Bu bo’g’inlarda qo’shbog’ stereoizomerlar markazi hisoblanadi. Sis shakldagi o’rinbosarlar qo’shbog’ tekisligining bir tomoniga joylashsa, trans shaklda tekislikning ikkala tomoniga joylashadi. Polimerlarda bundan tashqari yana l; d optik izomerlar ham mavjud bo’ladi. Ma’lumki, polimerlanish jarayonida - Bu bo’g’inlarda qo’shbog’ stereoizomerlar markazi hisoblanadi. Sis shakldagi o’rinbosarlar qo’shbog’ tekisligining bir tomoniga joylashsa, trans shaklda tekislikning ikkala tomoniga joylashadi. Polimerlarda bundan tashqari yana l; d optik izomerlar ham mavjud bo’ladi. Ma’lumki, polimerlanish jarayonida
-
- tipidagi monomerlarning uchlamchi uglerod atomlari, makromolekula zanjirida assimetrik bo’lib, qoladi, natijada monomer bo’g’inida optik faollik namoyon bo’ladi va har xil optik izomerlarga ega bo’ladi: bulardan biri l - izomer, u qutblangan nur tekisligini chapga buradi; (I), ikkinchisi - d izomer, u nurning qutblanish tekisligini o’ngga buradi: (II)
Bir turdagi monomerlar, ya’ni stereoizomerlar (l va d) birikkanda izotaktik struktura, stereoizomerlar makromolekula zanjirida muntazam navbatma- navbat almashib joylashgan bo’lsa, sindiotaktik struktura hosil bo’ladi. - Bir turdagi monomerlar, ya’ni stereoizomerlar (l va d) birikkanda izotaktik struktura, stereoizomerlar makromolekula zanjirida muntazam navbatma- navbat almashib joylashgan bo’lsa, sindiotaktik struktura hosil bo’ladi.
- Polimerlarni ataktik strukturasida esa l va d stereoizomerlar tartibsiz joylashgan bo’ladi.
Izotaktik va sindiotaktik tuzilishdagi polimerlar umumiy holda stereotartibli polimerlar deb yuritiladi. Stereotartibli polimerlarda monomer bo’g’inlari «boshga –dum» ko’rinisha birikadi. - Izotaktik va sindiotaktik tuzilishdagi polimerlar umumiy holda stereotartibli polimerlar deb yuritiladi. Stereotartibli polimerlarda monomer bo’g’inlari «boshga –dum» ko’rinisha birikadi.
- Kimyoviy tarkibi bir xil bo’g’in ataklik va stereotartibli polimerlar o’zlarining fizikaviy xossalari bilan o’zaro tubdan farq qiladi. Polimerlarni fazodagi tartibli tuzilishi ortib borishi bilan uning zichligi ortadi, kristallanishi ortib, mustahkamligi oshadi, lekin eruvchanligi pasayadi.
- Stereotartibli polimerlar CHX –CHY ko’rinishidagi monomer bo’g’inlaridan ham hosil bo’ladi. Bu holatda ham molekulalar «boshga - dum» ko’rinishida birikadi; ularni disindiotaktik konfigurasiyali polimerlar deyiladi. Monomer tarkibidagi ikkala uchlamchi uglerod atomlari polimer tarkibida assimetrik atomlar bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |