1.5. Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati
Tabiatdagi ekologik sistemalarning butunligini ta'minlovchi muhim omillardan biri mikroorganizmlar yig`indisidir.
Ma'lum sharoitlarda mikroorganizmlar yagona hayot shakli bo`lishi mumkin. Evolutsiya davomida ular orasida turli
tipdagi munosabatlar takomillashib borgan (simbioz, mutualizm, parazitizm va hokazo).
Yerdagi bo`lib o`tadigan moddalar aylanishida mikroorganizmlar faol ishtirok etadi. Turli organik birikmalarni
o`zlashtirib, SO va SO
2
ni yutib, metan hosil qilib va o`zlashtirib, ular uglerod aylanishida faol ishtirok etadi.
Molekular azotni o`zlashtirib, ammiak va nitritlarni oksidlab, denitrifikatsiyani amalga oshiriladi. Ular tabiatdagi azot
aylanishini ta'minlaydi, qaytarilgan oltingugurt birikmalarini oksidlab va oksidlangan birikmalarni qaytarib oltingugurt
aylanishini amalga oshiradilar.
Ba'zi mikroorganizmlar inson va o`zga organizmlarda kasalliklar chaqiradi, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, binolar,
truboprovodlar, metallkonstruksiyalarining chirishiga olib keladi.
Bakteriya va zamburug`lar yordamida non, vino, pivo, kvas, turli sut mahsulotlari, atseton, butanol, sirka, limon
kislotasi, vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar va hokazolar olinadi. Mikroorganizmlarning amaliy ahamiyati
beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |