaglariga ega. www.ziyouz.com kutubxonasi 2. G o v a k s u y a k l a r : a) uzun g ‘ovak suyaklar — qovurg'a va to‘sh suyaklari; ular, asosan, g ‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib, yupqa zich modda plastinkasi bilan qoplangan va tayanch hamda himoya vazi fasini bajaradi; b) kalta g'ovak suyaklari — umurtqa va kaft usti suyak lari; d) sesamasimon suyaklar — tizza qopqog'i, no'xatsimon suyak va barmoq suyaklarining sesamasimon suyaklari; g'ovak moddasidan tuzil gan, muskul paylarining orasida, deyarli bo'g'im atrofida joylashgan va ularni hosil qilishda qatnashadi, harakatni osonlashtiradi. 3. Y a s s i s u y a k l a r : a) kallaning yassi (qopqoq) suyaklari — himoya vazifasini bajaradi; b) yassi kamar suyaklar — kurak hamda chanoq suyaklari. Ular tayanch va muhofaza vazifalarini bajaradi. 4. A r a l a s h s u y a k l a r — kalla suyagining asosiy qismini tashkil etgan va bir qancha suyaklar birikishidan vujudga kelgan suyaklar. SU Y A K L A R N IN G O 'Z A R O B IR L A S H IS H I Til osti suyagidan boshqa hamma suyaklar o'zaro turlicha birlashadi. Jumladan, uzluksiz (harakatsiz) birlashish va harakatchan birlashish. Uzluksiz birlashishda suyaklar o'zaro biriktiruvchi to'qima pardalar yoki tog'aylar bilan birlashib, harakatsiz yoki kam harakatli birlashishlar- ni vujudga keltiradi. Bu xildagi birlashishlar uch xil bo'ladi. 1. Suyaklarning tolali biriktiruvchi to'qimasi turlicha bo'lib, suyaklar orasida keng parda (suyaklararo parda) holida yoki tutam (boylam) holatda joylashadi. Bundan tashqari, bosh suyaklarining ko'pchiligi yupqa biriktiruvchi to'qima parda yordamida chok hosil qilib birlashadi. 2. Suyaklar o'zaro tog'aylar yordamida birlashadi. Bunda suyaklar bir tomondan bir oz harakatchan bo'lib, ikkinchi tomondan suyak oralig'ida- gi tog'ay amortizator vazifasini bajaradi. 3. Suyaklar oralig'idagi yupqa parda suyaklanib ketadi. Natijada bir nechta suyak birlashib, butun bitta suyakni hosil qiladi. Jumladan, dumg'aza umurtqalari yosh bolalarda tog'ay parda bilan birlashsa, katta odamlarda o'zaro suyaklanib bitta dumg'aza suyagini vujudga keltiradi. Yoki kalla skeletining tepa suyaklari yosh bolalarda parda bilan birlashsa, katta odam larda suyaklararo parda suyaklanib ketadi. Odatda, suyaklarning yarim bo'g'im birlashishlari ham uchrab turadi. Bu xildagi birlashishlarda suyakning oraliq tog'aylarida bir oz bo'shliq bo'ladi. Qovuq suyaklarining o'zaro birlashishi bunga misol bo'la oladi. Bo'g'im va suyaklarning bir-biriga yaqinlashmasdan o'rtada bo'shliq qoldirib birlashishiga b o ' g ' i m deyiladi. Bo'g'im hosil bo'lishi uchun quyidagi shartlar lozim: 1. Bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyaklarning bir-biriga mos bo'g'im yuzalari bo'lishi shart. Agar suyaklarning bo'g'im yuzalari shakl jihatidan moslashmagan bo'lsa, bo'g'im harakatiga xalaqit beradi. Lekin www.ziyouz.com kutubxonasi gavdada bo‘g ‘im yuzalari o'zaro moslashmagan hollar ham uchraydi, bunday hollarda ulami tog'aylardan tuzilgan turli shakldagi plastinkalar moslashtirib turadi. 2. Suyaklarning bo'g'im hosil qiluvchi yuzalari tog'ay plastinkasi bilan qoplangan bo'ladi. Bu bo'g'imlami bo'g'im xaltasi o'rab turadi. 3. Bo'g'im lar to'qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustah- kamlangan bo'ladi. 4. Bo'g'im xaltasi ichida, o'zaro birlashuvchi suyaklar oralig'ida bo'g'im bo'shlig'i va ularda tiniq — sinovial suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik suyaklarning bo'g'im yuzalarini namlab turadi va ishqalanishdan saqlaydi. Bo'g'imlar harakati suyaklardagi bo'g'im yuzalarining shakliga bog'liq. Odatda, bir suyakning bo'g'im hosil qiluvchi uchi sharsimon bo'lsa, ikkin chi suyakning uchi shunga yarasha botiq yoki suyakning uchi silindr shak lida bo'lsa, ikkinchisida shunga moslangan kemtik bo'ladi va hokazo. 5. Bo'g'im hosil qiluvchi suyak boshchalarining tolalari tog'ay to'qima si bilan qoplangan bo'ladi. B o'g'im yuzalari mos kelmasa, unda yarim- oysimon disklar bo'g 'im yuzalarining chetlarida tog'ay lablar bilan moslashadi. Demak, bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak boshlarining shakliga qarab, ularning harakatlari aniqlanadi. Odam organizmida bir o'qli, ikki o'qli va ko'p o'qli bo'g'imlar bo'ladi. Masalan, ba’zi bo'g'imlar bir o'q atrofida harakat qilsa, tirsak va barmoqlar bo'g'imi faqat bukilib-yoziladi. Bunday bo'g'imlarni tashkil qilgan suyaklar uchi g'altak yoki silindr shaklida bo'ladi (20-rasm). Ikki o'qli bo'g'imlarda (bilak suyagi bilan kaft suyaklari o'rtasidagi bo'g'im ) suyaklardan bittasi ning uchi tuxumsimon yoki egarsimon bo'lib, ikki tomonlama harakat qiladi. Ko'p o'qli bo'g'imlarda (yelka bo'g'im i) suyak uchi sharsimon bo'lib, har tomonlama harakatlanadi. Organizmdagi bo'g'imlarning to'rt xil harakati tafovut qilinadi: 1. Frontal (ko'ndalang) o'q atrofida faqat bukish va yozish mumkin. 2. Sagittal (oldindan orqaga ketgan) o'q atrofi da tanaga yaqinlashish yoki tanadan uzoqlashish harakati vujudga keladi. 3. Doira hosil qilib aylanish. 4. Bo'g'im o'z o'qi atrofida burilish harakatini qiladi. . . . . . . , ■ r- . ? . . , , . . . . . . . . . / - bo g nn kapsulasi; 2 - Bulardan tashqari, kam harakath yassi bo g lmlar s u y a k ia r n in g b o ' g ' i m (qov suyaklarining birlashishi, umurtqa tanalari- yuzalari; J - b o ' g ' i m ning o'zaro birlashishi) ham uchraydi. b o 'sh lig 'i. 20-rasm . B o 'g 'im n in g tuzilishi sxem asi. www.ziyouz.com kutubxonasi Ikkita suyakning birlashishidan vujudga kelgan bo‘g ‘imlar oddiy bo‘g ‘imlar, uchta va undan ko‘p suyaklar ishtirokida hosil bo'lgan bo'g'im lar murakkab bo'g'im lar deb ataladi. Ikkita bo'g'im (pastki jag' b o 'g 'i mi) hamkorligida bitta harakatchan bo'g'im vujudga kelsa, bunday bo'g'im lar kombinatsiyalangan bo'g'im lar deyiladi. T A N A SK E L E T I Odamning tana skeleti umurtqa pog'onasi, o'n ikki juft qovurg'a va to'sh suyagidan iborat. Umurtqa pog'onasi bir-birining ustida joylashgan alohida umurtqalar yig'indisidan tashkil topgan bo'lib, bular bo'yin umurtqalari (yettita), ko'krak umurtqalari (o'n ikkita), bel umurtqalari (beshta), dumg'aza umurt qalari (beshta — o'zaro birlashib, bitta dumg'aza suyagini hosil qiladi) va dum umurtqalariga (to'rtta yoki beshta — birlashib dum suyagini hosil qiladi) ajratiladi. Umurtqa pog'onasining o'rtacha uzunligi erkaklarda 73—75 sm, ayol- larda 69—71 sm gacha. Shundan bo'yin qismi 13— 14 sm, ko'krak bo'limi 27—30 sm, bel qismi 17— 18 sm va dumg'aza qismi 12— 15 sm. Odamning umurtqa pog'onasi organizmning tayanchi bo'libgina qol- may, balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza qilib turadi va tana hamda kallaning harakatida faol qatnashadi. Har qaysi umurtqada tayanch vazifasini bajaradigan tana va ravoq bo'ladi, umurtqa ravog'i tanaga ikkita oyoqchasi orqali birlashib, umurt-qa teshigini hosil qiladi, barcha umurtqa teshiklari birga qo'shilib, umurtqa kanalini tashkil etadi, orqa miya ana shu kanalda joylashib, tashqi muhit ta’siridan saqlanadi. Umurtqa ravog'ining o'rta qismida orqa tomonda bitta o'tkir qirrali o'siq, ikkala yon qismida bittadan ko'ndalang o'siq joylashgan. Umurtqa tanasi bilan bo'g'im o ’siqlarining o'rta qismida yuqorigi va pastki o'ymalar bo'ladi. Umurtqa pog'onasida yuqoridagi umurtqaning pastki o'yma- si umurtqaning yuqori o'ymasi bilan birlashib, har tarafda bittadan umur tqa oraliq teshigini hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tomirlari o'tadi. Odam umurtqalari orasida bel va dumg'aza umurtqa- larining hajmi katta bo'lib, bosh, tana va qo'l og'irligi ana shular vositasida chanoq orqali oyoqqa tarqaladi. Dum umurtqalari, aksincha, odamda o'sishdan to'xtab yo'qolib borayotgan qoldiq umurtqa hisoblanadi. Ularning tanasi kichkina bo'lib, ravoqlari bo'lmaydi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling