1.3. Mikroorganizimlarga tashqi muhit omillarining ta'siri
Mikroorganizmlarga ta'sir etuvchi omillardan biri harorat. Mezofillar uchun optimal harorat 25-40
0
S tashkil
etadi. Okeanlar tubida, tundrada psixrofil mikroorganizmlar yashaydi, ular uchun optimal harorat 5-15
0
S tashkil etadi.
Ekstremal termofillar 70-110
0
S da yashay oladi.
Osmotik bosim mikroorganizmlarning o`sishiga ta'sir etuvchi omillardandir. Ko`pchilik organizmlar 0,5 M NaCl
konsentratsiyasiga ham chiday olmaydi, ekstremal galofillar esa NaCl ning 2,5 M va undan baland
konsentratsiyalarida yashay oladi.
Mikroorganizmlar muhitning nordonligiga ham sezgir. Ekstremal atsidofillar pH 0,5-1,0, alkalofillar esa
pH 10,0-11,0 gacha bo`lganda yashaydi, lekin mikroorganizmlarning asosiy guruhlari neytral pH li muhitlarda
yashaydi. Ular neytrofillar deb nomlanadi.
Molekular kislorodga nisbatan chin aerob va anaeroblarga ajratiladi. Kam kislorodli (1,0-5%) muhitda yashay
oladigan mikroorganizmlar mikroaerofillar deb ataladi. Anaerob mikroorganizmlar fakultativ, aerotolerant va chin
anaeroblarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |