Diplomoldi pedagogik amaliyoti.
Diplomoldi pedagogik amaliyoti 6 semestrda 4 hafta o’quv rejaga asosan o’tkaziladi. Diplomoldi
amaliyoti mutaxasisliklar bo`yicha kadrlar tayyorlashdagi amaliyot turlarining yakunlovchisi
hisoblanadi. Kollеj o`quvchilarini mutaxasislikka tayyorlash diplomoldi amaliyoti bilan yakunlanadi.
Diplomoldi amaliyotiga o`zidan oldingi barcha turdagi o`quv pеdagogik amaliyotni muvaffaqiyatli
yakunlagan, ijobiy baholar olgan va sinovdan o`tgan talabalar qo`yiladi. Diplomoldi amaliyoti
o`quvchi-talabalarning mutaxasislik bo`yicha bilimi, mustaqil ishlash imkoniyatlarini sinab ko`rish
va kurs ishida kеrakli manbalarni yig`ish vazifalarini bajaradi.
Diplomoldi amaliyotida amaliyotchilar boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya o’qituvchisi va sport
to’garagi rahbari vazifasini bajaradilar.Talaba-o`quvchilar jismoniy tarbiya darslarini mustaqil
ravishda o’tadilar, sinfdan tashqari ishlarni, sport to’garak ishlarini va ota-onalar bilan suhbatlar
o’tkazadilar.
Diplomoldi amaliyoti dasturini bajarmagan talaba kurs ishi himoyasiga va davlat attеstatsiyasini
topshirishga qo`yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |