O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA SINOV DARSLARINI O’TKAZISH
Download 465.98 Kb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya yonalishi uchun oquv amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotning asosiy vazifalari
- SINOV DARSLARINI TASHKILLASHTIRISH.
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA SINOV DARSLARINI O’TKAZISH.
Ushbu amaliyot 4,5 semestrda o’tkaziladi. Amaliyot maqsadi boshlang’ich sinflarda ta’limiy- tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishda amaliyotchilarda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Amaliyotning asosiy vazifalari: -ko’nikma va malakalrni mukammallashtirish, kuzatish mashg’ulotlari, ta’limiy-tarbiyaviy jarayon va uning natijalari tahlili. -o’quvchilarni dars o’tish usullari va uslublari bilan tanishtirish,o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda sinfdan tashqari jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini olib borish. -pedagogika ,psixologiya,jismoniy tarbiya uslubiyoti fanlaridan olingan nazariy bilimlarini amaliyotdaqo’llashga o’rgatish, Ushbu amaliyot turi o’quvchilarning nazariy olgan bilimlarini o’rganishga va tushungan holda amaliyotda qo’llashga o’rgatadi. Ma’naviy dunyoqarashini,javobgarlikni,mas’uliyatni shakllantirib,o’quvchilar bilan ishlashga bo’lgan qiziqishni mustahkamlaydi. Doimiy o’quvchilar bilan hamkorlik kuzatuvchanlik,pedagogic muomala,rahmdillik,pedagogik tafakkur va nutq kabi pedagogik qobiliyat va sifatlarni musatahkamlaydi va rivojlantiradi Amaliyot davrida o’quvchilar quyidagi faoliyat turlarini olib borishadi: -boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya o’qituvchi-murabbiysi,sinf rahbari va sport to’garagi rahbarining ish hujjatlari va tashkiliy ishlari bilan tanishadi. -ochiq darslarni kuzatadilar,boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiyadan sinov darslarini o’taydilar,fan yuzasidan sinfdan tashqari ishlar,o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda sportning turli ko’rinishlari bo’yicha to’garak ishlarini olib boradi., -o’zining amaliyotchi o’rtoqlari tomonidan o’tkazilgan sinov darslarini kuzatadi va tahlil qiladi.
Dars berish va tayyorlanish jarayonida o’quvchilar yangi kasbiy ko’nikma va malakalarni hosil qiladi: - O’zining xulq-atvori, psixik holatini boshqarish ; -Darsning maqsad va vazifalarini amalga oshirish; -Bolalar faoliyatini va ularning harakat rivojlanishi bosqichlarini tahlil qilish ; -o’quvchilarning harakat turlari,sport o’yinlari,boshlang’ich sinf o’quvchilarida qo’llaganda ularning ahamiyati to’grisidagi bilimlarini kengaytirish,chuqurlashtirish va tizimlashtirish; -1-4 sinf jismoniy tarbiya bo’yicha Davlat ta’lim standarti talablari asosida maktab o’quvchilarida harakat malakalarini shakllantirish ; -1-4 sinflarda berilgan normativlar ustida ishlash ; -dars davomida,sport musobaqalarida va sinfdan tashqari ishlarda bolalar jamoasini tashkil qilish;
-milliy ,harakatli va sport o’yinlarini darsda va darsdan tashqari ishlarda qo’llay olish. Amaliyot davrida o’quvchilar 1-4 sinf o’quvchilari bilan har xil turdagi darslarni o’tishni o’rganishi kerak. Majburiy,mustaqil yakuniy sinov darslari va mashg’ulotlari: -yengil atletika-2, gimnastika-2, sport o’yinlari-2, harakatli o’yinlar-1, milliy kurash-1, aralash dars-1. Amaliyot davomida maktabda 9 ta dars va 4 ta darsdan tashqari tadbir o’tkazilishi kerak. SINOV DARSLARINI TASHKILLASHTIRISH. 6 Bu amaliyot turiga kollej amaliyotchi o’qituvchi va maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi rahbarlik qiladi Amaliyotchi o’qituvchining vazifasi amaliyotchi-talabaning maktabda faoliyat ko’rsatishini tashkillashtirish, kasbiy ko’nikma va malakalarini o’stirishda metodik tavsiyalar berish, kollejning amaliyot rahbari amaliyotchi-talablarning ishini tekshiradi ,ularga metodik yordam beradi bo’lajak yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun javobgardir. Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi bilan birgalikda amaliyotchi-talaba biriktirillgan sinfda bir chorakka mo’ljallangan ish rejasini tuzadi . Tuzilgan taqvimiy-mavzuiy ish reja amaliyotchi talabaga ushbu sinf bilan ishlash istiqboldagi ishni ko’ra olish,dars mazmunnomalarini tayyorlash va qo’shimcha ma’lumotlar yig’ish,to’garak ishi mazmunini relajashtirish va darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirishga yordam beradi.
Amaliyotchi-talaba o’z kundaligida bir kunlik qilingan ishlar to’grisida ma’lumot,tahlil qilingan darslar ,o’quvchilar bilan o’tkazilgan ishlar haqida ma’lumotlar to’playdi.Mustaqil ishlar rahbar tomonidan 1 chorakka mo’ljallangan grafik asosida olib boriladi.
Amaliyotchi-ta;labaning ishlar tahlili amaliyot rahbariva qolgan guruh o’quvchilari yordamida amalgam oshiriladi. Amaliyotchi-talabani ish faoliaytini amaliyot rahbari va maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi ballar yordamida baholaydi Talabalar sinov darslari amaliyotiga chiqishdan oldin yo’naltiruvchi konferensiya ,oxirida esa,yakunlovchi konferensiya o’tkazadilar. . Talabaning ish hujjatlari : -bir kunlik pedagogik amliyotning mavzulari yoritilgan kundalik ,o’rtoqlarining dars tahlillari.Amaliyotchi talabaning kundalik daftarini,dars mazmunnomalarini,sport to’garagi ish hujjatlarini,chorak bo’yicha taqvimiy-ish rejani,ota-onalar bilan o’tkazilgan ma’ruzalarni amaliyotchi rahbar tahlil qiladi Har bir semestrda har bir talaba 6 tadan to’garak mashg’ulotini o’tkazadi(4-5 semestr). Amaliyotchi-talaba to’garak ishini rejalashtirishni, hujjatlarni yuritishni,musobaqalarni tashkil qilishni sport va jismoniy tarbiya bo’yicha burchaklarni bezashni bilishi zarur. Download 465.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling